11.12.2018 yildagi 1004-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 11.12.2018 yildagi 1004-son
Date of entry into force
12.12.2018
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

“Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish aʼlochisi” koʻkrak nishonini taʼsis etish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 ― 2021-yillarda koʻp xonadonli uy-joy fondini saqlash va undan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 24-apreldagi PQ-2922-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, mamlakatimiz aholisining uy-joy sharoitlarini yaxshilash, muhandislik kommunikatsiyalarini oʻz vaqtida sifatli qurish va taʼmirlash, ularning atrofidagi hududlarni obodonlashtirish, uy-joy kommunal xizmatlar koʻrsatish tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va zamonaviy uskunalar bilan jihozlash ishlarida yuqori natijalarni qoʻlga kiritgan, soha rivojiga munosib hissa qoʻshgan fuqarolarni ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. “Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish aʼlochisi” koʻkrak nishoni taʼsis etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish aʼlochisi” koʻkrak nishoni toʻgʻrisida nizom 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish aʼlochisi” koʻkrak nishoni va uning guvohnomasining tavsiflari 2 va 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining buyurtmasiga asosan “Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish aʼlochisi” koʻkrak nishoni va uning guvohnomasi belgilangan tartibda tayyorlanishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish aʼlochisi” koʻkrak nishoni va uning guvohnomasini tayyorlash hamda mukofotlanganlarni taqdirlash bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qoplanishi inobatga olinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari ― “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri M.X. Saliyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 11-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1004-son

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 11-dekabrdagi 1004-son qaroriga
1-ILOVA

“Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish aʼlochisi” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom “Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish aʼlochisi” koʻkrak nishoni (keyingi oʻrinlarda koʻkrak nishoni deb ataladi) bilan taqdirlash tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Koʻkrak nishoni bilan mamlakatimiz aholisining uy-joy sharoitlarini yaxshilash, muhandislik kommunikatsiyalarini oʻz vaqtida sifatli qurish va taʼmirlash, ularning atrofidagi hududlarni obodonlashtirish, uy-joy kommunal xizmatlar koʻrsatish tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va zamonaviy uskunalar bilan jihozlash ishlarida yuqori natijalarni qoʻlga kiritgan, soha rivojiga munosib hissa qoʻshgan fuqarolar taqdirlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻkrak nishoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash tartibi ushbu Nizomga ilova qilingan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash uchun hujjatlarni taqdim etish va koʻrib chiqish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari, ichimlik suvi va issiqlik taʼminoti korxonalari hamda uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasidagi boshqa tashkilotlar xodimlarini koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha takliflar tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, viloyatlar uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmalari hamda Toshkent shahar Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish bosh boshqarmasiga har yili 25-yanvargacha taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, viloyatlar uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmalari hamda Toshkent shahar uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish bosh boshqarmasi nomzodlar boʻyicha takliflarni belgilangan tartibda koʻrib chiqadi hamda har yili 25-fevralgacha Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligiga (keyingi oʻrinlarda vazirlik deb ataladi) taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Vazirlikka toʻgʻridan toʻgʻri boʻysunuvchi tashkilotlar hamda boshqa vazirlik va idoralar uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish yoʻnalishida faoliyat yuritayotgan oʻz xodimlarini koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha takliflarni har yili 25-fevralgacha vazirlikka taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri tomonidan koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni koʻrib chiqish boʻyicha Komissiya (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya yigʻilishida nomzodlar boʻyicha hujjatlar oʻrganilib, har yili 1-aprelgacha eng munosib nomzodlar boʻyicha yakuniy xulosa qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirining koʻkrak nishoni bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi buyrugʻi har yili 15-aprelgacha qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Koʻkrak nishoni har yili 18-aprel ― Oʻzbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasi xodimlari kuni arafasida Oʻzbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri (yoki uning topshirigʻiga binoan boshqa masʼul shaxslar) tomonidan tantanali vaziyatda topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Koʻkrak nishoni bilan mukofotlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt baravari miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti oladi.
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofotlari vazirlikning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Bir shaxs koʻkrak nishoni bilan bir marta mukofotlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Koʻkrak nishoni davlat mukofotlaridan keyin koʻkrakning chap tomoniga taqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Yakunlovchi qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Vazirlik ushbu Nizomga muvofiq koʻkrak nishoniga tavsiya etilgan nomzodlarning hujjatlari xolis koʻrib chiqilishi uchun bevosita masʼuldir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish aʼlochisi” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 11-dekabrdagi 1004-son qaroriga
2-ILOVA

“Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish aʼlochisi” koʻkrak nishonining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TAVSIFI

“Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish aʼlochisi” koʻkrak nishoni diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻlib, mis qotishmasidan tayyorlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻkrak nishonining old tomoni pastki qismida quyosh nurlari fonida ikkita uy binosi koʻk rangda va muqobil elektr energiyasini anglatuvchi tomi va moʻrisi qizil rangda tasvirlangan. Uning orqasida koʻp xonadonli uy binolari ifodalangan boʻlib, binolarning romlari zarhallangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pastdan tepaga qalinlashib boruvchi radiusga ega boʻlgan yarim aylana Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi ranglarida ishlangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻkrak nishonining aylanasi boʻylab zarhal hoshiya bilan oʻralgan oq emalli doirada balandligi 6 millimetr boʻlgan “UY-JOY KOMMUNAL XIZMAT KOʻRSATISH” soʻzlari hamda pastdan ikkita sakkiz qirrali yulduz oʻrtasida “AʻLOCHISI” soʻzlari yozilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻkrak nishonining orqa tomoni markazida besh qatorda harflarning balandligi 2 millimetr boʻlgan “Uy-joy kommunal”, “xizmat koʻrsatish”, “sohasi rivojiga”, “qoʻshgan hissasi”, “uchun” yozuvi joylashgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻkrak nishonining qalinligi 2,2 millimetr.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tasvirlar va yozuvlar qavariqdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻkrak nishoni old va orqa tomonlarining chetlari qavariq doira bilan oʻralgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻkrak nishoni halqa va ilmoqchalar yordamida toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi qadagʻichga ulangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qadagʻichning eni ― 26 millimetr, boʻyi ― 17 millimetrdan iborat. Qadagʻich eni 22 millimetrli shoyi lenta bilan qoplangan boʻlib, lentaning markazidan eni 6 millimetrli koʻk yoʻl oʻtgan. Uning har ikki tarafidan eni 1 millimetrli koʻk, eni 2 millimetrli yashil va eni 5 millimetr boʻlgan oq rangdagi yoʻllar tushirilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qadagʻichning orqa tomoniga koʻkrak nishonini kiyimga taqib qoʻyish uchun toʻgʻnogʻich koʻrinishidagi moslama oʻrnatilgan.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

“Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish aʼlochisi” koʻkrak nishoni

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 11-dekabrdagi 1004-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish aʼlochisi” koʻkrak nishoni guvohnomasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TAVSIFI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish aʼlochisi” koʻkrak nishoni guvohnomasi 160x110 millimetr oʻlchamdagi kitobcha shaklida boʻlib, 240 g/kv.m. qalinlikdagi ofset qogʻozdan tayyorlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Guvohnomaning tashqi tomoni (birinchi va toʻrtinchi betlari) moviy rangda boʻlib, plyonka bilan qoplangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Guvohnomaning birinchi beti eni 7,5 millimetrli, ichki burchaklari aylana shaklida boʻlgan koʻk rangli hoshiya bilan oʻralgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Guvohnomaning yuqori chekkasidan (birinchi beti) 35 millimetr pastda, markazda, oraligʻi 3,5 millimetrli ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “UY-JOY KOMMUNAL XIZMAT”, ikkinchi satrda “KOʻRSATISH AʻLOCNISI” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 12-kegl), uchinchi satrda “koʻkrak nishoni” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 12-kegl) soʻzlari yozilgan. Undan 6 millimetr pastda “GUVOHNOMASI” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 17-kegl) soʻzi yozilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yozuvlar zarhal rangida aks ettirilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Guvohnomaning ichki tomoni (ikkinchi va uchinchi betlari) “Tangir” tasviri tushirilgan och havo rangda boʻlib, ofset usulida chop etilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki tomonining chap qismida (ikkinchi beti), markazda koʻkrak nishonining asliga teng oʻlchamdagi rangli tasviri aks ettirilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Guvohnomaning ichki oʻng tomoni (uchinchi beti) yuqori chekkasidan 8 millimetr pastda, markazda “GUVOHNOMA” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) soʻzi hamda guvohnoma tartib raqami uchun “№” belgisi va 15 millimetrli chiziq joylashgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“GUVOHNOMA” soʻzidan 11 millimetr pastda mukofotlangan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismini qayd etish uchun oraligʻi 8 millimetrli uchta chiziq tortilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pastki chiziqdan 6 millimetr quyida, markazda, oraligʻi 2 millimetrli uch satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “Oʻzbekiston Respublikasi”, ikkinchi satrda “uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish”, uchinchi satrda “vazirining” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) soʻzlari yozilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Undan 5 millimetr pastda oraligʻi 4 millimetr boʻlgan ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “20__ y. “___” ___________dagi”, ikkinchi satrda “____-son buyrugʻiga asosan” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) soʻzlari yozilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Undan 5 millimetr pastda, markazda, oraligʻi 3 millimetrli uch satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi catrda “UY-JOY KOMMUNAL XIZMAT”, ikkinchi satrda “KOʻRSATISH AʻLOCNISI” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl), uchinchi satrda “koʻkrak nishoni bilan mukofotlandi” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) soʻzlari yozilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soʻnggi soʻzlardan 9 millimetr pastda, chap tomonda “Vazir” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) soʻzi yozilgan.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

“Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish aʼlochisi” koʻkrak nishoni guvohnomasi

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.12.2018-y., 09/18/1004/2301-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)