08.12.2018 yildagi 999-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 08.12.2018 yildagi 999-son
Date of entry into force
10.12.2018
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlashga bosqichma-bosqich oʻtish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirish, sogʻlom, faol, barkamol, ijtimoiy moslashtirilgan bola shaxsini, shuningdek, kelgusi muvaffaqiyatli oʻquv faoliyati uchun shart-sharoitlarni shakllantirish va bolalarni boshlangʻich taʼlimga sifatli tayyorlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Fargʻona viloyati va Toshkent shahar hokimliklarining 2018-2019 oʻquv yilidan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Fargʻona viloyati tumanlarida (shaharlarida) va Toshkent shahri tumanlarida 1-ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bepul bir yillik tayyorlashni joriy etish tajriba loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlashni joriy etish tajriba loyhasini (keyingi oʻrinlarda tajriba loyihasi deb ataladi) amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maktabgacha taʼlim bilan qamrab olinmagan bolalar sirasiga kiradigan bolalarning majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlarini (keyingi oʻrinlarda bolalar tayyorlov guruhlari deb ataladi) shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalar tayyorlov guruhlarining oʻquv-tarbiya jarayoniga zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, taʼlim va tarbiyaning samarali shakllari va usullarini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalar tayyorlov guruhlarini milliy madaniy-tarixiy qadriyatlarni aks ettiradigan va bolalikdan kitob oʻqishga qiziqishni singdiradigan oʻquv-metodik, didaktik materiallar, rivojlantiruvchi oʻyinlar va oʻyinchoqlar, badiiy adabiyotlar bilan taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maktabgacha taʼlim bilan qamrab olinmagan bolalarning ilgʻor xorijiy tajribani hisobga olgan holda davlat talablariga muvofiq har tomonlama aqliy, axloqiy, estetik va jismoniy kamol topishi uchun shart-sharoitlar yaratish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotilari, maktabgacha taʼlim sohasida nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
majburiy tayyorlov guruhlari uchun 2018-2019 oʻquv yili 2018-yil 10-dekabrdan boshlanadi va 2019-yil 10-avgustda tamomlanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotilari, maktabgacha taʼlim sohasida nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatuvchi yuridik shaxslarning negizida toʻliq kun, toʻliq boʻlmagan kun (bir haftada kamida 15 soat taʼlim-tarbiya jarayoni tashkil etilgan holda) tayyorlov guruhlari tarbiyalanuvchilari boshlangʻich taʼlimga tayyorgarlikdan oʻtgan deb hisoblanadi va bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bepul bir yillik tayyorlashdan ozod etiladi;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida, maktabgacha taʼlim sohasida nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatuvchi yuridik shaxslarda boshlangʻich taʼlimga majburiy yillik tayyorgarlikdan oʻtgan bolalarga boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorgarlikdan oʻtganlik toʻgʻrisida davlat namunasidagi sertifikat beriladi;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorgarlikdan oʻtganlik toʻgʻrisida sertifikat berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Fargʻona viloyati va Toshkent shahar hokimliklariga, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) bolalar tayyorlov guruhlari uchun xonalarni tayyorlash, zarur boʻlsa, yangi binolar, xonalar qurish yoki mavjudlarini kapital taʼmirlash, suv va elektr energiyasi hajmini oʻlchaydigan va hisobga oladigan alohida moslamalar oʻrnatish toʻgʻrisida takliflar kiritilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) bir hafta muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalar tayyorlov guruhlari roʻyxatlari tasdiqlanishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xonalarni oʻquv-metodik, didaktik materiallar, badiiy adabiyotlar, rivojlantiruvchi oʻyinlar va oʻyinchoqlar bilan taʼminlash yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi 132-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2020-y., 09/20/132/0271-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi bir hafta muddatda bolalar tayyorlov guruhlarini malakali pedagog kadrlar bilan taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi bilan birgalikda taʼlim-tarbiya jarayonining sifatini nazorat qilsin hamda davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari va maktabgacha taʼlim sohasida nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslarning negizida bolalarni majburiy tayyorlash guruhlari faoliyati tashkil etilishi ustidan monitoring olib borsin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda 2019-2020-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Fargʻona viloyatining tegishli tajriba oʻtkaziladigan tumanlarida (shaharlarida) va Toshkent shahri tumanlarida bolalarda boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlovdan oʻtganlik haqida davlat namunasidagi sertifikat mavjud boʻlsa, ularni umumtaʼlim maktablarining boshlangʻich sinflariga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi taklifni ishlab chiqsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlarining har yilgi parametrlarini shakllantirishda ushbu qaror doirasidagi tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur mablagʻlarni nazarda tutsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
joriy etilayotgan shtat birliklaridan va bolalar majburiy tayyorlov guruhlarini jihozlashdan kelib chiqqan holda 2018-yilgi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlari parametrlariga zarur oʻzgartishlar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining buyurtmanomalari asosida Moliya vazirligi bilan kelishgan holda zarur miqdorda sertifikatlar blankalari bilan taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tajriba loyihasini joriy etish natijalari boʻyicha 2019-yil 1-sentabrgacha boʻlgan muddatda bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik bepul tayyorlash yagona tizimini joriy etishni tahlil qilsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduxakimov va Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri A.V. Shin zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 8-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
999-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi 999-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlashni joriy etish boʻyicha tajriba loyihasi amalga oshiriladigan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Fargʻona viloyati tumanlari (shaharlari) va Toshkent shahri tumanlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
roʻyxati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Hudud

Tuman/shahar

Guruhlar soni*

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Toʻrtkoʻl tumani

175

2.

Fargʻona viloyati

Fargʻona shahri

70

Quvasoy shahri

38

Furqat tumani

28

3.

Toshkent shahri

Mirzo Ulugʻbek tumani

13

Mirobod tumani

21

Bektemir tumani

14

Uchtepa tumani

26

Yashnobod tumani

17

Chilonzor tumani

16

Yunusobod tumani

17

Shayxontohur tumani

59

Jami:

494

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi guruhlar soniga oʻzgartishlar kiritish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi 132-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2020-y., 09/20/132/0271-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi 132-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2020-y., 09/20/132/0271-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi 132-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2020-y., 09/20/132/0271-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/999/2291-son; 09.03.2019-y., 09/19/199/2729-son; 10.03.2020-y., 09/20/132/0271-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)