1-ILOVA
| Tadbirlarning nomlanishi | Amalga oshirish shakli | Amalga oshirish muddatlari | Masʼul ijrochilar | |
|---|---|---|---|---|
| I. Tashkiliy tadbirlar | ||||
| 1. | Xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish va unga tayyorgarlik koʻrish maqsadida Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki va boshqa xalqaro donor tashkilotlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish. | Hamkorlik shartnomalarini imzolash. | 2018-yil dekabr | Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Xalq taʼlimi vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi |
| 2. | Xalqaro tadqiqotlarga munosib tayyorgarlik koʻrish maqsadida Rossiya Federatsiyasi va Qozogʻiston Respublikasining ish tajribalarini oʻrganish. | 1. Rossiya Federatsiyasi va Qozogʻiston Respublikasiga tajriba almashish uchun xizmat safarini tashkil etish; 2. Rossiya Federatsiyasi va Qozogʻiston Respublikasidan ekspertlarni taklif qilish hamda ular ishtirokida seminar-treninglar oʻtkazish. | 2018-yil dekabr | Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi |
| 3. | Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazini(keyingi oʻrinlarda Milliy markaz deb ataladi) taʼlim sohasida amaliy-metodik va ilmiy-pedagogik ish tajribasiga ega boʻlgan malakali xodimlar bilan taʼminlash va milliy markazning moddiy-texnik bazasini muntazam ravishda zamon talablari asosida yangilab borish. | 1. Milliy markazni taʼlim sohasida amaliy-metodik vailmiy-pedagogik ish tajribasiga ega boʻlgan malakali xodimlar bilan taʼminlash; 2. Milliy markazning moddiy-texnik bazasini muntazam ravishda zamon talablari asosida yangilab borish. | 2018-yil dekabr
dekabr oyidan boshlab doimiy | Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Milliy markaz, Xalq taʼlimi vazirligi |
| II. Tadqiqot jarayonlarining oʻquv-uslubiy taʼminoti | ||||
| 4. | Xalqaro tadqiqotlarni joriy etish boʻyicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish. | 1. Tegishli vazirlik va idoralar hamda ilmiy tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda xalqaro tadqiqotlar boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish; 2. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalaridagi iqtidorli pedagog kadrlarni xalqaro baholash dasturlari boʻyicha ilmiy tadqiqotlarga jalb qilish. 3. Xalqaro baholash dasturlari boʻyicha ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari va ilmiy faoliyatga oid davlat maqsadli dasturlari, xalqaro ilmiy tashkilotlar grantlari tanlovlari, xoʻjalik shartnomalari �sosida samarali ilmiy faoliyatni tashkil etish. | 2018-yil dekabr oyidan boshlab doimiy
dekabr oyidan boshlab doimiy dekabr oyidan boshlab doimiy | Milliy markaz, Oliy va oʻrta maxsus taʼl��m vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi |
| 5. | Maktab oʻquvchilari savodxonligini shakllantirish boʻyicha ilgʻor milliy va xalqaro tajribalarni oʻrganish. | 1. Oʻquvchilarning yozma savodxonligini yaxshilash boʻyicha xalqaro tajribalarni oʻrganish; 2. Oʻquvchilarning nutq savodxonligini oʻstirish boʻyicha xalqaro tajribalarni oʻrganish; 3. Oʻquvchilarning yozma va nutq savodxonliklarini oshirish boʻyicha ilgʻor milliy va xalqaro tajribalarni joriy etish. | 2018-yil dekabr oyidan boshlab doimiy | Milliy markaz, Xalq taʼlimi vazirligi |
| 6. | Umumiy oʻrta taʼlim tizimida oʻqish, matematika va tabiiy yoʻnalishdagi fanlarni oʻrganish boʻyicha qoʻllaniladigan darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni yaratish va modernizatsiya qilish boʻyicha xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda mualliflar guruhlarini shakllantirish. | 1. Xalqaro baholash dasturlari asosida integratsiyalashtirilgan oʻqish, matematika va tabiiy yoʻnalishdagi fanlardan darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni modernizatsiya qilish boʻyicha xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda mualliflar guruhlarini shakllantirish; 2. Xalqaro baholash dasturlari asosida integratsiyalashtirilgan oʻqish, matematika va tabiiy yoʻnalishdagi fanlarni oʻrganish boʻyicha qoʻllaniladigan darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni yaratish; 3. Yaratilgan darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni ekspertizadan oʻtkazish. | 2018-yil dekabr — | Milliy markaz, Xalq taʼlimi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi |
| 7. | Oʻquvchilarning oʻqish, matematika va tabiiy yoʻnalishdagi fanlardan xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik koʻrishlari, shuningdek mustaqil taʼlim olishi uchun yetarli shart-sharoitlarni yaratish. | 1. Oʻquvchilar mustaqil taʼlim olishlari uchun elektron shakldagi taʼlimni rivojlantirish, un�aoʻqish, matematika va tabiiy yoʻnalishdagi fanlardan xalqaro tadqiqotlar boʻyicha savollar bazasini yaratish hamda boyitib borish; 2. Oʻquvchilarning oʻqish, matematika va tabiiy yoʻnalishdagi fanlardan xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik koʻrish uchun mustaqil taʼlimni joriy etish. | 2018-yil dekabr oyidan boshlab doimiy
doimiy | Xalq taʼlim vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Milliy markaz |
| 8. | Oʻqish, matematika va tabiiy yoʻnalishdagi fanlardan savodxonlikni rivojlantirish maqsadida ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritib borish. | 1. Koʻrsatuv, eshittirishlar va maqolalar ssenariylarini shakllantirish; 2. Koʻrsatuv, eshittirishlarni tayyorlash, efirga uzatish, maqolalarni chop etish hamda Internet jahon axborot tarmogʻiga joylashtirish. | 2018-yil dekabroyidan boshlab doimiy | Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Xalq taʼlimi vazirligi |
| 9. | Xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish yuzasidan taʼlim muassasalarida tegishli targʻibot-tashviqot ishlarini tashkil etish hamda xalqaro tadqiqotlar toʻgʻrisida keng jamoatchilikni xabardor qilib borish. | 1. Xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish yuzasidan malakali oʻqituvchi-trenerlar bilan hamkorlikda hududlarda oʻquvlar tashkil etish; 2. Xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish yuzasidan kaskad usulida oʻquv seminarlari oʻtkazish. 3. Xalqaro tadqiqotlar yuzasidan taʼlim muassasalari oʻqituvchilari va direktorlari hamda ota-onalar va oʻquvchilar oʻrtasida targʻibot-tashviqot ishlarini olib borish; 4. Xalqaro tadqiqotlar yuzasidan ommaviy axborot vositalari orqali jamoatchilikni xabardor qilib borish. | 2018-yil dekabr oyidan boshlab doimiy boshlab doimiy | Xalq taʼlimi vazirligi, Milliy markaz, Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi |
| 10. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat markazlari va Toshkent shaharhamda har bir tuman (shahar)da xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirishga yoʻnaltirilgan tayanch maktablarni belgilash. | 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat markazlari va Toshkent shahar hamda har bir tuman (shahar)da xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirishga yoʻnaltirilgan tayanch maktablar manzillarini belgilash; 2. Tayanch tadqiqot maktablarini tashkil etish toʻgʻrisida masʼul ijrochilarning qoʻshma qarorini qabul qilish; 3. Tayanch tadqiqot maktablarini xalqaro tadqiqotlarga doir metodik qoʻllanmalar, oʻquv adabiyotlari bilan taʼminlash. | 2018-yil dekabr — 2019-yil fevral dekabr dekabrdan boshlab doimiy | Xalq taʼlimi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Milliy markaz |
| 11. | Xalqaro tadqiqotlar yoʻnalishlaridagi savollarni oʻzida mujassam etgan oʻquv dasturlari asosida qoʻshimcha metodik qoʻllanma va adabiyotlar yaratish. | 1. 7-sinf oʻquvchilari uchun PISA xalqaro baholash dasturi doirasida qoʻshimcha metodik qoʻllanma va tavsiyalarni yaratish; 2. 8-9-sinf oʻquvchilari uchun PISA xalqaro baholash dasturi doirasida qoʻshimcha metodik qoʻllanma va tavsiyalar yaratish; 3. Boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun PIRLS xalqaro baholash dasturi doirasida qoʻshimcha metodik qoʻllanma va tavsiyalar yaratish; 4. Boshlangʻich va oʻrta sinf oʻquvchilari uchun TIMSS xalqaro baholash dasturi doirasida qoʻshimcha metodik qoʻllanma va tavsiyalar yaratish. | 2019-yil mart
| Xalq taʼlimi vazirligi, Milliy axborot agentligi, Milliy markaz |
| 12. | Xalqaro tadqiqotlar natijalariga asoslangan holda oʻqish, matematika va tabiiy yoʻnalishdagi fanlardan davlat taʼlim standartlari, oʻquv dasturlari va oʻquv adabiyotlari mazmuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish. | 1. Davlat taʼlim standartlari, oʻquv dasturlari va oʻquv adabiyotlarini ilgʻor xorijiy davlatlar bilan qiyoslash orqali oʻrganib chiqish; 2. Ilgʻor xorijiy davlatlar tajribasidan kelib chiqqan holda davlat taʼlim standartlari, oʻquv dasturlari va oʻquv adabiyotlari mazmuniga bosqichma-bosqich oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish. | 2018-yil 2019-yil yanvar oyi 2019-yil dekabr oyidan boshlab davriy ravishda | Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Milliy markaz |
| 13. | Oʻqish, matematika va tabiiy yoʻnalishdagi fanlardan xalqaro tadqiqotlar yoʻnalishlaridagi savollar milliy bazasini yaratish va oʻquv dasturlariga integratsiya qilish. | 1. Xalqaro tadqiqotlarda oʻtgan yillarda foydalanilgan savollar mazmunini oʻrganib chiqib, tahlil qilish; 2. Savollar mazmunini oʻrganish va tahlil qilish natijasida xalqaro tadqiqotlar yoʻnalishlaridagi savollar milliy bazasini yaratish hamda oʻquv dasturlariga integratsiya qilish. | 2018-yil dekabr oyidan boshlab doimiy | Milliy markaz, Xalq taʼlimi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi |
| 14. | Oʻqish, matematika va tabiiy yoʻnalishdagi fanlardan oʻquvchilar savodxonligini baholashning milliy tizimini takomillashtirish va 2019 — 2021-yillarda amaliy koʻnikmalarini shakllantirilishini baholashga qaratilgan sinovlarni tizimli ravishda oʻtkazib borish. | 1. Oʻquvchilar savodxonligini baholashning milliy tizimini takomillashtirish; 2. Oʻquvchilarning amaliy koʻnikmalarini shakllantirilishini baholashga qaratilgan sinovlarni tizimli ravishda oʻtkazib borish. | 2018-2019 oʻquv yili 2-yarim yilligidan boshlab | Milliy markaz, Xalq taʼlimi vazirligi |
| 15. | Xalqaro tadqiqotlarga asoslangan holda oʻqish, matematika va tabiiy yoʻnalishdagi fanlardan oʻqitishning shakllari, metodlari va texnologiyalarini yangilash va oʻqituvchilarning bu borada xabardorligini oshirish, tayyorgarligini kuchaytirish boʻyicha malaka oshirish kurslarini tashkil etish. | 1. Ilgʻor xorijiy davlatlardaoʻqish, matematika va tabiiy yoʻnalishdagi fanlarni oʻqitishning shakllari, metodlari va texnologiyalarini oʻrganib chiqish; 2. Ilgʻor xorijiy davlatlar tajribasini joriy etish boʻyicha oʻqish, matematika va tabiiy yoʻnalishdagi fanlar oʻqituvchilari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini tashkil etish. | 2018-2019 oʻquv yili 2-yarim yilligidan boshlab jadval asosida | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Milliy markaz, Tashqi ishlar vazirligi |
| 16. | Rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazlarining oʻquv jarayonlariga yuqori malakali xorijiy olimlar, oʻqituvchi va mutaxassislarni jalb qilish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish. | 1. Malaka oshirish taʼlim muassasalariga yuqori malakali xorijiy olimlar, oʻqituvchi va mutaxassislarni jalb qilish uchun xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish; 2. Hamkorlik rejasi asosida rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish oʻquv jarayonlariga yuqori malakali xorijiy olimlar, oʻqituvchi va mutaxassislarni jalb qilish. | 2018 — 2020-yillarda reja asosida | Xalq taʼlimi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi |
| 17. | Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga aʼzo davlatlardagi nufuzli taʼlim va ilmiy markazlar, xalqaro hamda xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish. | 1. Tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda iqtisodi� hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga aʼzo davlatlardagi nufuzli taʼlim va ilmiy markazlar, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish; 2. Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda xalqaro tadqiqotlar boʻyicha konferensiyalar, uchrashuvlar, seminarlar oʻtkazish. | 2018 — 2020-yillarda | Milliy markaz, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi |
| 18. | Pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalarida talabalarga oʻqish, matematika va tabiiy fanlarni oʻqitish metodikasi oʻquv dasturlarini xalqaro tadqiqotlar talablariga moslashtirish, bitiruvchi talabalarga umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga ishga kelishda mazkur yoʻnalishda tayyor holda kelishlarini taʼminlash. | 1. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan hamkorlikda pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalarida oʻqish, matematikava tabiiy fanlarni oʻqitish metodikasi oʻquv dasturlarini xalqaro tadqiqotlar talablariga moslashtirish; 2. Bitiruvchi talabalarni umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga ishga kelishda xalqaro tadqiqotlarga tayyor holda kelishlarini taʼminlash. | 2018-2019 oʻquv yili 2-yarim yilligidan boshlab doimiy | Milliy markaz, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi |
| 19. | “Elektron taʼlim” tarmogʻi imkoniyatlaridan foydalanish va masofaviy taʼlim turlarining amaliyotga joriy etilganligini inobatga olib, oliy taʼlim muassasalarida oʻqish, matematika va tabiiy yoʻnalishdagi fanlar boʻyichapedagogik kadrlarni tayyorlash uchun yangilangan oʻquv dasturlarini ishlab chiqish. | 1. “Elektron taʼlim” tarmogʻida xalqaro tadqiqotlarga doir masofaviy kurslarni tashkil etish; 2. “Elektron taʼlim” tarmogʻi imkoniyatlaridan foydalangan holda masofaviy taʼlim kurslari yaratilganligini inobatga olib, oliy taʼlim muassasalarida oʻqish, matematika va tabiiy yoʻnalishdagi fanlar boʻyichapedagogik kadrlarni tayyorlash uchun yangilangan oʻquv dasturlarni ishlab chiqish. | 2019-yildan boshlab doimiy | Milliy markaz, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi |
| 20. | Oʻqish, matematika va tabiiy yoʻnalishdagi fanlar boʻyicha darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar (oʻquv-metodik majmuasi: darslik, mashqlar toʻplami, audio va video materiallar, oʻqituvchi kitobi)ni elektron shaklda yaratish. | 1. Oʻqish, matematika va tabiiy yoʻnalishdagi fanlar boʻyicha darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalarni elektron shaklda yaratish; 2. Elektron shaklda yaratilgan oʻqish, matematika va tabiiy yoʻnalishdagi fanlar boʻyicha darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalarni axborot-taʼlim portaliga joylashtirish. | 2018-2019 oʻquv yili 2-yarim yilligidan boshlab jadval asosida | Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Milliy markaz |
| 21. | Oʻqish, matematika va tabiiy yoʻnalishdagi fanlarni oʻrganish boʻyicha koʻrgazmali qoʻllanmalar, topshiriqlar toʻplami (shu jumladan, elektron shaklda), shuningdek, kompyuter dasturlari mahsulotlarini yaratish va taʼlim muassasalarini taʼminlash. | 1. Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Multimedia umumtaʼlim dasturlarini rivojlantirish markazi bilan birgalikdaoʻqish, matematika va tabiiy yoʻnalishdagi fanlarni oʻrganish boʻyicha koʻrgazmali qoʻllanmalar, topshiriqlar toʻplami, shuningdek, kompyuter dasturlari mahsulotlarini yaratish; 2. Yaratilgan koʻrgazmali qoʻllanmalar, topshiriqlar toʻplami vakompyuter dasturlari mahsulotlari bilan taʼlim muassasalarini taʼminlash. | 2018-2019 oʻquv yili 2-yarim yilligidan boshlab jadval asosida | Xalq taʼlimi vazirligi, Milliy markaz |
| 22. | Internet jahon axborot tarmogʻida taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirishga oid portalni yaratish. | 1. Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirishga oid elektron jurnal va Internet portalini yaratishga doir taklif va mulohazalarni ishlab chiqish; 2. Yaratilgan Internet portalini kontent bilan toʻldirishga koʻmaklashish. 3. TALIS xalqaro tadqiqoti soʻrovnomalarini onlayn usulda oʻtkazish boʻyicha oʻquv-seminarlarini tashkil qilish. | 2019-yil yanvar oyi | Milliy markaz, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
2-ILOVA