03.12.2018 yildagi 978-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 03.12.2018 yildagi 978-son
Date of entry into force
05.12.2018
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekoturizmni rivojlantirish va suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida yer uchastkalari ajratish tartibini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soʻnggi yillarda respublikaning turizm salohiyatini rivojlantirish, bu sohaga investitsiyalarni faol jalb etish uchun qulay sharoitlar yaratildi. Shu bilan birga, mamlakat suv omborlarining turizm namoyishi obyekti va rekreatsiya zonalari sifatidagi salohiyati toʻliq ishga solinmagan, ularning hududida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun sharoitlar yaratilmagan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida ekoturizmni rivojlantirish, aholi va xorijiy mehmonlarning dam olishlari uchun suv resurslaridan faol foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra, suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida ekoturizmni tashkil etish uchun yuridik va jismoniy shaxslarga arizada koʻrsatilgan, lekin ellik yildan uzoq boʻlmagan muddatga, “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali uzoq muddatli ijaraga yer uchastkalari beriladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2022-y., 09/22/18/0019-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekoturizm tashkil etish uchun suvni muhofaza qilish zonalari doirasida yer uchastkalari beriladigan suv omborlari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018 — 2020-yillarda suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida ekoturizmni rivojlantirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 3-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekoturizm tashkil etish uchun suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish uchun materiallarni tayyorlash tartibi toʻgʻrisida nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2022-y., 09/22/18/0019-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Qurilish vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida turizm infratuzilmasi obyektlaridagi qurilish ishlari yuzasidan, ularni atrof-muhitga salbiy taʼsirini bartaraf etish maqsadida qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi Turizm va madaniy meros vazirligi bilan birgalikda oʻz rasmiy veb-saytlarida suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida turizm infratuzilmasi obyektlarini joylashtirishning tasdiqlangan rejasi chop etilishini taʼminlasin.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, tegishli viloyatlar xokimliklari suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida turizm infratuzilmasi obyektlarining joylashuv rejasi tasdiqlangandan soʻng ikki oy muddatda, har bir suv ombori boʻyicha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida biznesni tashkil etish uchun yaratilgan shart-sharoitlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning tadbirkorlik subyektlariga yetkazilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik subyektlari uchun investitsiyaviy takliflar va loyihalarning ishlab chiqilishi va tegishli vazirlik va idoralarning rasmiy veb-saytlarida materiallar joylashtirilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqilgan investitsiyaviy takliflar yakunlariga koʻra suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida turizmni rivojlantirish boʻyicha loyihalarni amalga oshirishga tadbirkorlik subyektlarini, shu jumladan, xorijiy investorlarning jalb etilishini, ular bilan tizimli ish olib borilishini, shuningdek, ularning investitsiyaviy buyurtmanomalarining sifatli va oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini taʼminlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-dekabrdagi 981-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.12.2019-y., 09/19/981/4136-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduhakimov va Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vaziri Sh.R. Xamrayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 3-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
978-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-dekabrdagi 978-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekoturizmni tashkil etish uchun suvni muhofaza qilish zonalari doirasida yer uchastkalari beriladigan suv omborlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Tuman/shahar

Suv omborining nomi

Ekoturizm tashkil etish hududi (ga)

Andijon viloyati

1.

Xonobod shahri

“Andijon”

1,5

Jizzax viloyati

2.

Gʻallaorol tumani

“Qorovultepa”

2,4

3.

Zomin tumani

“Zomin”

0,4

4.

Mirzachoʻl tumani

“Arnasoy”

5

Qashqadaryo viloyati

5.

Shahrisabz tumani

“Xisarak”

3

6.

Gʻuzor tumani

“Pochkamar”

0,5

7.

Yakkabogʻ tumani

“Qizilsuv”

1

Namangan viloyati

8.

Yangiqoʻrgʻon tumani

“Eskiyer”

2

9.

Chust tumani

“Rezaksoy”

3

10.

Chortoq tumani

“Chortoq”

2

Samarqand viloyati

11.

Payariq tumani

“Qorasuv”

7

12.

Urgut tumani

“Qoratepa”

2

13.

Kattaqoʻrgʻon tumani

“Kattaqoʻrgʻon”

1,5

Surxondaryo viloyati

14.

Qumqoʻrgʻon tumani

“Janubiy surxon”

0,5

15.

Sariosiyo tumani

“Toʻpalang”

1

16.

Termiz tumani

“Uchqizil”

1

Toshkent viloyati

17.

Oʻrta Chirchiq tumani

“Toshkent”

8

Fargʻona viloyati

18.

Quva tumani

“Karkidon”

5

Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-dekabrdagi 978-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018 — 2020-yillarda suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida ekoturizmni rivojlantirish boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yoʻl xaritasi”
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Tadbirlar nomi

Bajarish

muddati

Moliyalashtirish

manbalari

Masʼul ijrochilar

I. Yoʻl transportini va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar

1.

Har bir suv ombori boʻyicha hovuzlarning ekologik xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlarini, shu jumladan, ularning flora va faunasini saqlab qolishni nazarda tutadigan 2018 — 2020-yillarga moʻljallangan suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida ekoturizmni rivojlantirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni amalga oshirish choralari rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2018-yil 15-dekabr

Ishchi guruh, viloyatlar hokimliklari

2.

Suv omborlari hududida obodonlashtirish ishlarini olib borish (suv omborlarining qirgʻoqboʻyi chegara va mintaqalarini tozalash va sanitariya ishlarini olib borish).

2019-yil mart-aprel

ijrochilar

mablagʻlari

Suv xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar hokimliklari

3.

Elektr taʼminotining qoʻshimcha liniyalarini qurish va rekonstruksiya qilish hamda ularning uzluksiz ishlashini taʼminlash.

Tashrif buyuruvchilar uchun qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida suv omborlari hududlarining tungi vaqtlarda yoritilishini taʼminlash.

Elektr jihozlarini asossiz ishlatishni kamaytirish va qayta tiklanadigan energiya manbalarini qoʻllash orqali elektr energiyasi isteʼmolini kamaytirish choralarini koʻrish.

2019-yil mart-aprel

doimiy

tashabbuskorlar va mahalliy budjet mablagʻlari

ijrochilar

mablagʻlari

“Oʻzbekenergo” AJ,
viloyatlar hokimliklari

Suv xoʻjaligi vazirligi,
viloyatlar hokimliklari

4.

Statsionar sanitar uzellarning mavjudlarini taʼmirlash va yangilarini qurish, mobil sanitariya uzellari oʻrnatish.

Qattiq maishiy chiqindilarni vaqtincha yigʻish joylarini va ularni qattik maishiy chiqindilar poligonlariga olib chiqib ketishni tashkillashtirish.

chora-tadbirlar

rejasiga

koʻra

tashabbuskorlar va ijrochilar mablagʻlari

Suv xoʻjaligi vazirligi, Uy-joy, kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi viloyatlar hokimliklari

5.

Ekskursiya, turizm avtotransportlari va xususiy avtotransportlar uchun avtoturargohlar tashkil etish.

chora-tadbirlar

rejasi

boʻyicha

tashabbuskorlar va ijrochilar mablagʻlari

Suv xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar hokimliklari,
tadbirkorlik subyektlari

II. Suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida boʻlish xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlari va tadbirkorlik faoliyatini yuritish

6.

Suv omborlarining turistlar va tadbirkorlik subyektlari tomonidan turli usullarda foydalaniladigan hududlarini aniqlash (qatʼiy qoʻriqlanadigan, cheklangan, oʻrtacha va intensiv foydalaniladigan zonalar).

2019-yil 1-mart

IIV, FVV, Mudofaa vazirligi,
Suv xoʻjaligi vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

7.

Har bir suv ombori boʻyicha sanitariya-gigiyenik va ekologik meʼyorlar talablariga rioya qilishni nazarda tutadigan turistlarning oʻzini tutish qoidalari (eslatmalar)ni xamda suv ombori ish rejimini ishlab chiqish va tasdiqlash.

chora-tadbirlar

rejasi

boʻyicha

ijrochilar

mablagʻlari

Suv xoʻjaligi vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

8.

Suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida qutqaruvchilar va tez tibbiy yordam postlarini qurish, plyaj zonalarini tashkil etish.

2019-yil 1-may

tashabbuskorlar

mablagʻlari

Tadbirkorlik subyektlari, Suv xoʻjaligi vazirligi, FVV, Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar hokimliklari

III. Turizm imkoniyatlarini oshirish va investitsiyalarni jalb etish chora-tadbirlari

9.

Suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida turizm infratuzilmasi obyektlarini joylashtirish rejalarini suv toshqinlari zonalarini, xavfli geologik jarayonlar sodir boʻlish ehtimolini, tabiiy va texnogen falokatlarni hisobga olgan holda ishlab chiqish va tasdiqlash xamda ushbu rejalarni Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilish.

2019-yil 1-aprel

ijrochilar

mablagʻlari

Suv xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Qurilish vazirligi, IIV, FVV, Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi

10.

Yoʻlboʻyi va qirgʻoqboʻyi xizmat koʻrsatish obyektlarining arxitektura-qurilish rejalari loyihalarini oʻz ichiga olgan maʼlumotlar bazasini yaratish uchun ixtisoslashgan oliy taʼlim muassasalari talabalarini jalb qilgan holda tadbirkorlik subyektlari uchun investitsiya takliflarini ishlab chiqish.

2019-yil mart-aprel

ijrochilar

mablagʻlari

Suv xoʻjaligi vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, Qurilish vazirligi, “Toshkentboshplan LITI” DUK, “OʻzshaharsozlikLITI” DUK, “Qishloqqurilishloyiha” MChJ, “Yoʻl loyiha byurosi” MChJ, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, viloyatlar hokimliklari

11.

Tadbirkorlik subyektlari uchun Oʻzbekiston Respublikasidagi suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida turizm infratuzilmasini tashkil etish boʻyicha materiallar va investitsiya takliflarini vazirlik va idoralarning rasmiy veb-saytlarida joylashtirish.

doimiy

ijrochilar

mablagʻlari

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,

Suv xoʻjaligi vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, viloyatlar hokimliklari

12.

Suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida biznesni tashkil etish uchun taqdim etilgan imkoniyatlar haqidagi axborotni tadbirkorlik subyektlariga yetkazish.

doimiy

ijrochilar

mablagʻlari

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,

Suv xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar hokimliklari

13.

Xorijiy investorlar bilan tizimli ish olib borish hamda ularning investitsiya buyurtmanomalarini oʻz vaqtida va sifatli koʻrib chiqish.

doimiy

ijrochilar

mablagʻlari

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,

Suv xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar hokimliklari

14.

Suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida ekoturizmni tashkil etishga, shu jumladan, umumiy ovqatlanish, yashash, transport orqali tashish, ekskursiya va boshqa xizmatlar koʻrsatish sohasida tadbirkorlik faoliyatini olib borishga mahalliy aholini faol jalb qilish.

doimiy

ijrochilar

mablagʻlari

Suv xoʻjaligi vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, viloyatlar hokimliklari

IV. Ekoturizm xizmatlarini va madaniy-sport tadbirlarini tashkil etish chora-tadbirlari

15.

Oʻzbek, rus va ingliz tillarida suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida ekoturizmni tashkil etish uchun yer uchastkalari olish tartibini tushuntirib beruvchi videorolik — yoʻriqnoma ishlab chiqish.

2019-yil mart

ijrochilar

mablagʻlari

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Suv xoʻjaligi vazirligi

16.

Tegishli xizmat turlari koʻrsatilishini tashkil etish va xavfsizlik choralarini koʻrgan holda, suv omborlarining suv toʻgʻonlari ustida qurish maydonlari tashkil qilish.

2019-2020 yy.

tashabbuskorlar

mablagʻlari

Suv xoʻjaligi vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, FVV, viloyatlar hokimliklari

17.

Suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida respublika (viloyat, tuman) darajasidagi sport tadbirlarini, shu jumladan bolalar va oʻsmirlar musobaqalarini tashkil etish va oʻtkazish.

jadval boʻyicha

tashabbuskorlar va ijrochilar mablagʻlari

Suv xoʻjaligi vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, viloyatlar hokimliklari, tadbirkorlik subyektlari

18.

Maktab oʻquvchilari va talabalar uchun yozgi taʼtil davrida ekoturizm marshrutlarini ishlab chiqish.

2019-yil may-iyun

tashabbuskorlar

mablagʻlari

Suv xoʻjaligi vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar hokimliklari, tadbirkorlik subyektlari

19.

Suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida motellar, kempinglar, kulbalar, mexmon uylari tashkil qilish.

2019-yil may-iyun

tashabbuskorlar

mablagʻlari

Suv xoʻjaligi vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, viloyatlar hokimliklari

20.

Suv omborlari hududida baliq ovi, shu jumladan sport baliq ovi havaskorlari uchun sharoitlar yaratish.

2019-yil may-iyun

tashabbuskorlar va ijrochilar mablagʻlari

Suv xoʻjaligi vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, viloyatlar hokimliklari

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-dekabrdagi 978-son qaroriga
4-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekoturizmni tashkil etish maqsadida suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida yer uchastkasiga boʻlgan huquqni auksion orqali realizatsiya qilish uchun materiallar tayyorlash tartibi toʻgʻrisida nizom
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom ekoturizmni tashkil etish maqsadida suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari hududida yer uchastkasiga boʻlgan huquqni auksion orqali realizatsiya qilish uchun materiallar tayyorlash tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizom talablari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq obyektlarning muayyan turlarini qurish uchun moʻljallangan yer uchastkalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Nizomda suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalarida yer uchastkalarini foydalanishga berish masalalari koʻzda tutilmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq tartibga solinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi oʻrinda — “YERELEKTRON” AAT) — yer uchastkalari berish boʻyicha materiallarni toʻplash, koʻrib chiqish va vakolatli organlar va tashkilotlar bilan kelishish tartibotlarini amalga oshirish uchun avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
operator — savdo platformasida auksionlarni tashkil etish va oʻtkazish vakolati berilgan “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” aksiyadorlik jamiyati;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolatli tashkilotlar — Davlat kadastrlari palatasi tuman (shahar) filiallari, tuman (shahar) favqulodda vaziyatlar boʻlimlari, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining tuman (shahar) boʻlimlari, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish viloyat boshqarmalari, tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari; tegishli hududlar va inshootlaridan rejim asosida foydalanadigan hamda ularni ekspluatatsiya qiladigan organlar va tashkilotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auksion ishtirokchisi — auksionda ishtirok etish uchun ariza bergan va unda ishtirok etishga ruxsat etilgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron onlayn-auksion (keyingi oʻrinlarda — auksion) — “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasidagi yer uchastkasini uzoq muddatga ijaraga berish huquqi realizatsiya qilinadigan auksion.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ekoturizmni tashkil qilish maqsadida suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida yer uchastkasiga boʻlgan huquqni auksion orqali realizatsiya qilish uchun materiallar ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxema boʻyicha tayyorlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Yer uchastkasi materiallarini kelishish va (yoki) ular boʻyicha xulosalar berish “YERELEKTRON” AAT orqali faqat elektron shaklda vakolatli davlat organi taqdimnomasiga koʻra vakolatli tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakolatli organlar tomonidan yer uchastkasi materiallarini kelishish va (yoki) ular boʻyicha xulosalar berish, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi organlarining ekologik ekspertizadan oʻtkaziladigan obyektlarni qurishga yer uchastkasi materiallari boʻyicha xulosa berishi uchun toʻlov undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari yer uchastkalarini uzoq muddatli ijaraga olish huquqi vakolatli davlat organining “YERELEKTRON” AAT orqali berilgan buyurtmalari boʻyicha operator tomonidan auksionga qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Operator va tegishli davlat organi oʻrtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq operator auksionni tashkil etish xizmatlarini koʻrsatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish huquqi auksionga ushbu Nizomga muvofiq yer uchastkasi materiallarini vakolatli tashkilotlar bilan kelishuvga asosan har bir yer uchastkasi boʻyicha alohida qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari hududida ekoturizmni rivojlantirishning maqsadi va vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida ekoturizmni tashkil etishdan maqsad turizm xizmatlari doirasini kengaytirish, investitsiyalar jalb qilishni ragʻbatlantirish, respublika suv omborlari doirasida dam olish uchun tegishli infratuzilmani rivojlantirish hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Quyidagilar suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida ekoturizmni rivojlantirish vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalarida turizm faoliyati subyektlarining oʻzaro hamkorligini rivojlantirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga qaratilgan turizm infratuzilmasini rivojlantirish, umumiy ovqatlanish, koʻngilochar, suvenir ishlab chiqarish boʻyicha tegishli tarmoqlarni rivojlantirishga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida ekoturizmni rivojlantirish sohasida mahalliy ijro etuvchi organlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, ilmiy va taʼlim muassasalarining axborot almashuvi va biznesni muvofiqlashtirish samaradorligini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida ekoturizmni rivojlantirish sohasiga investitsiyalarni jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
turizm xizmatlari diversifikatsiyasi va turizm mahsulotining yangi turlarini yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekologik va ijtimoiy-madaniy xususiyatli salbiy oqibatlarni kamaytirish, atrof-muhitning ekologik barqarorligini va atrof-muhitni muhofaza qilishni taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida ekoturizmni rivojlantirish sohasida vakolatli davlat organining asosiy vazifalari quyidagilardir:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida tadbirkorlik subyektlarining qiziqishini oshirish va ularning faoliyatini yoʻlga qoʻyishga jalb qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik subyektlariga davlat tomonidan va boshqa yordam olishda koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida taqdim etilayotgan xizmatlar, turizm salohiyatini yuksaltirish xamda ekoturizm jozibadorligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Vakolatli davlat organi quyidagilar uchun masʼul:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini yoʻlga qoʻyish va yuritish uchun shart-sharoitlar yaratishga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashrif buyuruvchilarning xavfsizligini taʼminlash, jamoat tartibi va tabiiy muhitni saqlashga yordam berish boʻyicha choralar koʻrish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Imkoniyatlardan kelib chiqqan holda, suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida quyidagi turizm xizmati turlari tashkil etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekoturlar (ilmiy, sarguzasht va boshqalar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
havaskorlar uchun baliq ovi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qayiqda suzish, suv sayohati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv omborlari dambalari ustida koʻrish maydonchalari tashkil qilish va tegishli xizmat turini taqdim qilish va xavfsizlikni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kemada sayohat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yaxting;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining hududiy boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) bilan kelishilgan xolda turizm xizmatlarining boshqa turlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida ekoturizmni tashkil qilishda madaniy-sport tadbirlari, umumiy ovqatlanish xizmatlari, plyajdagi dam olish va boshqa xizmatlar tashkil qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Tegishli hududlar va inshootlardan rejim asosida foydalanadigan hamda ularni ekspluatatsiya qiladigan organlar va tashkilotlar qaroriga binoan suv ombori hududi quyidagi zonalarga boʻlinishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv xoʻjaligi obyektlaridan tashqari qirgʻoqboʻyi chiziqlarda qurilishning har qanday turini olib borish, tadbirkorlik faoliyatini yuritish va turistlarning u yerda boʻlishi taqiqlangan, qatʼiy muhofaza qilinadigan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kichik guruhlarda va masʼul shaxslar hamrohida boʻlgan turistlarga ruxsat etilgan foydalanishi cheklangan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
turistlarning boʻlishi va tabiiy muhitga mos keladigan tadbirkorlik faoliyati ruxsat etilgan oʻrtamiyona rejim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
turist va tadbirkorlik faoliyati faolligi cheklanmagan holda intensiv foydalanish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasidan foydalanish rejimi vakolatli davlat organi tomonidan mazkur hududlarda tadbirkorlik faoliyatni amalga oshirishni istagan tadbirkorlik subyektlariga yetkaziladi, shuningdek, rasmiy veb-saytga joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Ekoturizmni tashkil qilish uchun suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonasi doirasida yer uchastkalarini aniqlash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida ekoturizmni tashkil qilish uchun vakolatli davlat organi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va Turizm va sport vazirligi bilan birgalikda har bir suv ombori boʻyicha turizm infratuzilmasi obyektlarini joylashtirish rejasini tasdiqlaydi, jumladan, uning tarkibida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududning sayyohlik salohiyatini va ekoturizmni rivojlantirish uchun mavjud sharoitlarni tahlil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
turizm xizmatlari infratuzilmalarini rejalashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
turistik faoliyatining moliyaviy rejasini (mablagʻlar jalb etish va moliyalashtirish mexanizmlarini) ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik faoliyatini yuritish va turistlarning tashrif buyurish tartibini ishlab chiqish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Vakolatli davlat organiga tadbirkorlik subyektlarining suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida sayyohlik infratuzilma obyektlarini qurish boʻyicha murojaatlarini oʻrganish asosida Turizm va sport vazirligi takliflar yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Uch ish kuni ichida vakolatli davlat organi vakolatli tashkilotlarga kelishish yoki maʼlumotga xulosa berish uchun va tegishli yer uchastkalari boʻyicha quyidagi mazmundagi hujjatlarni yuboradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasiga oid qisqacha maʼlumot, jumladan, maydon (gektarda), yer uchastkasiga tegishli yer fondining kategoriyasi, mavjud qiyinchiliklar, qaysi maqsadga moʻljallanayotganligi, bonitet balli va boshqalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasi chegara va manzil koʻrsatilgan holda mavjud boʻlmasa — Google xaritada M 1:500 dan M 1:1000 gacha kenglikda (aholi punkti, koʻchalar — aholi punktida joylashgan suv ombori, koʻchalar mavjud boʻlmagan holatlarda obyektdan metrda masofa koʻrsatiladi) topografik xaritada yer uchastkasining joylashtirish rejasi (koordinat nuqtalari bilan);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taklif qilinayotgan yer uchastkalarining foydalanish turlarini koʻrsatgan holda situatsion sxema;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasi fotosuratlari (15 x 20 sm) kamida ikki tomondan atrofdagi obyektlar bilan birgalikda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Yer uchastkalari maʼlumotlari kelib tushgan kundan boshlab uch ish kun ichida vakolatli tashkilotlar kelishuvni amalga oshiradi yoki tegishli xulosa beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Vakolatli tashkilotlarning xulosalari vakolatli tashkilot tomonidan raqamli elektron imzo bilan tasdiqlangan yoki xulosaning nusxasi elektron shaklda vakolatli davlat organiga “YERELEKTRON” AAT orqali yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda xulosa ijobiy yoki salbiy tarzda berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijobiy xulosada shahar qurilishi, atrof-muhitni muhofaza qilish, yongʻinga qarshi va boshqa norma, qoidalarga rioya qilish boʻyicha yer uchastkalariga uzoq muddatli ijara asosida egalik qiluvchiga talablar bayon qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Salbiy xulosada qonunchilikning aniq normalarini koʻrsatgan holda yer ajratishning imkoniyati mavjud emasligining asosli sabablari koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Kelishilgan maʼlumotlar tegishli yer uchastkasi boʻyicha vakolatli tashkilotning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlash orqali “YERELEKTRON” AATda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kelishuv hech qanday izohsiz va qoʻshimcha shartsiz amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qabul qilish rad etilgan taqdirda, vakolatli davlat organiga “YERELEKTRON” AAT orqali vakolatli tashkilotning raqamli elektron imzo bilan tasdiqlangan xati yoki xulosa xatining nusxasi, yer ajratishning imkoniyati mavjud emasligining asosli sabablari qonunchilikning aniq normalarini koʻrsatgan holda yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Ushbu Nizomning 18-bandida koʻrsatib oʻtilgan yer uchastkalari boʻyicha materiallar yuzasidan tegishli qaror yoki xulosa oʻz vaqtida taqdim etilmagan taqdirda, materiallar uchun ijobiy xulosa berildi deb hisoblanadi va ularning qarori ijobiy hisoblanadi. Shuning uchun yer uchastkalari boʻyicha materiallarni oʻz vaqtida koʻrib chiqish boʻyicha biriktirilgan masʼullar oʻz vaqtida koʻrib chiqib xulosa taqdim etmasa, shu vakolatli tashkilotlarning rahbarlari shaxsan javobgar hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Yer uchastkasidan uzoq muddatli foydalanish huquqini elektron onlayn-auksionda realizatsiya qilish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Barcha vakolatli tashkilotlarning ijobiy xulosasi yoki kelishuvi olingandan soʻng vakolatli davlat organi ikki ish kunida yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish huquqini elektron onlayn-auksionda realizatsiya qilish materiallari tayyorlanishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish huquqini elektron onlayn-auksionda realizatsiya qilish toʻgʻrisidagi vakolatli davlat organi tomonidan qabul qilinadigan qarorda quyidagilar koʻrsatib oʻtiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasining joylashgan joyi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasining maydoni (gektarda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasidan foydalanish maqsadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasi uchun ijara toʻlovining eng kam miqdori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auksion shakli;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasidan uzoq muddatli ijaraga oluvchining majburiyatlari, shu jumladan, vakolatli tashkilotlar xulosalarida qayd etilgan majburiyatlar, shuningdek, ajratilgan yer uchastkasida obyektlar va inshootlar qurish muddatlariga oid talablar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasi boʻyicha mavjud cheklovlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasidan foydalanish shartlari va tartibiga taalluqli boshqa axborot.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish huquqini elektron onlayn-auksionda realizatsiya qilish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingandan soʻng keyingi ish kunidan kechiktirmasdan, vakolatli davlat organi ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish huquqini elektron onlayn-auksionda realizatsiya qilish yuzasidan auksion tashkil qilish toʻgʻrisida operatorga elektron buyurtma beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buyurtma vakolatli davlat organi masʼul xodimi tomonidan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi va “YERELEKTRON” AAT yordamida operatorga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Buyurtmaga elektron (skaner qilingan) shaklda quyidagilar ilova qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish huquqini elektron onlayn-auksionda realizatsiya qilish toʻgʻrisidagi qaror;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) yer uchastkasi toʻgʻrisida qisqa maʼlumot, jumladan, uning maydoni (gektarda), maqsadi, mavjud cheklovlar va boshqalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) chegaralari koʻrsatilgan xolda yer maydonining joylashtirish rejasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) yer uchastkasining kamida ikki tomondan oʻrab turgan obyektlar bilan fotosurati (15x20 sm);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) vakolatli tashkilotlarning xulosalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) yer uchastkasining tavsifi, shuningdek, yer uchastkasidan foydalanish tartibi va shartlari koʻrsatilgan boshqa hujjatlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Agar buyurtmaga ushbu Nizomning 25-bandida koʻrsatilgan barcha hujjatlar ilova qilinmagan boʻlsa yoki belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan boʻlsa, operator buyurtma kelib tushgan kunning keyingi ish kunidan kechiktirmagan holda, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun buyurtmani vakolatli davlat organiga qaytaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakolatli davlat organi ikki kun muddatda operator tomonidan koʻrsatilgan barcha kamchiliklarni bartaraf etgan holda, ushbu Nizomning 24-bandiga muvofiq elektron shakldagi buyurtmani takroran yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Vakolatli davlat organi buyurtma berish bilan birga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bosma va elektron ommaviy axborot vositalari orqali yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish huquqini elektron onlayn-auksionda realizatsiya qilish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tarqatadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“YERELEKTRON” AAT orqali tuman/shahar hokimligiga, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga va Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligiga ushbu Nizomning 25-bandida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlarni ilova qilgan holda, yer uchastkasi ajratilishi toʻgʻrisida buyurtma berilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tuman/shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi jismoniy va yuridik shaxslarni auksionga keng jalb qilish choralarini koʻradi, jumladan, vakolatli davlat organidan olgan hujjatlarini va maʼlumotlarini majburiy tarzda veb-saytiga auksionda qatnashishga buyurtmalar joylashtiriladigan internet jahon axborot tarmogʻini havola qilgan holda joylashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Ekoturizmni tashkil etish uchun suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida yer uchastkasiga boʻlgan huquqni elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Yer uchastkasini berish va yer uchastkasini uzoq muddatga ijaraga olish huquqini realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlarni taqsimlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Operator tomonidan auksion natijalari boʻyicha rasmiylashtirilgan bayonnoma yer uchastkasini ijaraga berish boʻyicha shartnoma kuchiga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Yer uchastkasini berish toʻgʻrisidagi qarorda yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga berish shartlari, shu jumladan, auksion gʻolibining yer uchastkasidan belgilangan maqsadda foydalanish, yer uchastkasida bino va inshootlarni belgilangan muddatlarda barpo etish, vakolatli tashkilotlar tomonidan tuzilgan xulosalarda nazarda tutilgan talablarga rioya etish toʻgʻrisidagi majburiyatlari, shuningdek, ushbu majburiyatlarni bajarmaslik oqibatlari albatta koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda yer uchastkasi berish toʻgʻrisidagi qarorga auksionni oʻtkazish haqidagi xabarnomada avval nazarda tutilmagan talablar va majburiyatlarni kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auksion gʻolibi yer uchastkasini ajratish toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan majburiyatlarga rioya etmagan holatlarda, ushbu yer uchastkasi qonunchilikda belgilangan tartibda auksion gʻolibining xarajatlarini qoplamasdan olib qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga berish huquqini realizatsiya qilishdan tushgan pul mablagʻlari operatorning maxsus hisobvaragʻida yigʻiladi va auksion gʻolibi tomonidan obyekt qabul qilinganligi tasdiqlangandan soʻng auksionni tashkil qilish xizmatlari uchun toʻlov summalari chegirilgan holda, qolgan pul mablagʻlari hamda kelgusi yillar uchun ijarachi tomonidan kiritilgan ijara toʻlovi summasi vakolatli davlat organining daromadlar boʻyicha gʻaznachilik hisobvaraqlariga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga berish huquqini realizatsiya qilishdan vakolatli davlat organining daromadlar boʻyicha gʻaznachilik hisobvaraqlariga kelib tushgan pul mablagʻlari hamda ijarachi tomonidan kiritilgan ijara toʻlovi summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50 foizi — tegishli mahalliy budjet daromadiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40 foizi — tegishli suv omboridan foydalanish boʻyicha boshqarma hisobvaragʻiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Ijara toʻlovini toʻlashni kechiktirganlik uchun penya va shartnoma majburiyatlarini buzganlik uchun jarima summalari Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasiga va tegishli suv omboridan foydalanish boʻyicha boshqarma hisobvaragʻiga teng ulushlarda yoʻnaltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Kelgusi yillar uchun ijara toʻlovi oxirgi belgilangan ijara toʻlovi miqdori va qolgan ijara muddatidan kelib chiqib, tadbirkorlik subyekti tomonidan davriy (choraklik, oylik yoki ijara shartnomasida koʻrsatilgan muddatlarda) toʻlovlar bilan kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toʻlovlar yuz foiz oldindan toʻlov shaklida har bir kelgusi davr (chorak, oy va boshqalar) uchun amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Turistik xizmatlarni tashkil etishning mavsumiyligidan kelib chiqib, ijara toʻlovi tadbirkorlik subyektlari — ijarachilar tomonidan ularning faoliyat koʻrsatgan davri uchun ijara shartnomasida koʻrsatiladigan ijara toʻlovini toʻlash jadvalini tuzish orqali toʻlanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Vakolatli davlat organi tomonidan tegishli rejim oʻrnatilgan hudud va inshootlardan foydalanuvchi organlar va tashkilotlar bilan kelishilgan holda suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari chegaralarining cheklangan hududlariga turistlarning tashrif buyurishi uchun toʻlov va yigʻimlar belgilanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari chegaralarining cheklangan hududlariga turistlarning tashrif buyurishi uchun toʻlov va yigʻimlar tegishli rejim oʻrnatilgan hudud va inshootlardan foydalanuvchi organlar va tashkilotlar bilan kelishilgan holda taqsimlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Yer uchastkasi berish toʻgʻrisidagi qarorda belgilangan auksion gʻolibining majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Suv omborlariga tutash hududlarda ekoturizmni tashkil qilish yuzasidan nazorat qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Ushbu Nizomning qoʻllanilishida kelib chiqadigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekoturizmni tashkil etish maqsadida suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida yer uchastkasiga boʻlgan huquqni auksion orqali realizatsiya qilish uchun materiallar tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida ekoturizmni tashkil etish uchun yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali uzoq muddatli ijaraga berish uchun materiallar tayyorlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Turizm va sport vazirligi

Tadbirkorlik subyektlarining suv omborlari suvini muhofaza qilish zonalarida turizm infratuzilmasi obyektlarini qurish boʻyicha murojaatlarini oʻrganish asosida takliflarni vakolatli davlat organiga yuboradi.

Murojaat kelib tushishiga koʻra

2-bosqich

Vakolatli davlat organi (Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi)

Tegishli yer maydonlari boʻyicha hujjatlarni va maʼlumotlarni yigʻadi hamda ularni vakolatli tashkilotlarga kelishish yoki xulosasini olish uchun yuboradi.

3 ish kuni mobaynida

3-bosqich

Vakolatli tashkilotlar (tuman(shahar) yer resurslari va davlat kadastri boʻlimlari; tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasining (boʻlimining) yongʻin xavfsizligi boʻlimlari; favqulodda vaziyatlar vazirligining viloyat boshqarmalari; Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining tuman (shahar) boʻlimlari, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasining viloyat boshqarmalari; tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari; tegishli rejimli hududlar va inshootlardan foydalanuvchi organlar va tashkilotlar

Yer maydoni boʻyicha kelishuvni amalga oshiradi va xulosalarni taqdim etadi hamda vakolatli davlat organiga elektron shaklda “YERELEKTRON” AAT orqali hujjatlarni yuboradi.

3 ish kuni mobaynida

4-bosqich

Vakolatli davlat organi (Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi)

1. Yer maydonlaridan uzoq muddat foydalanish huquqini auksionga quyish uchun materiallarning tayyorlanishini taʼminlaydi.

2. “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJga buyurtma topshiradi.

Buyurtma berish bilan birga:

bosma va ommaviy axborot vositalari orqali yer maydonlaridan uzoq muddatli ijara huquqini auksionga qoʻyilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tarqatadi:

tuman/shahar hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligiga yer maydonlaridan uzoq muddatli ijara huquqining auksionga quyilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yuboradi.

2 ish kuni mobaynida

5-bosqich

“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ

Auksion oʻtkazilishi haqida axborotni joylashtiradi.

1 ish kuni mobaynida

6-bosqich

Yuridik va jismoniy shaxslar

1. Auksionda ishtirok etish uchun elektron shaklda ariza topshiradi.

30 kun mobaynida

(takroriy auksionda 10 kun)

2. Auksionda ishtirok etadi.

1 ish kuni mobaynida

7-bosqich

“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ

Auksion natijasi haqidagi bayonning bir nusxasini auksion gʻolibiga, bir nusxasini tegishli tuman (shahar) hokimlariga yuboradi.

1 ish kuni mobaynida

8-bosqich

Tuman/shahar hokimi

Operatordan auksion natijasi haqidagi bayonni olgan vaqtdan boshlab auksion gʻolibiga yer maydonini uzoq muddatli ijaraga berish toʻgʻrisida qaror chiqaradi.

2 ish kuni mobaynida

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekoturizmni tashkil etish maqsadida suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida yer uchastkasiga boʻlgan huquqni auksion orqali realizatsiya qilish uchun materiallar tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish huquqini realizatsiya qilish boʻyicha elektron onlayn-auksion tashkil etish uchun elektron buyurtma

20____ yil “______” _________da Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ oʻrtasida tuzilgan ______-son shartnomaga muvofiq, shuningdek, 20____ yil “_____” ________________dagi qarorga binoan _____________________________ quyidagi yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish huquqini elektron onlayn-auksionda realizatsiya qilish uchun ushbu buyurtmani taqdim etadi:

‎1. Yer uchastkasining maydoni _____________ga;
‎2. Yer uchastkasi joylashgan joy _________________________________________________________________;
‎3. Maqsadi __________________________________________________________________________________;
‎4. Elektron onlayn-auksion shakli ______________________________________________________________;
‎5. Yer uchastkasining eng kam ijara toʻlovi miqdori (soʻmda) ___________________________________________;
‎6. Elektron onlayn-auksion gʻolibining majburiyatlari:
‎6.1. Bino va inshootlarni qurish muddati ‎_________________________________________________
‎6.2. Uzoq muddatli ijaraga olish huquqi egasiga vakolatli tashkilotlarning xulosalariga muvofiq qoʻyiladigan talablar:
‎___________________________________________________________________________________________;
‎‎___________________________________________________________________________________________;
‎___________________________________________________________________________________________;
‎___________________________________________________________________________________________;
‎___________________________________________________________________________________________;
‎___________________________________________________________________________________________;

‎6.3. Yer uchastkasidan foydalanish shartlari va tartibiga taalluqli boshqa talablar ___________________________________________________________________________________________
‎___________________________________________________________________________________________
‎___________________________________________________________________________________________;

‎7. Yer uchastkasidan uzoq muddatli ijaraga olish huquqini realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlar oʻtkazilishi mumkin boʻlgan bank hisobvaragʻining rekvizitlari:

Bank nomi

Bank MFOsi Bankning hisobvaragʻi

8. Masʼul shaxsning manzili va bogʻlanish uchun maʼlumotlari (telefon raqami, elektron pochta manzili va boshqalar.)
‎Buyurtma berilgan sana 20____ yil “_____” _____________________
‎Masʼul shaxs _______________________________________(F.I.O., lavozimi)
‎ERIsi “_________________________”.

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-dekabrdagi 978-son qaroriga
5-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasidagi suv omborlari va boshqa suv havzalari, daryolar, magistral kanallar va kollektorlarning, shuningdek, ichimlik suv va maishiy suv taʼminotining, davolash va madaniy-sogʻlomlashtirishda ishlatiladigan suv manbalarining suvni muhofaza qilish zonalari haqida nizomning 11-bandiga kiritilayotgan oʻzgartirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11- bandning ikkinchi — beshinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“katta suv omborlari va boshka suv havzalari (sigʻimi 1,1 dan 10 kub kilometrgacha boʻlgan) atrofida — 200 — 250 metr;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrtacha suv omborlari va boshqa suv havzalari (sigʻimi 0,6 dan 1 kub kilometrgacha boʻlgan) atrofida — 150 — 200 metr;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kichik suv omborlari va boshqa suv havzalari (sigʻimi 0,2 dan 0,5 kub kilometrgacha boʻlgan) atrofida — 100 — 150 metr;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
juda kichik suv omborlari va suv havzalari (sigʻimi 0,1 kub kilometrdan kam boʻlgan) atrofida — 50 metrgacha”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2018-y., 09/18/978/2270-son; 12.12.2019-y., 09/19/981/4136-son; 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son; 13.01.2022-y., 09/22/18/0019-son; 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son; 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son; 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)