29.11.2018 yildagi 973-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 29.11.2018 yildagi 973-son
Date of entry into force
30.11.2018
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib beruvchilar bilan oʻzaro hamkorlik qilish tartibi toʻgʻrisidagi hamda Isteʼmolchilarni elektr va gaz tarmoqlaridan uzib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2017-yil 10-iyuldagi 484-son qaroriga qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Suv taʼminoti va suv chiqarish xizmati koʻrsatish sohasida toʻlov intizomini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 16-noyabrdagi PF-5241-son Farmoni)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Suv taʼminoti va suv chiqarish xizmati koʻrsatish sohasida toʻlov intizomini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 16-noyabrdagi PF-5241-son Farmoni ijrosini taʼminlash yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib beruvchilar bilan oʻzaro hamkorlik qilish tartibi toʻgʻrisidagi hamda Isteʼmolchilarni elektr va gaz tarmoqlaridan uzib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2017-yil 10-iyuldagi 484-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 7-son, 141-modda) ilovaga muvofiq qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari ― “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri M.X. Saliyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 29-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
973-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-noyabrdagi 973-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib beruvchilar bilai oʻzaro hamkorlik qilish tartibi toʻgʻrisidagi hamda isteʼmolchilarni elektr va gaz tarmoqlaridan uzib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2017-yil 10-iyuldagi 484-son qaroriga kiritilayotgan qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Qarorning nomlanishi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib beruvchilar, shuningdek, ichimlik suv-kanalizatsiya xoʻjaliklari tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish hamda isteʼmolchilarni elektr energiyasi, gaz, ichimlik suv, kanalizatsiya tarmoqlari va suv quvurlaridan uzib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 1-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib beruvchilar, shuningdek, ichimlik suv-kanalizatsiya xoʻjaliklari tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Isteʼmolchilarni elektr energiyasi, gaz, ichimlik suv, kanalizatsiya tarmoqlari va suv quvurlaridan uzib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qarorga 1-ilovada:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) ilovaning nomlanishi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib beruvchilar, shuningdek, ichimlik suv-kanalizatsiya xoʻjaliklari tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish tartibi toʻgʻrisida nizom”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 1-banddagi “va “Oʻztransgaz” AK” soʻzlari ““Oʻztransgaz” AK va Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 2 va 3-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“2. Ushbu Nizom yetkazib berilgan elektr energiyasi, tabiiy gaz, suv taʼminoti va suv chiqarish xizmatlari uchun qarzdorligi mavjud boʻlgan isteʼmolchilarni elektr, gaz, ichimlik suv, kanalizatsiya tarmoqlari va suv quvurlaridan uzib qoʻyish sohasida oʻzaro hamkorlik qilish tartibiga tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmolchi ― elektr va gaz taʼminoti, shuningdek, suv taʼminoti va suv chiqarish shartnomasiga muvofiq elektr energiyasi va tabiiy gazdan, shuningdek, suv taʼminoti hamda suv chiqarish xizmatlaridan ishlab chiqarish va (yoki) maishiy ehtiyojlar uchun foydalanadigan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energiya resurslari va suv yetkazib beruvchilar — “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AK va ularning boʻlinmalari, shuningdek, “Suvoqova” DUK, “Suvsoz” DUK va hududlararo suv quvurlaridan foydalanish boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda ichimlik suv-kanalizatsiya xoʻjaliklari tashkilotlari deb ataladi) va isteʼmolchilarga elektr energiyasi, tabiiy gazni yetkazib berishni taʼminlovchi hamda suv taʼminoti va suv chiqarish xizmatlarini koʻrsatuvchi, ishonchli boshqaruv toʻgʻrisidagi shartnoma asosida faoliyat yurituvchi boshqa tashkilotlar”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) 2-bobning nomlanishidagi “energiya resurslari yetkazib beruvchilarning” soʻzlaridan keyin “va ichimlik suv-kanalizatsiya xoʻjaliklari tashkilotlarining” soʻzlari qoʻshilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) 4 va 5-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“4. Byuro va uning hududiy boʻlinmalari elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvdan foydalanish qoidalarini buzish holatlarini aniqlash, bartaraf etish va ularning oldini olish, shu jumladan elektr, gaz, ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlari hamda suv quvurlariga noqonuniy ulanish hamda ularni talon-toroj qilish yoʻllarini tez aniqlash maqsadida zarur mutaxassislarni jalb etish uchun energiya resurslari yetkazib beruvchilar va ichimlik suv-kanalizatsiya xoʻjaliklari tashkilotlariga yozma soʻrovlar yuborishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aniqlangan holatlar boʻyicha zudlik bilan qaror qabul qilish talab etiladigan alohida holatlarda energiya resurslari yetkazib beruvchilar va ichimlik suv-kanalizatsiya xoʻjaliklari tashkilotlari xodimlari ogʻzaki soʻrov boʻyicha jalb qilinishi mumkin,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Soʻrov, qoida tariqasida, energiya resurslari yetkazib beruvchilar va ichimlik suv-kanalizatsiya xoʻjaliklari tashkilotlarining hududiy joylashuv prinsipi boʻyicha yuboriladi. Soʻrovda energiya resurslari yetkazib beruvchilar va ichimlik suv-kanalizatsiya xoʻjaliklari tashkilotlari xodimlarining yetib kelish vaqti va joyi, shuningdek, ularni jalb etishning nazarda tutiladigan davri koʻrsatiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) 6-banddagi “energiya resurslari yetkazib beruvchilarning” soʻzlaridan keyin “va ichimlik suv-kanalizatsiya xoʻjaliklari tashkilotlarining” soʻzlari koʻshilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) 7-banddagi “energiya resurslari yetkazib beruvchilarning” soʻzlaridan keyin “va ichimlik suv-kanalizatsiya xoʻjaliklari tashkilotining” soʻzlari qoʻshilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) 8 va 9-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“8. Energiya resurslari yetkazib beruvchilar va ichimlik suv-kanalizatsiya xoʻjaliklari tashkilotlari “Oʻzbekenergo” AJ va “Oʻztransgaz” AK billing tizimiga, shuningdek, ichimlik suv kanalizatsiya xoʻjaliklari tashkilotining maʼlumotlar bazasiga isteʼmolchilar amalga oshirgan toʻlovlar toʻgʻrisida kiritilgan maʼlumotlar asosida har bir isteʼmolchining shaxsiy hisob raqami boʻyicha yakuniy hisob-kitoblarni amalga oshiradi hamda natijasi boʻyicha foydalanilgan elektr energiyasi, tabiiy gaz, suv taʼminoti va suv chiqarish xizmatlari uchun qarzdorligi mavjud boʻlgan isteʼmolchilar reyestrini shakllantiradi, keyinchalik ushbu maʼlumotlarni Byuroga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Energiya resurslari yetkazib beruvchilar va ichimlik suv-kanalizatsiya xoʻjaliklari tashkilotlari har oyning oʻn birinchi sanasidan boshlab har kuni Byuroning tuman (shahar) boʻlimlariga foydalanilgan elektr energiyasi, tabiiy gaz, suv taʼminoti hamda koʻrsatilgan suv chiqarish xizmatlari uchun qarzdorligi mavjud boʻlgan isteʼmolchilarning elektron reyestrlarini yuboradi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) 11-banddagi “Oʻzbekenergo” AJ va “Oʻztransgaz” AKning billing tizimlariga” soʻzlari “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AKning billing tizimlariga, shuningdek, ichimlik suv-kanalizatsiya xoʻjaliklari tashkilotlarining maʼlumotlar bazasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
k) 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“12. Energiya resurslari yetkazib beruvchilar va ichimlik suv- kanalizatsiya xoʻjaliklari tashkilotlari Byuro bilan birgalikda har oyning oʻn beshinchi sanasiga qadar bevosita isteʼmolchilar tomonidan foydalanilgan elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suv hajmi hamda tegishli uchastkalar chegaralaridagi tarmoqlarga yetkazib berilgan hajm oʻrtasidagi tafovutlar mavjudligini aniqlaydi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
l) 13-banddagi “elektr energiyasi va tabiiy gaz” soʻzlari “elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suv” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
m) 14 va 15-bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“14. Byuro olingan maʼlumotlar asosida energiya resurslari yetkazib beruvchilar va ichimlik-kanalizatsiya xoʻjaliklari tashkilotlari bilan birgalikda tafovutning yuzaga kelish sabablarini, jumladan elektr va gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanish, ularni talon-toroj qilishning mumkin boʻlgan yoʻllarini topish orqali, shuningdek, ichimlik suv hamda kanalizatsiya tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanishni aniqlash boʻyicha belgilangan tartibda choralar koʻradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Har bir hisobot yili yakunlari boʻyicha “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AK va ichimlik suv-kanalizatsiya xoʻjaliklari tashkilotlari elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suv balansida yuzaga kelgan tafovutlar boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli qarorlar qabul qiladilar”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
n) 5-bobning nomlanishiga “tabiiy gaz” soʻzlaridan keyin “va ichimlik suv” soʻzlari qoʻshilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o) 16 va 17-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“16. Elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suv isteʼmolini hisobga olish priborlari energiya resurslari yetkazib beruvchilar va ichimlik suv-kanalizatsiya xoʻjaliklari tashkilotlari xodimlari tomonidan Byuro tuman (shahar) boʻlimlarining energiya resurslari va suvdan foydalanish tartibini nazorat qilish boʻyicha davlat inspektorlari ishtirokida oʻrnatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suv isteʼmolini hisobga olish priborlari tuman (shahar) Byuro xodimlari tomonidan energiya resurslari yetkazib beruvchilar va ichimlik suv-kanalizatsiya xoʻjaliklari tashkilotlarining xodimlari bilan birgalikda tashqi taʼsirdan yuqori darajali himoya hamda farqlovchi belgi bilan plombalanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
p) 18-banddagi “elektr energiyasi va tabiiy gaz” soʻzlari “elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suv” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
r) 19 va 20-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“19. Elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suv isteʼmolini hisobga olish priborlarini oʻrnatish va plombalash haqida uch nusxada dalolatnoma tuzilib, energiya resurslari yetkazib beruvchilar, ichimlik suv-kanalizatsiya xoʻjaliklari tashkilotlari va Byuroning masʼul xodimlari hamda isteʼmolchi tomonidan imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Foydalanilgan elektr energiyasi, tabiiy gaz, suv taʼminoti va suv chiqarish xizmatlari haqini oʻz vaqtida hamda toʻliq toʻlash madaniyatini oshirish maqsadida Byuro va uning boʻlinmalari energiya resurslari yetkazib beruvchilar va ichimlik suv-kanalizatsiya xoʻjaliklari tashkilotlari bilan birgalikda har chorakda isteʼmolchilar oʻrtasida tushuntirish ishlarini oʻtkazish rejalarini tuzadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
s) 21-bandning ikkinchi xatboshidagi “elektr energiyasi va tabiiy gaz” soʻzlari “elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suv” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
t) 22-banddagi “energiya resurslari yetkazib beruvchilar” soʻzlaridan keyin “va ichimlik suv-kanalizatsiya xoʻjaliklari tashkilotlari” soʻzlari qoʻshilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) nomlanishi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Isteʼmolchilarni elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlari hamda suv quvurlaridan uzib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida nizom”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 1-banddagi “elektr va gaz tarmoqlaridan” soʻzlari “elektr, gaz, ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlari hamda suv quvurlaridan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 2 ― 7-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmolchi ― elektr va gaz taʼminoti, shuningdek, suv taʼminoti va suv chiqarish shartnomasiga muvofiq elektr energiyasi va tabiiy gazdan, shuningdek, suv taʼminoti hamda suv chiqarish xizmatlaridan ishlab chiqarish va (yoki) maishiy ehtiyojlar uchun foydalanadigan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energiya resurslari va suv yetkazib beruvchilar ― “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AK va ularning boʻlinmalari, shuningdek, “Suvoqova” DUK, “Suvsoz” DUK va hududlararo suv quvurlaridan foydalanish boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda ichimlik suv-kanalizatsiya xoʻjaliklari tashkilotlari deb ataladi) va isteʼmolchilarga elektr energiyasi, tabiiy gazni yetkazib berishni taʼminlovchi hamda suv taʼminoti va suv chiqarish xizmatlarini koʻrsatuvchi, ishonchli boshqaruv toʻgʻrisidagi shartnoma asosida faoliyat yurituvchi boshqa tashkilotlar”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Isteʼmolchilarni elektr, gaz, ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlari hamda suv quvurlaridan uzib qoʻyish quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnoma majburiyatlari bajarilmaganda, shu jumladan hisob-kitoblar oʻz vaqtida amalga oshirilmaganligi oqibatida foydalanilgan elektr energiyasi, tabiiy gaz, shuningdek, suv taʼminoti va suv chiqarish xizmatlari uchun karzdorlik mavjud boʻlganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Byuro talabnomalari bajarilmaganda, shu jumladan uning vakillariga elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suv isteʼmolini hisobga olish priborlaridan koʻrsatkichlarni olish uchun ruxsat etilmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektr va gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanish, ularni talon-toroj qilish, shuningdek, ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzishning boshqa holatlari aniqlanganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suv isteʼmolini hisobga olish priborlari qasddan buzilganda, koʻrsatkichlarni oʻzgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashilganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Isteʼmolchilarni elektr va gaz tarmoqlaridan uzib qoʻyish hamda ularni qayta ulash Byuro tomonidan amalga oshiriladi, ushbu Nizomning 5 ― 7-bandlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Isteʼmolchilarni ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlari hamda suv quvurlaridan uzib qoʻyish hamda ularni qayta ulash Byuro yoki Byuroning majburiy talabnomasiga asosan ichimlik suv-kanalizatsiya xoʻjaliklari tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi, ushbu Nizomning 5-6-bandlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Isteʼmolchilar avariya rejimida elektr, gaz, ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlaridan energiya resurslari yetkazib beruvchilar va ichimlik suv-kanalizatsiya xoʻjaliklari tashkilotlari tomonidan Byuroni xabardor qilgan holda uzib qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Isteʼmolchini uning arizasiga (talabiga) binoan elektr, gaz, ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlaridan energiya resurslari yetkazib beruvchilar va ichimlik suv-kanalizatsiya xoʻjaliklari tashkilotlari tomonidan uzib qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Alohida toifadagi isteʼmolchilarni elektr energiyasi kuchlanishi 5 ― 10 kV va undan yuqori boʻlgan tarmoqdan, shuningdek, magistral suv quvurlaridan uzib qoʻyish Byuroning majburiy taqdimnomalari boʻyicha elektr energiyasi yetkazib beruvchi va ichimlik suv-kanalizatsiya xoʻjaliklari tashkilotlari tomonidan ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) 8-banddagi “elektr va gaz tarmoqlaridan” soʻzlari “elektr, gaz, ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlari hamda suv quvurlaridan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“10. Byuro isteʼmolchilarni elektr, gaz, ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlari hamda suv quvurlaridan uzib qoʻyishda, ularni qayta ulashda, shuningdek, ular tomonidan elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvdan foydalanish qoidalariga rioya etilishini aniqlash maqsadida isteʼmolchilar binolarini koʻzdan kechirishda “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AK, Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi va ularning boʻlinmalari mutaxassislarini belgilangan tartibda jalb etish huquqiga ega”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) 2-bobning nomlanishidagi “elektr va gaz tarmoqlaridan” soʻzlari “elektr, gaz, ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlari hamda suv quvurlaridan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) 11-12-bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“11. Isteʼmol qilingan elektr energiyasi, tabiiy gaz, suv taʼminoti va koʻrsatilgan suv chiqarish xizmatlari uchun qarzi mavjud boʻlgan isteʼmolchilarning roʻyxati energiya resurslari yetkazib beruvchilar va ichimlik suv-kanalizatsiya xoʻjaliklari tashkilotlari tomonidan shakllantiriladi hamda har oyning oʻn birinchi sanasidan boshlab har kuni idoralararo yagona elektron axborot tizimi orqali Byuroga taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Byuro isteʼmol qilingan elektr energiyasi va tabiiy gaz, suv taʼminoti va koʻrsatilgan suv chiqarish xizmatlari uchun qarzlari mavjud boʻlgan isteʼmolchilarning energiya resurslari yetkazib beruvchilar va ichimlik suv-kanalizatsiya xoʻjaliklari tashkilotlari tomonidan shakllantirilgan va taqdim etilgan roʻyxatlari asosida isteʼmolchilarni qarzni besh kun muddatda toʻlash zarurligi toʻgʻrisida yozma xabardor qiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) 13-banddagi “elektr va gaz tarmoqlaridan” soʻzlari “elektr, gaz, ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlari hamda suv quvurlaridan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) 14 ― 16-bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“14. Elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvdan foydalanish qoidalarini buzish holatlari aniqlangan taqdirda, Byuroning tumanlar (shaharlar) elektr energiyasi, tabiiy gaz va suvdan foydalanish tartibini nazorat qilish guruhi (shuʼbasi)ning davlat inspektori ularni elektr, gaz, ichimlik suv, kanalizatsiya tarmoqlari va suv quvurlaridan darhol uzib qoʻyish hamda foydalanish qoidalarini buzgan shaxslarni qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka tortish choralarini koʻradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suv isteʼmolchilari uzib qoʻyiladigan elektr, gaz, ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlari hamda suv quvurlarining nuqtalari Byuro xodimlari tomonidan nazorat tartibida majburiy plombalanishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Byuroning tumanlar (shaharlar) elektr energiyasi, tabiiy gaz va suvdan foydalanish tartibini nazorat qilish guruhi (shuʼbasi)ning davlat inspektori tomonidan isteʼmolchi elektr va gaz tarmoqlaridan uzib qoʻyilganda, tarmoqdan uzib qoʻyish haqida ikki nusxada dalolatnoma rasmiylashtiriladi, uning bir nusxasi isteʼmolchiga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Byuroning talabnomasiga asosan isteʼmolchi ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlari hamda suv quvurlaridan uzib qoʻyilganda, uzib qoʻyish haqida uch nusxada dalolatnoma rasmiylashtiriladi, uning bir nusxasi isteʼmolchiga beriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
k) 18-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“18. Elektr, gaz, ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlari hamda suv quvurlaridan uzib qoʻyilgan isteʼmolchilar haqidagi maʼlumotlar Byuroning tumanlar (shaharlar) elektr energiyasi, tabiiy gaz va suvdan foydalanish tartibini nazorat qilish guruhi (shuʼbasi)ning davlat inspektori tomonidan idoralararo yagona elektron maʼlumotlar tizimiga kiritiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
l) 3-bobning nomlanishidagi “elektr va gaz tarmoqlaridan” soʻzlari “elektr, gaz, ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlari hamda suv quvurlarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
m) 19 ― 21-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“19. Isteʼmolchilar quyidagi hollarda elektr, gaz, ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlari hamda suv quvurlariga qayta ulanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektr energiyasi, tabiiy gaz, suv taʼminoti va koʻrsatilgan suv chiqarish xizmatlaridan foydalanishda yoʻl qoʻyilgan qoidabuzarliklar bartaraf etilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmol qilingan elektr energiyasi, tabiiy gaz, suv taʼminoti va koʻrsatilgan suv chiqarish xizmatlari uchun qarzlar toʻlanganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektr, gaz, ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlari hamda suv quvurlariga qayta ulanish uchun ushbu Nizomning 23-bandida belgilangan miqdordagi summa toʻlanganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Isteʼmolchilar Byuroning tegishli hududiy boʻlinmasiga, jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish orqali murojaat qilganda elektr, gaz, ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlari hamda suv quvurlariga qayta ulanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Isteʼmolchilar elektr va gaz tarmoqlariga aniqlangan qoidabuzarliklar bartaraf etilgandan keyingi kundan kechiktirmay Byuro tomonidan qayta ulanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Isteʼmolchilar ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlari hamda suv quvurlariga aniqlangan qoidabuzarliklar bartaraf etilgandan soʻng 3 kundan kechiktirmay Byuro yoki Byuroning majburiy talabnomasiga asosan ichimlik suv-kanalizatsiya xoʻjaliklari tashkilotlari tomonidan qayta ulanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Elektr energiyasi, tabiiy gaz, suv taʼminoti va suv chiqarish xizmatlaridan foydalanish qoidalari buzilganligi uchun isteʼmolchilar tarmokdan uzilganda, ularni tarmoqqa qayta ulash Byuro tomonidan elektr energiyasi, tabiiy gaz, suv taʼminoti va suv chiqarish xizmatlaridan foydalanish qoidalarini buzish sabablari hamda sharoitlari bartaraf etilganligi nuqtai nazaridan isteʼmolchilarning binolari koʻzdan kechirilgandan keyin amalga oshiriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
n) 4-bobning nomlanishidagi “elektr va gaz tarmoqlariga” soʻzlari “elektr, gaz, ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlari hamda suv quvurlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o) 23-24-bandlar quyida tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“23. Elektr va gaz tarmoqlaridan ilgari uzib qoʻyilgan shaxslarni qayta ulashda isteʼmolchi-jismoniy shaxslardan eng kam oylik ish haqining ikki baravari mikdorida, isteʼmolchi-yuridik shaxslardan eng kam oylik ish haqining oʻn baravari miqdorida toʻlov undiriladi, ushbu mablagʻlar qayta ulashni amalga oshirgan Byuro boʻlinmasi hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichimlik suv, kanalizatsiya tarmoqlari va suv quvurlaridan ilgari uzib qoʻyilgan shaxslarni qayta ulashda isteʼmolchi-jismoniy shaxslardan (I guruh) eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida, isteʼmolchi-yuridik shaxslardan (II va III guruh) eng kam oylik ish haqining oʻn baravari miqdorida toʻlov undiriladi, ushbu mablagʻlar qayta ulashni amalga oshirgan tashkilot hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Ushbu Nizomning 5 va 6-bandlariga muvofiq elektr energiyasi, gaz, ichimlik suvi va kanalizatsiya tarmoqlaridan uzib qoʻyilgan, shuningdek, elektr energiyasi, tabiiy gaz hamda ichimlik suv isteʼmolini nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlariga ulangan isteʼmolchilarni elektr, gaz, ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlariga qayta ulash uchun toʻlov undirilmaydi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
p) quyidagi mazmundagi 241-band qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“241. Isteʼmolchilarni elektr, gaz, ichimlik suv, kanalizatsiya tarmoqlari va suv quvurlariga kayta ulashdan tushgan hamda Byuroning tumanlar (shaharlar) boʻlimlari hisobraqamlarida toʻplangan mablagʻlar quyidagicha taqsimlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25 foizi ― Byuro markaziy apparatining hisobraqamiga oʻtkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25 foizi ― Byuroning tegishli hududiy boshqarmasi hisobraqamiga oʻtkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50 foizi ― Byuroning tumanlar (shaharlar) boʻlimlari ixtiyorida qoladi va undan Vazirlar Mahkamasining “Budjet tashkilotlarini mablagʻ bilan taʼminlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1999-yil 3-sentabrdagi 414-son qarori bilan belgilangan tartibda foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Isteʼmolchilarni elektr, gaz, ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlariga qayta ulashdan tushadigan, shuningdek, Byuroning yuqori organlariga oʻtkaziladigan mablagʻlarni toʻplash hamda ulardan foydalanish tartibi Byuro tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2018-y., 09/18/973/2251-son)