O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-apreldagi 200-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2021-y., 09/21/200/0318-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi faoliyati samaradorligini oshirish, shuningdek, uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-apreldagi 200-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2021-y., 09/21/200/0318-son)
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
2019 — 2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va kuzatuv punktlarini jihozlash dasturi 1-ilovaga* muvofiq;
2019 — 2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazining bino va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash dasturi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
(1-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-apreldagi 200-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2021-y., 09/21/200/0318-son)
* 1-2 ilovalar rus tili matnida berilgan.
2. Quyidagilar dasturlarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
qurilish va rekonstruksiya qilish qismi bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilgi Investitsiya dasturi, shuningdek, 2020 — 2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish Davlat dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi (keyingi o‘rinlarda “O‘zgidromet” deb ataladi) uchun nazarda tutilgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-apreldagi 200-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2021-y., 09/21/200/0318-son)
kapital ta’mirlash va moddiy-texnik bazani mustahkamlash qismi bo‘yicha — “O‘zgidromet”ni saqlab turish uchun har yili budjetdan ajratiladigan mablag‘lar, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning qarzlari va grantlari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
3. “O‘zgidromet” ushbu qaror bilan tasdiqlangan dasturlar doirasida bino va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash bo‘yicha buyurtmachi etib belgilansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi binolarni, inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari davlat ekspertizasidan o‘tkazilishini ta’minlasin hamda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish sifatiga rioya etilishi ustidan zarur davlat arxitektura-qurilish nazoratini o‘rnatsin.
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “O‘zgidromet” buyurtmalari bo‘yicha yangi gidrometorologik stansiya va postlar qurish uchun belgilangan tartibda yer uchastkalari ajratilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
6. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi “O‘zgidromet”ga 2019 — 2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va kuzatuv punktlarini jihozlash dasturini amalga oshirish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning beg‘araz texnik ko‘magi (grantlar) jalb qilinishiga ko‘maklashsin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-apreldagi 200-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2021-y., 09/21/200/0318-son)
7. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi “O‘zgidromet” buyurtmalariga asosan ushbu qarorga 1-ilovada nazarda tutilgan xorijda ishlab chiqarilgan mol-mulk o‘z vaqtida sotib olinishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i O.M. Umarov va O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi bosh direktori Sh.H. Habibullayev zimmasiga yuklansin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-apreldagi 200-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2021-y., 09/21/200/0318-son)
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 29-noyabr,
970-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2018-y., 09/18/970/2248-son; 12.04.2021-y., 09/21/200/0318-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.06.2021-y., 09/21/393/0596-son)