Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2025 29.11.2018 yildagi PF-5587-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 29.11.2018 yildagi PF-5587-son
Date of entry into force
30.11.2018
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2025
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-sentabrdagi PF-140-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining soliq va bojxona imtiyozlarini berishni nazarda tutuvchi ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan 2025-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mamlakatimiz eksport salohiyatini kengaytirish, eksport qiluvchi tashkilotlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, raqobatbardosh eksport mahsulotlari ishlab chiqarishning ko‘paytirilishini rag‘batlantirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Belgilab qo‘yilsinki, tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksporti, shuningdek bojxona rejimida qayta ishlash mahsulotlari reeksportini, shu jumladan komissioner (ishonchli vakil) orqali amalga oshirgan yuridik shaxslar soliq solinadigan bazani:
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-sentabrdagi PF-228-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2022-y., 06/22/228/0878-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni eksportga realizatsiya qilish hajmiga to‘g‘ri keladigan foyda qismi yuzasidan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni eksportga realizatsiya qilish hajmiga to‘g‘ri keladigan qismi yuzasidan yagona soliq to‘lovi bo‘yicha kamaytiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu bandda nazarda tutilgan imtiyozlar ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha xom ashyo tovarlarini eksport qilishga, shuningdek, xalqaro tashishlar (avtotransportdan tashqari) hamda uzatish quvurlari va gaz quvurlari orqali yetkazib berish xizmatlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilansinki, ushbu Farmonning 1-bandida nazarda tutilgan imtiyozlar qo‘llanilishi natijasida to‘lanmagan mablag‘lar quyidagi hollarda qonun hujjatlariga muvofiq penya hisoblangan holda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga undiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksporti faktini qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlar eksport rejimiga chiqarilgan kundan boshlab 180 kun mobaynida valyuta tushumi ta’minlanmaganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yangi tahrirdagi Soliq kodeksi loyihasini ishlab chiqishda ushbu Farmonga muvofiq berilayotgan imtiyozlarni nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi ushbu Farmonga muvofiq imtiyozlarni qo‘llash ustidan tizimli nazorat o‘rnatsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 29-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-5587-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-noyabrdagi PF-5587-son Farmoniga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 1-yanvardan qo‘llaniladigan soliq imtiyozlari tatbiq etilmaydigan eksport qilinadigan xom ashyo tovarlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ro‘yxati

T/r

Tovarlar nomi

TIF TN kodi

1.

Paxta linti

1404 20 000 0

2.

Neft xom ashyosi, gaz kondensati, neft mahsulotlari

2709 00, 2710 (2710 12 — 2710 19 dan tashqari)

3.

Tabiiy gaz

2711 21 000 0

4.

Suyultirilgan gaz

2711 11 000 0 — 2711 19 000 0

5.

Elektr energiyasi

2716 00 000 0

6.

Radioaktiv kimyoviy elementlar va radioaktiv izotoplar va ularning birikmalari

2844

7.

O‘g‘itlar

3101 00 000 0 — 3105

8.

Birlamchi shakldagi etilen polimerlari

3901 10 — 3901 20

9.

Propilen polimerlari yoki birlamchi shakldagi boshqa olefinlar (polipropilen)

3902

10.

Birlamchi shakldagi stirol polimerlari

3903

11.

Vinilxlorid polimerlari yoki birlamchi shakldagi galogenlashgan olefinlar

3904

12.

Polimerli, silikonli pozitsiyalar, kauchuk

3905 — 3914

13.

Oshlangan charm yoki qo‘y terisidan yoki yirik qoramol buzoqlarining terisidan, boshqa hayvonlarning terilaridan charm krastlari

4101 — 4107

14.

Pilla, ipak chiqindilari

5001, 5003 (ipak momig‘idan tashqari)

15.

Paxta tolasi va chiqindilari

5201 — 5203

16.

Ip kalava

5205 — 5207

17.

Qimmatbaho metallar

71 (7113 — 7118 dan tashqari)

18.

Qora metallar, qora metallar prokati, qora metall parchalari va chiqindilari

72

19.

Rangli metallar, rangli metallar prokati, rangli metallar parchalari va chiqindilari

7401 — 7409,

7501 — 7506, 7601 — 7603, 7801 — 7802,

7901 — 7903, 8001 — 8002,
8101 (8101 96 000 0, 8101 99 100 0 dan tashqari),

8102 (8102 95 000 0, 8102 96 000 0 dan tashqari),

8103 (8103 90 100 0 dan tashqari), 8104 — 8107,

8108 (8108 90 dan tashqari), 8109 — 8112

(ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 31-iyuldagi PF-5777-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2019-y., 06/19/5777/3501-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2018-y., 06/18/5587/2245-son; 01.08.2019-y., 06/19/5777/3501-son, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.04.2022-y., 06/22/115/0344-son, 30.09.2022-y., 06/22/228/0878-son)