29.11.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3091
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining qarori, 29.11.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3091
Date of entry into force
29.11.2018
Hujjat 29.11.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

Xorijiy davlatlarning oynalari tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha kirishi va tranzit harakatlanishi uchun majburiy yigʻimlarni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 29-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3091]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-iyuldagi 547-son “Tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynali yengil avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Moliya vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Xorijiy davlatlarning oynalari tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha kirishi va tranzit harakatlanishi uchun majburiy yigʻimlarni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,

2018-yil 6-noyabr,

72-son

Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M. AZIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 6-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
01-02/12-65-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vaziri D. KUCHKAROV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 6-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
139-son

Davlat xavfsizlik xizmati raisi I. ABDULLAYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 6-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-son

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Moliya vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmatining 2018-yil 6-noyabrdagi 72, 01-02/12-65, 139, 11-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorijiy davlatlarning oynalari tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha kirishi va tranzit harakatlanishi uchun majburiy yigʻimlarni undirish tartibi toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-iyuldagi 547-son “Tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynali yengil avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq xorijiy davlatlarning oynalari tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha kirishi va tranzit harakatlanishi uchun majburiy yigʻimlarni undirish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Xorijiy davlatlarning oynalari tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositalari deganda, xorijiy davlatlarning roʻyxatga olish idoralarida roʻyxatda turgan, yoʻlovchilarni tashish uchun foydalaniladigan, haydovchining oʻrindigʻidan tashqari oʻrindiqlar soni sakkiztadan oshmaydigan, toʻla vazni 3,5 tonnagacha boʻlgan, old, yon va orqa oynalaridan biri yoki bir nechtasining (tomidagi lyuk oynasi bundan mustasno) tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) avtotransport vositalari tushuniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik kirgan yoki tranzit harakatlanishida boʻlgan chet el rasmiy delegatsiyalarining oynalari tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Xorijiy davlatlarning oynalari tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha kirishi va tranzit harakatlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga tushadigan 15 AQSH dollari miqdorida yigʻim undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Xorijiy davlatlarning oynalari tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositalari haydovchilaridan yigʻimlarni undirish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining toʻlov kunidagi kursi boʻyicha milliy valyutada amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Majburiy yigʻimlarni undirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining chegara bojxona posti xodimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha kirish va tranzit harakatlanish uchun chegara bojxona postidan oʻtayotgan xorijiy davlatlarning oynalari tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositalari haydovchilari majburiy yigʻimlarni toʻlashi lozimligi haqida ogohlantiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Toʻlovni amalga oshiruvchi xorijiy davlatlarning oynalari tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositalarining haydovchilari majburiy yigʻimlarni chegara bojxona postidagi bank kassalari orqali amalga oshiradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Chegara bojxona postlaridagi bank kassalari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy davlatlarning oynalari tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositalari haydovchilaridan majburiy yigʻimlarni qabul qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
majburiy yigʻim qabul qilinganligi haqida xorijiy davlatlarning oynalari tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositasining roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgisini koʻrsatgan holda kvitansiya rasmiylashtiradi va uning bir nusxasini haydovchiga beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining yoʻl-patrul xizmati:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha kirgan va tranzit harakatlanayotgan xorijiy davlatlarning oynalari tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositalari haydovchilaridan majburiy yigʻimlar undirilganligini nazorat tartibida tekshirish uchun kvitansiya nusxasini koʻradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha kirgan va tranzit harakatlanayotgan xorijiy davlatlarning oynalari tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositalari haydovchilari tomonidan majburiy yigʻimlar toʻlanmaganligi aniqlanganda, ularga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga muvofiq maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Xorijiy davlatlarning oynalari tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositalari haydovchilaridan undirilgan yigʻim mablagʻlari tijorat banklari orqali Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga yoʻnaltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xorijiy davlatlarning oynalari tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha kirishi va tranzit harakatlanishi uchun undirilgan majburiy yigʻim mablagʻlarining ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishga maqsadli yoʻnaltirilishini taʼminlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Yakuniy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Chegara bojxona postlaridagi bank kassalari tomonidan berilgan majburiy yigʻimlar qabul qilinganligi haqidagi kvitansiya xorijiy davlatlarning oynalari tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha kirishi va tranzit harakatlanishi imkonini beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2018-y., 10/18/3091/2241-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son; 05.03.2026-y., 10/26/3091-1/0194-son)