29.11.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3091
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining qarori, 29.11.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3091
Date of entry into force
29.11.2018
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorijiy davlatlarning oynalari tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha kirishi va tranzit harakatlanishi uchun majburiy yigʻimlarni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 29-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3091]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-iyuldagi 547-son “Tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynali yengil avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Moliya vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Xorijiy davlatlarning oynalari tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha kirishi va tranzit harakatlanishi uchun majburiy yigʻimlarni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 6-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
72-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M. AZIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 6-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
01-02/12-65-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vaziri D. KUCHKAROV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 6-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
139-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat xavfsizlik xizmati raisi I. ABDULLAYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 6-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Moliya vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmatining 2018-yil 6-noyabrdagi 72, 01-02/12-65, 139, 11-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorijiy davlatlarning oynalari tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha kirishi va tranzit harakatlanishi uchun majburiy yigʻimlarni undirish tartibi toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-iyuldagi 547-son “Tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynali yengil avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq xorijiy davlatlarning oynalari tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha kirishi va tranzit harakatlanishi uchun majburiy yigʻimlarni undirish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Xorijiy davlatlarning oynalari tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositalari deganda, xorijiy davlatlarning roʻyxatga olish idoralarida roʻyxatda turgan, yoʻlovchilarni tashish uchun foydalaniladigan, haydovchining oʻrindigʻidan tashqari oʻrindiqlar soni sakkiztadan oshmaydigan, toʻla vazni 3,5 tonnagacha boʻlgan, old yon oynalarining tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) avtotransport vositalari tushuniladi.
(1-band Oʻzbekiston respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2026-yil 17-fevraldagi 7-son, Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 30-yanvardagi 324-son hamda Davlat xavfsizlik xizmatining 2026-yil 26-yanvardagi 1-sonli qarori (roʻyxat raqami 3091-1, 04.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.03.2026-y., 10/26/3091-1/0194-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik kirgan yoki tranzit harakatlanishida boʻlgan chet el rasmiy delegatsiyalarining oynalari tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Xorijiy davlatlarning oynalari tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha kirishi va tranzit harakatlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga tushadigan 15 AQSH dollari miqdorida yigʻim undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Xorijiy davlatlarning oynalari tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositalari haydovchilaridan yigʻimlarni undirish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining toʻlov kunidagi kursi boʻyicha milliy valyutada amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Majburiy yigʻimlarni undirish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining chegara bojxona posti xodimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha kirish va tranzit harakatlanish uchun chegara bojxona postidan oʻtayotgan xorijiy davlatlarning oynalari tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositalari haydovchilari majburiy yigʻimlarni toʻlashi lozimligi haqida ogohlantiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Toʻlovni amalga oshiruvchi xorijiy davlatlarning oynalari tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositalarining haydovchilari majburiy yigʻimlarni “E-tranzit” avtomatlashtirilgan axborot tizimidagi yagona hisobvaragʻi asosida shakllantiriladigan QR-kod (matrik shtrixli kodli) yordamida elektron toʻlov tizimlari yoki chegara bojxona postidagi bank kassalari orqali amalga oshiradilar.
(6-band Oʻzbekiston respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2026-yil 17-fevraldagi 7-son, Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 30-yanvardagi 324-son hamda Davlat xavfsizlik xizmatining 2026-yil 26-yanvardagi 1-sonli qarori (roʻyxat raqami 3091-1, 04.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.03.2026-y., 10/26/3091-1/0194-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Chegara bojxona postlaridagi bank kassalari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy davlatlarning oynalari tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositalari haydovchilaridan majburiy yigʻimlarni qabul qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
majburiy yigʻim qabul qilinganligi haqida xorijiy davlatlarning oynalari tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositasining roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgisini koʻrsatgan holda kvitansiya rasmiylashtiradi va uning bir nusxasini haydovchiga beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining yoʻl-patrul xizmati:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha kirgan va tranzit harakatlanayotgan xorijiy davlatlarning oynalari tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositalari haydovchilaridan majburiy yigʻimlar undirilganligini nazorat tartibida tekshirish uchun kvitansiya nusxasini yoki yagona hisobvaragʻini koʻradi;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2026-yil 17-fevraldagi 7-son, Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 30-yanvardagi 324-son hamda Davlat xavfsizlik xizmatining 2026-yil 26-yanvardagi 1-sonli qarori (roʻyxat raqami 3091-1, 04.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.03.2026-y., 10/26/3091-1/0194-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha kirgan va tranzit harakatlanayotgan xorijiy davlatlarning oynalari tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositalari haydovchilari tomonidan majburiy yigʻimlar toʻlanmaganligi aniqlanganda, ularga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga muvofiq maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Xorijiy davlatlarning oynalari tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositalari haydovchilaridan undirilgan yigʻim mablagʻlari tijorat banklari orqali Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga yoʻnaltiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi xorijiy davlatlarning oynalari tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha kirishi va tranzit harakatlanishi uchun undirilgan majburiy yigʻim mablagʻlarining ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishga maqsadli yoʻnaltirilishini taʼminlaydi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Chegara bojxona postlaridagi bank kassalari tomonidan berilgan majburiy yigʻimlar qabul qilinganligi haqidagi kvitansiya yoki yagona hisobvaragʻi xorijiy davlatlarning oynalari tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha kirishi va tranzit harakatlanishi imkonini beradi.
(11-band Oʻzbekiston respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2026-yil 17-fevraldagi 7-son, Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 30-yanvardagi 324-son hamda Davlat xavfsizlik xizmatining 2026-yil 26-yanvardagi 1-sonli qarori (roʻyxat raqami 3091-1, 04.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.03.2026-y., 10/26/3091-1/0194-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2018-y., 10/18/3091/2241-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son; 05.03.2026-y., 10/26/3091-1/0194-son)