21.11.2018 yildagi PQ-4024-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 21.11.2018 yildagi PQ-4024-son
Date of entry into force
22.11.2018
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarining joriy etilishini nazorat qilish, ularni himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Koʻchirma]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat va jamiyat boshqaruvi sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimlarini joriy etish mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy islohotlar va oʻzgarishlarni samarali amalga oshirishning muhim sharti hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, davlat organlari va tashkilotlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, axborot xavfsizligini taʼminlash tizimini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrilayotganiga qaramasdan “Elektron hukumat” tizimining joriy etilishi va samarali faoliyat koʻrsatishiga, axborot sohasidagi tahdidlarga qarshi kurashishga toʻsqinlik qiluvchi qator muammolar saqlanib qolmoqda. Jumladan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchidan, axborotlashtirish subyektlari tomonidan qonun hujjatlari, normativ hujjatlar va davlat standartlarining ijro etilishi ustidan nazorat va tekshirishning amaldagi mexanizmi zamonaviy talablarga muvofiq emasligi koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatining pasayishiga olib kelmoqda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchidan, axborot xavfsizligi sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishga masʼul yagona vakolatli organning mavjud emasligi mazkur yoʻnalishda amalga oshirilayotgan ishlarning samarasizligiga sabab boʻlmoqda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchidan, davlat organlari va tashkilotlari tomonidan joriy etilayotgan apparat vositalari va dasturiy mahsulotlarni ekspertiza va sertifikatsiyadan oʻtkazish tizimidagi kamchiliklar ularning “Elektron hukumat” tizimiga jadal integratsiyalashuvini susaytirmoqda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchidan, telekommunikatsiya, axborot va kiberxavfsizlik sohasidagi nazorat tizimi, muhim axborot infratuzilmasining mukammal emasligi davlat axborot tizimlari obyektlari, raqamli iqtisodiyot va shaxsiy maʼlumotlarning zaiflashuviga olib kelmoqda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchidan, buzgʻunchi kuchlarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va Internet tarmogʻidan faol foydalanishi aholi, ayniqsa, oʻsib kelayotgan avlodning dunyoqarashi va ongiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oltinchidan, axborot va kiberxavfsizlikni taʼminlash sohasidagi ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish va joriy qilish boʻyicha tizimli ishlarning mavjud emasligi milliy axborot makonini himoya qilishning zamonaviy usullarini joriy qilish imkonini bermayapti.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Axborot sohasida yagona davlat siyosati roʻyobga chiqarilishining samaradorligini oshirish, telekommunikatsiya, axborot va kiberxavfsizlikni taʼminlash sohasidagi nazorat tizimini yanada takomillashtirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha inspeksiyani;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini taʼminlashga koʻmaklashish markazini tugatish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyuldagi PF-141-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2026-y., 06/26/141/0776-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat unitar korxonasi shaklida Texnik koʻmaklashish markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz);
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining “Xavfsiz shahar” jamoat tartibiga koʻmaklashish markazi” davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda — “Xavfsiz shahar” markazi) tashkil etilsin.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi PF-194-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2022-y., 06/22/194/0766-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini taʼminlashga koʻmaklashish markazining boʻshayotgan 135 nafar shtat birligi Markazga oʻtkazilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat inspeksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha inspeksiyaning huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini taʼminlashga koʻmaklashish markazining huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi, “Xavfsiz shahar” loyihasini amalga oshirish bilan bogʻliq huquq va majburiyatlari bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat inspeksiyasi Markazning taʼsischisi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Xavfsiz shahar” markazi jamoat xavfsizligini taʼminlash va ichki tartibni saqlash sohasiga raqamli texnologiyalarni joriy etishda “Elektron hukumat” tizimini davlat organlari va boshqa tashkilotlarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilish boʻyicha Yagona integrator hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Xavfsiz shahar” markazi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini taʼminlashga koʻmaklashish markazining “Xavfsiz shahar” yagona integratsiyalangan tizimini yaratish loyihasini amalga oshirish bilan bogʻliq huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi PF-194-sonli Farmoniga asosan beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2022-y., 06/22/194/0766-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyuldagi PF-141-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2026-y., 06/26/141/0776-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot xavfsizligiga hozirgi vaqtdagi tahdidlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish, tahlil qilish va toʻplash, davlat organlari va tashkilotlari axborot tizimlari, resurslari va maʼlumotlar bazalariga noqonuniy kirib olish holatlarining oldini olishni taʼminlaydigan samarali tashkiliy va dasturiy-texnik yechimlarni tezkor qabul qilish boʻyicha tavsiyalar va takliflar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun buzuvchilarni, axborotlar makonidagi ruxsatsiz yoxud buzuvchi harakatlarni amalga oshirishda foydalaniladigan metodlar va vositalarni tahlil qilish, identifikatsiyalashda telekommunikatsiyalar tarmoqlarining operatorlari va provayderlari, huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlik qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborotlashtirish obyektlarida (davlat sirlari bundan mustasno) apparat vositalari va dasturiy mahsulotlarni, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, telekommunikatsiya jihozlari va boshqa texnik vositalarni attestatsiya, ekspertiza va sertifikatsiyadan oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari va tashkilotlari axborot tizimlari va resurslari axborot xavfsizligi siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat axborot tizimlari va resurslari, shuningdek, Internet tarmogʻi milliy segmentining axborot xavfsizligini taʼminlash sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Internetning milliy foydalanuvchilarini Internet tarmogʻi milliy segmentida axborot xavfsizligiga paydo boʻlayotgan tahdidlar toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabardor qilish, shuningdek, axborotlarni himoya qilish boʻyicha maslahat xizmatlari koʻrsatish.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) “Xavfsiz shahar” markazining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida “Xavfsiz shahar” yagona integratsiyalangan tizimini yaratish va undan foydalanishni nazorat qilish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamoat xavfsizligini taʼminlash va ichki tartibni saqlash sohasiga raqamli texnologiyalarni joriy etish va ularning “Elektron hukumat” tizimi bilan integratsiyasini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamoat xavfsizligini taʼminlash va ichki tartibni saqlash sohasida joriy etilayotgan raqamli texnologiyalar boʻyicha yagona texnologik yondashuvni amalga oshirishda yagona talablar, meʼyorlar va mezonlarni belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, xoʻjalik yurituvchi subyektlarga jamoat xavfsizligini taʼminlash va ichki tartibni saqlash sohasida raqamli texnologiyalar joriy etishda koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamoat xavfsizligi va huquq tartibotni taʼminlash sohasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladigan loyihalarni kelishish va xulosalar berish.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi PF-194-sonli Farmoniga asosan “v” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2022-y., 06/22/194/0766-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi “Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5490-son Farmoni 5 va 6-bandlari talablari Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladigan tekshirishlarga tatbiq etilmaydi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyuldagi PF-141-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2026-y., 06/26/141/0776-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Quyidagi tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Joriy taʼminot (ish haqiga davlat qoʻshimcha toʻlovlari va ustama pullar saqlangan holda), Davlat inspeksiyasi va Markazning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ular xodimlarining mehnatini qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Markaz xodimlariga axborot va kiberxavfsizlik sohasidagi alohida mehnat sharoitlari uchun xodim lavozim maoshining kamida 100 foizi miqdorida oylik ustama belgilanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 2019-yil 1-yanvardan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, apparat vositalari va dasturiy mahsulotlar, himoya vositalari va boshqa texnik vositalarga texnik topshiriqlar boʻyicha xulosalar Markaz bilan majburiy tartibda kelishiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari va tashkilotlarining axborotlashtirish obyektlarida (davlat sirlari bundan mustasno) joriy etiladigan va foydalaniladigan apparat vositalari va dasturiy mahsulotlar majburiy ravishda Markazda attestatsiya va ekspertizadan oʻtkazilishi zarur;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, apparat vositalari va dasturiy mahsulotlar, himoya vositalari hamda boshqa texnik vositalarga texnik topshiriqlar boʻyicha xulosalarni Markaz bilan majburiy kelishilgandan soʻng berilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) jamoat xavfsizligini taʼminlash va ichki tartibni saqlash sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
raqamli texnologiyalarni joriy etish, taʼlim muassasalariga kirish test sinovlari jarayonini oshkora va shaffof oʻtkazish, shuningdek, “112” Yagona dispetcherlik xizmatini tashkil etish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan mahalliy budjet hisobidan moliyalashtiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat ahamiyatiga ega tadbirlarda va obyektlarda, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarida raqamli texnologiyalarni joriy etish Ichki ishlar vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
raqamli texnologiyalarni joriy etish boʻyicha yagona texnologik yondashuvni amalga oshirishda yagona talablar, meʼyorlar va mezonlarni belgilash va ularni “Elektron hukumat” tizimi bilan integratsiyalashga koʻmaklashish Yagona integrator tomonidan amalga oshiriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi PF-194-sonli Farmoniga asosan “g” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2022-y., 06/22/194/0766-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha inspeksiyaga biriktirilgan transport vositalari va boshqa mol-mulkni Davlat inspeksiyasiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini taʼminlashga koʻmaklashish markaziga biriktirilgan texnik va transport vositalari, shuningdek, boshqa mol-mulkni Markaz balansiga begʻaraz oʻtkazsin, Xavfsiz shahar loyihasini amalga oshirish uchun moʻljallangan mol-mulk bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Fanlar akademiyasi Davlat inspeksiyasi va Markazni joylashtirish uchun Toshkent shahri, Doʻrmon yoʻli koʻchasi, 29 va 31-uylari manzili boʻyicha joylashgan maʼmuriy bino va inshootlarini tutash hududlari bilan birgalikda operativ boshqaruv huquqi asosida Davlat inspeksiyasiga oʻtkazsin.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-noyabrdagi PQ-4034-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbektelekom” AKga Markazni zarur aloqa vositalari va yuqori tezlikdagi Internet tarmogʻi bilan taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekenergo” AJga Markazga ajratilgan binoni majburiy tartibda zaxira qilingan uzluksiz energiya taʼminoti bilan taʼminlash tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Markaz axborot sohasida davlat xavfsizligini taʼminlash uchun olib kiriladigan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, kompyuter texnikasi, dasturiy mahsulotlar, apparat-dasturiy komplekslar, oʻquv va laboratoriya jihozlari, ehtiyot qismlar, butlovchi qismlar va radiodetallarga bojxona toʻlovlarini (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari) toʻlashdan ozod etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining “Xavfsiz shahar” jamoat tartibiga koʻmaklashish markazi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzlari qabul qilgan idoraviy hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ushbu qaroriga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Raisi I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 21-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-4024-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyuldagi PF-141-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2026-y., 06/26/141/0776-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyuldagi PF-141-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2026-y., 06/26/141/0776-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyuldagi PF-141-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2026-y., 06/26/141/0776-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2018-y., 07/18/4024/2200-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.06.2021-y., 06/21/6252/0617-son; 26.04.2022-y., 07/22/221/0357-son, 23.08.2022-y., 06/22/194/0766-son; 22.04.2025-y., 07/25/147/0367-son; 25.07.2026-y., 06/26/141/0776-son)