27.07.2018 yildagi PF-5490-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 27.07.2018 yildagi PF-5490-son
Date of entry into force
28.07.2018
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mamlakatda tadbirkorlik faoliyatining to‘sqinliksiz amalga oshirilishini ta’minlash, biznes yuritish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va respublikaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu maqsadda muqobil tekshiruvlar va rejadan tashqari tekshiruvlarning barcha turlari bekor qilindi, tadbirkorlik faoliyati sohasidagi bir qator litsenziyalanadigan faoliyat turlari va ruxsat berish tartib-taomillari qisqartirildi hamda soddalashtirildi. Mazkur chora-tadbirlar mamlakatda ishbilarmonlik muhitini rivojlantirishga va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro miqyosdagi reytingiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, tadbirkorlik faoliyati sohasida bir qator tizimli muammolar saqlanib qolmoqda, ularning hal etilishi biznesni rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish, mamlakatga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hamda tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarining kafolatli himoyasini ta’minlash imkonini beradi. Xususan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchidan, nazorat qiluvchi organlar va insofli tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida ishonchli hamkorlikni o‘rnatishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasining qabul qilinganligi amaldagi tekshiruvlar tizimini, davlat nazoratining boshqa turlarini, shuningdek, soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish tartibini tubdan qayta ko‘rib chiqishni talab etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchidan, qonun hujjatlarida zamon talablariga javob bermaydigan ayrim huquqiy mexanizmlarning mavjudligi sababli soliqlar, boshqa majburiy to‘lovlar, penyalar va moliyaviy jarimalar bo‘yicha qarzdorliklar sun’iy yo‘l bilan yig‘ilib bormoqda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchidan, tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlari buzilishiga olib kelayotgan davlat organlarining samarasiz va ortiqcha nazorat funksiyalari amal qilmoqda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
to‘rtinchidan, tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarning tashkiliy jihatlari va tartib-taomillarini kompleks tartibga solish hamda ularning qonuniyligi monitoringini olib borishning yagona yaxlit tizimi mavjud emasligi nazorat qiluvchi organlar faoliyatining shaffofligini ta’minlash va o‘tkaziladigan tekshiruvlarning asosliligini xolis baholash imkonini bermayapti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchidan, o‘tkaziladigan tekshiruvlarning ochiqligi, oshkoraligi va xolisligini ta’minlovchi nazorat qiluvchi organlar faoliyati ustidan mustaqil jamoatchilik nazorati tizimi joriy etilmagan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oltinchidan, ko‘chmas mulk obyektlarini buzib, davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplashning amaldagi mexanizmidagi kamchiliklar ularning huquq va qonuniy manfaatlari buzilishiga olib kelmoqda, tadbirkorlik subyektlarining davlatga bo‘lgan ishonchiga putur yetkazmoqda, shuningdek, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini pasaytirmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Biznesni rivojlantirishdagi byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, tadbirkorlik subyektlarini himoya qilishning huquqiy mexanizmlarini yanada kuchaytirish, mamlakatda investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Savdo-sanoat palatasining mazkur Farmon kuchga kirgan vaqtda mavjud bo‘lgan qat’iy belgilangan soliq va ushbu qarzdorlik uchun hisoblangan penyalar bo‘yicha qarzdorlikni, shuningdek, moliyaviy jarimalar va sud xarajatlari (sud chiqimlari bundan mustasno) bo‘yicha quyidagilarga hisoblangan qarzdorlikni hisobdan chiqarish haqidagi taklifi ma’qullansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 1-aprelga qadar yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxslarga va 2018-yil 1-apreldan moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan (shu jumladan, faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan) yakka tartibdagi tadbirkorlarga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanganligi uchun bir yillik qat’iy belgilangan soliq summasi hisoblangan jismoniy shaxslarga.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan qarzdorliklarni hisobdan chiqarish, mazkur bandning tegishli ravishda ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan shaxslar 2019-yil 1-iyulga qadar muddatda tadbirkorlik faoliyatini tiklagan yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan hollarda amalga oshirilishi belgilansin.
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil26-dekabrdagi PF-5607-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2018-y., 06/18/5607/2385-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining hududiy boshqarmalari bilan birgalikda ushbu bandda ko‘rsatilgan shaxslarning tadbirkorlik va moliya-xo‘jalik faoliyatini tiklashda, shuningdek, ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda faol yordam bersin, bajarilgan ishlar natijalari to‘g‘risidagi oylik hisobotlarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritib borsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan faoliyat olib borayotgan jismoniy shaxslardan tegishli faoliyat turi bo‘yicha belgilangan stavkadan kelib chiqib hisoblangan bir yillik miqdordagi qat’iy belgilangan soliqni bir yo‘la undirish tartibi bekor qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Oliy sud bilan birgalikda uch oy muddatda tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslarga hisoblangan undirish umidsiz bo‘lgan soliq va boshqa majburiy to‘lovlar, mazkur qarzdorlik uchun hisoblangan penyalar bo‘yicha qarzdorlikni, shuningdek, moliyaviy jarimalar va sud xarajatlari (sud chiqimlari bundan mustasno) bo‘yicha qarzdorlikni xatlovdan o‘tkazsin, keyinchalik ko‘rsatilgan qarzdorliklarni belgilangan tartibda hisobdan chiqarish choralarini ko‘rsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Bosh prokuraturasi, Markaziy banki, Moliya vazirligi hamda Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorligi bo‘lgan va ikki oy davomida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirmayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlarning faoliyatini to‘xtatish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliya-xo‘jalik faoliyatni amalga oshirmayotgan korxonalarni tugatish tartibini soddalashtirish, shuningdek, faoliyat ko‘rsatmayotgan tashkilotlar va muassislari uzoq muddat bedarak bo‘lgan tashkilotlarning umidsiz qarzdorligini hisobdan chiqarish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. 2018-yil 1-sentabrdan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik subyektlarining moliya-xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan rejali tekshiruvlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan nazorat tartibidagi tekshiruvlar bekor qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Belgilab qo‘yilsinki, 2018-yil 1-sentabrdan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish tashabbusi bilan chiqish tegishli tadbirkorlik subyektlari tomonidan qonunbuzarlik sodir etish xavfi darajasidan kelib chiqib, tekshiruvni tashabbus qilishni nazarda tutuvchi “xavfni tahlil etish” tizimi natijalari asosida amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-martdagi PF-5690-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.03.2019-y., 06/19/5690/2772-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan barcha tekshiruvlar Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatga olinishi shart;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatga olinmagan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlar noqonuniy hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkazilgan tekshiruvlarning natijalari nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshiruv tamomlangandan keyin uch kun davomida Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimiga kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, 2019-yil 1-apreldan boshlab tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarni muvofiqlashtirish va nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshiruvlar o‘tkazilishining qonuniyligi ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (keyingi o‘rinlarda — vakolatli organ) tomonidan amalga oshiriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-martdagi PF-5690-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.03.2019-y., 06/19/5690/2772-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Farmonning 5-bandida ko‘rsatilgan talablar tezkor-qidiruv tadbirlari, shuningdek, jinoyat-protsessual qonunchiligi asosida hamda budjet tizimi budjetlari mablag‘laridan maqsadli foydalanishini o‘rganish maqsadida o‘tkaziladigan taftishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(5-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-iyuldagi PF-99-sonli Farmoni tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
(51-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-iyuldagi PF-110-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2023-y., 06/23/110/0506-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auditorlik tekshirishlarini o‘tkazish bo‘yicha sarf-xarajatlar ana shu tekshirishlarni tayinlagan tashkilotlar hisobidan qoplanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy soliq organlari tomonidan boshqa tumanlar (shaharlar)da ro‘yxatga olingan tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarish binolari, savdo shoxobchalari qayerda joylashganidan va xizmatlar ko‘rsatiladigan (ishlar bajariladigan) joydan qat’iy nazar, ularning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish takrorlanishiga yo‘l qo‘yilmagan holda, tadbirkorlik subyekti ro‘yxatga olingan joydagi tegishli soliq organlari bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.
(51-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-noyabrdagi PF-184-sonli Farmoniga asosan 2025-yil 1-yanvardan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2024-y., 06/24/184/0954-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-noyabrdagi PF-184-sonli Farmoniga asosan 2025-yil 1-yanvardan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2024-y., 06/24/184/0954-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nazorat qiluvchi organlardan boshqa tashkilotlarga o‘tkazilayotgan ayrim nazorat funksiyalari ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2018-yil 1-sentabrdan amalga kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Nazorat qiluvchi organlar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Savdo-sanoat palatasi bilan kelishgan holda 2018-yil 1-sentabrga qadar muddatda o‘z faoliyatiga “xavfni tahlil etish” tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi tegishli nizomlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi nazorat qiluvchi organlarga “xavfni tahlil etish” tizimini o‘z faoliyatiga joriy etishda ko‘maklashsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Bosh prokuratura bilan birgalikda 2018-yil 1-sentabrga qadar muddatda Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimining boshlang‘ich versiyasini ishlab chiqsin hamda 2019-yil 1-yanvardan uning quyidagilarga imkon beruvchi to‘liq versiyasini ishga tushirsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) vakolatli organga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlarida tekshiruvlarni o‘tkazish yuzasidan qabul qilingan qarorlarning asosliligini o‘rganish va tekshiruvlarni o‘tkazishga noyob kod bilan ruxsat berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nazorat qiluvchi organlar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tekshiruvlar o‘tkazish tartibiga rioya etilayotganligi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) nazorat qiluvchi organlarga o‘tkazilgan tekshiruvlar natijalarini kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) tadbirkorlik subyektlariga o‘z so‘rovlariga ko‘ra o‘tkazilayotgan tekshiruv haqidagi axborotni qisqa xabar (SMS) ko‘rinishida hamda real vaqt rejimida Internet tarmog‘i orqali olish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan birgalikda 2018-yil 1-sentabrga qadar muddatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga ushbu Farmon qoidalarini inobatga olgan holda “Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini o‘rnatilgan tartibda kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda “Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni kuchga kirgunga qadar amal qiladigan Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarni kelishish va o‘tkazish tartibi haqidagi vaqtinchalik nizomni hamda Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimini yuritish tartibi haqidagi nizomni tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-iyundagi “Biznesning qonuniy manfaatlari davlat tomonidan muhofaza qilinishi va tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5087-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tadbirkorlik subyektlari — Palata a’zolarining faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlar monitoringini amalga oshirishi hamda tekshiruvlarda ishtirok etishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarga tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlar ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish hamda yakunlari yuzasidan har chorakda vakolatli organga axborot taqdim qilish tavsiya etilsin.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-martdagi PF-5690-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.03.2019-y., 06/19/5690/2772-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarini tadbirkorlik subyektlarida tekshiruvlar o‘tkazish huquqini berish yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va Markaziy bankining 2018-yil 1-sentabrdan boshlab yakka tartibdagi tadbirkorlarga O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillarni bank korporativ kartalari orqali sotib olish huquqini berish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda “Davergeodezkadastr” qo‘mitasi deb yuritiladi) va Adliya vazirligining 2018-yil 1-oktabrdan ko‘chmas mulkka (yer uchastkalari, bino va inshootlar, ko‘p yillik dov-daraxtlarga) bo‘lgan huquqni ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi guvohnomani rasmiylashtirishni bekor qilish, tegishli yozuvni ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar va ular bilan tuzilgan bitimlar davlat reyestriga elektron shaklda kiritish tartibini joriy etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. 2018-yil 1-oktabrdan shunday tartib joriy etilsinki, unga ko‘ra:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘chmas mulkka bo‘lgan egalik huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar to‘g‘risidagi, shu jumladan, ushbu huquqlarning vujudga kelishi, o‘tishi, cheklanishi va bekor qilinishi, shuningdek, ular bilan tuzilgan bitimlar haqidagi axborot mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, notariuslar, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining hududiy tuzilmalari, shuningdek, boshqa vakolatli organlar tomonidan “Davergeodezkadastr” qo‘mitasining hududiy organlariga tegishli xatti-harakatlar sodir etilgan kundan boshlab bir kun muddatda axborot-kommunikatsiya tizimlaridan foydalangan holda taqdim etiladi;
(15-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-martdagi PF-6184-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.03.2021-y., 06/21/6184/0192-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Davergeodezkadastr” qo‘mitasining hududiy organlari ushbu bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan axborotga asosan ko‘chmas mulkka bo‘lgan tegishli huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslar murojaat qilganda, davlat va boshqa tashkilotlar so‘rov yuborganda “Davergeodezkadastr” qo‘mitasining hududiy organlari ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar va ular bilan tuzilgan bitimlar davlat reyestridan tegishli huquqning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi elektron va (yoki) qog‘oz shakldagi ko‘chirmani taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda ushbu bandning talablaridan kelib chiqqan holda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni va ular bilan tuzilgan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini qayta ko‘rib chiqsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplashning quyidagilarni nazarda tutuvchi yangi mexanizmini joriy etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin:
(16-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 30-yanvardagi PF-15-sonli Farmoni tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish bo‘yicha respublika maqsadli jamg‘armasini (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil qilish;
(16-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 19-iyundagi PF-99-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2023-y., 06/23/99/0403-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirishning aniq manbalarini belgilash, ularda mahalliy budjetlarning daromad qismi mablag‘lari jalb qilinishini nazarda tutish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishini Jamg‘arma bilan majburiy tarzda kelishish tartibini joriy etish.
(16-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 30-yanvardagi PF-15-sonli Farmoni tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirishning aniq manbalarini nazarda tutgan holda, Jamg‘arma faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi hukumat qarorini qabul qilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
161. Vazirliklar, idoralarning rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari qattiq ogohlantirib qo‘yilsinki, nazorat organlarining mansabdor shaxslari tadbirkorlik subyektlari ruxsatsiz tekshirilganligi va ularning xo‘jalik faoliyatiga noqonuniy aralashilganligi uchun yetkazilgan iqtisodiy zararning o‘rni qoplangan holda javobgarlikka, hatto jinoiy javobgarlikka ham tortiladilar.
(161-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. 2018-yil 1-sentabrdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 4-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Farmonga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil D.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 27-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-5490-son
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-sonli Farmoniga asosan 1-ilovaning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2024-y., 06/24/184/0954-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-sonli Farmoniga asosan 2-ilovaning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2024-y., 06/24/184/0954-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-son Farmoniga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nazorat qiluvchi organlardan boshqa tashkilotlarga o‘tkazilayotgan ayrim nazorat funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
RO‘YXATI

T/r

Nazorat funksiyalari

Nazorat qiluvchi organ

Nazorat funksiyalari vakolatiga o‘tkazilayotgan fuqarolik jamiyati institutlari va boshqa tashkilotlar

Nazorat qiluvchi organda saqlanib qolinayotgan nazorat mexanizmi

2.

Poligrafiya sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

Profilaktika ishlari

(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi PF-87-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2025-y., 06/25/87/0451-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-son Farmoniga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan ayrim hujjatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
RO‘YXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 8-iyundagi “Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashining yangilangan tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-2008-son Farmoni.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 3-avgustdagi “Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi PF-2678-son Farmoni.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 5-oktabrdagi “Tadbirkorlik subyektlarini tekshirishni yanada qisqartirish va uning tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-3665-son Farmonining 1-bandi ikkinchi — beshinchi xatboshilari, 3, 4 va 6-bandlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 28-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tekshirishni tashkil qilishni tartibga solish to‘g‘risida” 1998-yil 19-noyabrdagi PF-2114-sonli Farmoniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi PF-3694-son Farmoni.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 26-martdagi “O‘zbekiston Respublikasining “Xususiy bank va moliya institutlari hamda ular faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi PF-4522-son Farmoni.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 15-maydagi “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4725-son Farmonining 2-bandi ikkinchi — to‘rtinchi va yettinchi xatboshilari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016-yil 5-oktabrdagi PF-4848-sonli Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pul muomalasini yanada takomillashtirish va bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda hisob-kitoblarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 15-fevraldagi PQ-2777-sonli qarori) PF-5027-son Farmoni ilovasining 1, 2, 4 — 8-bandlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini tekshirishni yanada qisqartirish va uning tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 5-oktabrdagi PF-3665-son Farmoniga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi PF-5102-son Farmoni.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-fevraldagi “Pul muomalasini yanada takomillashtirish va bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda hisob-kitoblarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2777-son qarorining 2-bandi uchinchi xatboshi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-3454-son qarori 11-ilovasi izohining 3-bandi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2018-y., 06/18/5490/1584-son, 01.10.2018-y., 06/18/5547/1975-son, 02.11.2018-y., 06/18/5566/2153-son, 28.12.2018-y., 06/18/5607/2385-son; 06.02.2019-y., 06/19/5656/2586-son; 23.02.2019-y., 06/19/5668/2652-son; 16.03.2019-y., 06/19/5690/2772-son; 11.04.2019-y., 06/19/5707/2923-son; 04.10.2019-y., 06/19/5846/3866-son; 31.10.2019-y., 06/19/5863/3979-son; 09.11.2019-y., 06/19/5870/4010-son; 28.11.2019-y., 06/19/5884/4081-son; 28.11.2019-y., 06/19/5884/4081-son; 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son; 24.07.2020-y., 06/20/6033/1094-son, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son; 09.03.2021-y., 06/21/6184/0192-son, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son, 06.05.2021-y., 06/21/6221/0428-son, 03.06.2021-y., 06/21/6240/0514-son, 09.06.2021-y., 07/21/5140/0538-son, 29.06.2021-y., 06/21/6252/0617-son, 16.07.2021-y., 06/21/6262/0680-son; 17.07.2021-y., 06/21/6263/0685-son, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son; 22.01.2022-y., 06/22/55/0055-son, 12.02.2022-y., 06/22/67/0128-son; 04.08.2022-y., 06/22/182/0710-son; 26.05.2023-y., 06/23/77/0298-son; 14.06.2023-y., 06/23/94/0362-son; 16.06.2023-y., 06/23/96/0379-son; 20.06.2023-y., 06/23/99/0403-son; 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son; 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son; 21.07.2023-y., 06/23/110/0506-son; 03.08.2023-y., 06/23/125/0553-son; 20.01.2024-y., 06/24/14/0052-son; 24.01.2024-y., 06/24/20/0063-son; 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son; 25.05.2024-y., 06/24/79/0363-son; 05.06.2024-y., 06/24/84/0400-son; 25.07.2024-y., 06/24/104/0551-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son; 04.10.2024-y., 06/24/149/0772-son; 15.10.2024-y., 06/24/156/0816-son; 24.10.2024-y., 06/24/162/0847-son; 24.10.2024-y., 06/24/164/0843-son; 23.11.2024-y., 06/24/184/0954-son; 20.05.2025-y., 06/25/87/0451-son; 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)