Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.05.2022 16.11.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2131-3
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining qarori, 16.11.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2131-3
Date of entry into force
17.11.2018
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.05.2022
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 16-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2131-3]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 10-maydagi 11-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3366, 10.05.2022-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 346-son “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi va 1998-yil 31-martdagi 137-son “Oʻzbekiston Respublikasida tashqi savdo faoliyatini erkinlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasida tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni oʻtkazish tartibini takomillashtirish va amaldagi qonunchilik normalarini bir xilda qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2010-yil 19-iyuldagi EG-01/10-4014, 60, 01-02/8-10-son qarori (roʻyxat raqami 2131, 2010-yil 13-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 33-son, 279-modda) bilan tasdiqlangan Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi savdo vaziri J. XODJAYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 11-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018/23-04-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vaziri D. KUChKAROV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 11-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
133-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M. AZIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 11-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
01-02/8-62-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2018-yil 11-oktabrdagi 2018/23-04, 133, 01-02/8-62-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 13-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Tovarlarning kelib chiqish mamlakati “yetarli darajada qayta ishlanganlik” mezoniga muvofiq aniqlanganda, kelib chiqishi nomaʼlum boʻlgan materiallar xorijiy materiallar deb hisoblanadi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 17-banddagi “Sertifikat Oʻzbekiston Respublikasi” degan soʻzlar “Import qilinayotgan tovarlar uchun sertifikat Oʻzbekiston Respublikasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Arizaga ariza beruvchining imzosi va muhri (mavjud boʻlsa) bilan tasdiqlangan quyidagi hujjatlarning nusxalari (mazkur Nizomning 273 va 274-bandlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno) ilova qilinadi:”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi xatboshi “boʻyicha shartnoma” degan soʻzlardan keyin “(kontrakt asosida eksport qilingan taqdirda)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagi mazmundagi 273 va 274-bandlar bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“273. Oʻzbekiston Respublikasida yetishtirilib eksport qilinayotgan qishloq xoʻjalik mahsulotlariga sertifikat olish boʻyicha murojaat qilinganda, arizaga ariza beruvchining imzosi va muhri (mavjud boʻlsa) bilan tasdiqlangan quyidagi hujjatlarning nusxalari ilova qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yetkazib beruvchi va xaridor oʻrtasidagi eksport (reeksport) qilinayotgan tovar boʻyicha shartnoma (kontrakt asosida eksport qilingan taqdirda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eksport qilinayotgan tovarga hisobvaraq-faktura (invoys);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eksport qilinayotgan tovarning kelib chiqishini tasdiqlaydigan hujjatlar (eksportyorning yer uchastkasidan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududida yetishtirilib eksport qilinayotgan tovarni sotib olinganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sertifikat olish uchun murojaat qilingan kuni mazkur bandda koʻrsatilgan hujjatlarni taqdim etish imkoniyati boʻlmaganda, ariza beruvchi tomonidan eksport qilinayotgan mahsulotning nomi, hajmi, tayyorlovchisi va yetishtirilgan hududi haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oluvchi xat taqdim etishi ruxsat etiladi. Bunda xalqaro meʼyorlarga muvofiq tovar olib kirilayotgan mamlakatning bojxona yoki boshqa vakolatli organlari tomonidan soʻrovnoma kelganda, ariza beruvchi mazkur bandda koʻrsatilgan hujjatlarni taqdim etishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
274. Eksport qilinayotgan qishloq xoʻjaligi mahsulotiga mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda sertifikat olish uchun eksportyor mazkur Nizomning 1-a-ilovasiga muvofiq shaklda rasmiylashtirilgan ariza-deklaratsiyani taqdim etishi mumkin. Ariza-deklaratsiya yozma yoki elektron shaklda hamda ariza beruvchining imzosi va muhri (mavjud boʻlsa) bilan tasdiqlangan holda taqdim qilinadi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. 28-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasidan eksport qilinayotgan tovarlarning kelib chiqish mamlakatini aniqlash boʻyicha ekspertiza oʻtkazish va ekspertiza dalolatnomasini tuzish ariza belgilangan tartibda topshirilgan sanadan boshlab bir ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi xatboshisi “ekspertiza dalolatnomasi” degan soʻzlardan keyin “yoki ariza-deklaratsiya” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ekspertiza dalolatnomasi yoki ariza-deklaratsiya asosida sertifikatni rasmiylashtirish bir ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning ilovasiga muvofiq tahrirda 1-a-ilova bilan toʻldirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-a-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

ARIZA–DEKLARATSIYA
‎ (qishloq xoʻjaligi mahsulotlari uchun umumiy shaklda tovarlarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi
‎sertifikatni berish uchun)

‎‎Ariza beruvchi ___________________________________________________________________________________

‎‎“Oʻzbekekspertiza” AJ bilan _____________________ sanada tuzilgan _____-sonli shartnoma asosida umumiy shakldagi tovar(lar)ning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikatni rasmiylashtirish uchun, ekspert ajratishingizni soʻraydi.

‎‎Toʻlovni kafolatlaymiz. Bizning rekvizitlar __________________________________________________________

_______________________________________________________________________________________________‎‎

1. Tuzilgan sana: _________________________________________________________________________________

2. Tuzilgan joyi: _________________________________________________________________________________‎‎

‎‎3. Ariza-deklaratsiya beruvchi vakili: _________________________________________________________________

________________________________________________________________________________tomonidan �uzildi.

‎‎(korxona nomi, F.I.O. pasport raqami, lavozimi)

‎‎4. Eksporter (yuk joʻnatuvchi): _______________________________________________________________________

‎5. Ishlab chiqaruvchi (tayyorlovchi): ____________________________________________________________________

6. Sotib oluvchi (yuk qabul qiluvchi): __________________________________________________________________‎‎

7. Eksport shartnomasi (mavjud boʻlsa) va hisobvaraq-faktura (invoys): _____________________________________‎‎

_______________________________________________________________________________________________

8. Yuk joʻnatish turi va sanasi: ______________________________________________________________________‎‎

‎‎9. Joʻnatilish va qabul qilish stansiyasi: ______________________________________________________________

‎‎10. Tovar nomi, TIF TN kodi, miqdori (tovar turlari koʻp boʻlganda, tovar nomini ushbu deklaratsiyaning alohida qoʻshimcha varaqlarida koʻrsatishga ruxsat etiladi): ______________________________________________________

___________________________________________________________________________________

11. Tovarning kelib chiqishi haqida maʼlumotlar: _______________________________________________________

‎‎_______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
‎‎(meva-sabzavotlarni sotib olgan/yetishtirganligini tasdiqlovchi hujjatlaring nomi va raqami)

12. Xulosa qismi: Ushbu bilan, yuqoridagi maʼlumotlar toʻgʻriligi va 10-bandda koʻrsatilgan tovarlar haqiqatda Oʻzbekiston Respublikasidan kelib chiqqanligi deklaratsiyalanadi. Taqdim qilingan barcha maʼlumotlar uchun javobgarlik masʼuliyatini olamiz va keyinchalik biz eksport qilgan tovar boʻyicha tovar olib kirilayotgan mamlakat vakolatli organlari tomonidan bizga ushbu ariza-deklaratsiyadagi maʼlumotlar asosida berilgan sertifikat doirasida notoʻgʻri yoki ishonchsiz maʼlumotlar aniqlangan taqdirda tovarning kelib chiqish mamlakatini aniqlash boʻyicha barcha zarur maʼlumot va hujjatlarni taqdim qilishni va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq barcha xarajatlarini toʻlashni oʻz zimmamizga olamiz.

‎‎Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2131, 2010-yil 13-avgust) talablari bilan tanishtirildim.

Rahbar (vakil)

‎(mansabi) ‎‎‎

‎‎________________

‎(imzo)

_____________________________________

‎(F.I.Sh.)

M.Oʻ. (muhr mavjud boʻlgan taqdirda)

‎‎Kelib chiqish mezoni: “batamom ishlab chiqarilgan”

‎‎Ariza-deklaratsiya ekspert tomonidan roʻyhatga olindi

______________

‎(imzo)

_______________________________

‎(F.I.Sh.)

M.Oʻ.”.‎

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.11.2018-y., 10/18/2131-3/2191-son)