07.09.2018 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati oʻrtasida Bitim
Date of entry into force
19.10.2018
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati oʻrtasida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bitim
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududida atom elektr stansiyasini qurishda hamkorlik toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Rossiya Federatsiyasi Hukumati, keyingi oʻrinlarda Tomonlar deb ataluvchilar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har ikki davlat Atom energiyasi boʻyicha xalqaro agentlikning aʼzosi ekanligini eʼtiborga olib,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi 1968-yil 1-iyuldagi Yadroviy qurolni tarqatmaslik toʻgʻrisidagi Shartnoma, 1979-yil 26-oktabrdagi (2005-yil 8-iyuldagi oʻzgartirishlar bilan) Yadroviy qurilmalarni va yadroviy materialni jisman himoya qilish toʻgʻrisida Konvensiya, 1997-yil 5-sentabrdagi Ishlatib boʻlingan yoqilgʻi bilan muomalada boʻlish xavfsizligi toʻgʻrisidagi va radioaktiv chiqindilar bilan muomalada boʻlish xavfsizligi haqidagi birlashgan Konvensiya ishtirokchilari ekanligini hisobga olgan holda,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 29-dekabrda imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati oʻrtasida atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitimga amal qilib,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzaro iqtisodiy manfaat tamoyiliga asoslangan holda,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Tomonlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida Rossiya loyihasi boʻyicha suv-suvli energetik reaktor asosida, atom elektr stansiyasi har bir energoblokining belgilangan quvvati 1,2 GVt gacha boʻlgan 2 ta energoblok tarkibida atom elektrostansiyasini loyihalash, qurish, foydalanishga topshirish, undan foydalanish va foydalanishdan chiqarish borasida hamkorlikni amalga oshiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Atom elektr stansiyasini qurish, basharti mazkur Bitimga muvofiq tuziladigan kontraktlarda boshqa shartlar nazarda tutilmagan boʻlsa, Rossiya Federatsiyasidagi referent atom elektr stansiyasining Tomonlar vakolatli organlari tarafidan kelishilgan loyihasi asosida, xuddi shunday yoki shunga oʻxshash referent uskuna, tuzilma va tizimlardan foydalangan holda bajariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur bandda nazarda tutilgan hamkorlik quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
atom elektr stansiyasi qurilish maydonida atom elektr stansiyasining texnik loyihasini ishlab chiqish uchun izlanishlar oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
atrof-muhitga taʼsirni baholash ishlarini oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
atom elektr stansiyasini loyihalash va qurish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarur uskuna va materiallarni yetkazib berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
atom elektr stansiyasining butun foydalanish davriga boshlangʻich yuklash va keyingi qayta yuklashlar uchun himoya va boshqaruv tizimining tayyor toʻplamli issiqlik ajratuvchi yigʻmalari hamda yutuvchi sterjenlarini loyihalash va yetkazib berish, shuningdek, ushbu yetkazib berishlarni texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq xizmatlarni koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
montaj va ishga tushirish-sozlash ishlarini oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
atom elektr stansiyasini foydalanishga topshirish va undan kafolatli foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
atom elektr stansiyasining butun foydalanish davrida ishlatib boʻlingan yadroviy yoqilgʻi va radioaktiv chiqindilar bilan muomalada boʻlish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
atom elektr stansiyasining energoblokini (energobloklarini) foydalanishdan chiqarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
atom elektr stansiyasini qurish, undan foydalanish va unga texnik xizmat koʻrsatish uchun kadrlarni tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
atom elektr stansiyasining butun foydalanish davrida undan foydalanish, unga texnik xizmat koʻrsatish, taʼmirlash, modernizatsiya va rekonstruksiya qilishda koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
atom elektr stansiyasining energobloklarini qurish va ulardan foydalanish uchun zarur boʻlgan atom elektr stansiyasi infrastrukturasini yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining atom energetikasi boʻyicha milliy dasturini bajarish uchun zarur boʻlgan, atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanishda xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga solish tizimini rivojlantirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Atom elektr stansiyasining har bir energobloki tarkibiga har bir energoblokning normal va xavfsiz ishlashini taʼminlash uchun bosh pudratchi va buyurtmachi tomonidan kelishilgan, loyihada talab etiladigan barcha tizim, bino va inshootlar kiradigan reaktor qurilmasi, turbogenerator va yordamchi uskunalar kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Yadroviy xavfsizlikning ustuvorligini hisobga olgan holda Tomonlar atom energiyasidan foydalanishda xavfsizlikni davlat tarafidan tartibga solish boʻyicha har ikkala davlat organlari tomonidan ular davlatlarining qonunchiligiga muvofiq mazkur Bitimni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan ruxsatnoma (litsenziyalar)ni, shu jumladan, loyihalash, qurish, uskuna, material va yadroviy yoqilgʻining eksporti va importi, shuningdek, atom elektr stansiyasini foydalanishga topshirish, undan kafolatli va kafolatdan keyingi foydalanishga ruxsatnomalar oʻz vaqtida berilishiga koʻmaklashadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Atom elektr stansiyasini qurish boʻyicha loyihani samarali va xavfsiz amalga oshirish maqsadida Tomonlar atom elektr stansiyasining energobloklarini qurish va undan foydalanish uchun zarur boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi atom energetikasi infrastrukturasini takomillashtirishda hamkorlik qiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Bitimni bajarish maqsadida Tomonlar quyidagi vakolatli organlarni tayinlaydilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rossiya tomonidan — “Rosatom” atom energiyasi boʻyicha davlat korporatsiyasi va Ekologiya, texnologiya va atom nazorati boʻyicha federal xizmat (yadroviy va radiatsiyaviy xavfsizlikni tartibga solish, yadroviy materiallar, yadroviy qurilmalar, radioaktiv manbalar, yadroviy materiallar va radioaktiv moddalarni saqlash punktlarini jismoniy himoyalash ustidan nazorat, yadroviy materiallar, radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilarni hisobga olish va tekshirish ustidan nazorat, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining atom energiyasidan foydalanishda xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga solish organi xodimlarini tayyorlash qismi boʻyicha);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston tomonidan — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (yadroviy va radiatsiyaviy xavfsizlikni tartibga solish, yadroviy materiallar va radioaktiv moddalarni hisobga olish va tekshirish, yadroviy materiallar, radioaktiv manbalarni saqlash va radioaktiv chiqindilarni koʻmish punktlari faoliyati ustidan nazorat, yadroviy energetik va tadqiqot reaktorlaridan xavfsiz foydalanish, uran konlarini ishlatishni litsenziyalash va nazorat qilish boʻyicha).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tomonlar vakolatli organlari, ularning nomi yoki vazifalari oʻzgargan taqdirda, bir-birlarini zudlik bilan diplomatik kanallar orqali yozma ravishda xabardor qiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Tomonlarning vakolatli organlari vakolatli tashkilotlarni, shu jumladan, bosh pudratchi va buyurtmachini tayinlaydilar xamda bunday tayinlov toʻgʻrisida bir-birlarini yozma ravishda xabardor qiladilar. Tomonlarning vakolatli organlari vakolatli tashkilotlar, shu jumladan, bosh pudratchi va buyurtmachi oʻzgarganligi toʻgʻrisida bir-birlarini yozma ravishda xabardor qiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur Bitimni amalga oshirish doirasida Oʻzbekistonning vakolatli tashkilotlari va Rossiyaning vakolatli tashkilotlari mazkur Bitim doirasidagi hamkorlikni amalga oshirish uchun oʻzaro kelishuvga koʻra belgilangan Oʻzbekiston tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — Oʻzbekistonning jalb qilinadigan tashkilotlari), Rossiya tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — Rossiyaning jalb qilinadigan tashkilotlari) va uchinchi mamlakatlarning tashkilotlarini jalb qilishga haqlidirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. 2017-yil 29-dekabrda imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati oʻrtasida atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitimning 6-moddasiga muvofiq taʼsis etilgan Qoʻshma muvofiqlashtiruvchi qoʻmita Tomonlarning vakolatli organlari va vakolatli tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda mazkur Bitimni amalga oshirish boʻyicha zarur choralarni koʻradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Bitimning 1-moddasida nazarda tutilgan hamkorlikni amalga oshirish maqsadida Tomonlarning vakolatli organlari vakolatli tashkilotlar tarafidan ular oʻrtasida tuzilgan shartnoma (kontrakt)lar doirasida atom elektr stansiyasi loyihaviy quvvatga chiqquniga qadar barcha loyihaoldi, loyihaviy, qurilish, montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarining bajarilishi, foydalanishning kafolatli muddati (bosh pudratchi va buyurtmachi tarafidan blokni buyurtmachiga kafolatli foydalanishga topshirish toʻgʻrisida dalolatnoma imzolangan sanadan keyin 2 yil mobaynida) texnik koʻmakni taʼminlash, uskunalar, materiallar va yadroviy yoqilgʻini tayyorlash va yetkazib berish, shuningdek, atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanishda xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga solish tizimini rivojlantirishga koʻmaklashish borasidagi ish va xizmatlarning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Atom elektr stansiyasining jismoniy himoyasini taʼminlash uchun javobgarlik Oʻzbekiston tomoniga yuklatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Bitimda nazarda tutilgan hamkorlik Oʻzbekiston vakolatli tashkilotlari bilan Rossiya vakolatli tashkilotlari oʻrtasida tuzilgan shartnoma (kontrakt)lar, shu jumladan, atom elektr stansiyasi qurilishi boʻyicha bosh kontrakt, shuningdek, ish, yetkazib berish, xizmatlarning aniq mazmunini, narxlarni, toʻlov shartlarini, majburiyatlarni bajarish muddatlarini, Oʻzbekiston vakolatli tashkilotlari va Rossiya vakolatli tashkilotlarining, shu jumladan, bosh pudratchi va buyurtmachining majburiyatlari va javobgarligini belgilab beradigan tayyorgarlik davri kontraktlari asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vakolatli tashkilotlar, shartnoma (kontrakt)larga vakolatli tashkilotlar, Oʻzbekistonning jalb qilinadigan tashkilotlari, Rossiyaning jalb qilinadigan tashkilotlari va uchinchi mamlakatlarning tashkilotlari tarafidan mazkur Bitim qoidalariga rioya etilishini taʼminlovchi zarur shartlarning kiritilishini taʼminlaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston tomoni Oʻzbekiston vakolatli tashkilotlari va Oʻzbekistonning jalb qilinadigan tashkilotlarining Rossiya vakolatli tashkilotlari, Rossiyaning jalb qilinadigan tashkilotlari va Rossiya vakolatli tashkilotlari tarafidan jalb qilinadigan uchinchi mamlakatlarning tashkilotlari oldidagi mazkur Bitimda nazarda tutilgan bajariladigan ishlarning toʻlovi boʻyicha majburiyatlarini bajarish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni koʻradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston vakolatli tashkilotlari bilan Rossiya vakolatli tashkilotlari oʻrtasida tuziladigan shartnoma (kontrakt)lar faqat shunday shartnoma (kontrakt)larning shartlariga muvofiq oʻzgartirilishi, toʻxtatilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston vakolatli tashkilotlari bilan Rossiya vakolatli tashkilotlari oʻrtasida mazkur Bitim doirasida shartnoma (kontrakt)lar Oʻzbekiston vakolatli tashkilotlari bilan Rossiya vakolatli tashkilotlari oʻrtasida toʻgʻridan toʻgʻri oʻtkaziladigan muzokaralar natijasi boʻyicha tuziladi. Bunday shartnoma (kontrakt)larning Oʻzbekiston iqtisodiyoti va energetika sektori uchun strategik muhimligini hisobga olgan holda, bunday shartnoma (kontrakt)larni tuzishda tanlov protseduralari oʻtkazilmaydi hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan davlat xaridlari va savdolarining qoida va shartlari qoʻllanilmaydi. Zarurat boʻlganda, Oʻzbekiston tomonining vakolatli organi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq vakolatli tashkilotlar oʻrtasida toʻgʻridan toʻgʻri shartnoma (kontrakt)larni tuzish uchun tegishli ruxsatnomalar olinishini taʼminlaydi, shuningdek, mazkur Bitimning amalga oshirilishi uchun zarur boʻlgan choralarni koʻradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur Bitimga muvofiq ishlarni bajarish, tovarlar yetkazib berish va xizmatlar koʻrsatish maqsadida, Tomonlar atom elektr stansiyasi maydonini tanlash, loyihalash, qurish va undan kafolatli foydalanishda tegishli shartnoma (kontrakt)larni imzolash sanasida amal qilgan Rossiya Federatsiyasining atom energiyasidan foydalanish sohasidagi federal normalar va qoidalarini qoʻllashga kelishib oldilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Atrof-muhit muhofazasi va yongʻin xavfsizligi borasida Oʻzbekiston Respublikasining normalari va qoidalari qoʻllaniladi, ular mavjud boʻlmasa yoki atom elektr stansiyasi loyihasiga nisbatan qoʻllashning imkoni boʻlmasa, keyinchalik shartnoma (kontrakt)larda belgilanadigan tegishli sohadagi Rossiya Federatsiyasining federal normalari va qoidalari qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Atom elektr stansiyasi asosiy va yordamchi obyektlarining jismoniy himoya tizimini loyihalash ATOM energiyasi boʻyicha xalqaro agentlikning “Yadroviy materiallar va yadroviy qurilmalarning jismoniy muhofazasiga doir jismoniy yadroviy xavfsizlik boʻyicha tavsiyalar” hujjatida (INFCIRC/225/Rev.5) keltirilgan tavsiyalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Rossiya vakolatli tashkiloti atom elektr stansiyasini qurish uchun maydon tanlanishini asoslash maqsadida atrof-muhitga taʼsirni baholash toʻgʻrisida hisobotni tayyorlashda buyurtmachiga yordam koʻrsatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Bitimda nazarda tutilgan hamkorlikni amalga oshirish maqsadida Rossiya tomonining vakolatli organi bosh pudratchi tarafidan shartnoma (kontrakt)larga muvofiq quyidagi majburiyatlar bajarilishini taʼminlaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) atom elektr stansiyasining (jismoniy himoya tizimisiz) texnik loyihasini ishlab chiqish, Rossiya Federatsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida nazarda tutilgan xavfsizlik boʻyicha talablarni hisobga olgan holda xavfsizlikni asoslash boʻyicha hisobotni ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) atom elektr stansiyasining loyihaviy hujjatlarini ishlab chiqish va uni atom elektr stansiyasini loyihalash, qurish, foydalanishga topshirish va undan foydalanish uchun zarur boʻlgan maxsus ruxsatnoma (litsenziyalar)ni olish uchun buyurtmachiga topshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) atom elektr stansiyasini loyihalash, qurish, foydalanishga topshirish va undan foydalanish uchun zarur boʻlgan maxsus ruxsatnoma (litsenziyalar)ni olish masalasi yuzasidan buyurtmachiga koʻmak berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) buyurtmachiga uning talabiga koʻra Rossiya Federatsiyasida atom elektr stansiyalarini loyihalash, qurish va ulardan foydalanish boʻyicha normativ hujjatlarni topshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) atom elektr stansiyasini qurishning va atom elektr stansiyasini foydalanishga topshirishning barcha bosqichlarida loyiha talablari bajarilishi ustidan mualliflik kuzatuvi va nazoratini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) atom elektr stansiyasini foydalanishga topshirish uchun zarur boʻlgan hajmlarda, nomenklatura va muddatlar boʻyicha texnologik uskunalar, qurilmalar, asbob va materiallarni kelishilgan hajm va spetsifikatsiyalarga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasiga yetkazib berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7) atom elektr stansiyasining quriladigan obyektlari boʻyicha kelishilgan hajmdagi qurilish-montaj ishlarini bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8) sinovlar va ishga tushirish-sozlash ishlarini bajarish, atom elektr stansiyasini foydalanishga topshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9) ishga tushirish-sozlash ishlarini bajarish, atom elektr stansiyasini foydalanishga topshirish va kafolatli foydalanish davrida ishlab chiqaruvchi zavodlarning talablariga koʻra zarur boʻlgan ehtiyot qismlarini yetkazib berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10) atom elektr stansiyasini qurishning barcha bosqichlarida sifatni taʼminlash dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11) uskuna va materiallar sifati va qabul qilinishini taʼminlash orqali ishlar sifatini boshqarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12) jismoniy himoyani taʼminlash boʻyicha dastur va tashkiliy tadbirlarni ishlab chiqishda buyurtmachiga maslahat xizmatlarini koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13) atom elektr stansiyasidan foydalanish va texnik xizmat koʻrsatish uchun buyurtmachining foydalanuvchi xodimlarini oʻqitish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14) tayyorlov davri kontraktlari va bosh kontrakt doirasida qurilish, montaj, ishga tushirish-sozlash ishlarini amalga oshirish, atom elektr stansiyasining uskuna va tizimlarini foydalanishga topshirish, ishga tushirish-sozlash ishlarida va atom elektr stansiyasini foydalanishga topshirishda, shuningdek, atom elektr stansiyasidan kafolatli foydalanish davrida texnik koʻmak berish uchun ekspert va mutaxassislarni Oʻzbekiston Respublikasiga xizmat safariga yuborish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15) atom elektr stansiyasining asosiy va yordamchi obyektlari jismoniy himoyasi tizimini yaratishda zarur boʻlgan qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash ishlarini Atom energiyasi boʻyicha xalqaro agentlikning “Yadroviy materiallar va yadroviy qurilmalarning jismoniy muhofazasiga doir jismoniy yadroviy xavfsizlik boʻyicha tavsiyalar” hujjatida (lNFCIRC/225/Rev.5) belgilangan hajmda loyihalash, tayyorlash va bajarish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Bitimda nazarda tutilgan hamkorlikni amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston tomonining vakolatli organi buyurtmachi tomonidan shartnoma (kontrakt)larga muvofiq quyidagi majburiyatlar bajarilishini taʼminlaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) bosh pudratchi bilan kelishilgan hajm va muddatlarda atom elektr stansiyasi maydonida izlanishlarni olib borish, atom elektr stansiyasining texnik loyihasini ishlab chiqish va loyihalash uchun zarur boʻlgan va ishonchliligi uchun buyurtmachi javobgar boʻlgan dastlabki maʼlumotlarni topshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) uchinchi shaxslar huquqlaridan holi atom elektr stansiyasi maydonini bosh pudratchiga bepul asosda taqdim etish hamda atom elektr stansiyasini qurish, foydalanishga topshirish va undan kafolatli foydalanish davrida bosh pudratchi, Oʻzbekiston va Rossiyaning jalb qilinadigan tashkilotlari va uchinchi davlat tashkilotlari xodimlarining maydonga kirishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq atom elektr stansiyasini loyihalash, qurish va foydalanishga topshirish uchun ruxsatnoma (litsenziya)larni olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) Rossiyaning vakolatli tashkilotlariga, shu jumladan, bosh pudratchiga, shuningdek, Rossiyaning jalb qilinadigan tashkilotlariga shartnoma (kontrakt)lar boʻyicha ish va xizmatlarni bajarish uchun talab etiladigan, shu jumladan, qoʻshni davlatlar hududi orqali tovarlarni tranzit tashish uchun zarur boʻlgan ruxsatnoma (litsenziyalar)ni olishga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) bosh pudratchi bilan kelishilgan hajm va muddatlarda loyihaviy hujjatlarning oʻziga taalluqli qismini, shu jumladan, atom elektr stansiyasining hududi va maydonining tavsifiga oid bobni hamda xavfsizlikni asoslash boʻyicha hisobotni ishlab chiqish va Rossiyaning jalb qilinadigan tashkilotlari tomonidan bajarilgan texnik loyihani kelishish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) kelishilgan majburiyatlar taqsimotiga muvofiq bosh pudratchi bilan kelishilgan hajmda, nomenklaturada va muddatlarda Oʻzbekistonning jalb qilinadigan tashkilotlari tomonidan texnik hujjatlarni ishlab chiqish va uskunalar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7) bosh pudratchi bilan buyurtmachi oʻrtasidagi majburiyatlarning kelishilgan taqsimotiga muvofiq va bosh pudratchi bilan kelishilgan muddatlarda Rossiyaning jalb qilinadigan tashkilotlari texnik spetsifikatsiyalari asosida uskunalar qismlari va materiallarni Oʻzbekiston Respublikasidan yetkazib berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8) bosh pudratchi bilan kelishuv boʻyicha va yasash muddatlariga, atom elektr stansiyasini qurish jadvaliga muvofiq hamda bosh pudratchi bilan kelishilgan hajmlarda uskuna, asbob, anjom va materiallarning nazorati va qabul qilinishini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9) bosh pudratchi bilan kelishuv boʻyicha atom elektr stansiyasining infratuzilma obyektlari, shu jumladan, suv taʼminoti, elektr taʼminoti, kirish yoʻllari, shuningdek, atom elektr stansiyasining qurilish maydonidagi yordamchi inshootlarni loyihalash va qurish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10) atom elektr stansiyasi qurilishining barcha bosqichlarida Oʻzbekistonning jalb qilinadigan tashkilotlari tomonidan bajariladigan ishlar sifatini taʼminlash dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11) bosh pudratchi va Rossiyaning jalb qilinadigan tashkilotlarining xizmat safariga kelgan xodimlariga isteʼmol sifatidagi namunali turar-joy va ofislarni taqdim etish, tibbiy taʼminot boʻyicha (shu jumladan, bir yildan koʻp muddatga xizmat safariga kelganda ularning oila aʼzolariga ham) xizmatlar koʻrsatish, shuningdek, bosh pudratchi va Rossiyaning jalb qilinadigan tashkilotlariga xalqaro telefon aloqasi va “Internet” axborot-telekommunikatsiya tizimi xizmatlaridan foydalanish imkonini berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12) atom elektr stansiyasi qurilishi uchun yetkazib beriladigan uskuna va materiallar importiga, ish va xizmatlarga ruxsat beruvchi hujjatlarni olish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda tovarlarni bojxona rasmiylashtiruviga taqdim etish, bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilmaydigan holatlar bundan mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13) Oʻzbekiston Respublikasi hududida Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq vakolatxonalar (filiallar) ochish hamda Oʻzbekiston Respublikasining soliq organlarida hisobga turishda bosh pudratchiga va Rossiyaning jalb qilinadigan tashkilotlariga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14) bosh pudratchining nazorati ostida oʻtkaziladigan sozlash-ishga tushirish ishlari hamda atom elektr stansiyasini foydalanishga topshirish davrida malakali xodimlarni taqdim etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15) atom elektr stansiyasidan foydalanish uchun malakali xodimlarni taqdim etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16) bosh pudratchi bilan kelishuv boʻyicha va Rossiyaning jalb qilinadigan tashkilotlarining mualliflik nazorati ostida atom elektr stansiyasi qurilishi boʻyicha ishlarda, jumladan, sozlash-ishga tushirish va atom elektr stansiyasi energobloklarini foydalanishga topshirish ishlarida ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17) roʻyxati, tayyorlash va yetkazib berish shartlari Tomonlarning vakolatli organlari tomonidan kelishiladigan Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqariladigan uskunalar, materiallarni yetkazib berish va xizmatlar koʻrsatish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18) atom elektr stansiyasi qurilish maydonida jismoniy himoyaga tegishli zarur xavfsizlik choralarini, shuningdek, atom elektr stansiyasi qurilish maydonidagi Rossiya mutaxassislari va uchinchi davlatlardan kelgan mutaxassislarning xavfsizlik choralarini bosh pudratchi bilan kelishilgan holda ishlab chiqish va joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19) Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi va Xalqaro atom energiyasi agentligining “Yadroviy materiallar va yadroviy qurilmalarning jismoniy muhofazasiga doir jismoniy yadroviy xavfsizlik boʻyicha tavsiyalar” hujjatidagi (INFCIRC/225/Rev.5) tavsiyalarga muvofiq atom elektr stansiyasining jismoniy himoya tizimini foydalanishga topshirish va undan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20) atom elektr stansiyasi qurilish maydonida Rossiyaning jalb qilinadigan tashkilotlari xodimlari, shu jumladan, bosh pudratchi xavfsizligini taʼminlash, shuningdek, atom elektr stansiyasi huzuridagi xodimlar va ularning oila aʼzolari uchun turar-joy majmui hududida jamoat tartibini va jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha choralar koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21) atom elektr stansiyasi qurilish maydonida atom elektr stansiyasini qurish uchun moʻljallangan asbob-uskunalar va materiallarni qoʻriqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22) buyurtmachining barcha toʻlov majburiyatlarini, shu jumladan, atom elektr stansiyasini loyihalash, qurish va foydalanishga topshirish, shartnomalar (kontraktlar) shartlariga muvofiq barcha zarur tovarlarni yetkazib berish boʻyicha barcha ishlar va xizmatlar uchun mablagʻ ajratilishini muntazam ravishda va tegishlicha bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23) bosh pudratchini atom elektr stansiyasi qurilish maydoni chegarasida kerakli resurslar, shu jumladan, (kelishilgan hajmlarda va tegishli texnik koʻrsatkichlarda) elektr energiyasi, (kelishilgan hajmlarda va tegishli sifatda) texnik va ichimlik suvi, kanalizatsiya, shuningdek, tayyorlash uzoq vaqt talab etadigan uskunalarni (kelishilgan muddatlarda) tashish uchun kirish yoʻllari bilan oʻz vaqtida taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24) atom elektr stansiyasini foydalanishga topshirish bosqichida va kafolat davri mobaynida undan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25) bosh pudratchiga atom elektr stansiyasi asosiy va yordamchi obyektlarining jismoniy himoyasini taʼminlashga oid maslahat xizmatlarini koʻrsatish uchun kerakli maʼlumotlarni oʻz vaqtida taqdim etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Bitimning 5 va 6-moddalarida nazarda tutilgan bosh pudratchi va buyurtmachi majburiyatlarining batafsil taqsimlanishi bosh pudratchi va buyurtmachi oʻrtasida tuziladigan shartnomalar (kontraktlar)da belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston tomoni atom elektr stansiyasini qurish, foydalanishga topshirish va undan foydalanish uchun kerakli boʻlgan atom energetikasi infratuzilmasining oʻz vaqtida mavjudligini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston vakolatli tashkilotlari va Rossiya vakolatli tashkilotlari alohida shartnomalar (kontraktlar) doirasida Oʻzbekiston Respublikasining atom energetikasi infratuzilmasini baholaydilar va rivojlantiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Atom elektr stansiyasidan butun foydalanish davri mobaynida tegishli shartnomalar (kontraktlar)ga muvofiq vakolatli tashkilotlar tomonidan belgilanadigan kelishilgan narxlar boʻyicha uzoq muddatli shartnoma (kontrakt) asosida Rossiya tomonining vakolatli organi bosh pudratchi tomonidan yetkazib berilgan asbob-uskunalarga texnik xizmat koʻrsatish, shu jumladan, maslahatlashuvlar oʻtkazish, ehtiyot qismlarni yetkazib berish, asbob-uskunalarni konservatsiyalash va saqlash texnologiyalarini taqdim qilish, taʼmirlash yuzasidan xizmat koʻrsatish va kafolatli davrdan keyingi taʼmirlash ishlarini tashkillashtirishda koʻmaklashish boʻyicha Rossiya vakolatli tashkilotlari tomonidan xizmatlar taqdim etilishini, Oʻzbekiston tomonining vakolatli organi esa Oʻzbekiston vakolatli tashkilotlari tomonidan ushbu xizmatlarga haq toʻlanishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Bitimga muvofiq qurilgan atom elektr stansiyasining energobloklaridan butun foydalanish davri mobaynida kelishilgan narxlar boʻyicha (jahon narxlari hisobga olingan holda) uzoq muddatli yoqilgʻi kontrakti shartlarida Rossiya tomoning vakolatli organi quyidagilarni Rossiya vakolatli tashkiloti tomonidan yetkazib berilishini kafolatlaydi va taʼminlaydi, Oʻzbekiston tomonining vakolatli organi esa Oʻzbekiston vakolatli tashkiloti tomonidan sotib olinishini kafolatlaydi va taʼminlaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tayyor toʻplamli issiqlik ajratuvchi yigʻmalar shaklida, yoqilgʻining dastlabki yuklanishi va atom elektr stansiyasidan butun foydalanish davrida barcha kelgusida qayta yuklanish uchun kerakli hajmlardagi yadro yoqilgʻisi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
atom elektr stansiyasidan foydalanish uchun kerakli hajmlarda himoya va boshqaruv tizimining yutuvchi sterjenlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu yetkazib berishlarni texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq xizmatlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tomonlar ishlatilgan yadro yoqilgʻisi va radioaktiv chiqindilar bilan ishlash, shuningdek, mazkur Bitim doirasida qurilgan atom elektr stansiyasini foydalanishdan chiqarish sohasida Tomonlar alohida bitimlarda belgilaydigan shartlar asosida hamkorlik qiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston tomoni:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rossiya vakolatli tashkilotlari, Rossiyaning jalb qilinadigan tashkilotlari va Rossiya vakolatli tashkilotlari tomonidan jalb qilinadigan uchinchi davlatlar tashkilotlari uchun tanlangan atom elektr stansiyasi qurilish maydoni, infratuzilma, suv uzatish yoki boshqa kommunal xizmatlar va tarmoqlar, shu jumladan, elektr energiyasi, texnik suv, ichimlik suvi, kommunikatsiya, yoʻllar va transportirovka qilishga tegishli barcha narxlar, tariflar, yigʻimlar va toʻlovlarni diskriminatsiya qilmaslik asosida va boshqa faoliyat, boshqa tashkilotlar yoki xodimlarga solinishi mumkin boʻlgan toʻlovlar miqdoridan yuqori boʻlmagan miqdorda belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rossiya vakolatli tashkilotlari, Rossiyaning jalb qilinadigan tashkilotlari va Rossiya vakolatli tashkilotlari tomonidan jalb qilinadigan uchinchi davlatlar tashkilotlari mulk egaligidagi yoki ular tomonidan bevosita yoki bilvosita foydalanilayotgan kapital, mulk va aktivlarni ekspropriatsiya, natsionalizatsiya, musodara, tugatish yoki rekvizitsiya qilinishini taqiqlash, ijtimoiy ehtiyojlar yoki manfaatlar bilan bogʻliq holatlar bundan mustasno, biroq diskriminatsiya qilinmasligi asosida lozim huquqiy tartib-tamoyillarga muvofiq hamda yetkazilgan haqiqiy zararlar va xarajatlar Oʻzbekiston tomonidan tez, monand va samarali kompensatsiyalanishi sharti bilan taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Rossiya vakolatli tashkilotlari, Rossiyaning jalb qilinadigan tashkilotlari va Rossiya vakolatli tashkilotlari tomonidan jalb qilinadigan uchinchi davlatlar tashkilotlari quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi banklarida oʻz ixtiyoriga koʻra hisob raqami ochish va valyutalarda, shu jumladan, chet el valyutalarida pul mablagʻlarini saqlash hamda mablagʻlardan Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida erkin foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarur hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan hujjatlarni rasmiylashtirish qoidalariga muvofiq va diskriminatsiya qilmagan holda qoʻllanadigan chet el valyutasi kursi boʻyicha chet el valyutalarini Oʻzbekiston soʻmiga konvertatsiyalash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan hujjatlarni rasmiylashtirish qoidalariga muvofiq chet el valyutalarini xorijga hech qanday cheklovlarsiz erkin qaytarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasidagi har qanday xususiy mulkni tasarruf qilish, shu jumladan, mazkur Bitim doirasida foydalanish uchun boshqa talab qilinmaydigan mulklarni reeksport qilish huquqidan foydalanish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Bitimni amalga oshirish maqsadlarida Oʻzbekiston Respublikasi atom energetikasi boʻyicha milliy dasturni bajarish uchun lozim boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasida atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanishda xavfsizlikni tartibga solish tizimini yaratish uchun xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga solish organlari Tomonlar davlatlari atom energiyasidan foydalanishda, ular tomonidan vakolatli tashkilotlar jalb qilingan holda, yadro va radiatsiya xavfsizligini tartibga solish, yadro qurilmalari, radiatsiya manbalari, yadro materiallari va radioaktiv moddalarni saqlash punktlarining jismoniy himoyalanishi ustidan, shuningdek, yadro materiallari, radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilarni hisobga olish va tekshirish tizimlari ustidan nazorat qilish, shu jumladan, ushbu vakolatli tashkilotlar oʻrtasida tuziladigan shartnomalar (kontraktlar)da belgilanadigan shartlarda Oʻzbekiston Respublikasi mutaxassislarini oʻqitish va tayyorlash masalalari boʻyicha hamkorlikni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasining mazkur Bitim bajarilishiga oid qonunchiligi Oʻzbekiston vakolatli tashkilotlari, Rossiya vakolatli tashkilotlari, Oʻzbekistonning jalb qilinadigan tashkilotlari, Rossiyaning jalb qilinadigan tashkilotlari hamda Oʻzbekiston vakolatli tashkilotlari va Rossiya vakolatli tashkilotlari tomonidan jalb qilinadigan uchinchi davlatlar tashkilotlariga mazkur Bitimga muvofiq ushbu modda qoidalari inobatga olingan holda qoʻllaniladi. Bunda Oʻzbekiston Respublikasida mazkur Bitim qonuniy kuchga kirgan sanadan soʻng qonuniy kuchga kirgan qonunlar, normalar, har qanday oʻzgartirishlar yoki talqin qilishlar, basharti ular mazkur Bitim qoidalariga zid kelmasa, qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Basharti Oʻzbekiston Respublikasida mazkur Bitim imzolangan sanadan soʻng kuchga kiradigan va mazkur Bitimni amalga oshirishga salbiy taʼsir koʻrsatadigan, shartnomalar (kontraktlar) qiymatiga, har qanday huquqlarga, badallarga yoki mazkur Bitimga muvofiq taqdim qilingan yoki unga asoslangan himoyaga yoxud mazkur Bitimga muvofiq tuzilgan shartnomalar (kontraktlar) qiymatiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan, zarar yetkazadigan, cheklaydigan, kamsitadigan, qisqartiradigan, Rossiya vakolatli tashkilotlari, Rossiyaning jalb qilinadigan tashkilotlari va Rossiya vakolatli tashkilotlari tomonidan jalb qilinadigan uchinchi davlatlar tashkilotlari haq-huquqlarini bevosita yoki bilvosita cheklaydigan yoki jiddiy moliyaviy majburiyat yuklaydigan yangi qonunchilik qoʻllanilsa (Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan taqdim qilingan kommunal xizmatlar uchun narxlar, tariflar, badallar va toʻlovlarni belgilaydigan qonunchilikdan tashqari), bunday qonunchilik ushbu tashkilotlarga atom elektr stansiyasidan kafolatli foydalanish muddati tugagunga qadar qoʻllanilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur moddaning 2-bandi qoidalaridan qatʼi nazar, Rossiya vakolatli tashkilotlari, Rossiyaning jalb qilinadigan tashkilotlari va Rossiya vakolatli tashkilotlarining jalb qilinadigan uchinchi davlatlar tashkilotlari mazkur Bitim imzolangan sanadan soʻng atom energiyasidan foydalanishda Oʻzbekiston xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga solish organi tomonidan qabul qilingan har qanday yangi qonunchilikka rioya qiladi. Bunday qonunchilikka rioya qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston vakolatli tashkilotlari Rossiya vakolatli tashkilotlari va Oʻzbekiston vakolatli tashkilotlari oʻrtasida tuzilgan tegishli shartnomalar (kontraktlar)da belgilangan shartlarda Rossiya vakolatli tashkilotlari, Rossiyaning jalb qilinadigan tashkilotlari va Rossiya vakolatli tashkilotlarining jalb qilinadigan uchinchi davlatlar tashkilotlariga tez, monand va samarali kompensatsiyani taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston vakolatli tashkilotlari va Rossiya vakolatli tashkilotlari mazkur band bilan nazarda tutilgan qoidalarga adolatli rioya qilish va shartnomalar (kontraktlar)da tartibga solish yoʻllarini topish uchun insoflilik prinsiplari asosida tashkil qilingan muzokaralar oʻtkazadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston tomoni mazkur Bitim doirasida amalga oshiriladigan faoliyat milliy ommaviy tartibga va jamiyat manfaatlariga toʻliq muvofiqligini hamda ularga hech qanday tarzda zid emasligini tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Bitimni amalga oshirish yuzasidan kelib chiqadigan soliqqa tortishga oid masalalarning ushbu modda bilan tartibga solinmagan qismi har bir Tomon davlati qonunchiligi asosida tartibga solinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rossiya vakolatli tashkilotlari, Rossiyaning jalb qilinadigan tashkilotlari va Rossiya vakolatli tashkilotlari tomonidan jalb qilinadigan uchinchi davlatlar tashkilotlari, ularning faoliyati, kapitali, aktivlari, pul mablagʻlari, foyda va daromadlari, shuningdek, ularning xodimlari Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida ulardan undiriladigan har qanday turdagi soliqlar, yigʻimlar va bojlar, xususan, yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi, mol-mulk soligʻi, qoʻshimcha qiymat soligʻi, davlat bojlari, aksizlar, davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy toʻlovlarni hisoblash, ushlab qolish va toʻlash majburiyatlaridan ozod qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur Bitimni amalga oshirish maqsadida Rossiya vakolatli tashkilotlari, Rossiyaning jalb qilinadigan tashkilotlari va Rossiya vakolatli tashkilotlari tomonidan jalb qilinadigan uchinchi davlat tashkilotlari tomonidan olib kelinadigan uskunalar, materiallar, ehtiyot qismlar, qurilmalar, asboblar, atom elektr stansiyasini foydalanishga topshirish va undan foydalanish uchun kerakli hajmlarda himoya va boshqaruv tizimining tayyor toʻplamli issiqlik ajratuvchi yigʻmalari va yutuvchi sterjenlari shaklidagi yadro yoqilgʻisi, butlovchi buyumlar, hujjatlar, elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlar (dasturiy taʼminot), shuningdek, Oʻzbekiston vakolatli tashkilotlari va Rossiya vakolatli tashkilotlari oʻrtasida kelishilgan nomenklatura va hajmlarda, shu jumladan, Rossiya vakolatli tashkilotlarining Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi vakolatxonalari faoliyat yuritishi uchun kerakli boʻlgan boshqa tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida undiriladigan bojxona toʻlovlaridan ozod qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur Bitimni amalga oshirish maqsadida Rossiya vakolatli tashkilotlari, Rossiyaning jalb qilinadigan tashkilotlari va Rossiya vakolatli tashkilotlari tomonidan jalb qilinadigan uchinchi davlat tashkilotlariga Oʻzbekiston tashkilotlariga taqdim qilinadigan rejimga qaraganda noqulayroq boʻlmagan rejim taqdim qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Tomoni Oʻzbekiston Respublikasining soliq, bojxona va boshqa davlat organlari tomonidan mazkur Bitim qoidalarining qoʻllanilishi uchun barcha zarur chora-tadbirlar bajarilishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Bitim doirasida Rossiya Federatsiyasining davlat sirlarini va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasining davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlarni taqdim qilish zarurati yuzaga kelgan taqdirda, ularni taqdim etish 2003-yil 31-oktabrda imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati oʻrtasida maxfiy axborotni oʻzaro himoya qilish toʻgʻrisidagi Bitim qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Bitim doirasida hamkorlikni amalga oshirishda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan yadroviy zarar uchun fuqarolik javobgarligi Tomonlar oʻrtasida 1963-yil 21-maydagi Yadroviy zarar uchun fuqarolik javobgarligi toʻgʻrisidagi Vena konvensiyasiga muvofiq tartibga solinadi. Bunda, qayd etilgan Konvensiya, goʻyoki Oʻzbekiston Respublikasi ushbu Konvensiya ishtirokchisi boʻlganidek, mazkur Bitim doirasidagi hamkorlikka nisbatan qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Bitim va Oʻzbekiston vakolatli tashkilotlari bilan Rossiya vakolatli tashkilotlari oʻrtasida mazkur Bitimni amalga oshirish maqsadlarida tuzilgan shartnomalar (kontraktlar) oʻrtasida har qanday tafovutlar mavjud boʻlgan taqdirda, mazkur Bitim qoidalari ustuvor kuchga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur Bitimga muvofiq tuziladigan shartnomalar (kontraktlar) mazkur Bitim asosida ishlab chiqiladi va bunday shartnomalar (kontraktlar) taraflari uchun majburiy hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston vakolatli tashkilotlari bilan Rossiya vakolatli tashkilotlari oʻrtasida mazkur Bitimga muvofiq tuziladigan shartnomalar (kontraktlar), ularning buzilishi yoki amal qilishining tugatilishi bilan bogʻliq har qanday nizo, kelishmovchilik yoki talabnomalar mazkur Bitimga muvofiq tuziladigan shartnomalar (kontraktlar) taraflari hisoblanadigan Oʻzbekiston vakolatli tashkilotlari va Rossiya vakolatli tashkilotlari tomonidan oʻzaro kelishuv boʻyicha belgilanadigan nufuzli xalqaro arbitraj tomonidan yakuniy hal qilinadi. Arbitraj sudining qarori mazkur Bitimga muvofiq tuziladigan shartnomalar (kontraktlar) taraflari uchun chiqarilgan va ular tomonidan olingan sanadan eʼtiboran yakuniy va majburiy hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston vakolatli tashkilotlari va Rossiya vakolatli tashkilotlari oʻrtasida tuzilgan shartnomalar (kontraktlar), shuningdek, ularning taraflari oʻrtasida bunday shartnomalar (kontraktlar) tufayli yuzaga keladigan munosabatlar mazkur shartnomalar (kontraktlar) taraflari oʻzaro kelishuv boʻyicha belgilaydigan mamlakat huquqiga muvofiq tartibga solinadi va talqin qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Bitimning qoʻllanilishi va (yoki) talqin qilinishi bilan bogʻliq Tomonlar oʻrtasidagi har qanday kelishmovchiliklar, basharti Tomonlar oʻzgacha kelishib olmagan boʻlsalar, Tomonlarning vakolatli organlari oʻrtasida maslahatlashuv va muzokaralar orqali hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur Bitimda nazarda tutilmagan masalalar, shu jumladan, taqdim etuvchi Tomon maxfiylikka rioya qilish zarurligi sharti bilan bergan axborotni himoya qilish, intellektual faoliyat natijalari muhofazasini taʼminlash, mazkur Bitimni amalga oshirish uchun foydalanish zarur boʻlgan, birgalikda olingan intellektual mulk va oldingi intellektual mulkni himoyalash hamda eksport nazorati masalalariga nisbatan 2017-yil 29-dekabrda imzolangan Rossiya Federatsiyasi Hukumati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitimning tegishli qoidalari qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tomonlarning oʻzaro kelishuviga binoan mazkur Bitimga alohida bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladigan hamda uning ajralmas qismi hisoblanadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Bitim Tomonlar uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralarini bajarganliklari toʻgʻrisidagi soʻnggi yozma xabarnoma diplomatik kanallar orqali olingan sanadan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur Bitim muddatsiz hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Tomonlarning har biri boshqa Tomonga diplomatik kanallar orqali mazkur Bitim amal qilishini tugatish niyati toʻgʻrisida yozma xabarnomasini yuborish orqali mazkur Bitimning amal qilishini tugatishi mumkin. Mazkur Bitimning amal qilishi Tomonlardan biri bunday yozma xabarnomani olgandan boshlab bir yildan soʻng tugatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Tomonlardan biri boshqa Tomonning mazkur Bitim amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi yozma xabarnomasini olganidan soʻng, Tomonlar zudlik bilan atom elektr stansiyasini qurish va foydalanishga topshirish, shuningdek, undan kafolatli foydalanish muddati davrida yordam koʻrsatish uchun barcha majburiyatlarni bajarish imkoniyatlari toʻgʻrisida maslahatlashuvlar oʻtkazadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur Bitimning amal qilishi tugatilgan taqdirda, mazkur Bitimning 8 — 13 va 15 — 19-moddalarida nazarda tutilgan majburiyatlar oʻz kuchida qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moskva shahrida 2018-yil 7-sentabrda, ikki nusxada, har biri oʻzbek va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(imzolar)