Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 8-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2634-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-son “Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 2017-yil 21-avgustdagi PQ-3231-son “Taʼlim va tibbiyot muassasalarini moliyalashtirish mexanizmini hamda davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2014-yil 14-noyabrdagi 74-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2634, 2014-yil 15-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 51-son, 612-modda) bilan tasdiqlangan Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2018-yil 8-oktabr,
130-son
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 8-oktabrdagi 130-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Muqaddima “taqsimlovchilarning” degan soʻzdan keyin “va markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlarining” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2. 3-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Umumtaʼlim maktablari, maktabgacha taʼlim muassasalari va tibbiyot muassasalarining xarajatlar smetalari, daromadlar va xarajatlar smetalari hamda shtat jadvallari markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari tomonidan tuziladi, roʻyxatga olinadi, shuningdek tegishli jamlanma smetalariga va shtat jadvallariga umumlashtiriladi.”.
3. 7-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi, vaqtinchalik xarajatlar smetalari, jamlanma xarajatlar smetasi, jamlanma daromadlar va xarajatlar smetasi, jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetalari, shuningdek shtat jadvallari va jamlanma shtat jadvallari soʻmda tuziladi.”;
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
4. Quyidagi mazmundagi 71-band bilan toʻldirilsin:
“71. “UzASBO” dasturiy majmuasiga (bundan buyon matnda dasturiy majmua deb yuritiladi) ulangan budjet tashkilotlari, budjet mablagʻlari oluvchilar, budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning va markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi, vaqtinchalik xarajatlar smetalari, shtat jadvallari, jamlanma xarajatlar smetasi, jamlanma daromadlar va xarajatlar smetasi, jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetalari va jamlanma shtat jadvallarini koʻrib chiqish va roʻyxatdan oʻtkazish uchun dasturiy majmua orqali Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Axborot tizimiga (bundan buyon matnda axborot tizimi deb yuritiladi) joʻnatadi. Xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi, vaqtinchalik xarajatlar smetalari, shtat jadvallari, jamlanma xarajatlar smetasi, jamlanma daromadlar va xarajatlar smetasi, jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetalari va jamlanma shtat jadvallari rahbarning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi va har biriga xos “QR” kodlar qoʻyilib, axborot tizimida roʻyxatga olinadi.”.
5. 8-bandning ikkinchi xatboshisi “xarajatlar smetalariga” degan soʻzlardan keyin “, shuningdek markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlarining jamlanma xarajatlar smetalariga” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
6. 9-bandda:
birinchi xatboshi “budjet tashkilotlari” degan soʻzlardan keyin “, markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
ikkinchi xatboshi “Budjet tashkilotlari” degan soʻzlardan keyin “, markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
7. 12-bandning oʻn uchinchi xatboshisi “koʻrsatiladigan xizmatga” degan soʻzlardan keyin “oʻtgan hisobot davridagi haqiqiy xarajatdan kelib chiqib yoki” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
8. 20-bandning birinchi xatboshi “mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetasi” degan soʻzlardan keyin “, shuningdek markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlarining jamlanma xarajatlar smetasi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
9. Quyidagi mazmundagi 221-band bilan toʻldirilsin:
“221. Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari boʻysunuvidagi budjet tashkilotlarining jamlanma xarajatlar smetasini, jamlanma daromadlar va xarajatlar smetasini mazkur Nizom 46-bandining ikkinchi xatboshisiga muvofiq tartibda tuzadi.”.
10. 24-bandning birinchi xatboshisi “shtat jadvalida” degan soʻzlardan keyin “va markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatining jamlanma shtat jadvalida” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
11. Quyidagi mazmundagi 241-band bilan toʻldirilsin:
“241. Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari boʻysunuvidagi budjet tashkilotlarining jamlanma shtat jadvalini mazkur Nizom 46-bandining uchinchi xatboshisiga muvofiq tartibda tuzadi.”.
12. 25-band “shtat jadvalini” degan soʻzlardan keyin “va markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatining jamlanma shtat jadvalini” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
13. 26-bandda:
birinchi xatboshi “vaqtinchalik xarajatlar smetalarini” degan soʻzlardan keyin “, shuningdek markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari tomonidan jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetalarini” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
ikkinchi xatboshi “vaqtinchalik xarajatlar smetalari” degan soʻzlardan keyin “, shuningdek markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlarining jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetalari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
14. 30-bandda:
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“budjet tashkilotlariga undiriladigan ota-onalar toʻlovlari hisobidan shakllantiriladigan budjetdan tashqari mablagʻlar, shu jumladan oʻquvchilar va tarbiyalanuvchilar davlat maktabgacha taʼlim muassasalarida, umumtaʼlim maktablarining kuni uzaytirilgan guruhlarida, maktab-internatlarda, olimpiya zaxiralari kollejlari va boshqa taʼlim muassasalarida tarbiyalanayotganligi uchun, oʻquvchilar bolalar musiqa va sanʼat maktablari hamda maktabdan tashqari taʼlim muassasalarida taʼlim olganligi uchun, oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida taʼlim olganlik uchun, statsionar davolash-profilaktika muassasalarida davolanayotganlar tarkibi ovqatlanishi uchun hamda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa turdagi toʻlovlar.”;
oltinchi xatboshidagi “tarbiyalanuvchilarni saqlab turilganligi uchun undiriladigan toʻlovlar” degan soʻzlar “tarbiyalanuvchilar uchun undiriladigan ota-onalar toʻlovlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
15. 49-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Mazkur bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan hujjatlardan tashqari tarkibida ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatlari mavjud boʻlgan budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatlarining xulosalarini taqdim etadi.”.
16. 6-bobning nomi “taqsimlovchilarning” degan soʻzdan keyin “va markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlarining” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
17. 50-bandning birinchi xatboshisi “taqsimlovchilarning” degan soʻzdan keyin “va markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlarining” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
18. 51-bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“shahar va tuman budjetlaridan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari, markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari hamda budjet mablagʻlari oluvchilarning (jamlanma) xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi, (jamlanma) vaqtinchalik xarajatlar smetasi, shtat jadvallari — tegishli tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya boʻlimlari tomonidan amalga oshiriladi.”.
19. 6-bobning 2-paragrafining nomi “taqsimlovchilarning” degan soʻzdan keyin “va markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlarining” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
20. Quyidagi mazmundagi 541-band bilan toʻldirilsin:
“541. Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari tomonidan, jamlanma xarajatlar smetasi, jamlanma daromadlar va xarajatlar smetasi va jamlanma shtat jadvallari roʻyxatdan oʻtkazilgandan soʻng mazkur smetalar boʻyicha moliyalashtiriladigan boʻysunuvdagi tashkilotlarga 10 ish kuni ichida quyidagi maʼlumotlar taqdim etiladi:
shtat jadvallari va mazkur tashkilot xodimlari ish haqi stavkalari;
ishlab chiqarish koʻrsatkichlari (oʻquvchilar, sinflar, bolalar, koykalar, koyka-kun, bola-kunlari va boshqalar soni), bepul yoki imtiyozli oziq-ovqat oluvchi oʻquvchilar soni, birinchi sinf oʻquvchilarining soni, bepul qishki kiyim va poyafzal ajratiladigan, aholini kam taʼminlangan qatlamidan boshlangʻich sinflarda oʻquvchilari soni va boshqa tarmoq koʻrsatkichlari;
budjet ajratilgan mablagʻlar doirasida sotib olishga moʻljallangan jihozlar va asbob-uskunalar roʻyxati;
joriy va kapital taʼmirlash boʻyicha asosiy ishlar roʻyxati.
Maʼlumotlar tegishli moliya organlari tomonidan tasdiqlangan shakllarda taqdim etiladi.”.
21. 60-band va 90-bandning uchinchi xatboshisi “taqsimlovchilarning” degan soʻzdan keyin “va markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlarining” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
22. 64-bandning birinchi xatboshisi “Budjet tashkilotlari” degan soʻzlardan keyin “, markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
23. 65-bandda:
birinchi va ikkinchi xatboshilari “Budjet tashkilotlari” degan soʻzlardan keyin “, markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
24. 69-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“69. Dasturiy majmuaga ulanmagan budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning axborot tizimiga belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi, vaqtinchalik xarajatlar smetasi koʻrsatkichlarini kiritish:”.
25. 7-bobning nomi “taqsimlovchining” degan soʻzdan keyin “va markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlarining” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
26. 71-bandning ikkinchi xatboshisi “budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar” degan soʻzlardan keyin “va markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
27. 72-bandda:
birinchi xatboshi “budjet tashkilotlari” degan soʻzlardan keyin “, markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
uchinchi xatboshi “budjet tashkiloti” degan soʻzlardan keyin “, markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
28. 73-bandda:
birinchi xatboshi “budjet tashkiloti” degan soʻzlardan keyin “, markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
uchinchi xatboshi “budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar” degan soʻzlardan keyin “hamda markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
29. 75-bandda:
birinchi xatboshidan “yilda koʻpi bilan 4-marta kiritiladi va” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari, markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari va budjet mablagʻlari oluvchilar boʻyicha — tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya boʻlimlari tomonidan roʻyxatdan oʻtkaziladi. Bunda markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari boʻysunuvidagi budjet tashkilotlari kesimida va ularning rahbarlari bilan kelishgan holda oʻzgartirishlarning jamlanma soʻrovini ishlab chiqadi va taqdim etadi.”;
oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
30. 76-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“76. Dasturiy majmuaga ulanmagan budjet tashkilotlarining belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan xarajatlar smetasidagi oʻzgartirishlar axborot tizimiga tegishli moliya organlari tomonidan kiritiladi.”;
quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Dasturiy majmuaga ulangan budjet tashkilotlarining roʻyxatdan oʻtkazilgan xarajatlar smetasidagi oʻzgartirishlar ular tomonidan axborot tizimiga dasturiy majmua orqali joʻnatiladi.
Xarajatlar smetasining IV guruh xarajatlari (dori vositalari va oziq-ovqat mahsulotlariga xarajatlardan tashqari) boʻyicha oʻzgartirishlar, xarajatlar iqtisodiy tasnifi kichik modda va elementlari doirasida kiritilishi mumkin. Ushbu oʻzgartirishlar budjet tashkilotlari va markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari (ularning boʻysunuvidagi budjet tashkilotlari boʻyicha) tomonidan kiritiladi.”.
31. 77-banddan “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
32. 86-band “taqsimlovchining” degan soʻzdan keyin “va markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlarining” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
33. 89-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“89. Budjet tashkilotlari, markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning (jamlanma) smeta ijrosi bevosita mazkur tashkilot rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi. Budjet mablagʻlaridan tasdiqlanmagan xarajatlar smetasi, budjet tashkilotlari, markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning (jamlanma) xarajatlar smetasida nazarda tutilmagan tadbirlar, shuningdek daromadlar va xarajatlar smetasi boʻyicha smetada yoki jamlanma xarajatlar smetasi va alohida xarajatlar smetasida tasdiqlangandan ortiq summalarda xarajat qilish taqiqlanadi.”.
34. 7-ilovaning nomi “Budjet tashkilotlari” degan soʻzlardan keyin “, markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2018-y., 10/18/2634-2/2175-son)