Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 07.01.1997 yildagi 4-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 07.01.1997 yildagi 4-son
Date of entry into force
07.01.1997
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SABZAVOT VA MEVALARDAN BOLALAR TAOMLARI IShLAB ChIQARIShNI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika aholisining yuqori sifatli bolalar taomlari va boshqa maxsus taomlarga boʻlgan ehtiyojini qondirish, eksport imkoniyatlarini rivojlantirish uchun mevalar va sabzavotlarni qayta ishlovchi zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining ochiq turdagi aksionerlik jamiyati shaklidagi bolalar taomlari va boshqa maxsus taomlar ishlab chiqaruvchi “Bolalar taomlari-xolding” kompaniyasi tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 17-dekabrdagi 525-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. “Bolalar taomlari-xolding” aksionerlik jamiyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari quyidagilar hisoblanishiga rozilik berilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalar taomlari va boshqa maxsus taomlar ishlab chiqarishni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika aholisini bolalar taomlari bilan taʼminlash davlat dasturini ishlab chiqish va uni amalga oshirishda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sabzavot va mevalardan bolalar taomlari va boshqa maxsus taomlar ishlab chiqaruvchi korxonalar oʻrtasida muvofiqlashtiruvchi aloqalarni tashkil etish va ularni rivojlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki va tashqi bozorlarning marketingga oid tadqiqotlarini amalga oshirish, bolalar taomlari va boshqa maxsus taomlarning har xil turlariga boʻlgan talablarni qondirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy investorlarni jalb etish va yetakchi xorijiy firmalar bilan yuqori sifatli bolalar taomlari va boshqa maxsus taomlar ishlab chiqaruvchi qoʻshma korxonalar tashkil etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bir oy muddatda taʼsis hujjatlarini, markaziy apparat tuzilmasini va shtat jadvalini ishlab chiqsinlar, taʼsis yigʻilishini oʻtkazsinlar va “Bolalar taomlari-xolding” aksionerlik jamiyatini belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasi hamda “Teksuna Interneshnl ltd.” (AQSh) kompaniyasi oʻrtasida korxonalardagi quvvatlarni ishga tushirish jadvali bilan 2-ilovaga* muvofiq yiliga 80 mln banka bolalar taomi va 113 ming dona siropda meva boʻlaklari boʻlgan aseptik xaltachalar ishlab chiqarish uchun texnologiyalar, asbob-uskunalar va sarflanuvchi materiallar yetkazib berish uchun kontrakt ishlab chiqilgan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 2-ilova berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kontrakt qiymatining 15 foizi miqdoridagi avans toʻlovi asosiy summani va foizlarni 5 yil davomida toʻlash bilan, toʻlovlarni ikki yilga kechiktirgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki krediti hisobiga amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kontrakt qiymatining 85 foizi kredit asosiy summasini va u boʻyicha foizlarni imtiyozli davrning ikki yilini qoʻshib 7 yil davomida uzgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan qayta moliyalashtirilgan AQShning Eksimbanki sugʻurta qoplamasi ostida AQSh banklari krediti hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
AQShning Eksimbanki sugʻurta qoplamasi ostida olinadigan kredit uchun foizlar imtiyoz davri davomida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan 5 yil muddatga beriladigan kredit hisobiga toʻlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditlarni, shuningdek, ular boʻyicha foizlarni toʻlash “Bolalar taomlari-xolding” aksionerlik jamiyatining oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Teksuna Interneshnl ltd.” kompaniyasi tashkil etiladigan ishlab chiqarishlarda tayyorlanadigan shakarli siropdagi meva boʻlaklarining barcha hajmlarini 7 yil davomida sotib olish kontrakt majburiyatini oʻziga oladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
milliy valyutadagi xarajatlar “Bolalar taomlari-xolding” aksionerlik jamiyati taʼsischilarining oʻz mablagʻlarini jalb qilish hisobiga amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasi “Oʻzinvestloyiha” respublika injiniring kompaniyasida kontrakt loyihasini ekspertizadan belgilangan tartibda oʻtkazishni va “Teksuna Interneshnl ltd.” kompaniyasi bilan quyidagilarni tuzishni taʼminlasin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalar taomlari va siropdagi mevalar boʻlaklari ishlab chiqarish uchun texnologiyalar, asbob-uskunalar va sarflanuvchi materiallar yetkazib berish uchun kontrakt;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqariladigan mahsulotlarni eksport qilish uchun fyucherlik kontrakti.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki koʻrsatib oʻtilgan kontraktlarni belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasi tomonidan “Teksuna Interneshnl Ltd” kompaniyasi bilan tuzilgan kontraktlar boʻyicha huquq va majburiyatlar “Bolalar taomlari-xolding” aksionerlik jamiyatiga berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri AQShning Eksimbanki va mazkur loyiha yuzasidan jalb qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining kreditlar boʻyicha kafolatini belgilangan tartibda berishga vakil qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolatlari boʻyicha yuridik xulosani belgilangan tartibda rasmiylashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki ikki oy muddatda AQShning Eksimbanki sugʻurtasi ostida mablagʻ bilan taʼminlovchi banklar bilan kredit bitimi tuzsin va kredit “Bolalar taomlari-xolding” aksionerlik jamiyati uchun qayta moliyalanishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Pul-kredit siyosati boʻyicha respublika komissiyasi kreditlarni va ular boʻyicha foizlarni toʻlash, bolalar taomlari va boshqa maxsus taomlar tayyorlash boʻyicha xarajatlarga haq toʻlash uchun “Bolalar taomlari-xolding” aksionerlik jamiyati mablagʻlari belgilangan tartibda konvertatsiya qilinishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. “Bolalar taomlari-xolding” aksionerlik jamiyati tarkibiga kiruvchi “Yangiyoʻl-konserva”, “Kattaqoʻrgʻon saxovati” va “Gʻazalkent konserva zavodi” korxonalari ishlab chiqarish quvvatlari oʻzlashtirilishi davrida va kreditlar uchun hisob-kitob qilish tugallangunga qadar yangidan tashkil etilayotgan ishlab chiqarish boʻyicha foydadan olinadigan soliqdan, boj poshlinalaridan, qurish, montaj qilish va texnologik asbob-uskunalarning kafolatli muddati davrida xorijiy mutaxassislar uchun viza hujjatlari rasmiylashtirilganligi uchun konsullik yigʻimlari toʻlashdan ozod qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. “Bolalar taomlari-xolding” aksionerlik jamiyatiga texnologik asbob-uskunalarni montaj qilish va ishga, tushirish uchun kelayotgan xorijiy mutaxassislarning mehmonxonalarda yashashlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun amalda boʻlgan narxlar boʻyicha soʻmlarda haq toʻlash huquqi berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. “Bolalar taomlari-xolding” aksionerlik jamiyati kompaniyasining ijro etuvchi apparati Toshkent shahar, Lohutiy koʻchasi, 16a-uyga joylashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 9-yanvardagi 15-f-son farmoyishi “Gʻazalkent konserva zavodi” jamoa korxonasini va “Yangiyoʻl-konserva” aksionerlik jamiyatini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining Markaziy Osiyo investitsiya kompaniyasi (Buyuk Britaniya) bilan hamkorligi dasturiga kiritish toʻgʻrisidagi qismi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.R. Obidov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari V.A. Chjen zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1997-yil 7-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-son