1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.09.00 Oʻrta taʼlim;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Jismoniy tarbiya va sport;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrugʻi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sportning milliy kurash turiga ixtisoslashtirilgan maktab-internatga oʻquvchilarni tanlab olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 31-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3084]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-fevraldagi PF-4956-son “Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 3-martdagi 41-son “Surxondaryo viloyatida sportning milliy kurash turini yanada rivojlantirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Sportning milliy kurash turiga ixtisoslashtirilgan maktab-internatga oʻquvchilarni tanlab olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazir D. NABIYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 28-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-mh-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining 2018-yil 28-sentabrdagi 14-mh-son buyrugʻiga ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sportning milliy kurash turiga ixtisoslashtirilgan maktab-internatga oʻquvchilarni tanlab olish tartibi toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-fevraldagi PF-4956-son “Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 3-martdagi 41-son “Surxondaryo viloyatida sportning milliy kurash turini yanada rivojlantirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Sportning milliy kurash turiga ixtisoslashtirilgan maktab-internatga (bundan buyon matnda maktab-internat deb yuritiladi) oʻquvchilarni tanlab olish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Maktab-internatga har yili tanlov asosida 20 nafar qobiliyatli oʻquvchilar 5-sinfga qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Maktab-internatga tanlab olish va qabul qilishni tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻquvchilarni maktab-internatga tanlab olishni tashkil etish maqsadida hujjatlar qabul qilinishi boshlanishidan ikki oy oldin maktab-internat tomonidan tanlov oʻtkazilishi toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarida eʼlon beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish uchun maktab-internatda har yili Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining buyrugʻi bilan 7 kishidan iborat (komissiya raisi, kotibi va aʼzolari) tarkibda qabul komissiyasi tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Qabul komissiyasi tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi va Surxondaryo viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi masʼul xodimlari hamda maktab-internat psixologi va tibbiyot xodimi kiritiladi. Maktab-internat direktori qabul komissiyasi raisi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Quyidagilar qabul komissiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquvchilar va oʻquvchilarning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar (bundan buyon matnda ota-onalar deb yuritiladi) hamda jamoatchilik oʻrtasida maktab-internatga qabul qilish tartibi, shuningdek maktab-internatning faoliyati toʻgʻrisida tushuntirish ishlarini olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquvchilar va ota-onalar uchun maslahatlar berilishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquvchilarning hujjatlarini qabul qilish va rasmiylashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlovni tashkil etish va oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qabul jarayoni yakunlarini umumlashtirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻquvchilarning hujjatlarini saqlash uchun qabul komissiyasi raisi va kotibi masʼul hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Ota-onalar tomonidan qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi ariza;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquvchining tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi (16 yoshga toʻlmagan fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning harakatlanish hujjati) nusxasi (hujjatlarni topshirish vaqtida hujjatning asl nusxasi koʻrsatiladi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquvchining baholar (oʻzlashtirish) tabeli nusxasi (hujjatlarni topshirish vaqtida baholar (oʻzlashtirish) tabelining asl nusxasi koʻrsatiladi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquvchining sport musobaqalarida erishgan natijalarini tasdiqlovchi hujjatlar, agar mavjud boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquvchining 3,5 x 4,5 sm oʻlchamdagi 6 dona rangli fotosurati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquvchining sport pasporti nusxasi, agar mavjud boʻlsa (hujjatlarni topshirish vaqtida sport pasportining asl nusxasi koʻrsatiladi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Qabul komissiyasi tomonidan mazkur Nizomning 7-bandida koʻrsatilmagan hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Hujjatlar har yili 25-iyundan 25-iyulgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Hujjat topshirgan nomzodlar haqidagi maʼlumotlar maktab-internat tomonidan 1-avgustga qadar mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Tanlovni oʻtkazish uchun qabul komissiyasi raisi tomonidan 5 kishidan iborat tarkibda Tanlov sinovlarini oʻtkazish hayʼati (bundan buyon matnda Hayʼat deb yuritiladi) tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻquvchilar maktab-internatga kirish uchun umumiy jismoniy tayyorgarlik hamda maxsus jismoniy tayyorgarlik boʻyicha ixtisoslik imtihonlarini (sinovlarini) topshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Ixtisoslik imtihonlarini topshirishdan oldin oʻquvchilar 1 — 5-avgust kunlari hududiy sogʻliqni saqlash muassasasida tashkil etilgan tibbiy komissiya tomonidan koʻrikdan oʻtkaziladi. Tibbiy komissiya tarkibiga maktab-internatning trener-oʻqituvchilari ham kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Tibbiy koʻrikdan oʻtkazishda oʻquvchining antropometrik koʻrsatkichlari (tana vazni, boʻyining uzunligi va koʻkrak qafasi aylanasi), funksional imkoniyatlari va sogʻligʻidagi mavjud nuqsonlari aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Tibbiy koʻrik natijalariga koʻra sogʻlom deb topilgan oʻquvchilar ixtisoslik imtihonlarini topshirishga qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Ixtisoslik imtihonlari har yili 6 — 10-avgust kunlari oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Umumiy jismoniy tayyorgarlik boʻyicha ixtisoslik imtihonlari mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq Umumiy jismoniy tayyorgarlik boʻyicha normativlarni bajarish metodikasi asosida, maxsus jismoniy tayyorgarlik boʻyicha ixtisoslik imtihonlari esa, mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq Maxsus jismoniy tayyorgarlik boʻyicha normativlarni bajarish metodikasi asosida oʻtkaziladi hamda baholanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Oʻquvchilarning ixtisoslik imtihonlari natijalari ixtisoslik imtihonlari tugagan vaqtdan boshlab 3 soat ichida qaydnomaga kiritiladi va oʻquvchilarga eʼlon qilinadi hamda Hayʼat aʼzolari tomonidan imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Ixtisoslik imtihonlari boʻyicha umumiy ball umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik uchun qoʻyilgan ballar yigʻindisiga koʻra aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Ixtisoslik imtihonlari natijalari ular oʻtkazilgandan soʻng 1 kun ichida eʼlon qilinadi. Ixtisoslik imtihonlari natijalariga koʻra eng yuqori ball toʻplagan 20 nafar oʻquvchi oʻqishga qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Ixtisoslik imtihonlari natijalariga koʻra oʻquvchilarning oʻtish ballari teng boʻlib qolgan taqdirda, sport musobaqalarida erishgan natijalari yuqori boʻlgan oʻquvchilar maktab-internatga imtiyozli kirish huquqiga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Oʻqishga qabul qilingan oʻquvchilar qabul komissiyasining bayonnomasi bilan tasdiqlanadi. Qabul komissiyasining bayonnomasi asosida maktab-internat direktori tomonidan 20-avgustga qadar oʻquvchilarni oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisida buyruq chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Oʻquvchi oʻqishga qabul qilinganda, maktab-internat direktori tomonidan oʻquv yili boshlangunga qadar oʻquvchini maktab-internatga yaqin masofada joylashgan umumiy oʻrta taʼlim muassasasiga oʻtkazish choralari koʻriladi, oʻquvchi maktab-internatga yaqin masofada joylashgan umumiy oʻrta taʼlim muassasasida taʼlim olayotgan hollar bundan mustasno. Oʻquvchini umumiy oʻrta taʼlim muassasasiga oʻtkazish Oʻquvchilarni sinfdan sinfga va bir umumiy oʻrta taʼlim muassasasidan boshqasiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2684, 2015-yil 17-iyun) asosan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Tanlov natijalari yuzasidan berilgan murojaatlarni koʻrib chiqish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Tanlov natijalari boʻyicha berilgan murojaatlarni koʻrib chiqish uchun 5-avgustga qadar viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasining buyrugʻi bilan maktab-internatda apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi va 3 kishidan iborat tarkibda tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Apellyatsiya komissiyasi qabul komissiyasi va Hayʼat tarkibida boʻlmagan soha mutaxassislaridan shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Tanlov natijasi boʻyicha murojaatlar oʻquvchining ota-onalari yoki ulardan biri tomonidan beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Murojaatlar ular kelib tushgan paytdan boshlab 24 soat ichida apellyatsiya komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi va tegishli qaror qabul qilinadi. Murojaatni koʻrib chiqish vaqtida murojaat qilgan shaxs apellyatsiya komissiyasi ishida oʻzining iltimosiga asosan ishtirok etishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Qabul qilingan qaror natijasi boʻyicha murojaat qilgan shaxsga 1 ish kuni ichida apellyatsiya komissiyasi tomonidan yozma ravishda maʼlum qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Apellyatsiya komissiyasi murojaatni koʻrib chiqish natijalariga koʻra tanlov natijasini bekor qilishi yoki unga tegishli oʻzgartirish kiritishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Apellyatsiya komissiyasining murojaatni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qabul qilgan qarori yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
Sportning milliy kurash turiga ixtisoslashtirilgan maktab-internatga oʻqishga kirish uchun oʻtkaziladigan tanlov sinovlarida qatnashishga ruxsat berishingizni soʻrayman.
_________________________________________________________________________________ ______________(ariza beruvchi shaxsning F.I.O.)______________________ (imzo) ______________________(sana)
_________________________________________________________________________________ ____________(arizani qabul qilgan shaxsning F.I.O.)___________________ (imzo) ______________________(sana)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sportning milliy kurash turiga ixtisoslashtirilgan maktab-internatga oʻquvchilarni tanlab olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sportning milliy kurash turiga ixtisoslashtirilgan maktab-internatga oʻqishga kirish uchun hujjatlari topshirilgan nomzodlar haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MAʼLUMOT
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r
F.I.O.
Tugʻilgan yili va joyi
Taʼlim olayotgan muassasasi
Yashash manzili
Hujjat topshirilgan sana
1.
2.
3.
...
____Qabul komissiyasi raisi
(imzo)
M.Oʻ.
(F.I.O.)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sportning milliy kurash turiga ixtisoslashtirilgan maktab-internatga oʻquvchilarni tanlab olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy jismoniy tayyorgarlik boʻyicha normativlarni bajarish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
METODIKASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Umumiy jismoniy tayyorgarlik boʻyicha ixtisoslik imtihoniga qoʻyiladigan eng yuqori ball — 30 ballni tashkil qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Umumiy jismoniy tayyorgarlik boʻyicha ixtisoslik imtihonida oʻquvchi mazkur metodikaning ilovasida koʻrsatilgan normativlarni bajaradi. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30 metrga yugurish — mashq past startda belgilangan chiziqdan “Startga!”, “Diqqat!”, “Yugur!” buyruqlari bilan bajariladi. Mashq “start”dan “marra” chizigʻigacha boʻlgan masofa boʻylab yugurish orqali bajariladi. Ushbu mashq uch urinishda bajariladi va eng yaxshi natija hisobga olinadi. Natija 0,1 soniyagacha aniqlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1000 metrga yugurish — mashq yuqori startda belgilangan chiziqdan “Startga!”, “Diqqat!”, “Yugur!” buyruqlari bilan bajariladi. Mashq “start”dan “marra” chizigʻigacha boʻlgan masofa boʻylab yugurish orqali bajariladi. Ushbu mashq bir urinishda bajariladi va natija hisobga olinadi. Natija 0,1 soniyagacha aniqlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“mokisimon” yugurish (4 x 10 metr) — mashq yuqori startda belgilangan chiziqdan “Startga!”, “Diqqat!”, “Yugur!” buyruqlari bilan oraligʻi 120 sm boʻlgan ikki tomonidan chizilgan, 10 metr masofali yoʻlakcha ichida zigzag (ilon izi) shaklida yugurish orqali bajariladi. Yugurish jarayonida burilishlarda oyoq uchlari chiziqdan tashqariga chiqmagan holda bajarilgan mashq hisobga olinmaydi. Ushbu mashq uch urinishda bajariladi va eng yaxshi natija hisobga olinadi. Natija 0,1 soniyagacha aniqlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
turnikda tortilish — mashq turnikka ikki qoʻlda toʻgʻri osilib turgan hamda oyoqlar yerga tegmagan holatda, iyak turnik poyasidan oʻtgunga qadar qoʻllarni bukish orqali bajariladi. Mashq bajarish jarayonida oyoqlarni kerish yoki bukish, tanani harakatsiz holatda egish, oyoqlar bilan siltanma harakatlar qilish hamda iyak turnik poyasidan oʻtmagunga qadar tortilish orqali bajarilmagan harakatlar hisobga olinmaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yugurib kelib uzunlikka sakrash — mashq yugurib kelib belgilangan chiziqdan depsinib sakrash orqali bajariladi. Depsinish jarayonida oyoq uchlari belgilangan chiziqdan oʻtib ketishi orqali bajarilgan sakrash hisobga olinmaydi. Ushbu mashq uch urinishda bajariladi va eng yaxshi natija hisobga olinadi. Natija depsinish chizigʻidan to tananing birorta aʼzosi yerga tekkan joygacha boʻlgan masofani oʻlchash orqali aniqlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
joyidan uzunlikka sakrash — mashq oyoqlar yelka kengligida turgan holatda, belgilangan sakrash chizigʻidan qoʻllarni oldinga-yuqoriga siltab, ikki oyoqda oldinga depsinib sakrash orqali bajariladi. Ushbu mashq uch urinishda bajariladi va eng yaxshi natija hisobga olinadi. Natija depsinish chizigʻidan to oyoq tovoni yerga tekkan joygacha boʻlgan masofani oʻlchash orqali aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy jismoniy tayyorgarlik boʻyicha normativlarni bajarish metodikasiga ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy jismoniy tayyorgarlik boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NORMATIVLAR

Sportning milliy kurash turiga ixtisoslashtirilgan maktab-internatga oʻquvchilarni tanlab olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus jismoniy tayyorgarlik boʻyicha normativlarni bajarish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
METODIKASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Maxsus jismoniy tayyorgarlik boʻyicha ixtisoslik imtihoniga qoʻyiladigan eng yuqori ball — 70 ballni tashkil qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Maxsus jismoniy tayyorgarlik boʻyicha ixtisoslik imtihonida oʻquvchi mazkur metodikaning ilovasida koʻrsatilgan normativlarni bajaradi. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“koʻprik” holatida boshda aylanish — mashq “koʻprik” holatida boshni kurash gilamiga qoʻyib, bir nuqta boʻylab aylanish orqali bajariladi. Mashqni bajarish uchun qoʻllar tepaga koʻtarilgan, oyoqlar yelka kengligida tik turgan holatda oyoqlar tizzadan bukilib, tovonlar kurash gilamiga tayanadi hamda bosh orqaga tashlanadi. Beldan orqa tomonga egilgan holda qoʻllar kurash gilamiga tayanib, “koʻprik” holatiga tushiladi. Bosh kurash gilamiga qoʻyilib, qoʻllar yordamisiz nuqta boʻylab oʻng yoki chap tomonga aylaniladi. Oʻng yoki chap tomonga aylanish oʻquvchining xohishiga koʻra tanlanadi. Natija mashq harakatlarining soni va sifat koʻrsatkichlari asosida baholanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“koʻprik” holatida qoʻlda aylanish — mashq “koʻprik” holatida qoʻllar bilan kurash gilamiga tayanib, oʻng va chap tomonga oyoq harakatlari bilan aylanish orqali bajariladi. Mashqni bajarish uchun qoʻllar tepaga koʻtarilgan, oyoqlar yelka kengligida tik turgan holatda oyoqlar tizzadan bukilib, tovonlar kurash gilamiga tayanadi hamda bosh orqaga tashlanadi. Beldan orqa tomonga egilgan holda qoʻllar kurash gilamiga tayanib, “koʻprik” holatiga tushiladi. Qoʻllar kurash gilamiga qoʻyilib, tananing qoʻldan boshqa aʼzolari kurash gilamiga tegmagan holda doirasimon shaklda oʻng va chap tomonlarga aylaniladi. Oʻng yoki chap tomonga aylanish oʻquvchining xohishiga koʻra tanlanadi. Natija mashq harakatlarining soni va sifat koʻrsatkichlari asosida baholanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“koʻprik” holatida tik turish — mashq “koʻprik” holatida qoʻllar bilan kurash gilamiga tayanib, muvozanatni saqlagan holda qayta tik turish orqali bajariladi. Mashqni bajarish uchun qoʻllar tepaga koʻtarilgan, oyoqlar yelka kengligida tik turgan holatda oyoqlar tizzadan bukilib, tovonlar kurash gilamiga tayanadi hamda bosh orqaga tashlanadi. Beldan orqa tomonga egilgan holda qoʻllar kurash gilamiga tayanib, “koʻprik” holatiga tushiladi. 2-3 soniya muvozanat ushlab turilgandan soʻng qayta tik turish holatiga qaytiladi. Natija mashq harakatlarining soni va sifat koʻrsatkichlari asosida baholanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“koʻprik” holatida oyoqlarni old va orqaga tashlash — mashq “koʻprik” holatida qoʻllarga tayanib, oyoqlarni old va orqa tomonga tashlash orqali bajariladi. Mashqni bajarish uchun qoʻllar tepaga koʻtarilgan, oyoqlar yelka kengligida tik turgan holatda oyoqlar tizzadan bukilib, tovonlar kurash gilamiga tayanadi hamda bosh orqaga tashlanadi. Beldan orqa tomonga egilgan holda qoʻllar kurash gilamiga tayanib, “koʻprik” holatiga tushiladi. Qoʻllar kurash gilamiga qoʻyilib, old va orqa tomonga tananing qoʻldan boshqa aʼzolari gilamga tegmagan holda umbaloq oshiladi. Natija mashq harakatlarining soni va sifat koʻrsatkichlari asosida baholanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“qoʻshsha” usulini bajarish — mashq bir qoʻl bilan raqibning oʻng yoki chap tirsagi tag qismidan, ikkinchi qoʻl bilan raqib yoqasining orqa qismidan ushlagan holda raqibni oʻng yoki chap yon tomondan oshirib gilamga yiqitish orqali bajariladi. Mashqni bajarish davomida raqibning ikki oyogʻini birdaniga yon tomondan oʻtkazmasdan bajarilgan mashq hisobga olinmaydi. Mashqni oʻng yoki chap tomondan boshlab bajarish oʻquvchining xohishiga koʻra tanlanadi. Natija mashq harakatlarining soni va sifat koʻrsatkichlari asosida baholanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bellashuv — sportning milliy kurash turi boʻyicha musobaqa qoidalariga binoan ikki raqib oʻrtasida 4 daqiqa davomida oʻtkaziladi. Bunda “halol” bahosi uchun 45 ball, “yonbosh” bahosi uchun 30 ball, “chala” bahosi uchun 15 ball beriladi. Belgilangan vaqt mobaynida koʻproq ball toʻplagan yoki ogohlantirish (“tanbeh”, “dakki”) olmagan yoxud nisbatan kam olgan oʻquvchi gʻolib boʻlgan hisoblanadi. 4 daqiqa davomida gʻolib aniqlanmasa, raqiblardan biri ijobiy natija koʻrsatgunga qadar musobaqa davom ettiriladi. Natija oʻquvchilarning toʻplagan ballari asosida aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus jismoniy tayyorgarlik boʻyicha normativlarni bajarish metodikasiga ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus jismoniy tayyorgarlik boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NORMATIVLAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r
Normativlar
Baholash
1.
“Koʻprik” holatida boshda aylanish
6-marta ― 5 ball
5-marta ― 4 ball
4-marta ― 3 ball
3-0-marta ― 0 ball
2.
“Koʻprik” holatida qoʻlda aylanish
6-marta ― 5 ball
5-marta ― 4 ball
2-marta ― 3 ball
1-0-marta ― 0 ball
3.
“Koʻprik” holatida tik turish
6-marta ― 5 ball
5-marta ― 4 ball
2-marta ― 3 ball
1-0-marta ― 0 ball
4.
“Koʻprik” holatida oyoqlarni old va orqaga tashlash
6-marta ― 5 ball
5-marta ― 4 ball
2-marta ― 3 ball
1-0-marta ― 0 ball
5.
“Qoʻshsha” usulini bajarish
8-marta ― 5 ball
6-marta ― 4 ball
3-marta ― 3 ball
2-0-marta ― 0 ball
6.
Bellashuv
“halol” bahosi — 45 ball
“yonbosh” bahosi — 30 ball
“chala” bahosi — 15 ball
0
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2018-y., 10/18/3084/2145-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 23.11.2023-y., 10/23/3084-1/0879-son; 26.02.2024-y., 10/24/3499/0149-son)