31.10.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3082
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi, 31.10.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3082
Date of entry into force
02.02.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrugʻi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dorixona sharoitida “angro” mahsulotini qadoqlash, oʻrash, markirovka va realizatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 31-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3082]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-sentabrdagi PQ-3948-son “Dori vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi va ularning aylanishini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Dorixona sharoitida “angro” mahsulotini qadoqlash, oʻrash, markirovka va realizatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazir A. SHADMANOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 30-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51-son

Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2018-yil 30-oktabrdagi 51-son buyrugʻiga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dorixona sharoitida “angro” mahsulotini qadoqlash, oʻrash, markirovka va realizatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-sentabrdagi PQ-3948-son “Dori vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi va ularning aylanishini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan boʻlib, dorixona sharoitida “angro” mahsulotini qadoqlash, oʻrash, markirovka va realizatsiya qilish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom talablari giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari va prekursorlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2026-yil 31-iyuldagi 25-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3919, 07.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2026-y., 10/26/3919/0830-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalanilgan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“angro” mahsuloti — yirik qadoqda ishlab chiqariladigan va sotiladigan, shuningdek, keyinchalik tayyor dori vositalarini ishlab chiqarish (tayyorlash) uchun ishlatiladigan dori vositasi hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qadoqlash — dori vositalarini tegishli idishlarga solish, joylashtirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Dorixona sharoitida “angro” mahsulotini qadoqlash, oʻrash, markirovka va realizatsiya qilish dori vositalarini tayyorlash faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan dorixonalar tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “angro” mahsulotini respublikaga olib kirishga va qadoqlashga asos boʻlib, ishlab chiqaruvchi tomonidan tegishli dori vositasi isteʼmol qadoqlarida Oʻzbekiston Respublikasida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi yoki qonunchilik hujjatlariga muvofiq yuqori tartibga soluvchi talablar qoʻyilgan mamlakatlar va tashkilotlar tomonidan amalga oshirilgan roʻyxatdan oʻtkazish natijalari Oʻzbekiston Respublikasida tan olishi hisoblanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Sifatsiz, qalbakilashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilmagan dori vositalarini va tibbiy jihozlarni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalarining gʻayriqonuniy nusxalarini xarid qilish, realizatsiya qilish hamda ulardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2026-yil 30-apreldagi 15-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3837, 19.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 10/26/3837/0512-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Dorixonalar tomonidan dori vositalarini saqlash, qadoqlash, oʻrash va markirovka qilish SanQvaM 0337-16-son “Dorixonalarni joylashtirish, jihozlash va ekspluatatsiya qilishning sanitariya qoidalari va normalari” bilan oʻrnatilgan talablarga javob beradigan xonalarda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Dorixona sharoitida “angro” mahsulotini uning xususiyatlariga muvofiq maxsus uskunalardan foydalangan holda qadoqlash, oʻrash va markirovka qilish amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Dorixona sharoitida qadoqlangan, oʻralgan va markirovka qilingan “angro” mahsulotini chakana realizatsiya qilish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan retseptlar boʻyicha yoki retseptsiz amalga oshiriladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2024-yil 2-avgustdagi 29-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3550, 13.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 10/24/3550/0618-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Dorixona sharoitida qadoqlangan, oʻralgan va markirovka qilingan “angro” mahsulotini ulgurji realizatsiya qilinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Dorixonalarda qadoqlangan, oʻralgan va markirovka qilingan “angro” mahsuloti tegishli dori vositasining tibbiyotda qoʻllanilishi boʻyicha yoʻriqnoma bilan beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. “angro” mahsulotini dorixona sharoitida qadoqlash, oʻrash, markirovka va realizatsiya qilishga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. “angro” mahsulotlarini saqlash, qadoqlash, oʻrash va markirovka qilish SanQvaM 0337-16-son “Dorixonalarni joylashtirish, jihozlash va ekspluatatsiya qilishning sanitariya qoidalari va normalari” talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Dorixonaga kelib tushgan “angro” mahsuloti belgilangan tartibda kirim qilinadi. Varaqlari raqamlangan, ip oʻtkazib tikilgan hamda tashkilot rahbarining imzo va muhri bilan (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) tasdiqlangan jurnallarda yoki elektron shaklda 1-ilovada keltirilgan jadval shakliga muvofiq hisobi olib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Dorixonalarda “angro” mahsulotini qadoqlash, oʻrash va markirovka qilish farmatsevtik maʼlumotga ega boʻlgan qadoqlovchi tomonidan amalga oshiriladi. Qadoqlovchi sanitariya qoidalari va normalari talablariga amal qilishi, shuningdek, bir martalik tibbiy qoʻlqoplar bilan barcha jarayonlarni amalga oshirishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Dorixonalarda “angro” mahsulotini qadoqlash, oʻrash va markirovka qilish jarayonida quyidagilarga rioya qilinishi zarur:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qadoqlash vositalarini sanitariya qoidalari va normalari talablariga muvofiq yuvish va quritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dori vositalarini idishlarga qadoqlash jarayonini maxsus qadoqlash uskunalarida amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qadoqlashdan oldin qadoqlash uskunasining asosiy ishchi qismlarini normativ hujjatlarda belgilangan tartibda yuvish va tozalash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“angro” mahsulotini qadoqlashda amaldagi standart talablariga javob beradigan qadoqlash materiallaridan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“angro” mahsulotini qadoqlash uskunasida kerakli miqdorda idishlarga (flakon, banka, shisha idish, plastmassa idish, karton va qogʻoz quti) qadoqlash va markirovka qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Dorixona sharoitida “angro” mahsuloti qadoqlangandan soʻng markirovkasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-oktabrdagi 365-son qarori bilan tasdiqlangan Dori vositalarining xavfsizligi umumiy texnik reglamentida koʻrsatilgan shartli belgilar va yozuvlardan tashqari quyidagi yozuvlar boʻlishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) “angro” mahsulotini ishlab chiqargan tashkilot nomi, davlati, seriya raqami (“angro” mahsulotini ishlab chiqargan tashkilotning seriya raqami bilan qadoqlangan dori vositasining seriya raqami kasr belgisi (/) orqali koʻrsatiladi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) qadoqlangan sanasi, yaroqlilik muddati va narxi. Bunda “angro” mahsulotining ishlab chiqarilgan sanasidan kelib chiqqan holda dorixona tomonidan qadoqlangan dori vositasining oʻramida bir yildan ortiq boʻlmagan yaroqlilik muddati koʻrsatiladi. Dorixona tomonidan belgilanadigan yaroqlilik muddati “angro” mahsulotining yaroqlilik muddatidan oʻtib ketmagan holda belgilanishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Dorixona sharoitida “angro” mahsulotini qadoqlash, oʻrash va markirovka qilishning barcha jarayonlari 2-ilovada keltirilgan jadval shakliga muvofiq qogʻoz yoki elektron koʻrinishda rasmiylashtiriladigan qadoqlash ishlari jurnaliga yozib qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jurnalning varaqlari raqamlangan, ip oʻtkazib tikilgan hamda tashkilot rahbarining imzosi va muhr (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Dorixonalarda qadoqlangan, oʻralgan va markirovka qilingan “angro” mahsulotining sifatini nazorat qilish Dori vositalarini va tibbiy jihozlarni tayyorlash, saqlash, ularning sifatini nazorat qilish hamda ularni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2990, 2018-yil 3-aprel) muvofiq quyidagi koʻrsatkichlar boʻyicha amalga oshiriladi:
(17-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2026-yil 30-apreldagi 15-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3837, 19.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 10/26/3837/0512-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qabul qilish nazorati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yozma nazorat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
organoleptik nazorat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fizikaviy nazorat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tayyorlangan dori vositalarini tarqatishdan oldingi nazorat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dorixonalardagi “angro” mahsuloti sifatini nazorat qilish farmatsevt-analitik tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Qadoqlangan, oʻralgan, markirovka qilingan “angro” mahsulotini realizatsiya qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-son qarori bilan tasdiqlangan Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomiga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Dorixonalarda “angro” mahsulotini saqlash, qadoqlash, oʻrash, markirovka va realizatsiya qilish jarayoniga javobgar shaxs etib oliy farmatsevtik maʼlumotga ega boʻlgan mutaxassis tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Ushbu Tartib qoidalarining buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Ushbu Tartib Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Savdo-sanoat palatasi raisi A. IKRAMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 30-oktabr

Dorixona sharoitida “angro” mahsulotini qadoqlash, oʻrash, markirovka va realizatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

“angro” mahsulotini hisobini olib borish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jurnali

“angro” mahsuloti nomi, dozasi___________________________

Sana

Oy boshidagi qoldiq

Kirim

Chiqim

oy oxiridagi qoldiq

kirim qilingan hujjat raqami va sana

miqdori

seriya, yaroqlilik muddati, ishlab chiqaruvchi korxona nomi

1

2

3

4

5

-

-

-

31

bir oylik chiqim

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

-

-

-

36

37

38

Moddiy javobgar shaxs F.I.O. va imzo ____________________________

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dorixona sharoitida “angro” mahsulotini qadoqlash, oʻrash, markirovka va realizatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“angro” mahsulotini qadoqlash jarayonini qayd etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jurnali
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Sana

“angro” mahsuloti

Chakana narxi (shu jumladan yordamchi vositalar qiymati)

Qadoqlangan dori vositasining seriya raqami

Qadoqlovchi F.I.O. va imzosi

Jarayonga javobgar shaxsning F.I.O. va imzosi

Izoh

“angro” mahsulot nomi, dozasi va miqdori

ishlab chiqaruvchisi

seriya raqami

qadoqlangan miqdori

flakonlar miqdori

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2018-y., 10/18/3082/2141-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 16.08.2024-y., 10/24/3550/0618-son; 20.05.2026-y., 10/26/3837/0512-son; 10.08.2026-y., 10/26/3919/0830-son)