25.10.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3079
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining qarori, 25.10.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3079
Date of entry into force
26.10.2018
Hujjat 26.10.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining tijorat banklari bilan depozit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 25-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3079]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentabrdagi PQ-3272-son “Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining tijorat banklari bilan depozit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 22-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30/13-son

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 22-sentabrdagi 30/13-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining tijorat banklari bilan depozit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentabrdagi PQ-3272-son “Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) tomonidan bank tizimi likvidligini tartibga solish hamda pul-kredit siyosati foiz instrumentlari samaradorligini oshirish maqsadida tijorat banklarining pul mablagʻlarini jalb qilish va ularni qaytarish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy bankining tijorat banklari bilan depozit operatsiyalari (bundan buyon matnda depozit operatsiyalari deb yuritiladi) — Markaziy bank tomonidan tijorat banklarining pul mablagʻlarini depozitlarga jalb qilish operatsiyalari;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
valyuta birjasi — chet el valyutasi, davlat qimmatli qogʻozlari, moliyaviy hosila instrumentlari (derivativlar) oldi-sotdisi hamda ular bilan bogʻliq boshqa birja bitimlari boʻyicha birja savdolarini, shuningdek banklararo pul bozorini hamda Markaziy bankning tijorat banklari bilan amalga oshiriladigan kredit va depozit auksionlarini tashkil etuvchi yuridik shaxs;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh bitim — depozit operatsiyalarini amalga oshirishning umumiy shartlari va tartibini belgilovchi Markaziy bank bilan tijorat banklari oʻrtasida tuziladigan oʻzaro harakat;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron savdo platformasi — banklararo pul bozorida elektron shaklda birja savdolarini oʻtkazish imkonini beruvchi hamda qabul qilingan buyurtmalarni roʻyxatga olish, birja bitimlarini tuzish, joriy maʼlumotlarni savdo ishtirokchilari ish oʻrinlarida aks ettirish, savdo jarayonini bayonlashtirish va yakuniy birja hujjatlarini shakllantirishni taʼminlovchi valyuta birjasining avtomatlashtirilgan tizimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
depozit auksioni — tijorat banklarining pul mablagʻlarini jalb qilish boʻyicha Markaziy bank tomonidan tijorat banklari oʻrtasida amalga oshiriladigan kimoshdi savdolari;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
raqobatli ariza — depozit auksionida ishtirok etish uchun tijorat banklari tomonidan foiz stavkasi koʻrsatilgan holda taqdim etiladigan ariza;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
raqobatsiz ariza — depozit auksionida ishtirok etish uchun tijorat banklari tomonidan foiz stavkasi koʻrsatilmagan holda taqdim etiladigan ariza;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzgarmas foiz stavkasi — pul-kredit siyosati maqsadlaridan kelib chiqqan holda tijorat banklarining depozit mablagʻlarini jalb qilish boʻyicha Markaziy bank Kredit qoʻmitasi tomonidan oʻrnatiladigan stavka;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chegirish foiz stavkasi — depozit auksioni natijalariga koʻra tijorat banklarining qondiriladigan raqobatli arizalari boʻyicha taklif etilgan maksimal stavka.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Depozit operatsiyalari Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Depozit operatsiyalari Markaziy bank bilan tijorat banklari oʻrtasida tuziladigan Markaziy bankning depozit operatsiyalarida qatnashish toʻgʻrisidagi Bosh bitimga asosan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Depozitlar boʻyicha foiz stavkalari ularning muddatidan kelib chiqqan holda Markaziy bankning Kredit qoʻmitasi tomonidan oʻrnatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Depozit operatsiyalarini amalga oshirishda tijorat banklari quyidagi talablarga javob berishi lozim:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy bankning majburiy rezerv talablarini oʻz vaqtida va toʻliq bajarganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy bank oldida muddati oʻtkazib yuborilgan qarz majburiyatlari, jumladan, Markaziy bankning kreditlari va ularning foizlari boʻyicha qarzdorligi mavjud boʻlmasligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Markaziy bank depozit operatsiyalari boʻyicha tijorat banklari tomonidan joylashtiriladigan depozitlar miqdoriga va har bir tijorat bankidan depozit auksioniga qabul qilinadigan arizalar soniga limitlar oʻrnatishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Depozit operatsiyalarini amalga oshirish uchun arizalarni taqdim etish valyuta birjasining elektron savdo platformasi orqali, shuningdek Bosh bitimda koʻrsatilgan boshqa usullarda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Depozit operatsiyalari amalga oshirilganda quyidagilarga yoʻl qoʻyilmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
depozitga qoʻyilgan pul mablagʻlarini talab qilish huquqini uchinchi tomonga berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
joylashtirilgan depozitlar muddatini uzaytirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Depozit operatsiyalarining turlari, oʻtkazilishi va depozitlarga foizlar hisoblanishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Markaziy bank tomonidan quyidagi turdagi depozit operatsiyalari amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
depozit auksioni (foizli va miqdoriy);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzgarmas foiz stavkasi boʻyicha depozit operatsiyalari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Depozit auksioni oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi maʼlumot auksion oʻtkaziladigan kundan kamida uch ish kuni oldin Markaziy bankning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi. Ushbu maʼlumot quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
depozit auksioni oʻtkazish sanasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
depozit auksioni turi (foizli yoki miqdoriy);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
depozit muddati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auksion oʻtkazish usuli (“amerikacha” yoki “gollandcha”);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mablagʻlarni depozitga oʻtkazish sanasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mablagʻlarni qaytarish va depozit boʻyicha foizlarni toʻlash sanasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
raqobatsiz arizalarning maksimal ulushi (foizli depozit auksioni amalga oshirilganda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
depozit auksioni foiz stavkasi (foizli depozit auksioni amalga oshirilganda oʻrnatilmasligi mumkin);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
depozit auksioniga jalb qilinadigan mablagʻlarning maksimal miqdori (oʻrnatilgan hollarda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir ariza boʻyicha taklif etiladigan minimal va maksimal miqdor (oʻrnatilgan hollarda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitta tijorat bankidan depozit auksioniga qabul qilinadigan arizalar soni (oʻrnatilgan hollarda);
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
depozit auksioni boʻyicha arizalarni qabul qilish vaqti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
depozit auksioni natijalari yoki oʻtkazilishi bekor qilinganligi haqida maʼlumotlarni eʼlon qilish vaqti.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Depozit auksionini oʻtkazish toʻgʻrisidagi maʼlumot Markaziy bankning rasmiy veb-saytida eʼlon qilingan kuni valyuta birjasining elektron savdo platformasi orqali tijorat banklariga yetkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Depozit operatsiyalari oʻtkaziladigan kunda tijorat banklari tomonidan depozit operatsiyalarida ishtirok etish uchun arizalar elektron savdo platformasida elektron shaklda shakllantiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Tijorat banklari tomonidan depozit operatsiyalarida qatnashish uchun taqdim etilayotgan arizalarda quyidagi maʼlumotlar boʻlishi lozim:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariza tartib raqami va sanasi va joyi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat banki nomi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
depozit operatsiyasi turi (depozit auksioni yoki oʻzgarmas foiz stavkasi boʻyicha depozit operatsiyasi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
depozit operatsiyasida ishtirok etish sanasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
depozit muddati (standart shartlar asosida);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
depozit summasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taklif etilayotgan foiz miqdori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
depozitni joylashtirish va qaytarish sanasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Foizli depozit auksioni tijorat banklarining arizalarida taklif etilgan foiz stavkalaridan kelib chiqqan holda, miqdoriy depozit auksioni tijorat banklarining arizalarida taklif etilgan depozit hajmidan kelib chiqqan holda oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Depozit auksioni ikki yoki undan ortiq tijorat banklari tomonidan arizalar taqdim etilgan hollarda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Depozit auksioni quyidagi standart shartlar asosida oʻtkaziladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“1 hafta” — muddati yetti kalendar kunidan iborat boʻlgan depozit operatsiyasi;

“2 hafta” — muddati oʻn toʻrt kalendar kunidan iborat depozit operatsiyasi;

“1 oy” — muddati bir oydan iborat depozit operatsiyasi;

“3 oy” — muddati uch oydan iborat depozit operatsiyasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa shartlar asosida — bunda depozit muddati Markaziy bankning depozit auksioni oʻtkazilishi haqidagi maʼlumotida koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Foizli depozit auksionlari Markaziy bank tomonidan depozit auksionida jalb qilinadigan pul mablagʻlarining maksimal miqdori oʻrnatilgan holda amalga oshiriladi. Bunda, depozitlar boʻyicha maksimal foiz stavkasi ham oʻrnatilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Tijorat banklari foizli depozit auksionlarida ishtirok etishlari uchun raqobatli hamda raqobatsiz arizalar berishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Tijorat banklarining raqobatli arizalaridagi taklif etilgan foiz stavkalari Markaziy bank tomonidan oʻrnatilgan maksimal foiz stavkasidan yuqori boʻlgan hollarda ushbu arizalar foizli depozit auksioniga qabul qilinmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Raqobatsiz arizalar foizli depozit auksioni natijalari boʻyicha aniqlangan oʻrtacha tortilgan foiz stavkasida qondiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Tijorat banklarining raqobatsiz arizalari boʻyicha taklif etilgan jami depozit mablagʻlari miqdori Markaziy bank tomonidan oʻrnatilgan depozit auksioniga jalb qilinadigan mablagʻlarning maksimal miqdoriga teng boʻlgan yoki oshgan hollarda ushbu foizli depozit auksioni bekor qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Oʻrtacha tortilgan foiz stavkasi depozit auksioni yakunlari boʻyicha toʻliq yoki qisman qondiriladigan raqobatli arizalar foiz stavkasi hamda jalb qilinadigan miqdorlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Markaziy bank tijorat banklari tomonidan foizli depozit auksionida ishtirok etish uchun taqdim qilingan raqobatli va raqobatsiz arizalar roʻyxatini shakllantiradi va raqobatli arizalarni ularda taklif etilgan foiz stavkalariga koʻra oʻsib borish tartibida tasniflaydi. Ushbu tasniflangan arizalardan kelib chiqib, Markaziy bank chegirish foiz stavkasini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Foizli depozit auksioni natijalari boʻyicha chegirish foiz stavkasi Markaziy bank tomonidan foizli depozit auksioni boʻyicha maksimal foiz stavkasiga (oʻrnatilgan hollarda) teng boʻlmasligi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Markaziy bank tomonidan foizli depozit auksioni natijalari boʻyicha avval tijorat banklarining raqobatsiz arizalari toʻliq, shuningdek taklif etilgan foiz stavkasi chegirish stavkasidan yuqori boʻlmagan raqobatli arizalari qondiriladi. Raqobatli arizalar taklif qilingan minimal foiz stavkalaridan chegirish foiz stavkasigacha boʻlgan tartibda qondiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Foizli depozit auksionlari ikki xil usulda oʻtkazilishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“amerikacha” usul — tijorat banklarining raqobatli arizalari ularda taklif etilgan foiz stavkalari boʻyicha;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“gollandcha” usul — tijorat banklarining raqobatli arizalari chegirish stavkasi boʻyicha qondiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Foizli depozit auksioni natijalariga koʻra qondirilishi lozim boʻlgan arizalarning jami miqdori Markaziy bank tomonidan belgilangan maksimal miqdordan oshgan hollarda, taklif etilgan foiz stavkasi chegirish stavkasiga teng boʻlgan raqobatli arizalar ularda koʻrsatilgan hajmlardan kelib chiqib, mutanosib ravishda qisman qondiriladi. Bunda tijorat banklarining arizalari miqdori soʻmgacha yaxlitlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Miqdoriy depozit auksionlari Markaziy bank tomonidan depozitlar boʻyicha belgilangan foiz stavkasini oʻrnatgan holda amalga oshiriladi. Bunda, jalb qilinadigan pul mablagʻlarining maksimal miqdori ham oʻrnatilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Tijorat banklari miqdoriy depozit auksionida ishtirok etish uchun Markaziy bank tomonidan belgilangan foiz stavkasida arizalar taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Elektron savdo platformasi tijorat banklari tomonidan miqdoriy depozit auksionida ishtirok etish uchun taqdim qilingan arizalar roʻyxatini unda taklif etilgan hajmlar boʻyicha pasayib borish tartibida shakllantiradi va ularning jami hajmi aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Markaziy bank shakllantirilgan roʻyxatni tahlil qilgan holda miqdoriy depozit auksioni yakuni boʻyicha jalb qilinadigan mablagʻlar miqdorini aniqlaydi. Ushbu jalb qilinadigan mablagʻlar miqdori Markaziy bank tomonidan oʻrnatilgan maksimal miqdorga (agar oʻrnatilgan boʻlsa) teng kelmasligi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Miqdoriy depozit auksioni natijalariga koʻra qondirilishi lozim boʻlgan arizalardagi jami miqdor depozit auksioni yakuni boʻyicha jalb qilinadigan mablagʻlar miqdoridan oshgan hollarda arizalar ularda koʻrsatilgan hajmlar ulushidan kelib chiqib mutanosib ravishda qisman qondiriladi. Bunda tijorat banklarining arizalari miqdori soʻmgacha yaxlitlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Miqdoriy depozit auksioni natijalariga koʻra tijorat banklarining arizalari Markaziy bank tomonidan belgilangan foiz stavkasida qondiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Depozit auksionlari boʻyicha tijorat banklaridan yetarlicha arizalar qabul qilinmagan taqdirda yoki Markaziy bank Kredit qoʻmitasining qaroriga koʻra depozit auksionlarini oʻtkazish bekor qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Oʻtkazilgan depozit auksion natijalari yoki oʻtkazilishi bekor qilinganligi haqida maʼlumotlar Markaziy bank va valyuta birjasining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Markaziy bank tomonidan oʻzgarmas foiz stavkasi boʻyicha depozit operatsiyalari quyidagi standart shartlar asosida amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“overnayt” — muddati bir ish kunidan iborat depozit operatsiyasi (bunda depozit operatsiyasi juma kuni amalga oshirilganda — juma kunidan dushanba kunigacha boʻlgan muddat bir ish kuni hisoblanadi);
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“1 hafta” — muddati yetti kalendar kunidan iborat boʻlgan depozit operatsiyasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“2 hafta” — muddati oʻn toʻrt kalendar kunidan iborat depozit operatsiyasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“1 oy” — muddati bir oydan iborat depozit operatsiyasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“3 oy” — muddati uch oydan iborat depozit operatsiyasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Markaziy bank oʻzgarmas foiz stavkalari boʻyicha depozit operatsiyalarini oʻtkazish shartlari toʻgʻrisida oʻzining rasmiy veb-saytida eʼlon beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Markaziy bank tomonidan jalb qilingan depozitlar boʻyicha foizlar Markaziy bankka pul mablagʻlari kelib tushgan kundan keyingi kundan boshlab depozit qaytarib berilgan kungacha (bunda depozit qaytarilgan kun hisobga olinmaydi), yillik 365 kalendar kunidan kelib chiqib, quyidagi formula asosida hisoblanadi:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I = D * R * (T / 365),
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bunda: I — depozit boʻyicha hisoblangan foizlar miqdori; D — depozit miqdori; R — depozit boʻyicha foiz stavka; T — depozit jalb qilingan kunlar soni.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Depozit operatsiyalari boʻyicha hisob-kitoblarning amalga oshirilishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Tijorat banklarining depozit operatsiyalari boʻyicha majburiyatlari tegishli depozit hisobvaraqlardan Markaziy bankning depozit hisobvaragʻiga arizada belgilangan miqdorning oʻz vaqtida va toʻliq oʻtkazilishi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Tijorat banklarining depozit operatsiyalari boʻyicha majburiyatlarining bajarilganligi Markaziy bankdagi tegishli depozit hisobvaraqdan olingan koʻchirmalar bilan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Markaziy bankning depozit operatsiyalarini amalga oshirish boʻyicha majburiyati tijorat banklarining arizalarida koʻrsatilgan tegishli hisobvaraqlarga depozit mablagʻlari va jalb qilingan depozitlarga hisoblangan foizlarini oʻz vaqtida va toʻliq oʻtkazib berilishi bilan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Markaziy bankning depozit operatsiyalarini amalga oshirish boʻyicha majburiyatlarining bajarilishi tijorat banklariga depozit mablagʻlari va ularga hisoblangan foizlarning oʻtkazilganligi boʻyicha tegishli hisobvaraqlardan olingan koʻchirmalar bilan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Tijorat banklari tomonidan Markaziy bankning depozit hisobvaragʻiga arizada koʻrsatilgan miqdordan koʻproq mablagʻ oʻtkazilgan boʻlsa, Markaziy bank keyingi ish kunidan kechikmagan holda bankning depozit hisobvaragʻiga depozit miqdoridan ortiqcha mablagʻni qaytaradi va ushbu ortiqcha miqdor uchun foizlar hisoblanmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Agar tijorat banklari tomonidan depozitni joylashtirish sanasida Markaziy bankning depozit hisobvaragʻiga arizada koʻrsatilgan miqdordan kam mablagʻ oʻtkazilgan boʻlsa, bir ish kuni ichida Markaziy bank tomonidan tijorat banki depozitning toʻliq oʻtkazilishi yuzasidan elektron tartibda (telefonogramma yoki lotus notes dasturi orqali) ogohlantiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda toʻliq joylashtirilmagan depozitlar boʻyicha foizlar hisoblanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat banki tomonidan ogohlantirish olingan kuni Markaziy bankning depozit hisobvaragʻiga arizada koʻrsatilgan miqdordagi mablagʻ toʻliq oʻtkazib berilmasa ushbu depozit operatsiyasi bekor qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Depozitlarni qaytarish va ularga hisoblangan foiz toʻlovlarini amalga oshirish kuni dam olish yoki bayram kunlariga toʻgʻri kelgan hollarda, toʻlovlar keyingi ish kunida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Depozit operatsiyalarining buxgalteriya hisobi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Markaziy bankda joylashtirilgan depozit mablagʻlarining muddatidan oldin qaytarilishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Tijorat banklari depozit hisobvaragʻiga joylashtirilgan depozit mablagʻlarini muddatidan oldin qaytarilishi boʻyicha Markaziy bankka ariza bilan murojaat qilishi mumkin. Ushbu ariza Markaziy bank tomonidan bir ish kuni davomida koʻrib chiqiladi va qondiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Tijorat banklari tomonidan joylashtirilgan depozitlar:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
joylashtirilgan kunida qaytarilishiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qisman qaytarilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Depozit operatsiyalari boʻyicha pul mablagʻlari muddatidan avval qaytarilgan hollarda ular boʻyicha foiz toʻlovlari amalga oshirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Yakuniy qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2018-y., 10/18/3079/2122-son; 31.12.2020-y., 10/20/3079-1/1701-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 13.03.2025-y., 10/25/3079-2/0237-son; 26.05.2026-y., 10/26/3841/0538-son)