O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
O‘zbekiston Respublikasi bank depozitorlarining Milliy axborotlar bazasi va unda mijozlarga xos raqam berish hamda bank hisobvaraqlari ro‘yxatini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 26-oktabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1863-6]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 4-yanvardagi 30/18-sonli “Bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3420, 08.02.2023-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-iyuldagi PQ-3852-son “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasi reytingini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 23-avgustdagi 18/6-son qarori (ro‘yxat raqami 1863, 2008-yil 27-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 40-41-son, 414-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi bank depozitorlarining Milliy axborotlar bazasi va unda mijozlarga xos raqam berish hamda bank hisobvaraqlari ro‘yxatini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2018-yil 22-sentabr,
30/9-son
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 22-sentabrdagi 30/9-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi bank depozitorlarining Milliy axborotlar bazasi va unda mijozlarga xos raqam berish hamda bank hisobvaraqlari ro‘yxatini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. 1-bandning birinchi xatboshisi “yakka tartibdagi tadbirkorlarga” degan so‘zlardan keyin “hamda jismoniy shaxslarga” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
2. 4-bandda:
birinchi xatboshidagi “3” raqami “5” raqami bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsion raqami (keyingi o‘rinlarda — JShShIR) mavjud bo‘lgan jismoniy shaxslarga tijorat banklari tomonidan “80000001” dan “99999999” gacha bo‘lgan oraliqda, JShShIR bo‘yicha xoslikni saqlagan holda xos raqamlar beriladi.
JShShIR mavjud bo‘lmagan jismoniy shaxslarga xos raqamlar BDMAB tomonidan beriladi.”.
3. 6-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“Jismoniy shaxslarning hisobvaraqlari BDMABda ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng, bankning ma’lumotlar bazasiga kiritiladi.
Mazkur Nizomning yuridik shaxs va yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat ko‘rsatayotgan dehqon xo‘jaliklari va yakka tartibdagi tadbirkorlarga bog‘liq normalari jismoniy shaxslarning hisobvaraqlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.”.
4. 12-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“Jismoniy shaxslarning BDMABga yuboradigan so‘rov turlari ushbu Nizomning 12-ilovasida ko‘rsatilgan ma’lumotlardan tashkil topadi.
BDMABdagi ma’lumotlarni shakllantirishda “Elektron hukumat” hamda ma’lumotlar bazasini yuritadigan davlat organlarining elektron axborot tizimlaridagi ma’lumotlardan foydalanilishi mumkin.”.
5. Quyidagi mazmundagi 191-band bilan to‘ldirilsin:
“191. BDMAB jismoniy shaxslar bo‘yicha banklarga quyidagi so‘rov turlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatadi hamda ushbu so‘rov turlarini shakllantirishda 12-ilovada keltirilgan ma’lumotlardan foydalaniladi:
jismoniy shaxsni identifikatsiyalash;
jismoniy shaxsga xos raqam berish;
jismoniy shaxsning hisobvarag‘ini ro‘yxatdan o‘tkazish;
jismoniy shaxsning BDMABdagi ma’lumotlarini o‘zgartirish;
jismoniy shaxsning BDMABdagi xos raqami faolligini tugatish.”.
6. Quyidagi mazmundagi 5-paragraf bilan to‘ldirilsin:
“5-§. Jismoniy shaxslar va ularning hisobvaraqlarini BDMABda ro‘yxatga olish va yuritish xususiyatlari
64. Jismoniy shaxslar BDMABda JShShIR va shaxsni tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlari asosida identifikatsiyalanadi.
65. JShShIR mavjud bo‘lgan jismoniy shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjat o‘zgarganda, ularning xos raqamlari o‘zgarmaydi.
66. JShShIR mavjud bo‘lmagan, xos raqamga ega jismoniy shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjat o‘zgarganda, ularning xos raqami o‘zgaradi.
67. Jismoniy shaxslarning xos raqamlarini bekor qilinishi quyidagi hollarda ro‘yxatdan o‘tkaziladi:
jismoniy shaxs vafot etganda;
JShShIR mavjud bo‘lmagan jismoniy shaxs JShShIR olganda;
JShShIR mavjud bo‘lgan jismoniy shaxs O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotganda.”.
7. 1-ilova quyidagi mazmundagi xatboshilari bilan to‘ldirilsin:
“23” belgi — Surishtiruvchi yoki tergovchining qarori bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisobvaraqlaridan aktiv operatsiyalarni vaqtincha to‘xtatib turish bo‘yicha asosiy va ikkilamchi hisobvaraqlari xatlanganda BDMAB orqali barcha hisobvaraq ochgan banklarga xabar uzatiladi.
“24” belgi — Surishtiruv yoki tergov organlarining qarori asosida xatlangan asosiy va ikkilamchi hisobvaraqlari bo‘yicha hatlov bekor qilinganda BDMAB orqali barcha hisobvaraq ochgan banklarga xabar uzatiladi.”.
8. 5-ilovaning izohi “21” raqamidan keyin “23” raqami bilan to‘ldirilsin.
9. 6-ilovaning izohi “22” raqamidan keyin “24” raqami bilan to‘ldirilsin.
10. Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalarning ilovasiga muvofiq 12-ilova bilan to‘ldirilsin.
O‘zbekiston Respublikasi bank depozitorlarining milliy axborotlar bazasi va unda mijozlarga xos raqam berish hamda bank hisobvaraqlari ro‘yxatini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi bank depozitorlarining milliy axborotlar bazasi va unda mijozlarga xos raqam berish hamda bank hisobvaraqlari ro‘yxatini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
12-ILOVA
12-ILOVA
BDMABda ma’lumotlarni shakllantirishda va so‘rovlarni bajarishda jismoniy shaxslarning ma’lumotlari ro‘yxati
|
T/r |
Ko‘rsatkichlar |
JShShIR mavjud jismoniy shaxslar |
JShShIR mavjud bo‘lmagan jismoniy shaxslar | ||||||||
|
1 |
2 |
3 |
4 |
5 |
1 |
2 |
3 |
4 |
5 | ||
|
1. |
BDMABdagi xos raqami |
– |
+ |
– |
+ |
+ |
– |
– |
– |
+ |
+ |
|
2. |
JShShIR |
+ |
+ |
+ |
– |
+ |
– |
– |
– |
– |
– |
|
3. |
Familiyasi |
– |
– |
– |
+ |
– |
– |
+ |
– |
+ |
– |
|
4. |
Ismi |
– |
– |
– |
+ |
– |
– |
+ |
– |
+ |
– |
|
5. |
Otasining ismi |
– |
– |
– |
– / + |
– |
– |
– / + |
– |
– / + |
– |
|
6. |
Jinsi |
– |
+ |
– |
+ |
– |
– |
+ |
+ |
– |
+ |
|
7. |
Tug‘ilgan sanasi |
– |
+ |
– |
+ |
– |
+ |
+ |
+ |
– |
+ |
|
8. |
Fuqarolik mamlakati kodi |
– |
– |
– |
– |
– |
+ |
+ |
– |
+ |
– |
|
9. |
Shaxsni tasdiqlovchi hujjat turi kodi |
+ |
+ |
– |
+ |
– |
+ |
+ |
– |
+ |
– |
|
10. |
Shaxsni tasdiqlovchi hujjatning seriyasi va raqami |
+ |
+ |
– |
+ |
– |
+ |
+ |
– |
+ |
– |
|
11. |
Shaxsni tasdiqlovchi hujjat berilgan sana |
– |
– |
– |
+ |
– |
– |
+ |
– |
+ |
– |
|
12. |
Shaxsni tasdiqlovchi hujjatning amal qilish muddatini tugashi sanasi |
– |
– |
– |
+ |
– |
– |
+ |
– |
+ |
– |
|
13. |
O‘lim haqida guvohnoma sanasi, seriya va nomeri |
– |
– |
– |
– |
+ |
– |
– |
– |
– |
+ |
|
14. |
Bank filiali kodi |
– |
– |
+ |
– |
– |
– |
– |
+ |
– |
– |
|
15. |
Hisob varag‘i |
– |
– |
+ |
– |
– |
– |
– |
+ |
– |
– |
Izoh. “+” — so‘rov (javob) tarkibiga kiradi;
“–” — so‘rov (javob) tarkibiga kirmaydi;
“– / +” — so‘rov tarkibiga kirishi yoki kirmasligi mumkin;
1-ustunda — Jismoniy shaxsning BDMABda identifikatsiyalashda foydalaniladigan ko‘rsatkichlar;
2-ustunda — Jismoniy shaxsning BDMABda xos raqamini ro‘yxatdan o‘tkazishda foydalaniladigan ko‘rsatkichlar;
3-ustunda — Jismoniy shaxsning hisob varag‘ini BDMABda ro‘yxatdan o‘tkazishda foydalaniladigan ko‘rsatkichlar;
4-ustunda — Jismoniy shaxsning BDMABda ma’lumotlarini o‘zgarganini ro‘yxatdan o‘tkazishda foydalaniladigan ko‘rsatkichlar;
5-ustunda — Jismoniy shaxs xos raqamining bekor qilinishini BDMABda ro‘yxatdan o‘tkazishda foydalaniladigan ko‘rsatkichlar keltirilgan.”.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2018-y., 10/18/1863-6/2118-son)