25.10.2018 yildagi PQ-3983-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 25.10.2018 yildagi PQ-3983-son
Date of entry into force
27.10.2018
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasida kimyo sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mineral o‘g‘itlarni sotishning bozor mexanizmlarini joriy etish, kimyo sanoati korxonalarining qarzdorliklarini restrukturizatsiya qilish yuzasidan ko‘rilgan choralar ularni moliyaviy sog‘lomlashtirishga va ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini oshirishga imkon berdi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, kimyo tarmog‘ini yanada rivojlantirish va diversifikatsiya qilish, kimyo mahsulotlari ishlab chiqarishning mavjud quvvatlarini modernizatsiya qilish va yangilarini qurish uchun investitsiyalarni jalb qilish hamda eksport hajmini kengaytirishga to‘sqinlik qilayotgan tizimli muammolar saqlanib qolmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususan, investitsiyaviy jozibadorlikning pastligi va tarmoqni rivojlantirish uchun o‘z mablag‘larining yetarli emasligi xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash bo‘yicha ilg‘or texnologiyalarni joriy qilish imkonini bermayapti, buning oqibatida ishlab chiqarilayotgan mahsulotda mineral o‘g‘itlar ulushining yuqoriligi saqlanib qolmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida jahon kimyo sanoati rivojlanishining tendensiyalarini va respublikaning muhim xom ashyo salohiyatini hisobga oluvchi fundamental ilmiy baza va zamonaviy loyiha-injiniring ishlanmalari mavjud emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kimyo tarmog‘ini yanada diversifikatsiya qilish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish hamda ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar nomenklaturasini kengaytirish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish, yetakchi xorijiy institutlarni jalb qilgan holda zamonaviy ilmiy va loyiha bazasini yaratish, shuningdek, “O‘zkimyosanoat” AJ korxonalarining moliyaviy barqarorligini oshirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Respublika kimyo tarmog‘ini yanada rivojlantirish va diversifikatsiya qilishning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uglevodorod xom ashyosini va mineral resurslarni chuqur qayta ishlash asosida iqtisodiyot tarmoqlarida va jahon bozorida talab katta bo‘lgan, yuqori qo‘shilgan qiymatli kimyo mahsulotlari nomenklaturasini kengaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikaning mineral o‘g‘itlarga bo‘lgan talabini qondirish va eksport salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish va faoliyat yuritayotganlarini modernizatsiya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kimyo sanoati korxonalarining ustav kapitalida davlat ishtirokini qisqartirish, tarmoqqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish, tarmoq korxonalari va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish orqali bazaviy mahsulotlarni qayta ishlashni chuqurlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fanni va sohaviy ilmiy tadqiqotlarni faol rivojlantirish, shuningdek, birinchi navbatda, uglevodorod xom ashyosi va mineral resurslarni chuqur qayta ishlashga qaratilgan ilg‘or ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqarishga integratsiya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha-injiniring ishlari va diagnostika tadqiqotlari sifatini oshirish, kimyo va kimyo texnologiyalarning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashning samarali tizimini tashkil etish.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 2019 — 2030-yillar davomida “O‘zkimyosanoat” AJ faoliyatida ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va modernizatsiya qilish, bazaviy mahsulotlarni qayta ishlashni yanada chuqurlashtirish, mavjud aktivlardan oqilona foydalanish va boshqarishning zamonaviy usullarini joriy qilishning asosiy yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” (keyingi o‘rinlarda — “Yo‘l xaritasi”) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-apreldagi PQ-4265-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2019-y., 07/19/4265/2883-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish maqsadida “O‘zkimyosanoat” AJ quyidagilarni ta’minlasin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Farg‘onaazot” AJ va “Qo‘qon superfosfat zavodi” AJni xorijiy investorlarga sotish maqsadida ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, kengaytirish va diversifikatsiya qilish bo‘yicha 2018-yil 30-dekabrga qadar ushbu jamiyatlarning aktivlarini mustaqil baholashni yakunlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sirdaryo viloyati Yangiyer shahrida ammiak va karbamid ishlab chiqarish zavodini qurish bo‘yicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun, keyinchalik “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi loyihalar va import kontraktlarni kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKda kompleks ekspertiza qilish sharti bilan, kimyo sohasida tajribaga ega xorijiy kompaniya bilan istisno tariqasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar asosida shartnoma tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Navoiy viloyatida fosforli o‘g‘itlar ishlab chiqarish kompleksini qurish bo‘yicha 2019-yil avgust oyiga qadar O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi va Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi bilan birgalikda xorijiy tashkilot tomonidan fosforli xom ashyo maydonini baholash (ekspertizadan o‘tkazish) asosida investitsiyaviy loyihani amalga oshirish konsepsiyasini ishlab chiqish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi Iqtisodiyot vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) va “O‘zkimyosanoat” AJ bilan birgalikda loyiha hujjatlarini ishlab chiqish natijalariga ko‘ra, “Yo‘l xaritasi”da ko‘rsatilgan istiqbolli investitsiyaviy loyihalarni moliyalashtirishning aniq manbalarini belgilasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda kimyo sohasida ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish va kengaytirish, yangi qayta ishlash quvvatlarni yaratishga qaratilgan yangi investitsiyaviy loyihalar asosan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish hisobiga amalga oshirilishi belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Xalqaro konsalting kompaniyalarni jalb qilgan holda tarmoq korxonalarining investitsiyaviy jozibadorligini va mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarishda energiya tejamkorlikni oshirish bo‘yicha ishlar amalga oshirilayotgani ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2019-yil 15-apreliga qadar xalqaro konsalting kompaniyalarning tavsiyalarini hisobga olgan holda, kimyo sanoati tizimini isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish bo‘yicha taklif kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Shaxsiy javobgarlik:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripovga — “Yo‘l xaritasi”da belgilangan tadbirlarni o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirilishini qat’iy nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.S. Sultanovga — kimyo tarmog‘i obyektlarini o‘z vaqtida ishga tushirish hamda “Yo‘l xaritasi”da belgilangan tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha vazirliklar va idoralarning ishlarini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi S.R. Xolmuradovga — xalqaro moliya institutlari va tashkilotlari mablag‘larini jalb etish, hamda salohiyatli investorlarni topish va kimyo tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi A.A. Abdullayevga — jalb etiladigan mablag‘larni o‘z vaqtida o‘zlashtirish hamda investitsiyaviy loyihalar doirasida obyektlar qurilishining yakunlanishini ta’minlash va ularning qat’iy belgilangan muddatlarda loyiha quvvatlariga chiqishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, “O‘zkimyosanoat” AJning quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-apreldagi PQ-4265-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2019-y., 07/19/4265/2883-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“O‘zkimyosanoatloyiha” AJning ustav kapitalidagi davlat ulushini nominal qiymatda va “Navoiy KMK” DKning Qizilqum fosforit kombinati mulk kompleksini qoldiq balans qiymatida “O‘zkimyosanoat” AJ ustav kapitaliga davlat ulushi sifatida kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Farg‘onaazot” AJning 3-son sanoat maydonchasidagi umumiy maydoni 6,5 ga bo‘lgan foydalanilmayotgan obyektlarni (sexlar, obyektlar va ularga tutash hududlari bilan) investitsiya majburiyatlarni qabul qilish sharti bilan “nol” qiymatida sotish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni qabul qilish sharti bilan, kaprolaktam ishlab chiqarish chiqindilarini utilizatsiya qilish va qayta ishlash uchun beg‘araz topshirish yuzasidan patentlangan texnologiyaga ega bo‘lgan “ECO TECN GROUP” QK MCHJ bilan investitsiya kelishuvini tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yildan boshlab “O‘zkimyosanoat” AJ tarkibiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyatlar tomonidan yillik moliyaviy hisobotlarni e’lon qilish va ularni Xalqaro audit standartlari va Xalqaro moliyaviy hisobotlar standartlariga muvofiqligi yuzasidan tashqi auditdan o‘tkazish tartibini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yilga qadar xalqaro tajribaga asoslanib investitsiya va ishlab chiqarish jarayonlarini, moddiy va moliyaviy resurslarni boshqarish bo‘yicha axborot tizimlarini, samaradorlikni oshirish ko‘rsatkichlarini qo‘llagan holda xodimlar mehnatini rag‘batlantirishning zamonaviy usullarini joriy etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiga va qayta moliyalovchi tijorat banklariga kimyo sanoatida yangi investitsiyaviy loyihalarni tayyorlash maqsadida loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va tadqiqot ishlarini amalga oshirish uchun “O‘zkimyosanoat” AJ va uning tarkibiga kiruvchi xo‘jalik jamiyatlariga kreditlar ajratishga ruxsat berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi investitsiyaviy loyihalarni tayyorlash uchun kreditlar Jamg‘arma tomonidan shartnomada belgilangan, biroq 5 mln. AQSH dollari ekvivalentidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda ajratiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy investorlar bilan hamkorlikda moliyalashtiriladigan yangi investitsiyaviy loyihalarni tayyorlash uchun Jamg‘arma tomonidan ajratiladigan kredit miqdori 10 mln. AQSH dollari ekvivalentigacha ko‘paytirilishi mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamg‘arma mablag‘larini ajratishga tarmoq ilmiy-texnika kengashi bilan kelishilgan texnik vazifa, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi loyihalar va import kontraktlarni kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKda ekspertizadan o‘tkazilgan loyiha oldi hujjatlarni tayyorlash va tadqiqot ishlarini bajarish bo‘yicha tuzilgan shartnoma asos bo‘ladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu bandga asosan Jamg‘arma kreditlarini ajratish O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamg‘arma kreditlari xizmat ko‘rsatuvchi banklar orqali qayta moliyalashtiriladi va qayta moliyalovchi bankning yillik 0,25 foiz miqdoridagi marjasi qo‘shilgan holda, loyihani ishga tushirish davriga qadar, jumladan, 3 yillik imtiyozli davrni hisobga olgan holda umumiy yillik foiz stavkasi 2,25 foiz miqdorida 5 yil muddatga ajratiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditlar va ular bo‘yicha barcha xarajatlar texnik-iqtisodiy asos tasdiqlanishi jarayonida loyihalar qiymatiga kiritiladi va ularning qaytarilishi loyihalar amalga oshirilganidan keyin, obyektlar ishga tushirilganidan so‘ng olingan daromadlar va loyiha hujjatlarini investorlarga sotishdan tushgan Jamg‘arma mablag‘lari hamda qarz oluvchining umumxo‘jalik faoliyatidan olingan daromadlar yoki “O‘zkimyosanoat” AJ mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. “O‘zkimyosanoat” AJ, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi va Iqtisodiyot vazirligining Koreya kimyo texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti (KRICT) bilan hamkorlikda “Toshkent kimyo texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti” MCHJ va “O‘zkimyosanoatloyiha” AJ negizida — Ilmiy tadqiqot va loyihalash instituti — Kimyo texnologiyalari markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz)ni tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, “O‘zkimyosanoat” AJ va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Markaz faoliyatini tashkil qilish uchun EDCF (Koreya Respublikasi) liniyasi bo‘yicha Eksimbankning 50 mln. AQSH dollari miqdorida kredit va grant mablag‘larini jalb etishni ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“O‘zkimyosanoat” AJ O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi va Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Markaz faoliyatini tashkil etish va moliyalashtirish manbalarini aniqlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “O‘zkimyosanoat” AJ va uning tarkibiga kiruvchi xo‘jalik jamiyatlarining ustav kapitalidagi davlat ulushi bo‘yicha 2019 — 2021-yillar yakunlariga ko‘ra hisoblanadigan dividendlar investitsiyaviy loyihalarini moliyalashtirish, shu jumladan, investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish uchun jalb etilgan kredit va qarzlarni to‘lashga yo‘naltirish sharti bilan kapitalizatsiya qilinsin (O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga yo‘naltiriladigan 30 foiz miqdoridagi dividendlar bundan mustasno).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, Jamg‘arma, tijorat banklari va “O‘zkimyosanoat” AJning “O‘zkimyosanoat” AJ va uning tarkibidagi korxonalarning Jamg‘arma va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining kreditlari bo‘yicha majburiyatlarini 2-ilovaga muvofiq restrukturizatsiya qilish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “O‘zkimyosanoat” AJ korxonalarining majburiyatlari bo‘yicha oldin berilgan davlat kafolatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirishlar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. “O‘zkimyosanoat” AJ bir oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilikka ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.S. Sultanov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 25-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-3983-son
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-oktabrdagi PQ-3983-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“O‘zkimyosanoat” AJ faoliyatida ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va modernizatsiya qilish, bazaviy mahsulotlarni qayta ishlashni yanada chuqurlashtirish, mavjud aktivlardan oqilona foydalanish va boshqarishning zamonaviy usullarini joriy qilishning asosiy yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“YO‘L XARITASI”
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Tadbirlar

Loyiha
qiymati va moliyalashtirish manbalari

Amalga oshirish shakli va mexanizmi

Bajarish muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish bo‘yicha investitsiya loyihalari

1.

“Samarqandkimyo” AJ negizida ammiak, karbamid, sulfat ammoniy

va melamin ishlab chiqarish

450 mln AQSH doll.

1. Loyiha bo‘yicha marketing tadqiqotlarini o‘tkazish.


2. Litsenziarlarni tanlash va baholash.



3. “Samarqandkimyo” AJning texnik auditini o‘tkazish.

4. Loyihaning optimal konfiguratsiyasini tanlash.


5. Loyiha doirasida bazaviy loyihalashtirish (FEED) va TIAni ishlab chiqish.


6. YERS kontraktini tayyorlash va imzolash (tadqiqot ishlari va qurilish).



7. Dastlabki qurilish ishlarini amalga oshirish.



8. Loyiha uchun moliyalashtirishni izlash va jalb qilish.



9. Asosiy qurilish ishlarini amalga oshirish.

2019-yil aprel


2019-yil
aprel — iyun


2019-yil iyul

2019-yil iyul


2019-yil avgust —
2020-yil may


2019-yil dekabr —
2020-yil mart


2019-yil dekabr —
2020-yil mart


2019-yil avgust —
2020-yil avgust


2020-yil mart —

2023-yil fevral

“O‘zkimyosanoat” AJ

(Temirov)

2.

“Navoiyazot” AJda azot kislotasi ishlab chiqarishni tashkil etish

216,6 mln AQSH doll.

1. Texnologik uskunalarni xarid qilish va yetkazish.


2. Qurilish-montaj ishlarini olib borish.


3. Tayyorgarlik va ishga tushirish-sozlash ishlarini bajarish.


4. O‘rnatilgan tartibda obyektni foydalanishga qabul qilish bo‘yicha ishchi komissiya dalolatnomasini rasmiylashtirish.

2019-yil sentabr


2019-yil oktabr


2019-yil dekabr


2020-yil mart

“O‘zkimyosanoat” AJ (Temirov),

“Navoiyazot” AJ (Sharipov)

3.

“Navoiyazot” AJda ammiak va karbamid ishlab chiqarishni tashkil etish

985,7 mln AQSH doll.

1. Texnologik uskunalarni xarid qilish va yetkazish.


2. Qurilish-montaj ishlarini olib borish.


3. Ishga tushirish-sozlash ishlarini bajarish, ishlab chiqarishni boshlashni ta’minlash.


4. O‘rnatilgan tartibda obyektni ishga qabul qilish bo‘yicha ishchi komissiya dalolatnomasini rasmiylashtirish.

2019-yil avgust


2020-yil may


2020-yil sentabr



2020-yil dekabr

“O‘zkimyosanoat” AJ (Temirov),

“Navoiyazot” AJ (Sharipov)

4.

“Ammofos-Maksam” AJda fosforli o‘g‘itlar ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish — I bosqich

9,7 mln AQSH doll.

1. Texnologik uskunalarni xarid qilish va yetkazish.


2. Qurilish-montaj ishlarini olib borish.


3. Ishga tushirish-sozlash ishlarini bajarish va ishlab chiqarishni boshlashni ta’minlash.

2019-yil iyul


2019-yil avgust


2019-yil sentabr

“O‘zkimyosanoat” AJ (Temirov),
“Ammofos-Maksam” AJ (Ibragimov)

5.

“Dehqonobod kaliy zavodi” MCHJda kaliy sulfati
va kaliy tuzlarining boshqa turlarini ishlab chiqarishni tashkil etish

61 mln AQSH doll.

1. Loyiha konsepsiyasini ishlab chiqish.


2. Xorijiy investorlar, texnologiya litsenziarlarini izlab topish va loyihani kelgusida amalga oshirish bo‘yicha qaror qabul qilish.

2019-yil oktabr


2020-yil yanvar

“O‘zkimyosanoat” AJ (Temirov),

“Dehqonobod kaliy zavodi” MCHJ (Shermatov),

Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov)

6.

“Dehqonobod kaliy zavodi” MCHJda granulalangan xlorli kaliy ishlab chiqarishni tashkil etish

15 mln AQSH doll.

1. Loyiha konsepsiyasini ishlab chiqish.


2. Xorijiy investorlar, texnologiya litsenziarlarini izlab topish va loyihani kelgusida amalga oshirish bo‘yicha qaror qabul qilish.

2019-yil oktabr


2020-yil yanvar

“O‘zkimyosanoat” AJ (Temirov),

“Dehqonobod kaliy zavodi” MCHJ (Shermatov),

Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov)

7.

Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahrida ammiak va karbamid ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish

600 mln AQSH doll.

(manbalar aniqlanmoqda)

1. Dastlabki loyiha hujjatlarini ishlab chiqish.


2. Moliyalashtirish manbalarini aniqlash va keyinchalik o‘rnatilgan tartibda ekspertizadan o‘tkazish sharti bilan bosh pudratchi bilan shartnoma tuzish orqali loyihaning TIAsini ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash.

3. Moliyalashtirishni ochish.



4. Qurilish ishlarini yakunlash va foydalanishga topshirish.

2019-yil iyul


2019-yil noyabr




2019-yil

dekabr


2022-yil dekabr

“O‘zkimyosanoat” AJ (Temirov),

Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov),

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev),

Asakabank (Saydullayev),

“O‘zInjiniring” RLI

(Urazayev)

8.

Navoiy viloyatida fosforli o‘g‘itlar, oltingugurt kislotasini ishlab chiqarish, fosforit xom ashyosini qayta ishlash

950 mln AQSH doll.

1. Qo‘shimcha geologik tadqiqotlar o‘tkazish va xalqaro tashkilot tomonidan fosfor xom ashyosi maydonini baholash (ekspertiza) asosida loyiha konsepsiyasini ishlab chiqish orqali texnologiya litsenziarlarini aniqlash.


2. Fosforli o‘g‘itlar ishlab chiqaradigan qazib olish va qayta ishlash majmualarining dastlabki loyiha hujjatlarini ishlab chiqish.


3. Qayta ishlash majmuasi va fosforli o‘g‘itlarni ishlab chiqarish bo‘yicha tegishli kelishuvlarga erishilgan holda potensial xorijiy investor yoki kreditorni izlab topish.


4. Moliyalashtirish manbalarini aniqlagan holda loyihaning TIAsini ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash.


5. Bosh pudratchini aniqlash va shartnoma tuzish hamda uni o‘rnatilgan tartibda ekspertizadan o‘tkazish.


6. Moliyalashtirishni ochish va qurilish ishlarini boshlash.


7. Qurilish ishlarini yakunlash va foydalanishga topshirish.

2019-yil oktabr





2020-yil aprel



2020-yil iyul




2020-yil oktabr



2021-yil yanvar

2021-yil fevral


2024-yil iyul

“O‘zkimyosanoat” AJ (Temirov), Davlat geologiya qo‘mitasi (Islamov),

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev),

Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov),

Navoiy viloyati hokimiyati (Tursunov),

“O‘zInjiniring” RLI

(Urazayev)

9.

“Farg‘onaazot” AJda ammiak va karbamid ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish

91 mln AQSH doll.

1. Potensial investorning investitsiya majburiyatlari hisobidan moliyalashtirish manbalarini aniqlagan holda loyihaning TIAsini ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash.


2. Bosh pudratchini aniqlash va u bilan shartnoma tuzish hamda o‘rnatilgan tartibda uni ekspertizadan o‘tkazish.


3. Moliyalashtirishni ochish.


4. Qurilish ishlarini yakunlash va foydalanishga topshirish.

2019-yil dekabr




2020-yil mart



2020-yil may


2023-yil dekabr

“O‘zkimyosanoat” AJ (Temirov),

“Farg‘onaazot” AJ (Salijanov),

Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov),

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev),

“O‘zInjiniring” RLI

(Urazayev)

10.

“Farg‘onaazot” AJda ammiakli selitra ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va konsentratsiya qilinmagan azot kislotasi ishlab chiqarishni kengaytirish

45 mln AQSH doll.

1. Potensial investorning investitsiya majburiyatlari hisobidan moliyalashtirish manbalarini aniqlagan holda loyihaning TIAsini ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash.


2. Bosh pudratchini aniqlash va u bilan shartnoma tuzish hamda o‘rnatilgan tartibda uni ekspertizadan o‘tkazish.


3. Moliyalashtirishni ochish.


4. Qurilish ishlarini yakunlash va foydalanishga topshirish.

2019-yil dekabr




2020-yil mart



2020-yil may


2023-yil dekabr

“O‘zkimyosanoat” AJ (Temirov),

“Farg‘onaazot” AJ (Salijanov),

Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov),

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev),

“O‘zInjiniring” RLI

(Urazayev)

11.

“Ammofos-Maksam” AJda fosforli o‘g‘itlar ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish II bosqich

70 mln AQSH doll.

1. Loyiha konsepsiyasini texnologiya litsenziarlari bilan ishlab chiqish
va loyihani amalga oshirish shartlarini “Ammofos-Maksam” AJning xorijiy hamta’sischisi “Maksam” (Ispaniya) kompaniyasi bilan kelishish.


2. Moliyalashtirish manbalarini aniqlagan holda loyihaning TIAsini ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash.


3. Bosh pudratchini aniqlash va u bilan shartnoma tuzish hamda o‘rnatilgan tartibda uni ekspertizadan o‘tkazish.


4. Moliyalashtirishni ochish va qurilish ishlarini boshlash.


5. Qurilish ishlarini yakunlash va foydalanishga topshirish.

2019-yil oktabr




2020-yil mart



2020-yil iyun



2020-yil iyul


2022-yil dekabr

“O‘zkimyosanoat” AJ (Temirov),

“Ammofos-Maksam” AJ (Ibragimov)

12.

“Qo‘qon superfosfat zavodi” AJda ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish va kengaytirish hamda yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish

70 mln AQSH doll.

1. Loyihaning TIAsini ishlab chiqish.


2. Loyihani amalga oshirish doirasida qurilish-montaj ishlarini boshlash.


3. Birinchi bosqichni foydalanishga topshirish (175,0 ming tn. sof vazndagi superfosfat).


4. Ikkinchi bosqichni foydalanishga topshirish (350,0 ming tn. sof vazndagi superfosfat).


5. Jamiyatning rivojlanish konsepsiyasini tayerlash va II bosqich doirasida investitsiya majburiyatlarini jalb qilish.

2019-yil iyul


2019-yil iyul



2020-yil iyul



2021-yil yanvar



2021-yil dekabr

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Jo‘rayev),

Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi

(Umurzakov), Farg‘ona viloyati hokimiyati (Ganiyev),

xorijiy investor

II. Polimer mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha investitsiya loyihalari

13.

“Navoiyazot” AJda polivinilxlorid (PVX), kaustik soda va metanol ishlab chiqarish majmuasini qurish

500,1 mln AQSH doll.

1. Montaj ishlarining mexanik qismini yakunlash.


2. Ishga tushirish-sozlash ishlarini bajarish.


3. Obyektni foydalanishga topshirish.


4. O‘rnatilgan tartibda obyektni foydalanishga qabul qilish bo‘yicha ishchi komissiya dalolatnomasini rasmiylashtirish.

2019-yil iyul


2019-yil avgust


2019-yil sentabr


2019-yil dekabr

“O‘zkimyosanoat” AJ (Temirov),

“Navoiyazot” AJ (Sharipov)

14.

“Jizzax” EIZda BOPP plenka ishlab chiqarishni tashkil etish

40 mln AQSH doll.

1. Qo‘shma korxonani tashkil etish.


2. Loyihaning biznes rejasini ishlab chiqish.


3. Bosh pudratchini aniqlash va u bilan shartnoma tuzish.


4. Loyihaning O‘zbekiston tomoni ulushini birgalikda moliyalashtirish uchun tijorat bankining kreditini jalb qilish.


5. Moliyalashtirishni ochish.


6. Qurilish-montaj ishlarini boshlash.


7. Obyektni foydalanishga topshirish.

2019-yil avgust


2019-yil dekabr


2020-yil mart


2020-yil may



2020-yil iyun


2020-yil avgust


2021-yil dekabr

“O‘zkimyosanoat” AJ (Temirov),

“Jizzax plastmassa” AJ (Turakulov), “O‘zSQB” ATB (Voitov),

Jizzax viloyati hokimiyati (Soliyev),
“Jizzax” EIZ direksiyasi

(Zoirov)

15.

“O‘zbekneftgaz” AJ bilan hamkorlikda

PET, sintetik kauchuk, kimyoviy tolalar, polistirol, polimerlar va boshqa neft-kimyo mahsulotlarini kelgusida ishlab chiqarish maqsadida MTO texnologiyasi bo‘yicha 2 mlrd m3 gazni qayta ishlab, olefinlar ishlab chiqarish

6 500 mln AQSH doll.

1. “O‘zbekneftgaz” AJ va “O‘zkimyosanoat” AJ mutaxassislaridan iborat qo‘shma ishchi guruh tuzish.


2. 2019-yil may oyida Toshkentdagi xalqaro neft-gaz konferensiyasida loyihaning potensial ishtirokchilari, litsenziarlar, investorlar, konsultantlar bilan biznes forum o‘tkazgan holda, loyiha konsepsiyasini aniqlash.


3. Bozorni o‘rganish natijasida texnologik konfiguratsiyani ishlab chiqish va mahsulot turi bo‘yicha quvvatlarni aniqlash.


4. Yiriklashtirilgan moliyaviy-iqtisodiy modelni ishlab chiqish.

2019-yil aprel



2019-yil may





2019-yil sentabr



2019-yil noyabr

Energetika vazirligi

(Sultanov),

Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi

(Umurzakov),

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

(Xodjayev),

“O‘zkimyosanoat” AJ (Temirov)

III. Respublika iqtisodiyot sohalari uchun kimyo mahsulotlarining mavjud turlarini kengaytirish va yangi turlarini yaratish bo‘yicha investitsiya loyihalari

16.

Navoiy viloyatida ferrosilitsiy ishlab chiqarishni tashkil etish

10 mln AQSH doll.

1. Ishlab chiqarish texnologiyasini aniqlash va biznes rejani ishlab chiqish.


2. Bosh pudratchini aniqlash.


3. Moliyalashtirish manbalarini aniqlash, moliyalashtirishni ochish va qurilish ishlarini boshlash.


4. Obyektni foydalanishga topshirish.

2019-yil sentabr


2019-yil noyabr


2020-yil yanvar



2022-yil avgust

“Navoiyazot” AJ

(Sharipov),

Davlat geologiya qo‘mitasi (Islamov),
“O‘zkimyosanoat” AJ (Temirov)

17.

Kaprolaktam ishlab chiqarishda kimyoviy chiqindilarni qayta ishlash va utilizatsiya qilishni tashkil etish

3 mln AQSH doll.

1. Kaprolaktam ishlab chiqarish chiqindilarini “ECO TECN GROUP” QK MCHJga beg‘araz o‘tkazish shartlari:

chiqindi poligoni hududida chiqindilarni utilizatsiya qilish va qayta ishlashga mo‘ljallagan mini zavod qurish uchun tegishli ruxsatnoma olish;

chiqindilarni utilizatsiya qilish va qayta ishlashda xavfsizlikni ta’minlash uchun mini zavodni qonunchilikda o‘rnatilgan barcha talab va normalarga rioya qilgan holda, investorning 3 mln AQSH dollaridan kam bo‘lmagan o‘z mablag‘lari hisobiga qurish;

chiqindi poligonini kaprolaktam ishlab chiqarish chiqindilaridan butunlay tozalash va kaprolaktam ishlab chiqarish chiqindilaridan tozalangan chiqindi poligonini “Maksam-Chirchiq” AJ balansiga keyinchalik foydalanish uchun qaytarish;

70 tadan kam bo‘lmagan yangi ish o‘rinlarini yaratish;

investor tomonidan tabiatni muhofaza qilish chora-tadbirlari va atrof-muhitni saqlash choralarini ko‘rish, shuningdek, ekologiyaga turli zararlar yetkazilishi xavfining javobgarligini o‘z mablag‘lari hisobiga qoplash majburiyatini qabul qilish.

2. Kichik zavod qurish uchun Toshkent viloyati Parkent tumanida umumiy maydoni 9,21 ga bo‘lgan yer uchastkasini ajratish.

2019-yil aprel

















2019-yil may

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Jo‘rayev),

“Maksam-Chirchiq” AJ (Saydaxmedov),
“O‘zkimyosanoat” AJ (Temirov),

Toshkent viloyati hokimiyati (Ibragimov),

Davlat ekologiya qo‘mitasi (Qo‘chqorov),

Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov)

18.

“Navoiyazot” AJ negizida ammoniy rodaniti va natriy polisulfidi asosida tiomochevina ishlab chiqarishni tashkil etish

50 mln AQSH doll.

1. Loyihaning TIAsini ishlab chiqish.


2. Loyihaning TIAsini ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash.


3. Qo‘shma korxonani tashkil etish.


4. Loyihaning moliyalashtirish, shu jumladan O‘zbekiston tomoni ulushini birgalikda moliyalashtirish uchun manbalarni aniqlash.


5. Moliyalashtirishni ochish va qurilish ishlarini boshlash.


6. Obyektni foydalanishga topshirish.

2019-yil sentabr


2019-yil noyabr


2020-yil yanvar


2020-yil mart



2020-yil iyun


2022-yil dekabr

“O‘zkimyosanoat” AJ (Temirov),

“Navoiyazot” AJ

(Sharipov),

“O‘zInjiniring” RLI (Urazayev),

O‘zsanoatqurilishbank (Voitov)

19.

“Jizzax plastmassa” AJda kimyoviy qo‘shilmalar ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish

1,6 mln AQSH doll.

1. Kimyoviy qo‘shilmalarni chiqarishga doir texnologik uskunalarni joylashtirish uchun ishlab chiqarish maydonini tayyorlash.

2. Kimyoviy qo‘shilmalarni chiqarishga doir uskunalarni tayyorlash, yetkazish va o‘rnatish.


3. Kimyoviy qo‘shilmalarni chiqarishga doir obyektni foydalanishga topshirish.

2019-yil iyun


2019-yil oktabr



2019-yil dekabr

“O‘zkimyosanoat” AJ (Temirov),

“Jizzax plastmassa” AJ (Turakulov)

20.

“Navoiyazot” AJda quruq sian tuzlarini ishlab chiqarishni tashkil etish

30 mln AQSH doll.

1. Loyihaning TIAsini ishlab chiqish.


2. Loyihaning TIAsini ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash.


3. Qo‘shma korxonani tashkil etish.


4. Loyihaning moliyalashtirish, shu jumladan O‘zbekiston tomoni ulushini birgalikda moliyalashtirish uchun manbalarni aniqlash.


5. Moliyalashtirishni ochish va qurilish ishlarini boshlash.


6. Obyektni foydalanishga topshirish.

2019-yil sentabr


2019-yil noyabr


2020-yil yanvar


2020-yil aprel


2020-yil iyun



2023-yil iyul

“O‘zkimyosanoat” AJ (Temirov),

“Navoiyazot” AJ

(Sharipov),

“O‘zInjiniring” RLI (Urazayev),

O‘zsanoatqurilishbank (Voitov)

21.

Navoiy viloyatida o‘simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalarini ishlab chiqarishni tashkil qilish

5 mln AQSH doll.

1. Loyiha konsepsiyasini ishlab chiqish.

2. Xorijiy investorlar, texnologiya litsenziarlarini izlab topish va loyihani kelgusida amalga oshirish bo‘yicha qaror qabul qilish.

2019-yil oktabr

2020-yil mart

“O‘zkimyosanoat” AJ (Temirov),

Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov)

22.

“Angren” EIZda yengil, yuk va avtobus shinalari, konveyer lentalari, shuningdek, boshqa rezina mahsulotlarini ishlab chiqarish
(II bosqich)

200 mln AQSH doll.

1. Marketing tadqiqotlarini olib borish, loyihaning dastlabki loyiha hujjatlarini ishlab chiqish.

2. Xorijiy investorlar va texnologiya litsenziarlarini izlab topish hamda tegishli kelishuvlarga erishish.


3. Loyihani moliyalashtirish manbalarini aniqlash va loyihani kelgusida amalga oshirish bo‘yicha qaror qabul qilish.

2019-yil dekabr


2020-yil mart



2020-yil may

“O‘zkimyosanoat” AJ (Temirov),

“Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ (Tillayev),

Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov),

“O‘zkimyosanoat-loyiha” AJ (Abdullayev)

23.

LAB asosida sintetik yuvish vositalarini ishlab chiqarishni tashkil qilish

58,6 mln AQSH doll.

1. Loyiha konsepsiyasini ishlab chiqish.

2. Xorijiy investorlar, texnologiya litsenziarlarini izlab topish va loyihani kelgusida amalga oshirish bo‘yicha qaror qabul qilish.

2019-yil oktabr

2020-yil mart

“O‘zkimyosanoat” AJ (Temirov),

Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov)

24.

“Angren” EIZ hududida to‘qimachilik kordlarini ishlab chiqarishni tashkil etish

20 mln AQSH doll.

1. Loyiha konsepsiyasini ishlab chiqish.

2. Xorijiy investorlar, texnologiya litsenziarlarini izlab topish va loyihani kelgusida amalga oshirish bo‘yicha qaror qabul qilish.

2019-yil oktabr

2020-yil mart

“O‘zkimyosanoat” AJ (Temirov),

Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov),

Toshkent viloyati hokimiyati (Ibragimov)

25.

“Angren” EIZ hududida texnik uglerod ishlab chiqarishni tashkil etish

100 mln AQSH doll.

1. Loyiha konsepsiyasini ishlab chiqish.

2. Xorijiy investorlar, texnologiya litsenziarlarini izlab topish va loyihani amalga oshirish bo‘yicha qaror qabul qilish.

2019-yil oktabr

2020-yil mart

“O‘zkimyosanoat” AJ (Temirov),

Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov),

Toshkent viloyati hokimiyati (Ibragimov)

26.

“Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJda mavjud kalsinatsiyalangan soda ishlb chiqarishni kengaytirish
va boshqa turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil qilish

180 mln AQSH doll.

1. Xorijiy investor bilan birgalikda loyihani amalga oshirish tarmoq jadvalini kelishish va tasdiqlash.

2. Investor va moliya institutlari bilan xorijiy investitsiyalarni jalb qilish shartlarini ishlab chiqish.

2019-yil avgust


2019-yil dekabr

“O‘zkimyosanoat” AJ (Temirov),
Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov)

27.

PVX ishlab chiqarish uchun kaustik soda
va xlor ishlab chiqarishni tashkil qilish

213 mln AQSH doll.

1. Loyiha konsepsiyasini ishlab chiqish.

2. Xorijiy investorlar, texnologiya litsenziarlarini izlab topish va loyihani kelgusida amalga oshirish bo‘yicha qaror qabul qilish.

2019-yil oktabr

2020-yil mart

“O‘zkimyosanoat” AJ (Temirov),

Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov)

28.

Vodorod peroksidini ishlab chiqarish

25 mln AQSH doll.

1. Loyiha konsepsiyasini ishlab chiqish.

2. Xorijiy investorlar, texnologiya litsenziarlarini izlab topish va loyihani kelgusida amalga oshirish bo‘yicha qaror qabul qilish.

2019-yil oktabr

2020-yil mart

“O‘zkimyosanoat” AJ (Temirov),

Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov)

29.

“Navoiyazot” AJ metanol negizida keng turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil qilish

435 mln AQSH doll.

1. Marketing tadqiqotlarini olib borish, loyihaning dastlabki loyiha hujjatlarini ishlab chiqish.

2. Xorijiy investorlar va texnologiya litsenziarlarini izlab topish hamda tegishli kelishuvlarga erishish.

3. Loyihani moliyalashtirish manbalarini aniqlash va loyihani kelgusida amalga oshirish bo‘yicha qaror qabul qilish.

2019-yil oktabr


2019-yil dekabr


2020-yil fevral

“O‘zkimyosanoat” AJ (Temirov),

Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov),

“O‘zkimyosanoat-loyiha” AJ (Abdullayev)

30.

“Farg‘onaazot” AJ negizida mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish va yangi turdagi kam tonnali kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil qilish

12,2 mln AQSH doll.

1. Quvvatlarni oshirish va yangi turdagi kam tonnali kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha biznes reja ishlab chiqish.

2. Loyihani moliyalashtirish manbalarini aniqlash.

3. Uskunalarni xarid qilish va qurilish-montaj ishlarini bajarish.

4. Loyihani bosqichma-bosqich foydalanishga topshirish.

2019-yil iyun


2019-yil dekabr

2020-yil dekabr

2021-yil mart

“O‘zkimyosanoat” AJ (Temirov),

“Farg‘onaazot” AJ (Salijanov)

31.

Katalizatorlar ishlab chiqarishni tashkil qilish

125 mln AQSH doll.

1. Loyiha konsepsiyasini ishlab chiqish.

2. Xorijiy investorlar, texnologiya litsenziarlarini izlab topish va loyihani kelgusida amalga oshirish bo‘yicha qaror qabul qilish.

2019-yil oktabr

2020-yil mart

“O‘zkimyosanoat” AJ (Temirov),

Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov)

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Amalga oshiriladigan loyihalarning umumiy qiymati — 12 073,0 mln AQSH doll.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izohlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur “Yo‘l xaritasi”dagi tadbirlarni amalga oshirish mexanizmi va muddatlariga investorlar bilan investitsiya loyihalarini amalga oshirish shartlarini ishlab chiqish natijasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda tuzatishlar kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Loyihalarning parametrlariga loyihalar DTIA/TIAsi ishlab chiqilishi asosida o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-apreldagi PQ-4265-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2019-y., 07/19/4265/2883-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-oktabrdagi PQ-3983-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan “O‘zkimyosanoat” AJ investitsiyaviy loyihalarini birgalikda moliyalashtirish uchun ajratilgan, yakuniy to‘lov muddatlari uzaytirilmagan holda qayta moliyalovchi banklarning majburiyatlari restrukturizatsiya qilinadigan kreditlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
RO‘YXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

mln. AQSH dollari

T/r

Investitsiyaviy loyihalarning nomi

Jami kredit summasi,
jumladan

Asosiy qarz summasi *

rasmiylash-tirilgan kredit summasi

ajratilgan kredit summasi

jami

jumladan

2019-y.

2020-y.

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB

1.

Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodini qurish (I bosqich)

61,7

61,7

26,0

13,0

13,0

2.

Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodining ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish (II bosqich)

128,1

106,4

64,0

32,0

32,0

3.

“Navoiyazot” AJda azot kislotasi ishlab chiqarishni tashkil etish

75,5

75,5

20,6

10,3

10,3

“Asaka” ATB

4.

“Navoiyazot” AJda polivinilxlorid, kaustik soda va metanol ishlab chiqarish majmuasini qurish

69,1

69,1

18,6

9,3

9,3

5.

“Navoiyazot” AJda ammiak va karbamid ishlab chiqarishni tashkil etish

320,0

336,9

32,2

-

32,2

6.

“Angren” EIZda konveyer lentalari, qishloq xo‘jaligi va avtomobil shinalari ishlab chiqarishni tashkil etish

27,6

25,5

8,5

4,25

4,25

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki

7.

Ammiak selitrasi va azot kislotasi ishlab chiqarish majmuasi qurilishini yakunlash (“Farg‘onaazot” AJ 2001-yil 3-iyuldagi raqamsiz kredit shartnomasi)

56,6

56,6

26,06

13,03

13,03

JAMI

738,6

731,7

195,96

81,88

114,08

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: foizlarni kechiktirish faqat O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki krediti bo‘yicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-oktabrdagi PQ-3983-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda kimyo sanoatini rivojlantirish Dasturi to‘g‘risida” 2017-yil 23-avgustdagi PQ-3236-son qarorining 4-ilovasi chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikni yanada kengaytirish va chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 6-avgustdagi PQ-3900-son qarorining ilovasidagi 30-pozitsiya chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi erkin iqtisodiy zonalarida import o‘rnini bosuvchi va eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 27-fevraldagi 110-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) “O‘zkimyosanoat” AJ bo‘limi quyidagi mazmundagi 161 va 162 pozitsiyalar bilan to‘ldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

161.

Turli lak-bo‘yoq mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil qilish.

2021-yil 4-chorak

10 ming tonna

4,0

3,0

1,0

O‘zSQB

30

“Navoiy” EIZ

162.

BOPP plenkasi ishlab chiqarishni tashkil qilish.

2022-yil 4-chorak

20 ming tonna

40,0

24,0

6,0

10,0

O‘zSQB

50

“Jizzax” EIZ

;

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 1-ilovaning 17, 18, 19 va 20-pozitsiyalari chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Vazirlar Mahkamasining “Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodining ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish (II bosqich)” investitsiyaviy loyihasi doirasida tog‘-kon majmuasi qurilishini yakunlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 2-avgustdagi 576-son qarorning 4-bandi uchinchi xatboshidagi va 6-bandidagi “2018-yil 1-sentabr” so‘zlari “2020-yil 1-yanvar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2018-y., 07/18/3983/2106-son; 04.04.2019-y., 07/19/4265/2883-son; 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)