Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 21.03.1992 yildagi 136-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarori, 21.03.1992 yildagi 136-son
Date of entry into force
21.03.1992
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1992—1995 YILLARDA ZARAFShON-UChQUDUQ MINTAQASINI IJTIMOIY-IQTISODIY JIHATDAN JADAL RIVOJLANTIRISh VA NAVOIY KON-METALLURGIYA KOMBINATI KORXONALARINING IShINI BARQARORLAShTIRIShNI TAʼMINLASh TADBIRLARI HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hozirgi vaqtda markaziy Qizilqumda qimmatbaho va nodir metallar, fosforitlar, kvars va kvars-polevoshpat qumlari, qurilish va pardozbop toshlarning yirik mineral-xomashyo bazasi yaratildi, qisqa muddat ichida volfram, vanadiy konlarini tayyorlashning geologik istiqbollari aniqlandi. Bu hol mavjud kon-qazish korxonalarini yanada kengaytirish va yangilarini qurish, bu mintaqada yashovchi aholining ijtimoiy sharoitini yaxshilash va farovonligini oshirish uchun real sharoit yaratadi. Lekin moddiy-texnika taʼminotidagi, materiallar, asbob-uskunalar, kimyoviy reagentlar yetkazib berishdagi uzilishlar Muruntov karyerini rivojlantirishni, 1992-yilda oltin chiqarish boʻyicha davlat buyurtmasini bajarishni, Uchquduq shahrida zavod qurilishidagi qurilish-montaj ishlarini va Zarafshon, Navoiy shaharlarida gidrometallurgiya korxonalarini qayta qurishni xavf ostiga solib qoʻydi. Ijtimoiy sohadagi obyektlarni rivojlantirish ham kechikmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Belgilansinki, Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga davlat buyurtmasiga muvofiq u realizatsiya qilgan oltinning 40 foizi miqdorida va belgilangan topshiriqdan ortiq topshirgan oltin uchun tushgan foydaning 80 foizi miqdorida valyuta mablagʻlari oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. “Qizilqumkamyobmetalloltin” konserni ixtisoslashtirilgan loyihalash tashkilotlarini jalb etgan holda 1992-yilda Oqjetpes, Kosmanachi va Visokovoltnoye konlarining tarkibida kumush boʻlgan manbalarini qayta ishlash yoʻnaltirishning maqsadga muvofiqligini texnikaviy-iqtisodiy jihatdan asoslab bersin, kumushning sotiladigan narxini qayta koʻrib chiqsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzdavkimyo” konserni bilan birgalikda 1992-yilda Jeroy-Sardara fosforit maʼdanlarini sanoat jihatidan texnologiya sinovini oʻtkazib fosfat oʻgʻitlari olsin. Sinov ijobiy natija bersa “Oʻzdavkimyo” konserni Oʻzbekiston Respublikasining taraqqiyot istiqbolini belgilash qoʻmitasi bilan kelishgan holda manfaatdor tashkilotlarni jalb etib, 1992-yilning ikkinchi yarmida yiliga 300—350 ming tonna konsentrat ishlab chiqaradigan kon va boyitish fabrikasini loyihalashtirishga kirishsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1992-1993-yillarda Jeroy kvars qumlari konini razvedka qilib, uning zaxiralarini 4 mln. tonnadan 20 mln tonnaga yetkazsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati hamda sobiq SSSR Atom energetikasi va sanoati vazirligi tomonidan 1991-yilning iyun oyida Markaziy Qizilqumning mineral resurslarini sanoat jihatidan oʻzlashtirishni jadallashtirishning birgalikda ishlab chiqilgan istiqbol Dasturi tasdiqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “Sredazgazprom” ishlab chiqarish birlashmasi, “Sredazneftegazstroy” ishlab chiqarish-qurilish-montaj birlashmasi 1992-yilning dekabrida Zarafshon shahriga gaz yetkazib beruvchi tarmoq gaz quvurlarini yotqizishni taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. “Oʻzshartnomasavdo” “Sredazgazprom” ishlab chiqarish birlashmasi va “Oʻrtaosiyoneftgazqurilish” ishlab chiqarish qurilish-montaj birlashmasiga 1992-yilning birinchi yarmida, ilovaga* muvofiq, gaz yetkazib beruvchi tarmoq gaz quvurlari yotqizish uchun moddiy-texnika resurslarini ajratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. “Oʻrtaosiyoneftgazqurilish” ishlab chiqarish-qurilish-montaj birlashmasi, “Oʻzshartnomasavdo” 1992-yilga ajratilgan neft asortimentidagi quvurlarning 2,8 ming tonnasini Zarafshon shahriga gaz yetkazib beruvchi tarmoq gaz quvurlarini yotqizish uchun yetkazib berishni nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur qarorni bajarishni taʼminlash yuzasidan ilova* qilinayotgan tadbirlar tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Respublika vazirliklari, konsernlari, loyihalash va boshqa tashkilotlari har yilning may oyida mazkur qarorning qanday bajarilayotganligi haqida Oʻzbekiston Respublikasining taraqqiyot istiqbolini belgilash qoʻmitasiga umumlashtirish va Vazirlar Mahkamasiga maʼlum qilish uchun axborot bersin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1992-yil 21-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
136-son