29.08.1997 yildagi 474-I-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 29.08.1997 yildagi 474-I-son
Date of entry into force
19.09.1997
Hujjat 01.10.2000 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun davlat soliq xizmati organlari faoliyatining huquqiy asoslarini belgilab beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat soliq xizmati organlari soliqlar, yigʻimlar va boshqa toʻlovlarning (bundan buyon matnda — soliqlar deyiladi) toʻliq va oʻz vaqtida budjetga tushishini taʼminlash maqsadlarida tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Soliq nazorati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soliq nazorati soliqqa tortiladigan subyektlar va obyektlarni hisobga olishning, shuningdek soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilishning yagona tizimidan iborat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soliq nazorati davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliqqa tortilishi lozim boʻlgan subyektlar va obyektlarni hisobga olish, soliqlarga doir tekshiruvlar oʻtkazish, soliq toʻlovchilar, boshqa shaxslarni soʻrab-surishtirish vositasida hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shakllarda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Davlat soliq xizmati organlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat soliq xizmati organlari quyidagilardir: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda Toshkent shahar davlat soliq bosh boshqarmalari, viloyatlar davlat soliq boshqarmalari, shuningdek tumanlar, shaharlar va shaharlardagi tumanlarning davlat soliq inspeksiyalari.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tarkibida hududiy boʻlinmalarga ega boʻlgan: soliq sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish maxsus boʻlinmasi, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliya-xoʻjalik faoliyatini nazorat hamda hujjat asosidagi tekshiruv va taftishni amalga oshiruvchi maxsus nazorat-taftish boʻlinmasi, shuningdek davlat soliq xizmati organlarida rejim va xodimlar bilan ishlash maxsus boʻlinmasi tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(3-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 31-avgustdagi 125-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 7-8-son, 217-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat soliq xizmati organlari oʻz faoliyatlarida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, ushbu Qonunga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga amal qiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat soliq xizmati organlari oʻz faoliyatlarini davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy organlaridan mustaqil tarzda qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat soliq xizmati organlarining oʻz vakolatlari doirasida qabul qiladigan qarorlari barcha yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiydir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat soliq xizmati organlari yuridik shaxslar hisoblanadi, respublika budjeti mablagʻlari hisobidan taʼminlanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan va oʻz nomi bitilgan muhrga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining tuzilishi va faoliyatini tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizom bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Davlat soliq xizmati organlarining asosiy vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat soliq xizmati organlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliqlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlar toʻgʻri hisoblab chiqarilishi, toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanishini nazorat qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlash, soliq toʻlovchilarga soliqlar boʻyicha majburiyatlarni bajarishlarida yordam koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq siyosatining roʻyobga chiqarilishida bevosita qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliqqa tortiladigan obyektlar va subyektlarning toʻliq hamda oʻz vaqtida hisobga olinishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliqlar boʻyicha huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etish.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Davlat soliq xizmati organlarining huquqlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat soliq xizmati organlari oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) soliq toʻlovchilarning (shu jumladan, soliq toʻlovchi bilan bogʻliq boʻlgan subyektlarning) moliyaviy hujjatlari, shartnomalari (kontraktlari), rejalari, smetalari, daromadlar haqidagi deklaratsiyalari va soliqlarni hisoblab chiqarish hamda toʻlash bilan bogʻliq boshqa hujjatlarini, shuningdek eksport-import operatsiyalari bilan bogʻliq hujjatlarini tekshirish, tekshiruv vaqtida yuzaga keladigan masalalar boʻyicha zarur tushuntirishlar, maʼlumotnomalar va axborotlar olish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) yuridik va jismoniy shaxslardan soliq toʻlovchilarning faoliyatiga taalluqli axborotlar, maʼlumotnomalar, hujjatlar va ularning nusxalarini olish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) belgilangan tartibda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining buzilishiga yoʻl qoʻyayotgan yuridik va jismoniy shaxslardan daromadni (foydani) va soliqqa tortiladigan boshqa obyektlar yashirilganligidan dalolat beruvchi hujjatlarni, shuningdek huquqbuzarlik predmetlarini olib qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish tartibini buzayotgan jismoniy shaxslardan litsenziyalarini, patentlari yoki roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomalarini olib qoʻyib, soʻngra qonun buzilganligiga doir materiallarni mazkur faoliyat bilan shugʻullanishga ruxsat bergan organlarga topshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) kassalarni va tovar-moddiy boyliklar hamda hujjatlar saqlanadigan joylarni muhrlab qoʻyish, tovarlar, buyumlar, xom ashyo, materiallar va yarim tayyor mahsulotlarning namunalarini, shuningdek hujjatlarni olib qoʻyish va ularni tekshirishga, tadqiq qilishga va ekspertizaga yuborish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) savdo qoidalariga, tovarlarni berish va xizmat koʻrsatish qoidalariga rioya qilinishini tekshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) yuridik va jismoniy shaxslarning qayerda joylashganligidan qatʼi nazar, daromad (foyda) olish uchun foydalaniladigan yoxud soliqqa tortish obyektlarini saqlab turish bilan bogʻliq boʻlgan ishlab chiqarish binolari, omborxonalar, savdo va boshqa binolarni hamda joylarni (shu jumladan alohida rejimdagi korxonalarni) tekshirish, bajarilgan ishlarni, koʻrsatilgan xizmatlarni tekshiruv tariqasida oʻlchash va tovar-moddiy boyliklarni roʻyxat qilish. Soliq xizmati organlarining soliqlar boʻyicha tekshirish oʻtkazayotgan mansabdor shaxslari mazkur binolar yoki joylarga kiritilmagan taqdirda davlat soliq xizmati organlari oʻzlarida mavjud boʻlgan axborotlar (shu jumladan, soliq toʻlovchining xarajatlari haqidagi axborotlar) asosida yoki boshqa shunga oʻxshagan soliq toʻlovchilarga solinadigan soliqlarni nazarda tutgan holda soliqlar summasini mustaqil ravishda belgilashga haqlidirlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7) yuridik va jismoniy shaxslardan qonun hujjatlarining buzilganligi aniqlangan hollarni bartaraf etishni talab qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8) yuridik hamda jismoniy shaxslar hujjatlar asosida (hisob-kitobli) tekshiruv oʻtkazilishini yoki davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslari daromad (foyda) olish uchun foydalaniladigan yoki soliqqa tortish obyektini saqlab turish bilan bogʻliq binolar va joylarga kirishini rad etsa, soliqlarni hisoblab chiqarish va toʻlash bilan bogʻliq moliyaviy hisobotlar, hisob-kitoblar, deklaratsiyalar va boshqa hujjatlarni soliq xizmati organlariga va ularning mansabdor shaxslariga taqdim etmasa (yoki taqdim etishni rad qilsa), bunday yuridik shaxslarning, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq jismoniy shaxslarning banklardagi va boshqa moliya-kredit muassasalaridagi hisob-kitob va boshqa hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarini toʻxtatib qoʻyish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliqlarga oid qonunbuzarliklar haqidagi ishlarni koʻrib chiqish va yuridik hamda jismoniy shaxslarga nisbatan moliyaviy jazo choralari qoʻllash;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va maʼmuriy jazo choralarini qoʻllash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10) soliqlar borasida qonunbuzarlik faktlari boʻyicha tovar-moddiy boyliklarni qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda musodara qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11) soliqlar boʻyicha boqimandalarni, shuningdek jarima summalarini qonun hujjatlariga muvofiq soʻzsiz undirib olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12) yuridik va jismoniy shaxslarning gʻayriqonuniy ravishda olgan mablagʻlarini davlat daromadiga undirish haqida ularga nisbatan sudda daʼvo qoʻzgʻatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13) tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslarning moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish va taftish qilishni belgilangan tartibda muvofiqlashtirish, nazorat qiluvchi organlar xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish va taftish qilish yuzasidan amalga oshirayotgan ishlarni toʻxtatish haqida takliflar kiritish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14) soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik hollarini aniqlash, bunday hollarning oldini olish va bartaraf etish uchun, shuningdek ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va sharoitlarni aniqlash uchun tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish, qonun hujjatlariga muvofiq surishtiruv oʻtkazish, jinoiy ishlar qoʻzgʻatish va ularni tergovga tegishliligiga koʻra oʻtkazish.
(5-moddaning birinchi qismi 14-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 31-avgustdagi 125-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 7-8-son, 217-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15) yuridik va jismoniy shaxslar egallab turgan va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun foydalanayottan binolarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda moneliksiz kirish. Soliq solish miqdorlarini hisoblab chiqarishning asosliligini tekshirish chogʻida ishlab chiqarish, omborxona, savdo va boshqa binolarni, hujjatlar, pul mablagʻlari va tovar-moddiy boyliklar saqlanadigan joylarni mulkdorning ishtirokida koʻzdan kechirish.
(5-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 31-avgustdagi 125-II-son Qonuniga asosan oʻn beshinchi band bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 7-8-son, 217-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat soliq xizmati organlari ushbu Qonunda va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan oʻzga huquqlarga ham egadirlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat soliq xizmati organlarining ushbu modda birinchi qismining 1—7-bandlarida nazarda tutilgan huquqlari davlat soliq xizmati organlarining barcha mansabdor shaxslariga, 8—14-bandlarida nazarda tutilgan huquqlari esa (tezkor-qidiruv faoliyati bundan mustasno) faqat davlat soliq xizmati organlarining boshliqlari va ularning oʻrinbosarlariga beriladi. Ushbu modda birinchi qismining 8—15-bandlarida nazarda tutilgan huquqlar soliq sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish maxsus boʻlinmasi va uning hududiy boʻlinmalarining mansabdor shaxslariga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(5-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 31-avgustdagi 125-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 7-8-son, 217-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat soliq xizmati organlari davlat statistika, axborot, arxiv, maʼlumot va boshqa tashkilotlarining soliq toʻlovchilar haqidagi maʼlumotlarni berish yuzasidan koʻrsatadigan xizmatlari (bajaradigan ishlari) uchun haq toʻlashdan ozod qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Davlat soliq xizmati organlarining majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat soliq xizmati organlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) soliq haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlarning toʻgʻri hisoblab chiqilishi, toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirishlari, ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlarining talablariga rioya etishlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilishlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) soliqqa tortiladigan subyektlar va obyektlar, hisoblab chiqarilgan va toʻlangan soliqlarning toʻliq va oʻz vaqtida hisobga olinishini, shuningdek jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish tartibiga rioya etishlari ustidan nazoratni taʼminlashlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) soliq haqidagi qonun hujjatlarini qoʻllash boʻyicha yoʻriqnoma materiallar, uslubiy koʻrsatmalar va qoʻllanmalar ishlab chiqish va nashr etishlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) soliqlar boʻyicha tekshiruvlar oʻtkazilayotgan vaqtda soliq toʻlovchilarga ularning huquqlari va vazifalarini tushuntirishlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) soliq toʻlovchilarga oʻtkazilgan tekshiruvlar natijalarini maʼlum qilishlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7) soliq toʻlovchilarga soliq haqidagi qonunlar va normativ hujjatlarni oʻz vaqtida yetkazishlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8) soliq haqidagi qonun hujjatlarini buzish faktlarini toʻplash, tahlil etish va baholashlari hamda soliqlar boʻyicha huquqbuzarliklarga yoʻl ochib berayotgan sabablar va sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida tegishli organlarga takliflar kiritishlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9) huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda soliqlar boʻyicha huquqbuzarliklarga qarshi kurashning uzoq muddatli va joriy dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10) soliqlarga oid qonun hujjatlari buzilganligi toʻgʻrisidagi arizalar, xabarlar va boshqa axborotlarni tekshirishlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11) yuridik va jismoniy shaxslarga ular soliq toʻlovchi sifatida roʻyxatga olinganliklari toʻgʻrisidagi hujjatlarni, roʻyxatdan oʻtkazish (identifikatsiyalash) tartib raqamlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berishlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12) musodara qilingan, egasiz mol-mulk, xazinalar, meros huquqi boʻyicha davlatga yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga oʻtgan mol-mulkning hisobini yuritishlari, ularni baholashlari va ularning realizatsiya qilinishini nazorat etishlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13) masalani hal etish davlat soliq xizmati organlarining vakolat doirasidan chiqqan hollarda qonun hujjatlarini buzish faktlariga oid materiallarni prokuratura, ichki ishlar, milliy xavfsizlik xizmati organlariga va sudga oshirishlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14) yuridik va jismoniy shaxslar valyuta hamda eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan tartibiga rioya etishlarini oʻz vakolatlari doirasida nazorat qilishlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15) qonun hujjatlariga muvofiq soliq toʻlovchilarga taalluqli maʼlumotlarning maxfiyligiga rioya etishlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16) oʻzlariga boʻysunadigan boʻlinmalar faoliyatini nazorat qilishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat soliq xizmati organlari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni ham bajaradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. Davlat soliq xizmati organlarining boshqa organlar va tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat soliq xizmati organlari oʻz zimmalariga yuklatilgan vazifalarni davlatning boshqa boshqaruv organlari, davlat hokimiyati mahalliy organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, huquqni muhofaza qiluvchi, statistika va moliya organlari, banklar va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda bajaradilar. Mazkur organlar va tashkilotlar soliq haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish va soliqlar boʻyicha huquqbuzarliklarga qarshi kurashda davlat soliq xizmati organlariga koʻmaklashishlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat soliq xizmati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, moliya organlari, banklar va boshqa moliya-kredit tashkilotlari oʻzaro kelishib belgilangan tartibda soliqlar boʻyicha huquqbuzarliklarga oid mavjud materiallar va huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan koʻrilgan chora-tadbirlar, oʻtkazilayotgan tekshiruvlar toʻgʻrisida bir-birlarini xabardor qiladilar, shuningdek zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida boshqa axborotlarni almashib turadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi oʻz vakolatlari doirasida soliqqa tortish subyektlari va obyektlari, soliq bazasini belgilash, soliq imtiyozlarini qoʻllash, soliq haqidagi qonun hujjatlarining ayrim qoidalarini tushuntirish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan qabul qiladigan umumiy majburiy tusdagi normativ hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soliq toʻlovchilarning hisobga olinishini va soliq haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni taʼminlash maqsadida banklar va boshqa moliya-kredit tashkilotlari:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) xoʻjalik yurituvchi subyektlar davlat soliq xizmati organlarida roʻyxatga olinganliklarini tasdiqlovchi hujjat taqdim etgan taqdirdagina ular uchun hisob-kitob va boshqa hisobvaraqlari ochishlari mumkin va bu hisobvaraqlar ochilganligi haqida ular ochilgan kunning ertasidan kechiktirmay mazkur organga xabar beradilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) xoʻjalik yurituvchi subyektlar budjet oldidagi oʻz majburiyatlarini bajarganliklari toʻgʻrisida davlat soliq xizmati organlarining xulosasi taqdim etilgan taqdirdagina xoʻjalik yurituvchi subyektlarning hisob-kitob va boshqa hisobvaraqlarini yopishlari mumkin;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) davlat soliq xizmati organlarining soliq toʻlovchi mijozlardan belgilangan muddatda toʻlanmagan soliqlar va jarimalarni soʻzsiz undirish toʻgʻrisidagi farmoyishlarini (inkasso topshiriqlarini) mehnatga doir huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan, alimentlar undirish haqidagi, mualliflik shartnomalari boʻyicha haq toʻlashga doir, shuningdek hayot va sogʻliqqa yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash haqidagi talablarni qondirish uchun hisobvaraqdan pul mablagʻlari oʻtkazilishi yoki berilishini nazarda tutadigan ijro hujjatlari boʻyicha mutanosib ravishda bajaradilar;
(7-moddaning toʻrtinchi qismi uchinchi bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 1-maydagi 621-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 102-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) soliq toʻlovchi mijozning mablagʻlari boʻlsa, uning hisob-kitob yoki boshqa hisobvaragʻidan mablagʻlarni hisobdan chiqarish operatsiyasi amalga oshirilgan kuni soliqlar va jarima summalarini budjet daromadiga oʻtkazadilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) yuridik shaxslarning soʻmdagi mablagʻlari yetishmagan va valyuta hisobvaragʻida mablagʻlari mavjud boʻlgan taqdirda, davlat soliq xizmati organlarining taqdimnomasiga koʻra mazkur valyuta mablagʻlarini budjet oldidagi qarzni toʻlash uchun zarur boʻlgan hajmda sotuv kunidagi kurs boʻyicha valyuta birjasida soʻzsiz tartibda sotadilar;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) davlat soliq xizmati organlarining yozma talabi boʻyicha soliq toʻlovchi mijozlarning hisob-kitob yoki boshqa hisobvaraqlaridan pul mablagʻlari berish, oʻtkazish yoki ularni hisobdan chiqarishga doir barcha operatsiyalarni toʻxtatib qoʻyadilar;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7) davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslariga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxslarning hisob-kitob yoki boshqa hisobvaraqlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy shaxslarning depozit va boshqa hisobvaraqlari boʻyicha amalga oshirilgan operatsiyalarni tekshirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yoʻl qoʻyadilar;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8) davlat soliq xizmati organlarining soʻrovnomasiga koʻra ularga soʻralayotgan davr mobaynida soliq toʻlovchi mijozlarning hisob-kitob yoki boshqa hisobvaraqlaridan amalga oshirilgan operatsiyalar va ana shu hisobvaraqlarda pul mablagʻlarining bor-yoʻqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etadilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9) davlat soliq xizmati organlarining soʻrovnomasiga koʻra eksport-import kontraktlarining ijrosiga doir maʼlumotlarni va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa axborotni taqdim etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10) olti oy mobaynida (savdo va savdo-vositachilik korxonalari esa — uch oy mobaynida) bank hisobvaraqlari boʻyicha pul operatsiyalari oʻtkazish bilan bogʻliq moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmaganligi munosabati bilan korxonalarning hisobvaraqlari yopilgan sanadan eʼtiboran ularning faoliyatni davom ettirishi maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalalarni belgilangan tartibda ishlab chiqish uchun axborotni ularni hisobga olgan joydagi davlat soliq xizmati organiga uch ish kuni mobaynida taqdim etadilar.
(7-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuniga asosan oʻninchi band bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Banklar va boshqa moliya-kredit tashkilotlarining soliq toʻlovchi mijozlarning soliqlar, shuningdek jarima summalarini oʻtkazish haqidagi topshiriqlarini bajarishni kechiktirishi taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank va boshqa moliya-kredit tashkilotining aybi bilan soliq toʻlovchi mijozning yoki davlat soliq xizmati organining soliqlarni oʻtkazish haqidagi topshirigʻi bajarilmagan (bajarish kechiktirilgan) taqdirda bank va boshqa moliya-kredit tashkilotidan har bir kechiktirilgan kun uchun oʻtkazilmagan soliqlar summasining 0,5 foizi miqdorida belgilangan tartibda penya undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda. Davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslari xizmat vazifalarini bajarish chogʻida davlat hokimiyati vakili hisoblanadilar. Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining soliq haqidagi qonun hujjatlariga rioya qilish xususidagi talablari barcha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ijro etilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hech kim davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining qonuniy faoliyatiga aralashishga haqli emas. Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining oʻz xizmat vazifalarini bajarishlariga toʻsqinlik qilinish, ularning oʻz xizmat vazifalarini bajarishlari munosabati bilan ularning shaʼni va qadr-qimmatini haqoratlash, ularga qarshilik koʻrsatish, tahdid qilish, zoʻravonlik qilish yoki ularning hayoti, sogʻligʻi va mol-mulkiga tajovuz qilish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikka sabab boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda. Uchastka soliq inspektori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soliqqa tortish subyektlari va obyektlarining toʻliq hamda oʻz vaqtida hisobga olinishini taʼminlash maqsadida davlat soliq xizmati organlarida uchastka soliq inspektorlari lavozimi tashkil etiladi. Uchastkalarning chegaralari, shuningdek uchastka soliq inspektorlarining soni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan normativlar boʻyicha belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uchastka soliq inspektorlari oʻzlariga biriktirilgan uchastkada mol-mulk soligʻi, transport vositalari egalaridan olinadigan soliq va yer soligʻi toʻlovchi jismoniy shaxslarni, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan jismoniy shaxslarni hisobga olish yuzasidan tegishli ishlarni bajaradilar hamda ular tegishli soliqlarni oʻz vaqtida toʻlashlarini nazorat qiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda. Davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslarini tayinlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Raisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanib, soʻngra Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Raisining oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahar davlat soliq bosh boshqarmalarining, viloyatlar davlat soliq boshqarmalarining boshliqlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining mansabdor shaxslari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahar davlat soliq bosh boshqarmalari, viloyatlar davlat soliq boshqarmalari boshliqlarining oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahar davlat soliq bosh boshqarmalari, viloyatlar davlat soliq boshqarmalari boʻlimlarining boshliqlari, davlat soliq inspeksiyalarining boshliqlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Raisining buyrugʻi bilan tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat soliq xizmati organlarining ushbu moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida sanab oʻtilmagan mansabdor shaxslari tegishli soliq xizmati organining rahbari tomonidan tayinlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-modda. Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining maxsus unvonlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslariga egallab turgan lavozimi va ish stajiga muvofiq quyidagi maxsus unvonlar beriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq xizmatining bosh davlat maslahatchisi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq xizmatining I darajali davlat maslahatchisi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq xizmatining II darajali davlat maslahatchisi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq xizmatining III darajali davlat maslahatchisi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq xizmatining I darajali maslahatchisi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq xizmatining II darajali maslahatchisi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq xizmatining III darajali maslahatchisi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq xizmatining I darajali inspektori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq xizmatining II darajali inspektori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq xizmatining III darajali inspektori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq xizmatining inspektori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus unvonlarni berish va ulardan mahrum qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-modda. Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari va qarorlari ustidan shikoyat qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari va qarorlari ustidan shikoyat qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-modda. Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat soliq xizmatining mansabdor shaxslari quyidagilar uchun Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda javobgar boʻladilar:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vazifalarini bajarmaganligi yoxud zarur darajada bajarmaganligi, ijro intizomini buzganligi uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Qonun va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari talablariga rioya qilmaganligi uchun;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gʻayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) natijasida fuqarolarga, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga moddiy va maʼnaviy zarar yetkazganligi uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzining gʻayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) natijasida xoʻjalik yurituvchi subyektlarda ishlab chiqarish hajmlarini pasaytirib yuborganligi va soliq solish bazasini kamaytirib yuborganligi uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq boʻlmagan qarorlar qabul qilganligi uchun;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa huquqbuzarliklari uchun.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soliq organlari mansabdor shaxslarining soliq tekshiruvini amalga oshirish chogʻidagi gʻayriqonuniy harakatlari bilan yetkazilgan zararlar qonunda belgilangan tartibda qoplanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat soliq organlari xodimlarining oʻz xizmat vakolatlari doirasidan chetga chiqqanligi, shuningdek zimmasiga yuklangan xizmat vazifalarini bajarmaganligi Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan tartibda intizomiy, maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.
(13-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 31-avgustdagi 125-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 7-8-son, 217-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-modda. Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarini ijtimoiy himoyalash, ularning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarini muhofaza qilish
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining ijtimoiy himoyasi davlat tomonidan kafolatlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslari respublika budjeti mablagʻlari hisobidan majburiy davlat sugʻurtalanishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslari oʻz xizmat faoliyatlarini bajarishlari bilan bogʻliq holda halok boʻlsa, ularga tan jarohati yetkazilsa, tegishli ravishda, halok boʻlgan shaxsning oilasiga yoki davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxsiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va miqdorda bir yoʻla beriladigan nafaqa toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxsi oʻz xizmat faoliyatini amalga oshirishi munosabati bilan uning mol-mulkiga yetkazilgan zarar respublika budjeti mablagʻlaridan qoplanadi va bu summa keyinchalik aybdor shaxslardan undirib olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-modda. Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining moddiy taʼminoti
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining ish haqi — mansab maoshi, maxsus unvon, koʻp yil xizmat qilganligi uchun toʻlanadigan ustama haqlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda toʻlanadigan boshqa qoʻshimcha haqlardan iborat boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus unvon berilgan shaxslar belgilangan normalar boʻyicha bepul maxsus formali kiyim-bosh bilan taʼminlanadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat soliq xizmati organlarida maxsus fond tashkil etilishi mumkin, uni hosil qilish tartibi qonun hujjatlarida belgilab qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-modda. Xalqaro hamkorlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga va xalqaro shartnomalariga muvofiq tajriba almashish, soliq haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish usullarini oʻrganish va joriy etish, kadrlarni oʻqitish maqsadida hamda boshqa masalalar boʻyicha xorijiy davlatlarning soliq va boshqa organlari bilan aloqalar oʻrnatishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1997-yil 29-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
474-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda; 1998-y., 5-6-son, 102-modda; 1999-y., 9-son, 229-modda; 2000-y., 7-8-son, 217-modda; 2001-y., 5-son, 89-modda; 9-10-son, 182-modda; 2003-y., 1-son, 8-modda; 5-son, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 37-son, 408-modda; 51-son, 514-modda; 2005-y., 21-son, 148-modda; 37-38-son, 280-modda; 51-son, 376-modda; 2006-y., 41-son, 405-modda; 2007-y., 52-son, 533-modda; 2008-y., 52-son, 513-modda; 2009-y., 52-son, 557-modda; 2010-y., 37-son, 314-modda; 2012-y., 15-son, 163-modda; 2014-y., 36-son, 452-modda; 2015-y., 52-son, 645-modda; 2017-y., 1-son, 1-modda, 24-son, 487-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 03/18/455/0492-son; 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son, 09.01.2019-y., 03/19/512/2435-son, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son; 2019-y., 2-son, 47-modda, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 12.03.2022-y., 03/22/758/0207-son; 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son; 14.08.2026-y., 03/26/1166/0842-son)