22.10.2018 yildagi 848-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 22.10.2018 yildagi 848-son
Date of entry into force
23.10.2018
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Axborot mahsulotining yoshga oid tasniflarini aniqlash mezonlari hamda uni ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyundagi 317-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.06.2022-y., 09/22/317/0497-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishni taʼminlashga doir maʼmuriy va tashkiliy chora-tadbirlar, dasturiy-apparat va texnika vositalariga doir talablarni belgilash toʻgʻrisida nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi axborot mahsulotini ekspertizadan oʻtkazish va axborot mahsulotining yoshga oid tasnifini aniqlash boʻyicha maxsus vakolatli davlat organi etib belgilansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birga bir oy muddatda axborot mahsulotini ekspertizadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash tartibini tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi bilan birgalikda “Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan vazifalarni sifatli amalga oshirish boʻyicha kadrlarni, tashkilotchilarni tayyorlash, taʼlim jarayoniga tegishli fanlar (mashgʻulotlar)ni joriy etish, pedagoglar va ota-onalarda bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish koʻnikmalarini hosil qilishga doir kompleks dasturni ikki hafta muddatda ishlab chiqsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda aholining keng qatlamlari, eng avvalo, yoshlar, ota-onalar, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar, tadbirkorlik faoliyati subyektlarini ushbu qarorning maqsadi, mazmuni va qoʻllanishi toʻgʻrisida xabardor qilinishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining direktori zimmasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, sanʼat va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 22-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
848-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 848-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Axborot mahsulotining yoshga oid tasniflarini aniqlash mezonlari hamda uni ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom “Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq (keyingi oʻrinlarda Qonun deb ataladi) bolalarning axborot xavfsizligini taʼminlash, bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish uchun axborot mahsulotini yoshga oid tasniflashda yoshga oid tasniflash mezonlari va axborot mahsuloti ekspertizasini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomning amal qilishi ilmiy, ilmiy-texnikaviy, statistik axborotni oʻz ichiga olgan yoki jamiyat uchun tarixiy, badiiy yoxud oʻzgacha madaniy qimmatga ega boʻlgan axborot mahsulotining aylanishi sohasidagi munosabatlarga tatbiq etilmaydi. Shuningdek, oʻquv jarayonida foydalanishga tavsiya qilingan oʻquv nashrlari, tarkibida normativ-huquqiy hujjatlar boʻlgan nashrlar, atrof-muhit holati yoki davlat organlarining faoliyati toʻgʻrisidagi axborot, uyali aloqa xizmatlari koʻrsatuvchi kompaniyalardan keladigan sms-xabarlar ham ushbu Nizomning qoʻllanish sohasiga kirmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot mahsuloti — Oʻzbekiston Respublikasi hududida aylanish uchun moʻljallangan ommaviy axborot vositalari mahsuloti, bosma mahsulot, har qanday turdagi tashuvchilardagi audiovizual mahsulot, dasturiy taʼminotdan foydalangan holda tarqatiladigan, telekommunikatsiya tarmoqlariga, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻiga joylashtiriladigan axborot, kompyuter oʻyinlari, shuningdek, tomoshabop tadbirlar vositasida tarqatiladigan axborot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taqiqlangan axborot mahsuloti — Oʻzbekiston Respublikasi hududida aylanish uchun moʻljallanmagan ommaviy axborot vositalari mahsuloti, bosma mahsulot, har qanday turdagi tashuvchilardagi audiovizual mahsulot, dasturiy taʼminotdan foydalangan holda tarqatiladigan, telekommunikatsiya tarmoqlariga, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻiga joylashtiriladigan axborot, kompyuter oʻyinlari, shuningdek, tomoshabop tadbirlar vositasida tarqatiladigan axborot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot mahsulotining aylanishi — axborot mahsulotini taqdim etish va (yoki) tarqatish, shu jumladan uni sotish (shu jumladan obuna boʻyicha tarqatish), ijaraga, prokatga berish, axborot-kutubxona muassasalari fondlaridan tarqatish, berish, ommaviy namoyish qilish, ommaviy ijro etish (shu jumladan, efir yoki kabel uzatuvi, tomoshabop tadbirlar vositasida), telekommunikatsiya tarmoqlariga, shuningdek, Internet jahon axborot tarmogʻiga joylashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot mahsulotining yoshga oid tasnifi — axborot mahsulotini uning mavzusini, janrini, mazmunini va badiiy bezagini, muayyan yosh toifasidagi bolalar tomonidan undagi axborotni qabul qilish xususiyatlarini, uning tarkibidagi axborotning bolalar sogʻligʻiga zarar yetkazish ehtimolini inobatga olgan holda, bolalarning yosh toifalari boʻyicha taqsimlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot mahsulotining yoshga oid toifasi belgisi — axborot mahsulotining yoshga oid toifasining grafik va (yoki) matnli belgisi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalar — oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan (voyaga yetmagan) shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalarning sogʻligʻi — bolalarning jismoniy, ruhiy va ijtimoiy jihatdan sogʻlomlik holati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tomosha tadbiri — bolalarning kirishi uchun ochiq boʻlgan hamda oilaning odatdagi davrasiga mansub boʻlmagan shaxslar koʻplab hozir boʻlgan joyda axborot mahsulotini namoyish etish, jumladan, teatr-sahnalashtirish, madaniy-maʼrifiy va tomosha-koʻngilochar tadbirlarni oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalarning axborot xavfsizligi — bolalarning jismoniy, ruhiy, maʼnaviy hamda axloqiy rivojlanishiga axborot orqali zarar yetkazilish xavfidan xoli, himoyalanganlik holati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalar sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborot — bolalar oʻrtasida tarqatilishi Qonunga muvofiq ravishda taqiqlangan yoki cheklangan axborot mahsuloti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pornografiya xususiyatiga ega boʻlgan axborot — badiiy qimmatga ega boʻlmagan va ilmiy, tibbiy yoki oʻquv maqsadlari uchun moʻljallanmagan, odam jinsiy aʼzolarining yoxud odam tomonidan haqiqatda, xususan, gʻayritabiiy usulda sodir etilayotgan yoki shunga oʻxshatilgan jinsiy aloqaning tavsifini yoxud foto, video yoki boshqa tasvirini oʻz ichiga olgan materiallar va buyumlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalarning kirishi uchun ochiq boʻlgan joylar — bolalarning kirishi va (yoki) boʻlishi taqiqlanmagan jamoat joylari, shu jumladan, bolalarning ommaviy axborot vositalari mahsulotlari va (yoki) axborot-telekommunikatsiya tarmoqlarida joylashtiriladigan axborot mahsulotlaridan foydalanish imkoniyati boʻlgan jamoat joylari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
naturalistik tasvirlar yoki tavsiflar — inson, hayvon, inson va (yoki) hayvon tanasining alohida qismlari, harakatlar (harakatsizlik), shuningdek, hodisalar va ularning oqibatlarini eʼtiborni mayda jihatlar, anatomik tafsilotlar va (yoki) fiziologik jarayonlarga qaratgan holda har qanday shaklda va har qanday vositalardan foydalangan holda tasvirlash yoki tavsiflash;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekspert — axborot mahsulotini ekspertizadan oʻtkazish va ekspert xulosasini berish yoki axborot mahsulotining yoshga oid tasnifini amalga oshirish uchun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi) akkreditatsiyadan oʻtgan shaxs.
(3-bandning oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Axborot mahsulotini yoshga oid tasniflash mezonlari va uni amalga oshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Axborot mahsulotining yoshga oid toifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Axborot mahsulotining yoshga oid tasnifi uni bolalarning quyidagi yosh toifalaridan biriga kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yetti yoshga toʻlmagan bolalar uchun axborot mahsuloti (ushbu axborot mahsulotining yoshga oid toifasi belgisi “0+” yozuvini aks ettirishi kerak);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yetti yoshga toʻlgan bolalar uchun axborot mahsuloti (ushbu axborot mahsulotining yoshga oid toifasi belgisi “7+” yozuvini aks ettirishi kerak);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻn ikki yoshga toʻlgan bolalar uchun axborot mahsuloti (ushbu axborot mahsulotining yoshga oid toifasi belgisi “12+” yozuvini aks ettirishi kerak);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻn olti yoshga toʻlgan bolalar uchun axborot mahsuloti (ushbu axborot mahsulotining yoshga oid toifasi belgisi “16+” yozuvini aks ettirishi kerak);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalar uchun taqiqlangan axborot mahsuloti (ushbu axborot mahsulotining yoshga oid toifasi belgisi “18+” yozuvini aks ettirishi kerak).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Axborot mahsulotining yoshga oid tasnifini amalga oshirishda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uning mavzusi, janri, mazmuni va badiiy bezagi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muayyan yosh toifasidagi bolalar tomonidan undagi axborotning idrok etilish xususiyatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
undagi axborotning bolalar sogʻligʻiga zarar yetkazish ehtimoli baholanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Bolalar sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborot tasnifi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Muayyan yosh toifalaridagi bolalar oʻrtasida tarqatilishi cheklangan axborot mahsulotlariga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shafqatsizlik, jismoniy va (yoki) ruhiy zoʻravonlik, jinoyat yoki jamiyatga qarshi boshqa xatti-harakatlar tasviri yoki bayoni tarzida taqdim etiladigan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalarda qoʻrquv, vahima yoki sarosima uygʻotadigan, jumladan, kuch ishlatilmagan oʻlimni, kasallikni, oʻz joniga qasd qilishni, baxtsiz hodisani, avariyani yoki falokatni va (yoki) ularning oqibatlarini inson qadr-qimmatini kamsitadigan shaklda tasvirlash yoki bayon etish tarzida taqdim etiladigan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinsiy munosabatlarni tasvirlash yoki bayon etish tarzida taqdim etiladigan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uyatli soʻzlar jumlasiga kirmaydigan haqoratli soʻzlar va iboralarni oʻz ichiga olgan axborot mahsulotlari kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Yetti yoshga toʻlmagan bolalar uchun axborot mahsulotiga (“0+”) bolalarning sogʻligʻi va rivojlanishiga zarar yetkazmaydigan axborotni oʻz ichiga olgan axborot mahsuloti (shu jumladan, janri va (yoki) syujetiga muvofiq asosli ravishda, ezgulik yovuzlik ustidan gʻalaba qozonishi hamda zoʻravonlik qurboniga nisbatan rahm-shafqat ifoda etilishi va (yoki) zoʻravonlik qoralanishi sharti bilan jismoniy va (yoki) ruhiy zoʻravonlikning (jinsiy zoʻravonlik bundan mustasno) epizodik, naturalistik boʻlmagan tasviri yoki bayonini oʻz ichiga olgan axborot mahsuloti, boshqa yoshga oid toifaga kirmaydigan axborot mahsuloti kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Yetti yoshga toʻlgan bolalar uchun axborot mahsulotiga (“7+”) yetti yoshga toʻlmagan bolalar uchun axborot mahsuloti (“0+”), shuningdek, janri va (yoki) syujetiga muvofiq asosli ravishda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
odam kasalliklari (ogʻir kasalliklar bundan mustasno) va (yoki) ular oqibatlarining inson qadr-qimmatini kamsitmaydigan shakldagi qisqa muddatli va naturalistik boʻlmagan tasvirlari yoki bayonini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
baxtsiz hodisa, avariya, falokat yoxud kuch ishlatilmagan oʻlimning ularning bolalarda qoʻrquv, vahima yoki sarosima uygʻotishi mumkin boʻlgan oqibatlari namoyish etilmagan, naturalistik boʻlmagan tasviri yoki bayonini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyatga qarshi xatti-harakatlar va (yoki) jinoyat sodir etishga undamaydigan, ularni sodir etishga yoʻl qoʻyish mumkinligi asoslanmasligi va oqlanmasligi hamda ularni sodir etayotgan shaxslarga nisbatan salbiy, qoralovchi munosabat ifoda etilishi sharti bilan shunday xatti-harakatlar va (yoki) jinoyatlarning epizodik tasviri yoki bayonini oʻz ichiga olgan axborot mahsulotlari kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻn ikki yoshga toʻlgan (“12+”) bolalar uchun axborot mahsulotiga “0+” va “7+” axborot mahsuloti, shuningdek, janri va (yoki) syujetiga muvofiq asosli ravishda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shafqatsizlik va (yoki) zoʻravonlikning (jinsiy zoʻravonlik bundan mustasno) qurboniga nisbatan rahm-shafqat va (yoki) shafqatsizlik, zoʻravonlikka nisbatan salbiy, qoralovchi munosabat ifoda etilishi sharti bilan (fuqarolarning huquqlarini himoya qilish hamda jamiyat yoki davlatning qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida qoʻllanadigan zoʻravonlik bundan mustasno) hayotdan mahrum etish yoki jarohat yetkazish jarayoni natural koʻrsatilmagan epizodik tasviri yoki bayonini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyatga qarshi xatti-harakatlar sodir etishga (jumladan, alkogol va tarkibida spirt boʻlgan mahsulotlar, pivo va uning asosida tayyorlanadigan ichimliklarni isteʼmol qilishga, qimor oʻyinlarida ishtirok etishga, daydilik va tilanchilik bilan shugʻullanishga) undamaydigan tasvirni yoki bayonni, narkotik vositalar, psixotrop va (yoki) gangituvchi moddalar, tamaki mahsulotlari jamiyatga qarshi xatti-harakatlarni sodir etishga yoʻl qoʻyishi mumkinligi va ular qoʻllab-quvvatlanmasligi va oqlanmasligi, ularga nisbatan salbiy, qoralovchi munosabat ifoda etilishi hamda yuqoridagi mahsulotlar, vositalar, moddalar va buyumlarni isteʼmol qilish xavfli ekaniga koʻrsatma berilishi sharti bilan epizodik ravishda tilga olingan (namoyish qilinmagan) axborotni oʻz ichiga olgan axborot mahsuloti kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻn olti yoshga toʻlgan bolalar (“16+”) uchun axborot mahsulotiga “0+”, “7+”, “12+” axborot mahsuloti, shuningdek, janri va (yoki) syujetiga muvofiq asosli ravishda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
baxtsiz hodisa, avariya, falokat, kasallik, oʻlimning bolalarda qoʻrquv, vahima yoki sarosima uygʻotishi mumkin boʻlgan oqibatlari naturalistik ravishda namoyish etilmagan tasviri yoki bayonini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shafqatsizlik va (yoki) zoʻravonlikning (jinsiy zoʻravonlik bundan mustasno) qurboniga nisbatan rahm-shafqat va (yoki) shafqatsizlik, zoʻravonlikka nisbatan salbiy, qoralovchi munosabat ifoda etilishi sharti bilan (fuqarolarning huquqlarini himoya qilish hamda jamiyat yoki davlatning qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida qoʻllanadigan zoʻravonlik bundan mustasno) hayotdan mahrum etish yoki jarohat yetkazish jarayoni naturalistik ravishda koʻrsatilmagan tasviri yoki bayonini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
narkotik vositalar yoki psixotrop va (yoki) gangituvchi moddalar toʻgʻrisidagi (ularni koʻrsatmasdan), ularni isteʼmol qilishning xavfli oqibatlari toʻgʻrisidagi bunday vositalar yoki moddalarni isteʼmol qilishga salbiy yoki qoralovchi munosabat ifoda etilishi yoki ularni isteʼmol qilish xavfli ekani toʻgʻrisida ogohlantirish mavjud boʻlishi sharti bilan shunday holatlarni namoyish etuvchi axborotni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uyatli soʻzlar jumlasiga kirmaydigan alohida haqorat soʻzlar va (yoki) iboralarni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinsiy munosabatlarning jinsiy aloqaga nisbatan boʻlgan qiziqishdan foydalanmaydigan hamda qoʻzgʻatuvchi yoki haqoratlovchi tusga ega boʻlmagan epizodik naturalistik boʻlmagan tasvir yoki bayonini (jinsiy tusdagi xatti-harakatlarning tasviri yoki bayoni bundan mustasno) oʻz ichiga oluvchi axborot mahsulotlari kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Bolalar oʻrtasida tarqatish taqiqlangan (“18+”) axborot mahsulotiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalarni ularning hayotiga va (yoki) sogʻligʻiga xavf soladigan xatti-harakatlarni sodir etishga, jumladan, oʻz sogʻligʻiga zarar yetkazishga, oʻz joniga qasd qilishga va shunday harakatlarni targʻib qilishga undaydigan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalarda alkogol va tamaki mahsulotlari, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki aql-iroda faoliyatiga taʼsir etuvchi boshqa moddalarni isteʼmol qilish, qimor oʻyinlari, ommaviy tartibsizliklarda ishtirok etish, fohishabozlik, daydilik, tilanchilik yoki gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarning boshqa shakllari bilan shugʻullanish istagini paydo qiladigan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
odamlarga yoki hayvonlarga nisbatan zoʻravonlik va shafqatsizlik qilish mumkinligini asoslaydigan yoki oqlaydigan yoxud zoʻravonlik xatti-harakatlarini amalga oshirishga undaydigan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oilaviy qadriyatlarni inkor etadigan, axloqsizlikni targʻib qiladigan, shuningdek, ota-onasiga va oilaning boshqa aʼzolariga, tevarak-atrofdagilarga nisbatan hurmatsiz munosabatni shakllantiradigan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gʻayriqonuniy xulq-atvorni oqlaydigan va huquqbuzarlik sodir etishga olib keladigan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyatda buzgʻunchilik gʻoyalarini targʻib etishga daʼvat qiladigan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uyatli soʻzlarni oʻz ichiga olgan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pornografiya xususiyatiga ega boʻlgan axborotni oʻz ichiga olgan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gʻayriqonuniy harakatlar natijasida jabrlangan bolalar toʻgʻrisidagi, jumladan, bunday bolaning familiyasi, ismi, otasining ismi, ota-onasi va boshqa qonuniy vakillarining foto va videotasvirlari, bunday bolaning tugʻilgan sanasi, uning ovozi yozilgan audiotasma, yashash joyi yoki vaqtincha turgan joyi, oʻqish yoki ish joyi toʻgʻrisidagi, bunday bolaning shaxsini bevosita yoxud bilvosita aniqlashga imkon beradigan boshqa axborotni oʻz ichiga olgan axborot mahsulotlari kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Yoshga oid toifa belgisi boʻlmagan axborot mahsulotini tarqatish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshga oid toifa belgisi notoʻgʻri tayinlangan axborot mahsuloti yoshga oid toifa belgisi boʻlmagan axborot mahsulotiga tenglashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Axborot mahsulotini yoshga oid tasniflash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Axborot mahsulotining yoshga oid tasnifini belgilash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Axborot mahsulotining yoshga oid tasnifini belgilash axborot mahsulotini ishlab chiqaruvchilar va (yoki) tarqatuvchilar tomonidan, shu jumladan, ekspertlarni jalb etgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi hududida tarqatish boshlanguniga qadar ushbu Nizomda koʻrsatilgan mezonlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Axborot mahsulotining yoshga oid tasnifini belgilash ekspert yoki ekspertlarni jalb etgan holda bajarilganda, axborot mahsulotining yoshga oid tasnifini belgilash bilan bogʻliq xizmatlar uchun haq toʻlash va xarajatlar ushbu xizmatlarga buyurtma bergan axborot mahsulotini ishlab chiqaruvchilar yoki tarqatuvchilar tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Axborot mahsulotining yoshga oid toifasi belgisini joylashtirish (markalash)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Axborot mahsulotining yoshga oid tasnifi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ushbu mahsulotga axborot mahsuloti yoshga oid toifasining tegishli belgisini joylashtirish (markalash) uchun asos boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Axborot mahsulotini markalash uning ishlab chiqaruvchisi va (yoki) tarqatuvchisi tomonidan unga axborot mahsulotining tegishli yoshga oid toifasi belgisini joylashtirish orqali amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“7 yoshgacha” — aylana ichidagi “0+” belgisi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“7 yoshdan” — aylana ichidagi “7+” belgisi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“12 yoshdan” — aylana ichidagi “12+” belgisi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“16 yoshdan” — aylana ichidagi “16+” belgisi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“18 yoshdan” — aylana ichidagi “18+” belgisi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Axborot mahsulotining toifasi Qonun va ushbu Nizom talablariga muvofiq belgilanadi hamda axborot mahsulotining ishlab chiqaruvchilari yoki tarqatuvchilari tomonidan texnik reglamentlarga rioya etgan holda joylashtiriladigan yoshga oid toifa belgisi bilan ifodalanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Yoshga oid toifasi turli boʻlgan bir necha qismdan iborat axborot mahsuloti tarqatilayotganda u eng katta yoshga oid toifaga mos toifa belgisi bilan markalanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Axborot mahsulotining yoshga oid toifa belgisi oʻz oʻlchamiga koʻra quyidagilar maydonining kamida besh foizini egallashi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
teatr-tomosha, madaniy-maʼrifiy, koʻngilochar tomosha, kino va videonamoyish yoki boshqa tomosha tadbiri afishasi yoki repertuar eʼloni, shuningdek, kirish chiptasi, taklifnoma va tadbirga kirish huquqini beruvchi boshqa hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
audiovizual asar, kompyuter yoki boshqa elektron oʻyin, kompyuter dasturi yoki maʼlumotlar bazasining har bir nusxa manbai (jumladan, kompakt disk yoki boshqa elektron manbai)ning korpusi va (yoki) qadogʻi (boks, quti). Kompyuter va boshqa elektron oʻyinlardagi belgi yoshga oid toifa toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan tashqari uyat soʻzlar mavjudligi, oʻyinga qaramlik vujudga kelishi mumkinligi haqida ogohlantirishni oʻz ichiga olishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Internet tarmogʻidagi axborot resurslarida axborot mahsulotining yoshga oid toifa belgisi axborot resursining barcha sahifalarida joylashtiriladi. Yoshga oid toifa belgisi umumiy manzaradan ajralib turishi va oʻqish uchun qulay boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Tomosha tadbirining namoyish qilinishi boshlanguniga qadar axborot mahsuloti tegishli belgi bilan belgilanadi. Yoshi turlicha boʻlgan bolalarga moʻljallangan bir necha turdagi axborot mahsuloti namoyish qilinayotganda u eng katta yoshga oid toifa belgisi bilan markalanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu belgi afishalarda hamda tomosha tadbiri oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi boshqa eʼlonlarda, shuningdek, kirish chiptalari, taklifnomalar va ushbu tadbirga kirish huquqini beruvchi boshqa hujjatlarda joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Davriy va nodavriy bosma nashrlarda axborot mahsulotining yoshga oid toifasi belgisi nashrning birinchi sahifasi va (yoki) titul varagʻiga joylashtiriladi, u koʻz ilgʻashi uchun qulay boʻlishi hamda uning oʻlchami mahsulotning nomida ishlatilgan shrift oʻlchamiga mos boʻlgan shriftda ishlangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Televideniye va radioda uzatishga, shuningdek, chakana savdo, ijara yoki prokat uchun moʻljallangan audio va audiovizual mahsulotning yoshga oid toifasi belgisi tegishli ravishda ommaviy axborot vositalari va bosma nashrlarda eʼlon qilinadigan, shuningdek, umumiy foydalanishdagi axborot-telekommunikatsiya tarmoqlarida joylashtiriladigan telekoʻrsatuvlar va radio eshittirishlar dasturlarida, shuningdek, axborot mahsulotining assortiment roʻyxatlari va kataloglarida joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Axborot mahsulotini tarqatuvchilar uning televideniye va radio orqali, kino va videoxizmat koʻrsatish davomida har bir namoyishi boshlanishidan avval, shuningdek, kompyuter yoki axborot-kommunikatsiya tarmoqlaridagi elektron oʻyinlar har safar ishga tushirilganda (yuklanganda) maxsus kadr (sahifada) uning yoshga oid toifa belgisi hamda yoshga oid cheklovlar toʻgʻrisida ovoz (tovush signali) hamrohligida matnli ogohlantirish joylashtirilishini taʼminlashlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Audiovizual asar uchun yoshga oid toifa belgisi uning namoyishi boshlanganidan soʻng hamda har bir reklama tanaffusidan soʻng ekranning burchagida kamida 8 soniya davomida namoyish qilinadi, filmning kinozalda ochiq namoyishi bundan mustasno. Ushbu belgining oʻlchami ekran (kadr) maydonining kamida besh foizini tashkil etishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar audiovizual asarning davomiyligi 8 soniya yoki undan kam boʻlsa, yoshga oid toifa belgisi butun namoyish davomida koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Bolalar uchun taqiqlangan bosma asar(nashr)larda axborot mahsulotining belgisi nashr muqovasining old tarafida joylashtirilishi shart. Oʻlchamiga koʻra belgi muqovada ishlatilgan shrift oʻlchamiga mos boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosma nashrning elektron versiyalari, elektron va audio kitoblar nashrning bosma versiyasida koʻrsatilgan belgining ayni oʻzi bilan markalanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Axborot mahsulotini ekspertizadan oʻtkazish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Axborot mahsulotining ekspertizasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Axborot mahsulotining unda bolalarning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborot mavjudligini yoki mavjud emasligini, bolalarning muayyan yosh toifasiga mosligini yoki mos emasligini aniqlash boʻyicha ekspertiza Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi qaroriga koʻra ekspert yoki ekspertlar tomonidan ushbu Nizomga ilova qilingan sxemaga muvofiq oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Ekspertiza uchun ekspert yoki ekspertlar Agentlik tomonidan ekspertizadan oʻtkazilishi lozim boʻlgan axborot mahsulotining turidan kelib chiqib, tasodifiy tanlab olish usuli asosida belgilanadi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Axborot mahsulotining ekspertizasi bir xil mutaxassislikka (komissiyaviy ekspertiza) yoki turli mutaxassislikka (kompleks ekspertiza) ega ikki va undan ortiq ekspert tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Axborot mahsulotini ekspertizadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar Agentlik tomonidan belgilangan tartibda axborot mahsulotining ishlab chiqaruvchilari yoki tarqatuvchilari tomonidan qoplanadi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Manfaatdor shaxslarning akkreditatsiya qilingan ekspertlar reyestridagi maʼlumotlardan foydalanishi Agentlikning Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-sayti orqali taʼminlanadi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Ekspertlarni akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi, shuningdek, axborot mahsulotining yoshga oid tasnifini amalga oshirishga va axborot mahsulotining unda bolalarning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborot mavjudligini yoki mavjud emasligini, bolalarning muayyan yosh toifasiga mosligini yoki mos emasligini aniqlash uchun ekspertizasini oʻtkazishga jalb etiladigan ekspertlar reyestrini yuritish qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan tegishli nizomga asosan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Axborot mahsulotini ekspertizadan oʻtkazish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Axborot mahsulotini ekspertizadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror Agentlik tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari asosida murojaat kelib tushganidan keyin koʻpi bilan besh kundan koʻp boʻlmagan muddatda qabul qilinadi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Axborot mahsulotining ekspertizasini oʻtkazish muddati axborotning hajmiga bogʻliq boʻladi, biroq murojaat kelib tushgan paytdan eʼtiboran oʻttiz kundan oshmasligi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Axborot mahsulotining ekspertizasi tugagach, ekspertlar axborot mahsulotida bolalarning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotning mavjudligi yoki mavjud emasligi, uning muayyan yosh toifasiga mosligi yoki mos emasligi toʻgʻrisida Agentlikka uch kun ichida ekspert xulosalarini yuboradi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Ekspert xulosasida quyidagilar koʻrsatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot mahsulotining ekspertizasi oʻtkazilgan sana, vaqt va joy;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekspertlik tashkiloti va ekspert toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, maʼlumoti, mutaxassisligi, mutaxassislik boʻyicha ish staji, ilmiy darajasi, ilmiy unvoni, egallab turgan lavozimi, ish joyi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekspert, ekspertlar oldiga qoʻyilgan savollar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot mahsulotini ekspertizadan oʻtkazish uchun taqdim etilgan tadqiqot obyekti va materiallar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻllangan usullarni koʻrsatgan holda tadqiqotning mazmuni va natijalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekspert, ekspertlar oldiga qoʻyilgan savollarga asoslantirilgan javoblar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot mahsulotida bolalarning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborot mavjudligi yoki mavjud emasligi, uning bolalarning muayyan yosh toifasiga mosligi yoki mos emasligi, axborot mahsuloti belgisiga mosligi yoki mos emasligi toʻgʻrisida xulosa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Komissiyaviy ekspertizada ekspertlar qoʻyilgan masalalar boʻyicha yakdil fikr bildirsalar, ekspert xulosasi shu ekspertizaning oʻtkazilishida ishtirok etgan barcha ekspertlar tomonidan imzolanadi. Ziddiyatlar vujudga kelganda har bir ekspert ziddiyat kelib chiqishiga sabab boʻlgan masalalar boʻyicha alohida ekspert xulosasini beradi. Kompleks ekspertizaning oʻtkazilishida ishtirok etgan har bir ekspert ekspert xulosasining u oʻtkazgan tadqiqotlar bayon etilgan qismini imzolaydi va shu qism uchun javobgar boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Agentlik ekspert xulosasini olgandan soʻng uch kun ichida uni murojaat egasiga yuboradi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Ekspert xulosasi mavjud boʻlgan axborot mahsulotining aylanish sohasi oʻzgargan taqdirda ushbu axborot mahsuloti uchun boshqa ekspert xulosasini olish talab etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Umumiy foydalanishdagi axborot-telekommunikatsiya tarmoqlarida ekspertiza jarayonida mazmunida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining mavjud konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini zoʻrlik bilan oʻzgartirishga daʼvat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
urush, zoʻravonlik va terrorizmni, shuningdek, diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik gʻoyalarini targʻib qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat siri boʻlgan maʼlumotlarni yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni oshkor etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni qoʻzgʻatuvchi maʼlumotlar, shuningdek, fuqarolarning shaʼni, qadr-qimmatini tahqirlovchi, ularning shaxsiy hayotlariga aralashuvchi axborotlarni tarqatish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
giyohvandlik vositalari, ularning analoglari psixotrop moddalar va prekursorlarni targʻib qilish;
(37-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 09/19/34/2486-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pornografiyani targʻib qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilikka muvofiq jinoiy va oʻzga javobgarlikka sabab boʻladigan boshqa harakatlarni keltirib chiqaruvchi materiallar aniqlanganda, ekspert (ekspertlar) zudlik bilan Agentlikni, Internet tarmogʻidagi mazkur axborot resurs(lari)ining identifikatsion maʼlumotlarini taqdim etgan holda xabardor qiladi.
(37-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik ekspert(lar)dan ushbu Nizomning 37-bandida koʻzda tutilgan maʼlumotlarni olgandan soʻng, Internet tarmogʻining identifakatsiya qilingan axborot resursi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazish va mazkur resurslarga kirishni cheklash uchun vakolatli organga yuboradi.
(37-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Yoshga oid tasnifning va axborot mahsuloti ekspertizasining huquqiy oqibatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Axborot mahsulotining muayyan yosh toifasi belgisiga mosligi uchun javobgarlik axborot mahsulotining yoshga oid tasnifini amalga oshirgan, shuningdek, yosh toifalariga muvofiqligi yuzasidan ekspertiza oʻtkazgan ekspertlar zimmasiga yuklanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Ekspert xulosasiga muvofiq Agentlik tomonidan axborot mahsulotini ishlab chiqaruvchilar va tarqatuvchilarga bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotlardan himoya qilishga oid qonunchilik talablari buzilganligi hollarini, shuningdek, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish hamda ularning oldini olish uchun koʻrsatma yuboriladi.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Oʻzbekiston Respublikasining bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchiligiga rioya etilishi yuzasidan davlat nazorati Agentlik, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda boshqa vakolatli davlat organlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida amalga oshiriladi.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Qonunda va ushbu Nizomda belgilangan talablarga javob bermaydigan axborot bilan bolalarning hayoti va sogʻligiga yetkazilgan zarar qonunchilikka muvofiq qoplanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Axborot mahsulotining yoshga oid tasniflarini aniqlash mezonlari hamda uni ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida Nizomga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Axborot mahsulotlarini ekspertizadan oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI

Bosqich

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddati

1-bosqich

Yuridik yoki jismoniy shaxs

Axborot mahsulotlarini ularda bolalar sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborot mavjudligi yoki mavjud emasligi, ularning muayyan yoshdagi bolalar toifasiga mosligi yoki mos emasligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha Agentlikka murojaat kiritadi

Murojaat qiladigan shaxsning xohishiga koʻra

2-bosqich

Agentlik

Murojaat asosida axborot mahsulotlarini ularda bolalar sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborot mavjudligi yoki mavjud emasligi, ularning muayyan yoshdagi bolalar toifasiga mosligi yoki mos emasligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha qaror qabul qiladi

5 kunda

3-bosqich

Agentlik tomonidan tasodifiy tanlov asosida tanlab olinadigan ekspert (ekspertlar)

Axborot mahsulotlarini ekspertizadan oʻtkazadi

Murojaat kelib tushgan kundan boshlab koʻpi bilan 30 kunda

4-bosqich

Agentlik tomonidan tasodifiy tanlov asosida tanlab olinadigan ekspert (ekspertlar)

Axborot mahsulotlarini ularda bolalar sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborot mavjudligi yoki mavjud emasligi, ularning muayyan yoshdagi bolalar toifasiga mosligi yoki mos emasligi toʻgʻrisidagi ekspertiza xulosasini Agentlikka joʻnatadi

Ekspertiza tugaganidan keyin 3 kunda

5-bosqich

Agentlik

Xulosani murojaat egasiga joʻnatadi

Ekspertiza xulosasi olingandan soʻng 3 kunda

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyundagi 317-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.06.2022-y., 09/22/317/0497-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 848-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishni taʼminlashga doir maʼmuriy va tashkiliy chora-tadbirlar, dasturiy-apparat va texnika vositalariga doir talablarni belgilash toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom “Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq (keyingi oʻrinlarda Qonun deb ataladi) bolalar oʻrtasida tarqatilishi taqiqlangan yoki bolalarning yoshga oid toifalari boʻyicha tasniflangan axborotni oʻz ichiga olgan axborot mahsulotining aylanishida maʼmuriy va tashkiliy chora-tadbirlar, dasturiy-apparat va texnika vositalariga doir talablarni oʻrnatish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda markalanmagan axborot mahsuloti — axborot mahsulotining yoshga oid toifa belgisi boʻlmagan axborot mahsuloti atamasi qoʻllanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Aloqa xizmatlari koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomalar asosida Internet tarmogʻi orqali tarqatiladigan axborotdan foydalanish imkoniyatini taqdim etishni nazarda tutadigan aloqa xizmatlari koʻrsatuvchi aloqa operatorlari bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik qoidalarining ijro etilishi uchun tegishli shartnomalarda mustahkamlab qoʻyilgan darajada javobgardir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishni taʼminlagan holda axborot mahsulotining aylanishiga doir talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Axborot mahsulotining aylanishiga doir umumiy talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Jamoat joylarida bolalarning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotning bolalarni bunday axborotdan himoya qilishni taʼminlashga doir maʼmuriy va tashkiliy chora-tadbirlar, dasturiy-apparat va texnika vositalarini qoʻllamasdan aylanishiga ruxsat etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Tomosha tadbiri orqali bolalarning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotni oʻz ichiga olgan axborot mahsulotining namoyishidan avval bevosita tomosha tadbiri boshlanishidan avval tegishli yoshga oid toifalardagi bolalarning unda boʻlishiga ruxsat etilmasligi yoki cheklangani haqida tovushli ogohlantirish eshittiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Bolalarning ularning yoshga oid toifasiga mos kelmaydigan axborot mahsuloti namoyish etiladigan tomosha tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazishda ishtirok etishiga ruxsat etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Quyidagilardan tashqari holatlarda markalanmagan axborot mahsulotining aylanishiga ruxsat etilmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining taʼlim toʻgʻrisidagi qonunchiligiga muvofiqtaʼlim jarayonida foydalanishga tavsiya qilingan yoki ruxsat etilgan darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oldindan yozib olinmasdan efirga uzatiladigan teledasturlar, telekoʻrsatuvlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy-siyosiy yoki ishlab chiqarish-amaliy tusdagi axborotni tarqatishga ixtisoslashgan davriy bosma nashrlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Bolalarning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotni oʻz ichiga olgan reklama mahsulotlarini bukletlar, bilbordlar, bannerlar, LED va LCD ekranlarda va bolalar ommaviy axborot vositalari yoki Internet tarmogʻi resurslaridan foydalanmasdan olishi mumkin boʻlgan boshqa joylarda tarqatish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Axborot mahsuloti aylanishining oʻziga xos xususiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishni taʼminlash maqsadida Internet jahon tarmogʻidan foydalanishda axborot quyidagicha tarqatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim muassasalarida — himoya dasturlarining toʻplamidan foydalangan, shuningdek, “ZiyoNET” taʼlim tarmogʻiga ulangan holda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Internet tarmogʻidan jamoaviy foydalanish joylarida Internet tarmogʻidan, shuningdek, audiovizual mahsulot, shu jumladan, oʻyinlardan foydalanishning har bir texnik vositasida (shaxsiy kompyuter, oʻyin qurilmasi, 3D koʻzoynak va boshqalar) axborot mahsulotining yoshga oid toifasi belgisini koʻrsatgan holda. Internet tarmogʻidan jamoaviy foydalanish punktlarining egalari oʻz foydalanuvchilariga yoshga oid toifaga mos kelmaydigan axborotdan va taqiqlangan axborot mahsulotidan foydalanishga imkoniyat bergani uchun javobgar boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taʼlim muassasalarida, shuningdek, Internet jahon axborot tarmogʻidan foydalanish imkoniyati taʼminlanadigan va (yoki) boshqa axborot-kommunikatsiya tarmoqlari orqali xizmat koʻrsatiladigan joylarda koʻrsatuvlarni translyatsiya qilishda bolalarning axborot xavfsizligini taʼminlashning axborot-dasturiy va texnik vositalarini qoʻllash hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi) tomonidan belgilanadigan boshqa talablarga rioya qilish lozim.
(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Internet tarmogʻi axborot resurslarining egalari axborot mahsulotining uni tarqatish shaklidan qatʼi nazar, yoshga oid tasnifi toʻgʻrisida xabardor qilishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Axborot mahsulotining yoshga oid tasnifi belgisi Internet tarmogʻi axborot resursining u yoki bu axborot materialini koʻrish mumkin boʻlgan sahifasida joylashtirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Axborot-kommunikatsiya tarmoqlari, shu jumladan, Internet tarmogʻi orqali tarqatiladigan axborotdan foydalanish imkoniyati bolalarning boʻlishi ruxsat etilgan joylarda Internet tarmogʻidan foydalanish imkoniyatini taʼminlayotgan shaxs tomonidan bolalarni himoya qilishning maʼmuriy va tashkiliy chora-tadbirlari, dasturiy-apparat vositalaridan qoʻllanish sharti bilan taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Teleradiouzatuvchilar bolalarning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborot mahsulotining tarqatilishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha zarur chora-tadbirlarni koʻradilar. Agar bunday teleradiodasturlar efirga kodlanmagan shaklda (analog formatda) uzatilayotgan boʻlsa, ulardan avval tovushli ogohlantirish eshittirilishi hamda koʻrsatuv avvalida kamida 8 soniya davomida vizual (tovushli) belgi koʻrsatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bolalarning boʻlishiga ruxsat etilgan joylarda faoliyat yuritayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning rahbarlari avvaldan oʻrnatilgan himoya dasturlari toʻplamiga ega teleradiouzatish tizimlariga ulanish boʻyicha chora koʻrishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bolalar oʻrtasida tarqatilishi taqiqlangan axborot mahsuloti tele va radiouzatish orqali soat 6 dan 22 gacha tarqatilishi taqiqlanadi, foydalanish yoki tinglash uchun faqat pulli asosda, dekodlash texnik vositalarini qoʻllagan holda taqdim etiladigan tele va radiodasturlar, koʻrsatuvlar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Gazetalar, shaxslarning keng doirasi uchun, shu jumladan, bolalarning boʻlishiga ruxsat etilgan joylarda tarqatiladigan bosma va boshqa matbaa mahsulotining birinchi va oxirgi sahifasida bolalarning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborot boʻlmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bolalar uchun taqiqlangan axborotni oʻz ichiga olgan axborot mahsulotining bosma mahsulot koʻrinishida bolalar boʻlishiga ruxsat etilgan joylarda mahkam berkitilgan oʻramda tarqatilishiga ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bolalar uchun taqiqlangan axborotni ular uchun moʻljallangan taʼlim muassasalarida, tibbiyot, sanatoriy-kurort, jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarida, madaniyat, bolalarni dam oldirish va sogʻlomlashtirish joylarida yoki ushbu tashkilotlar chegarasidan kamida 500 metr masofada tarqatilishiga ruxsat etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Kutubxonalar, axborot-resurs markazlari foydalanuvchisi bolalar boʻlgan axborotni tarqatishda axborot tarqatuvchilari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot mahsulotining Qonun talablariga muvofiqberilishi hamda axborot mahsuloti belgisining katalogda aks ettirilishi boʻyicha chora-tadbirlar koʻrishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalar foydalanishiga ruxsat etilgan kompyuterlarda himoya dasturlarini oʻrnatish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzlari oʻtkazayotgan tomosha, madaniy-ommaviy tadbirlar toʻgʻrisida eʼlonlar, afishalar, axborot materiallarining markalanishini taʼminlashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalarning axborot xavfsizligini taʼminlashga doir, shu jumladan, kutubxonadan foydalanuvchilarga internet-resurslardan foydalanish imkoniyatini yaratishda maʼmuriy, tashkiliy, texnik va dasturiy-apparat vositalarining qoʻllanishini taʼminlashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kutubxonalar, axborot-kutubxona markazlari va axborot-resurs markazlarining xodimlari va foydalanuvchilarini Qonun bilan keng tanishtirish boʻyicha seminarlar, yigʻilishlar va boshqa tadbirlar oʻtkazishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Internet tarmogʻi va uyali radiotelefon aloqasi tarmoqlari xizmatlari provayderlari, Internet tarmogʻidan jamoaviy foydalanish joylarining egalari va maʼmurlari bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishga doir maʼmuriy va tashkiliy chora-tadbirlar koʻrishlari, texnik, dasturiy-apparat vositalaridan foydalanishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Reklama mahsulotlarini bukletlar, bilbordlar, bannerlar, LED va LCD ekranlarda va bolalar ommaviy axborot vositalari yoki Internet tarmogʻi resurslaridan foydalanmasdan olishi mumkin boʻlgan boshqa joylarda tarqatuvchilar bolalarning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotning tarqatilishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha maʼmuriy va tashkiliy chora-tadbirlar koʻrishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishga doir maʼmuriy va tashkiliy chora-tadbirlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishga doir maʼmuriy chora-tadbirlarga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) quyidagilarni nazarda tutadigan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunning 16-17-moddalari hamda Axborot mahsulotining yoshga oid tasnifini aniqlash mezonlari hamda uni ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq axborot mahsulotiga belgi berish va uni joylashtirish va (yoki) axborot mahsuloti toʻgʻrisida matnli ogohlantirishni joylashtirishning tartib-tamoyillari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalarning ommaviy namoyishda, ommaviy ijroda, tomosha tadbiri orqali bolalar uchun taqiqlangan axborot mahsulotini namoyish qilishda, agar ular tashkil etilsa va (yoki) oʻtkazilsa, hozir boʻlishining shart-sharoitlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunning 19-moddasiga va Axborot mahsulotining yoshga oid tasnifini aniqlash mezonlari hamda uni ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq ravishda efir va kabel, tele va radiouzatish, Internet tarmogʻi va harakatchan radiotelefon aloqa tarmoqlari orqali, bolalar boʻlishiga ruxsat etilgan joylarda tarqatiladigan bolalar uchun taqiqlangan axborot mahsuloti va uning qismlarining aylanishiga doir qoʻshimcha talablar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalar uchun taqiqlangan axborot mahsuloti aylanayotgan joylarda boʻlgan shaxslarning bolalarning axborot xavfsizligini taʼminlash va bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish zarurligi toʻgʻrisida xabardorligini oshirishga qaratilgan bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish chora-tadbirlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzishning oldini olish, aniqlash va bartaraf etishga qaratilgan tartib-taomillar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) xizmat majburiyatlariga bolalar uchun taqiqlangan axborot mahsulotining aylanishini tashkil etish va amalga oshirish kiradigan xodimlarni bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish talablari bilan, ushbu sohaga aloqador qonunchilik hujjatlari bilan tanishtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) bolalar uchun taqiqlangan axborot mahsuloti aylanishining oʻziga xos jihatlarini hisobga olgan holda bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishga doir maʼmuriy va tashkiliy chora-tadbirlarni qoʻllash uchun hamda ularni qoʻllash tartibini tekshirish uchun masʼul xodimni tayinlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi, bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishga doir qoʻllanilayotgan maʼmuriy va tashkiliy chora-tadbirlar 15-bandining “a” kichik bandiga asosan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiqligi boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi ichki nazoratni amalga oshirish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchiligi buzilgani, shu jumladan, bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishga doir qoʻllanilayotgan maʼmuriy va tashkiliy chora-tadbirlar Axborot mahsulotining yoshga oid tasnifini aniqlash mezonlari hamda uni ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq emasligi, shuningdek, bolalar ular oʻrtasida tarqatilishi taqiqlangan axborotdan foydalanish imkoniyatiga egaligi toʻgʻrisida ariza va shikoyatlarni koʻrib chiqish va bunday ariza va shikoyatlarni Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisida asoslangan javob yoʻllash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalarning ular oʻrtasida tarqatilishi taqiqlangan axborotdan foydalanish imkoniyatiga egaligi toʻgʻrisida kelib tushgan ariza va shikoyatlarning sabablari va shart-sharoitlarini aniqlash va ularni bartaraf etishga doir chora-tadbirlar koʻrish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishga doir tashkiliy chora-tadbirlarga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hamma kirishi uchun ochiq binolar va joylarda ushbu Nizom 15-bandining “a” kichik bandiga muvofiq qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni joylashtirish hamda ular haqidagi maʼlumotlarni turli vositalar orqali aholiga yetkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalar uchun taqiqlangan axborot mahsulotining aylanishini amalga oshiruvchi ishlab chiqaruvchi va (yoki) tarqatuvchining Internet tarmogʻidagi rasmiy saytida ushbu Nizom 15-bandining “a” kichik bandiga muvofiq qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek, maʼmuriy va tashkiliy chora-tadbirlarni qoʻllash toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni joylashtirish va koʻrsatib oʻtilgan hujjatlardan erkin foydalanish imkoniyatini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
telekommunikatsiyalar operatorlari va provayderlari, ommaviy axborot vositalarining (keyingi oʻrinlarda OAV deb ataladi) majburiyatlarini belgilash bilan bogʻliqtadbirlar, targʻibot va taʼlim (mediataʼlim) tadbirlarini oʻtkazish, OAV uchun etika standartlarini joriy qilish va ularga rioya etish, OAVni bolalarning ijtimoiy, intellektual va madaniy jihatdan har tomonlama va barkamol rivojlanishiga xizmat qiladigan axborot va materiallarni tarqatishga ragʻbatlantirish va hokazo.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishni taʼminlashning dasturiy-apparat va texnik vositalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishni taʼminlashning Internet tarmogʻi, tele va radiouzatish, mobil aloqa tarmoqlari orqali tarqatiladigan axborotdan foydalanish imkoniyatini taqdim etishda qoʻllanadigan dasturiy-apparat va texnik vositalariga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Internet tarmogʻidagi saytlarda joylashtirilgan bolalar oʻrtasida tarqatilishi taqiqlangan axborotdan foydalanishni cheklash vositalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalar oʻrtasida tarqatilishi taqiqlangan hamda tele va radiouzatish, mobil aloqa vositalari orqali tarqatiladigan axborot mahsulotidan foydalanishni cheklovchi dekodlaydigan texnik vositalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydalanishni bloklash vositalari, foydalanishni cheklash vositalari, kontentni filtrlash vositalari, foydalanishni nazorat qilish vositalari, shuningdek, axborotdan foydalanish imkoniyatini taqdim etishda bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishni taʼminlaydigan boshqa dasturiy va texnik vositalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Internet, televideniye va radioeshittirishlar, uyali aloqa tarmoqlari orqali tarqatiladigan axborotdan foydalanishni cheklash shartlari litsenziya shartnomalarida va telekommunikatsiya xizmatlari koʻrsatish shartlarida nazarda tutiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishni taʼminlashning tomosha tadbirlari orqali tarqatiladigan axborotdan foydalanish imkoniyatini taqdim etishda qoʻllanadigan dasturiy-apparat va texnik vositalariga tovushli yoki matnli tarzda yoshga oid cheklovlar toʻgʻrisida xabardor qilish vositalari kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Ushbu Nizomni amalga oshirishning huquqiy oqibatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Qonunni, shuningdek, ushbu Nizom talablarini amalga oshirish axborot mahsulotining yoshga oid tasnifini, axborot mahsulotining aylanishini yoxud uning aholi, shu jumladan, bolalar kirishi uchun ochiqboʻlgan joylarda namoyishini amalga oshirgan subyektlar zimmasiga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Oilalarda qonunchilik talablarini amalga oshirish, shuningdek, bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishga doir dasturiy-apparat va texnik vositalarni qoʻllash ota-onalar yoki boshqa qonuniy vakillar zimmasiga yuklanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Ekspert xulosasiga muvofiq Agentlik tomonidan axborot mahsulotini ishlab chiqaruvchilar va tarqatuvchilarga bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablari buzilsa, shuningdek, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish hamda ularning oldini olish uchun koʻrsatma yuboriladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan davlat nazorati Agentlik, boshqa vakolatli davlat organlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida amalga oshiriladi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik, shuningdek, ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2018-y., 09/18/848/2083-son; 16.01.2019-y., 09/19/34/2486-son; 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 08.06.2022-y., 09/22/317/0497-son)