Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.10.2023 24.04.1997 yildagi 398-I-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 24.04.1997 yildagi 398-I-son
Date of entry into force
13.05.1997
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.10.2023
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TABIIY MONOPOLIYALAR TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 3-iyuldagi O‘RQ-850-sonli “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan 2023-yil 4-oktabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun O‘zbekiston Respublikasida tabiiy monopoliyalarga nisbatan davlat siyosatining huquqiy asoslarini belgilaydi hamda iste’molchilar bilan tabiiy monopoliya subyektlarining manfaatlari mos kelishiga erishishga qaratilgandir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Qonunning ta’sir doirasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun tabiiy monopoliya subyektlari, iste’molchilar va davlat organlari ishtirok etadigan O‘zbekiston Respublikasi tovar bozorlarida vujudga keladigan munosabatlarni tartibga soladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-1-modda. Ushbu Qonunda qo‘llanilayotgan asosiy tushunchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llanilmoqda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tabiiy monopoliya — tovar bozoridagi shunday holatki, unda texnologik hususiyatlarga ko‘ra ishlab chiqarish xarajatlari ortib ketishi munosabati bilan muayyan turdagi tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) bo‘lgan talabni qondirishning raqobatga asoslangan sharoitni yaratib bo‘lmaydi yoki bunday sharoitni yaratish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tabiiy monopoliya subyekti — tabiiy monopoliya sharoitida tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish (realizatsiya qilish) bilan mashg‘ul xo‘jalik yurituvchi subyekt (yuridik shaxs).
(2-1-modda O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrdagi Qonuni bilan kiritilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 1-son, 20-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Tabiiy monopoliya subyektlarining faoliyatini tartibga soluvchi organlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tabiiy monopoliya subyektlari faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va monopoliyaga qarshi davlat organi amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tabiiy monopoliya subyektlari faoliyatini tartibga soluvchi organlarning vakolatlari “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida”gi Qonunga hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Tabiiy monopoliya subyektlarining faoliyatini tartibga solish usullari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tabiiy monopoliya subyektlari faoliyatini tartibga soluvchi organ tomonidan quyidagi usullar qo‘llanilishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
narxlarni (tariflarni) yoki ularning eng yuqori darajasini belgilash (o‘rnatish) vositasida narxlarni tartibga solish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmat ko‘rsatilishi shart bo‘lgan iste’molchilarni aniqlash va (yoki) ularni tabiiy monopoliya subyekti realizatsiya qilayotgan tovar, ish, xizmat (bundan buyon matnda tovar) bilan to‘liq hajmda qondirishning imkoni bo‘lmagan taqdirda, ta’minlashning eng kam darajasini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tabiiy monopoliya subyektlarining faoliyatini litsenziyalash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tabiiy monopoliya subyektlari faoliyatini tartibga soluvchi organ qonun hujjatlariga muvofiq boshqa usullarni ham qo‘llashi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Tabiiy monopoliya subyektlari faoliyati ustidan davlat nazorati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tabiiy monopoliya subyektlari faoliyati ustidan davlat nazorati monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Monopoliyaga qarshi davlat organi quyidagilarni nazorat qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amalga oshirilishi natijasida tabiiy monopoliya subyekti asosiy vositalarga nisbatan mulk huquqini oladigan yoki tovarlar ishlab chiqarish (realizatsiya qilish) uchun mo‘ljallanmagan, ularga nisbatan davlat tartibga solishi qo‘llaniladigan asosiy vositalardan foydalanish huquqini qo‘lga kiritadigan bitimlar ustidan, agar bunday asosiy vositalarning balans qiymati tabiiy monopoliya subyekti o‘z kapitali qiymatining o‘n foizidan ortiq bo‘lsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
asosiy vositalarni lizing asosida iste’molchiga berish ustidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amalga oshirilishi natijasida tabiiy monopoliya subyekti ushbu Qonunga muvofiq asosiy vositalarga nisbatan tartibga solish qo‘llaniladigan, tovarlar ishlab chiqarish (realizatsiya qilish) uchun mo‘ljallangan asosiy vositalarning bir qismiga nisbatan mulk huquqini yoxud ularga egalik qilish va (yoki) ulardan foydalanish huquqini xo‘jalik yurituvchi boshqa subyektga o‘tkazadigan bitimlar ustidan, agar bunday asosiy vositalarning balans qiymati tabiiy monopoliya subyekti o‘z kapitali qiymatining o‘n foizidan ortiq bo‘lsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan harakatlarni amalga oshirish uchun tabiiy monopoliya subyekti monopoliyaga qarshi davlat organiga tegishli axborot hamda bunday harakatlarni amalga oshirishga rozilik so‘rab iltimosnoma taqdim etishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iltimosnomani ko‘rib chiqish tartibi, bunday axborotning mazmuni va uni taqdim etish shakliga doir talablar monopoliyaga qarshi davlat organi tasdiqlaydigan qoidalarda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar iltimosnomada bayon qilingan harakatlar salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lsa, shuningdek arizachi barcha zarur hujjatlarni taqdim etmagan yoxud ulardagi ma’lumotlar ishonchsiz bo‘lsa, monopoliyaga qarshi davlat organi iltimosnomani qondirishni rad etishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Monopoliyaga qarshi davlat organi iltimosnoma olingan kundan boshlab o‘ttiz kundan kechiktirmay o‘z qarorini arizachiga yozma ravishda xabar qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Monopoliyaga qarshi davlat organi arizachidan qo‘shimcha hujjatlar so‘rab olishga va basharti, bunday so‘rov iltimosnoma olingan kundan e’tiboran o‘n besh kundan kechiktirmay uni ko‘rib chiqish muddati uzaytirilganligi to‘g‘risidagi xabarnoma bilan birgalikda arizachiga yuborilgan bo‘lsa, iltimosnomani ko‘rib chiqish muddatini uzaytirishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar iltimosnomani ko‘rib chiqish muddati tugagach, monopoliyaga qarshi davlat organining javobi olinmagan bo‘lsa yoki iltimosnomani qondirish rad etilgan bo‘lsa, arizachi sudga murojaat etishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Tabiiy monopoliya subyektlarining majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tabiiy monopoliya subyektlari tabiiy monopoliya subyektlari faoliyatini tartibga soluvchi organga o‘z faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqdim etishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tabiiy monopoliya subyektlari tovarlar ishlab chiqarish (realizatsiya qilish) imkoniyatiga ega bo‘lgan holda bunday tovarlar ishlab chiqarish (realizatsiya qilish) yuzasidan ayrim iste’molchilar bilan shartnoma tuzishni rad etishga haqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. Tabiiy monopoliya subyektlari faoliyatini tartibga soluvchi organ tomonidan tartibga solish usullarini qo‘llash to‘g‘risida qarorlar qabul qilish uchun asoslar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tabiiy monopoliya subyektlari faoliyatini tartibga soluvchi organ tomonidan muayyan tabiiy monopoliya subyektiga nisbatan tartibga solish usullarini qo‘llash to‘g‘risidagi qaror bu usullarning ishlab chiqarilayotgan (realizatsiya qilayotgan) tovarlar sifatini oshirish va ularga bo‘lgan talabni qondirishdagi rag‘batlantiruvchi roli hisobga olingan holda qabul qilinadi. Bunda xarajatlarning qanchalik asosli bo‘lishi baholanadi va quyidagilar hisobga olinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlar ishlab chiqarish (realizatsiya qilish) xarajatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliqlar va boshqa to‘lovlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
takror ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan investitsiyalarga ehtiyoj;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlarni realizatsiya qilishdan kutilayotgan foyda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
turli guruh iste’molchilarning tovarlar ishlab chiqariladigan joydan olisligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarilayotgan (realizatsiya qilinayotgan) tovarlar sifatining iste’molchilar talabiga muvofiqligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat dotatsiyalari va davlat yordamining boshqa choralari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda. Tabiiy monopoliya subyektlarining javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun tabiiy monopoliya subyektlari monopoliyaga qarshi kurashga doir qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda. Tabiiy monopoliya subyektlari faoliyatini tartibga solishni joriy etish, o‘zgartirish yoki bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tabiiy monopoliya subyektlari faoliyatini tartibga solishni joriy etish, o‘zgartirish yoki bekor qilish, shuningdek tartibga solish usullarini qo‘llash masalalari yuzasidan qarorlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tabiiy monopoliya subyektlari faoliyatini tartibga solishni joriy etish, o‘zgartirish yoki bekor qilish masalalari davlat organlari, iste’molchilarning jamoat birlashmalari va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning takliflari asosida ko‘rib chiqilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda. Tabiiy monopoliya subyektlari faoliyatini tartibga soluvchi organning qarorlari (ko‘rsatmalari) ustidan shikoyat qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tabiiy monopoliya subyektlari, davlat organlari, iste’molchilar, iste’molchilarning jamoat birlashmalari tabiiy monopoliya subyektlari faoliyatini tartibga soluvchi organning qarorlari (ko‘rsatmalari)ni to‘liq yoki qisman haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat etishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudga ariza berish tabiiy monopoliya subyektlari faoliyatini tartibga soluvchi organning qarori (ko‘rsatmasi) ijrosini sud qarori qabul qilinguniga va u qonuniy kuchga kirguniga qadar to‘xtatib turadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1997-yil 24-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
398-I-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son, 106-modda; 1999-y., 9-son, 212-modda)