Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 11.03.1992 yildagi 120-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarori , 11.03.1992 yildagi 120-son
Date of entry into force
11.03.1992
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1992-yilda geologiya-qidiruv ishlarini moliyaviy taʼminlash manbalarini shakllantirish tartibi toʻfrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika mineral-xom ashyo bazasini takror ishlab chiqarishni va rivojlantirishni hamda yer osti boyliklarini geologik jihatdan oʻrganishni taʼminlovchi geologiya-qidiruv ishlarini moliyaviy taʼminlashni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 1992-yilda Oʻzbekiston Respublikasi geologiya-qidiruv ishlari kon qazish korxonalarining mahsulotlariga va ishlab chiqarish-texnikaviy maqsadlar uchun ishlatiladigan yer osti suvlariga belgilangan toʻlov stavkalari boʻyicha ajratmalardan olinadigan budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga moliyaviy taʼminlashga oʻtkazilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 1992-yilda respublikada qazib chiqariladigan, sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarish-texnikaviy maqsadlar uchun olinadigan barcha qazilma boyliklar va yer osti suvlari uchun geologiya-qidiruv ishlarining xarajatlari stavkalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Korxonalarning chiqindilardan (yaroqsiz qazilmalar, qoldiq jinslar va boshqalardan), oʻz xarajatlari hisobiga qidirib topilgan konlardan olingan mahsulotlari, shuningdek, aholini, qishloq xoʻjaligini suv bilan taʼminlash va kommunal-maishiy maqsadlar uchun chiqarib olinadigan yer osti suvlari geologiya-qidiruv ishlari xarajatlarini qoplash stavkalari boʻyicha ajratmalardan ozod etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
geologiya-qidiruv ishlarini moliyaviy taʼminlash mablagʻlarini shakllantirish uchun Oʻzbekiston sanoat-qurilish bankida “Mineral-xom ashyo bazasini takror ishlab chiqarish” fondining budjetdan tashqari maxsus hisobini ochsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1992-yilning 15-martiga qadar Oʻzbekiston Respublikasining Taraqqiyot istiqbolini belgilash qoʻmitasi bilan birgalikda budjetdan tashqari fondni tashkil qilish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanoatning qazib chiqaruvchi tarmoqlari birlashmalari, konsernlari va korxonalarining taqdimnomasi boʻyicha koʻmir, neft, kondensat, tabiiy gaz, oltinlarning cheklangan ulgurji narxlarini, geologiya-qidiruv ishlarining xarajatlarini mazkur qaror bilan tasdiqlangan stavkalarini hisobga olgan holda, koʻrib chiqsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarish-texnikaviy maqsadlar uchun foydali qazilmalarni qazib chiqaruvchi va yer osti suvlarini chiqarib oluvchi vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har oyning 15-kuniga qadar mineral-xom ashyodan ishlab chiqarilgan mahsulot, ishlab chiqarish-texnikaviy maqsadlar uchun yer ostidan chiqarib olingan suv hajmlariga muvofiq ravishda “Mineral-xom ashyo bazasini takror ishlab chiqarish hisobiga mablagʻ oʻtkazsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mineral-xom ashyodan tayyorlangan mahsulotga va yer osti suvlariga belgilanadigan narxlarni ishlab chiqishda geologiya-qidiruv ishlari xarajatlarini qoplash stavkalarini hisobga olsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining taraqqiyot istiqbolini belgilash qoʻmitasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga kelgusi yil uchun geologiya-qidiruv ishlari xarajatlarini qoplash stavkalari boʻyicha ajratmalarning hisoblangan summalarini har yili maʼlum qilib tursinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Korxonalar tomonidan ish haqi stavkalar boʻyicha berib boʻlingandan va budjetga ajratma oʻtkazilgandan soʻng ajratmalarni oʻtkazishning birinchi navbatdagi tartibi belgilab qoʻyilsin; korxonalar va tashkilotlar tomonidan geologiya-qidiruv ishlari xarajatlarini qoplash stavkalari boʻyicha toʻlovlar belgilangan muddatlarda oʻtkazilmagan hollarda tegishli mablagʻlar soliq organlari orqali qatʼiy tartibda undirib olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat bosh soliq boshqarmasi “Mineral-xom ashyo bazasini takror ishlab chiqarish” hisobiga qazib chiqaruvchi korxonalardan ajratmalarning kelib tushishini nazorat qilishni taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasining taraqqiyot istiqbolini belgilash qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Shartnomalar va savdo boʻyicha davlat-aksionerlik uyushmasi 1992-yildan boshlab, belgilangan tartibga muvofiq, geologiya tarmogʻiga hukumatlar oʻrtasidagi bitimlar va shartnomalarning ilovalariga kirgan moddiy-texnika resurslarini (birkitilgan nomenklatura boʻyicha) ajratishni koʻzda tutsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1992-yil 11-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
120-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
1992-yil 11-martdagi 120-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1992-yilda Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha geologiya-qidiruv ishlariga sarflanadigan xarajatlarni qoplash uchun qazib oluvchi korxonalar mahsulotlarining qiymatidan ajratmalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
STAVKALARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Qazib chiqaruvchi korxonalarning mahsulotlari‎ ‎

Qazib chiqaruvchi korxonalar mahsulotlarining qiymatidan ajratmalar stavkalari, %‎‎
Tabiiy gaz‎‎ 21,4‎
Gaz kondensati‎ 4,6‎
Neft‎ 12,5‎
Koʻmir‎ 3,4‎
Tozalangan mis‎ 6,9‎
Konsentrat holidagi qoʻrgʻoshin 10,0
Metall rux 7,5‎
Volframli konsentrat‎ 7,0‎
Molibdenli sanoat mahsuloti‎ 9,0‎
Oltin‎ 7,0‎
Uran oksidi‎ 21,2‎
Osh tuzi‎ 0,3‎
Eruvchan shpatli konsentrat‎ 11,6‎
Tabiiy grafit‎ 3,7‎
Ikkilamchi boyitilmagan kulrang kaolin‎ 5,6‎
Dala shpati xom ashyosi‎ 2,2‎
Qolipbop va shishabop qumlar‎ 0,2‎
Qolipbop, oʻtga chidamli chinni-fayans, kulolchilik sanoati uchun gillar, keramzit burgʻilash aralashmalari tayyorlash, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi hamda boshqa maqsadlar uchun bentonitlar‎


‎2,1‎
Ohaklar, flyusli va ohak ishlab‎ chiqarish uchun dolomitlar
‎0,3‎
Sement xom ashyosi‎ 0,3‎
Gipsli tosh, ganch‎ 2,5‎
Pishgan silikat, xom va boshqa gʻishtlar‎ 0,3‎
Agloporit‎ 0,6‎
Qurilish ishlariga moʻljallangan xarsangtosh, mayda shagʻal, qum, shagʻal-qum aralashmasi, mayda shagʻal va tabiiy toshlardan tayyorlangan mayda toshlar‎


‎1,5‎
Qoplama plitalar va boshqa maqsadlar uchun tabiiy toshlardan tayyorlangan bloklar‎
‎0,2‎
Xom ashyo holidagi qimmatbaho, yarim qimmatbaho va bezakbop toshlar ‎
‎20,0‎
Yer osti suvlari‎ 5,0‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Eslatma. 1992-yilning yanvar va fevral oylari uchun ajratmalar qazib chiqaruvchi korxonalar bilan 1991-yilning dekabr oyida kelishilgan, qazib olingan foydali qazilmalar birligiga toʻgʻri keladigan, soʻmlarda hisoblangan stavkalar boʻyicha amalga oshiriladi.