Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2004 13.03.1992 yildagi 129-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarori, 13.03.1992 yildagi 129-son
Date of entry into force
13.03.1992
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2004
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT QIMMATBAHO METALLAR QOʻMITASI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 5-noyabrdagi 487-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan..
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat qimmatbaho metallar qoʻmitasi toʻgʻrisidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1992-yil 13-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
129-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
1992-yil 13-martdagi 129-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat qimmatbaho metallar qoʻmitasi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat qimmatbaho metallar qoʻmitasi oltin qazish va qayta ishlash korxonalari, zargarlik ishlab chiqarish korxonalari va oʻz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtiruvchi markaziy boshqaruv organi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Davlat qimmatbaho metallar qoʻmitasi (bundan keyin matnda qoʻmita deb ataladi) yuridik shaxs boʻlib, bank muassasalarida schyotlarga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, nomi oʻzbek va rus tillarida yozilgan muhrga ega boʻladi, Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga, respublika Prezidentining farmonlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qoʻmita tarkibiga kiruvchi korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar mustaqillikni va yuridik shaxs huquqlarini saqlab qoladilar va oʻz ishlarini Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari asosida olib boradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Davlat qimmatbaho metallar qoʻmitasining asosiy vazifalari quyidagilardan iboratdir:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxonalar va tashkilotlarga rangli va qimmatbaho metallarni, yuksak isteʼmol qiymatiga ega boʻlgan va narxi arzon xalq isteʼmoli mollarini yetkazib berish, shuningdek, ishlar va xizmatlarni bajarish yuzasidan davlat buyurtmalarini va shartnoma majburiyatlarini oʻz vaqtida va sifatli bajarishga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi masalalar boʻyicha yagona siyosat oʻtkazishda oʻz tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarning faoliyatlarini muvofiqlashtirish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fan-texnika taraqqiyoti, xomashyo negizini kengaytirish va mineral resurslardan oqilona foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bozor iqtisodiyotiga oʻtish sharoitlarida korxonalar va tashkilotlarni istiqbolli rivojlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab turgan korxonalarni rekonstruksiyalash, yangi texnika bilan jihozlash, yangi korxonalar qurish va shu asosda qimmatbaho va rangli metallarni qazishni, qayta ishlashni, ishlab chiqarishni, xalq isteʼmoli mollarini tayyorlashni koʻpaytirish, zargarlik korxonalarini qurish va kengaytirish, yordamchi qishloq xoʻjalik va ijtimoiy obyektlarni rivojlantirish, tabiatni muhofaza qilish muammolarini va boshqa masalalarni hal qilish uchun bank mablagʻlarini ishlatish, qoʻmitaga kiruvchi korxonalarning moliyaviy mablagʻlarini va moddiy-texnika resurslarini toʻplash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzaro manfaatli tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, kengaytirish va qoʻshma korxonalar barpo etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tabiatni muhofaza qilishning zamonaviy usullarini joriy etish, foydalanish, foydalanilmaydigan kon xomashyosini va ishlab chiqarish chiqindilarini ishlab chiqarishga qayta jalb qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Qoʻmita oʻz oldiga qoʻyilgan vazifalarga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikani iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish loyihalarini ishlab chiqishda qatnashadi, qimmatbaho va rangli metallar hamda zargarlik buyumlari ishlab chiqarishni rivojlantirish haqida takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bozor iqtisodiyotiga oʻtish sharoitlarida ishlab chiqarishni tashkil etishning, mehnatga haq toʻlashning shakl va usullarini takomillashtirish, korxonalar, tashkilotlar xodimlarini va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoyalashni taʼminlash ishlarini muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat sharoitlarini yaxshilash, xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, tabiatni muhofaza etish, savdo xizmati koʻrsatishni, umumiy ovqatlanishni takomillashtirish va mehnatkashlarga pulli xizmatlar koʻrsatish tadbirlarini amalga oshirishda yordam beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rahbar xodimlarni tanlaydi, joy-joyiga qoʻyadi va tayinlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼminotchilar bilan toʻgʻridan toʻgʻrialoqa bogʻlashga, moddiy boyliklarni realizatsiya qilishga, oʻz vaqtida shartnomalar tuzishga va ikkilamchi resurslardan oqilona foydalanishga yordam beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Qoʻmita oʻz faoliyatini xoʻjalik hisobi asosida amalga oshiradi va unga quyidagi huquqlar beriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikaning oʻz tarkibiga kiruvchi oltin qazib olish va qayta ishlash korxonalari tomonidan mineral resurslardan kompleks foydalanish sohasida yagona texnika siyosatini oʻtkazish bilan bogʻliq masalalarni mustaqil ravishda boshqarib borish va hal qilish, shuningdek, ularning faoliyatini muvofiqlashtirishni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amaldagi qonunlar asosida xorijiy sheriklar bilan qoʻshma korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar, yuridik shaxs huquqiga ega boʻlgan xoʻjalik hisobidagi firmalar, markazlar va boshqa korxonalar, shuningdek, respublikada ham, chet ellarda ham joriy hisob-kitob schyotlari ochish huquqiga ega boʻlgan filiallar, vakilliklar va boshqa alohida boʻlinmalarni tashkil etadi. Bu korxonalar va boʻlinmalar toʻgʻrisidagi nizomlarni qoʻmita tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
anjomlar, ehtiyot qismlar va madaniy-maishiy mollarni eksport va import qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga yuklatilgan barcha masalalar boʻyicha respublikaning hamma davlat organlarida, shuningdek, uning tashqarisida respublikaning manfaatlarini ifodalash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻmita tarkibiga kiruvchi korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar faoliyatining barcha turlari toʻgʻrisida zarur maʼlumotlar va axborotlar olish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Qoʻmitani Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tayinlaydigan rais boshqaradi. Qoʻmita raisining oʻrinbosarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tayinlaydi. Oʻrinbosarlar oʻrtasidagi vazifalarni qoʻmita raisi taqsimlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Qoʻmitada rais (rais), raisning oʻrinbosarlari, qoʻmitaning boshqa rahbar xodimlari, shuningdek, oʻziga qarashli ishlab chiqarish korxonalari rahbarlaridan iborat hayʼat tuziladi. Qoʻmita raisining taqdimiga koʻra hayʼat aʼzolarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita hayʼati oʻz majlislarida korxona va tashkilotlarni istiqbolli rivojlantirish, davlat buyurtmalari va boshqa topshiriqlarning bajarilishi, kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish va ulardan foydalanish, yuqori turuvchi organlarning va oʻzlarining qarorlarining ijrosini nazorat qilish masalalarini koʻrib chiqadi, oʻziga qarashli korxonalar rahbarlarining hisobotlarini, shuningdek, qoʻmitaning huquq doirasiga kiruvchi boshqa masalalarni eshitadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hayʼat qarorlari, odatda, raisning buyruqlari bilan hayotga tatbiq etiladi. Rais va hayʼat aʼzolari oʻrtasida ixtilof tugʻilganda, rais oʻz qarorini amalga oshiraveradi, ixtilof haqida Vazirlar Mahkamasiga xabar beradi, hayʼat aʼzolari ham oʻz navbatida oʻz fikrlarini shu joyga yetkazishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Rais qoʻmita oldiga qoʻyilgan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan masʼuldir. Rais oʻrinbosarlarining, boʻlimlar va tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining javobgarlik darajalarini aniqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rais qoʻmitaning huquqi doirasida yoʻriqnoma va buyruqlar chiqaradi, oʻziga qarashli korxonalarning bajarishi uchun majburiy boʻlgan koʻrsatmalar beradi va ularning ijrosini tekshiradi, qoʻmita apparati tuzilishini, shtat jadvalini, xodimlar mehnatiga haq toʻlash haqidagi nizomni, shuningdek, belgilangan tartibda oʻziga bevosita boʻysunuvchi tashkilotlarning ustavlari (nizomlari)ni tasdiqlaydi, bitim asosida qoʻmitaga tegishli korxonalar va tashkilotlarning (pudratda ishlayotgan korxonalardan tashqari) rahbarlarini, shuningdek, qoʻmita apparati xodimlarini ishga yollaydi (tayinlaydi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Qoʻmitaning xarajatlari tasarrufidagi korxonalar va tashkilotlarning tuzilgan shartnomalar asosida ajratadigan mablagʻlari hisobidan taʼminlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zarur boʻlgan hollarda qoʻmita raisi Oʻzbekiston Respublikasining boshqa vazirliklari va idoralari rahbarlari bilan birgalikda qonunlarga zid boʻlmagan buyruq va yoʻriqnomalar chiqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Rangli va qimmatbaho metallarni qazib olish va qayta ishlash, Oʻzbekiston Respublikasining oltin zaxiralarini koʻpaytirish, fan va texnikaning yangi yutuqlarini qoʻllash va joriy qilish boʻyicha tavsiyanomalar ishlab chiqish bilan bogʻliq muhim istiqbolli yoʻnalishlarni va ish natijalarini koʻrib chiqish uchun qoʻmitada oʻziga qarashli korxona va muassasalarning yuqori malakali mutaxassislaridan iborat fan-texnika kengashi tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fan-texnika kengashi tarkibini va uning haqidagi nizomni qoʻmita raisi tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat qimmatbaho metallar qoʻmitasi tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlar, qoʻmita bilan kelishgan holda, shartnoma va oʻzaro manfaatdorlik asosida, respublikadagi hamda uning tashqarisidagi konsernlarga, konsorsiumlarga, aksionerlik jamiyatlariga va boshqa tashkilotlarga aʼzo boʻlishlari, ular bilan shartnoma munosabatlariga kirishishlari mumkin, ammo ular Oʻzbekiston Respublikasining manfaatlariga ziyon yetkazmasligi kerak.