O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING “LOTIN YoZUVIGA ASOSLANGAN O‘ZBEK ALIFBOSINI JORIY ETISh TO‘G‘RISIDAGI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA OShIRIShNI TA’MINLASh YuZASIDAN DAVLAT DASTURINI TASDIQLASh HAQIDA” 1994 YIL 16 IYuNDAGI 304-SON QARORIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Oliy Majlisning “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqidagi qaroriga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qarorini bajarish uchun Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
* Ilova berilmaydi.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar Davlat dasturini amalga oshirishga oid chora-tadbirlarni ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Dasturning amalga oshirilishining borishi to‘g‘risida har yili dekabr oyida lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish Respublika davlat komissiyasiga axborot taqdim etib borilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 19-mart,
104-son