ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbirlar |
Amalga oshirish mexanizmi |
Ijro muddati |
Masʼul ijrochilar |
|
I. Normativ bazani takomillashtirish | ||||
|
1. |
Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining 2014 — 2023-yillarda xalq tabobati sohasi strategiyasida nazarda tutilgan, ushbu tashkilotning tavsiyalari asosida, shuningdek, ushbu yoʻnalishda rivojlangan davlatlar (Xitoy, Koreya, AQSH, Rossiya va boshqalar) tajribasi asosida tayyorlangan va Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan Oʻzbekiston Respublikasida xalq tabobatini rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va tasdiqlash, jumladan: mahalliy sogʻliqni saqlash tizimida xalq tabobatining rolini oshirish; xalq tabobati usullarini qoʻllagan holda xizmat koʻrsatuvchi xususiy tibbiyot muassasalari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash; sogʻliqni saqlash tizimining ambulator va statsionar muassasalarida xalq tabobati usullarini qoʻllash bilan kasalliklarni davolash boʻyicha maxsus boʻlimlar tashkil etish; xalq tabobati dori vositalarini sotish bilan shugʻullanuvchi dorixonalar tizimini tashkil etish (rivojlantirish), xalq tabobati sohasida kadrlar tayyorlash; xalq tabobatini yanada ommalashtirish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun sharoit yaratish; xalq tabobatidan keng foydalaniladigan xorijiy mamlakatlar bilan faol hamkorlik qilish. |
Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan kompleks chora-tadbirlar |
2019-yil |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palata (R. Izamov), TIV (A. Kamilov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. |
Tibbiy faoliyatni litsenziyalash uchun nazarda tutilgan tartibda xalq tabobati usullarini qoʻllash bilan koʻrsatiladigan xizmat faoliyatini litsenziyalash munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-iyundagi 405-sonli qarori bilan tasdiqlangan Tibbiy faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori |
2018-yil 1-dekabrgacha |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi (R. Izamov), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
3. |
Xalq tabobati vositalarini reklama qilish, shuningdek, xalq tabobati usullarini qoʻllash boʻyicha faoliyatni huquqiy tartibga soluvchi qonunchilikni takomillashtirish. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Prezident Administratsiyasiga tahliliy maʼlumotnoma kiritish. |
Aniq takliflar bilan tahliliy maʼlumotnoma |
2018-yil 1-dekabrgacha |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Davlat raqobat qoʻmitasi (N. Sharipov) |
|
4. |
Xalq tabobati usullarini qoʻllagan holda amalga oshiriladigan xizmatlar koʻrsatuvchi shaxslarning faoliyatiga baho berish mezonlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Idoraviy hujjat |
2018-yil 1-dekabrgacha |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi (R. Izamov) |
|
5. |
Oʻzbekiston Respublikasida xalq tabobati sohasi tartibga solinishi munosabati bilan xizmatchilarning asosiy lavozimlari va kasblar Klassifikatoriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish. |
Idoraviy |
2018-yil 1-noyabrgacha |
Mehnat vazirligi (Sh. Kudbiyev), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov) |
|
II. Xalq tabobatini rivojlantirish va ommalashtirishning tashkiliy choralari | ||||
|
6. |
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi va boshqa idoralar, shu jumladan tibbiyot muassasalari xodimlarini Xitoy, Koreya, Yaponiya davlatlariga xalq tabobatini rivojlantirish va ragʻbatlantirish, kadrlar tayyorlash hamda dori vositalari bilan taʼminlash boʻyicha tajribasini chuqur oʻrganish uchun tanishtiruv safarini tashkil etish masalasini ishlab chiqish. Safar xarajatlari Sogʻliqni saqlash vazirligi, Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi mablagʻlari, grantlar va qonun bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi. |
Tashkiliy-amaliy |
2018-yil oxirigacha |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi (R. Izamov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov) |
|
7. |
Toshkent shahrida chet el ekspertlari, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti va boshqa tuzilmalar vakillari ishtirokida “Oʻzbekiston Respublikasida xalq tabobatini huquqiy tartibga solish va rivojlantirish istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazish. |
Tashkiliy-amaliy |
2019-yil 1-fevralgacha |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi (R. Izamov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
8. |
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzurida Oʻzbekiston Respublikasida xalq tabobatini rivojlanlirish borasida Xalq tabobati faoliyatini tartibga solish boʻyicha malakali tabiblar, professional shifokorlar, xalq tabobati sohasida izlanishlar bilan shugʻullanuvchi shaxslar, huquqshunoslar va boshqa kasb egalaridan iborat boʻlgan Kengashni tashkil etish. |
Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi |
2018-yil 20-oktabrgacha |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlimvazirligi (I. Madjidov), |
|
9. |
Xalq tabobati usullarini qoʻllash bilan xizmat koʻrsatuvchilarning xizmatlarini ilgari surish, ular manfaatini himoya qilish maqsadida nodavlat notijorat tashkiloti sifatida Oʻzbekiston Xalq tabobati assotsiatsiyasi (jamiyati)ni tashkil etish masalasini muhokama qilish. |
Tashkiliy amaliy |
2018-yil 15-noyabrgacha |
OʻzNNTMA (I. Nasriyev), Adliya vazirligi (R. Davletov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palata (R. Izamov) |
|
10. |
Xalq tabobati usullarini qoʻllash bilan kasalliklarni davolash uchun tavsiya qilinadigan (ishlatiladigan), aniq nomdagi oʻsimliklar, ularni parvarish qilish va oʻstirish joyi, oʻsimliklardan foydalanish va boshqa zarur maʼlumotlarni oʻzida jamlagan milliy oʻsimlik turlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini yaratish. |
Tashkiliy-amaliy |
I bosqich — 2019-yil 1-yanvargacha II bosqich — 2019-yil 1-maygacha III bosqich — 2019-yil 1-oktabrgacha |
Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov) |
|
11. |
Xalq tabobati usullarini qoʻllash bilan kasalliklarni davolash uchun tavsiya qilinadigan tabiiy va oʻsimlik dorivor vositalari, xalq tabobati vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini yaratish, shuningdek, uni Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining veb-saytida joylashtirish. |
Tashkiliy-texnik |
2019-yil 1-martgacha |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev) |
|
12. |
Xalq tabobati usullarini qoʻllash orqali kasalliklarni davolash va uning targʻiboti boʻyicha Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimi markaziy telekanallarida doimiy asosda tok-shou (koʻrsatuvlar) oʻtkazishni tashkil etish. |
Tashkiliy-texnik |
muntazam |
MTRK (A. Xadjayev), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov) |
|
13. |
Oʻzbek xalq tabobatining noyob merosi va boy tarixiy anʼanalarini oʻrganishni aks ettiruvchi elektron ilmiy izlanishlar roʻyxatini shakllantirish, shuningdek, ushbu roʻyxatni izlanishlar bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga taqdim etish. |
Tashkiliy-texnik |
2018-yil |
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi OAK (A. Yusupov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov) |