O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
Ochiq valyuta mavqeyini yuritish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 11-oktabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1497-3]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 30-apreldagi 8/1-sonli “Ochiq valyuta pozitsiyasini yuritish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3301, 07.05.2021-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi va “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2005-yil 28-maydagi 610-son qarori (ro‘yxat raqami 1497, 2005-yil 15-iyul oktyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-yil, 28-29-son, 215-modda) bilan tasdiqlangan Ochiq valyuta mavqeyini yuritish qoidalariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2018-yil 8-sentabr,
29/8-son
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/8-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Ochiq valyuta mavqeyini yuritish qoidalariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. 1-bandda:
quyidagi mazmundagi yettinchi va sakkizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“barcha qisqa valyuta mavqelari jami summasi — barcha turdagi chet el valyutalari bo‘yicha qisqa ochiq valyuta mavqelarining jami yig‘indisi;
barcha uzun valyuta mavqelari jami summasi — barcha turdagi chet el valyutalari bo‘yicha uzun ochiq valyuta mavqelarining jami yig‘indisi;”;
yettinchi — o‘n birinchi xatboshilar tegishli ravishda to‘qqizinchi — o‘n uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
o‘n uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
2. 5-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Ochiq valyuta mavqelari jami summasining haqiqiy hajmi barcha qisqa va barcha uzun valyuta mavqelari jami summalarini alohida-alohida hisoblab chiqishda hamda barcha ochiq valyuta mavqelarini hisoblab chiqishda aniqlanadi.”.
3. 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Tijorat banklarining milliy valyutani chet el valyutalariga nisbatan qiymatining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan valyuta xatarini cheklash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining qarori bilan tijorat banklari uchun ochiq valyuta mavqelarining quyidagilar bo‘yicha chegaralari belgilanadi:
chet el valyutasining har bir turi bo‘yicha;
ochiq valyuta mavqelarining jami summasi;
barcha qisqa valyuta mavqelari jami summasi;
barcha uzun valyuta mavqelari jami summasi.”.
4. 9 va 10-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
5. 13-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. Tijorat banklari o‘zlarining filiallari uchun ochiq valyuta mavqelari limitlarini mazkur Qoidalar bilan belgilangan talablar doirasida mustaqil ravishda belgilaydi va bu haqida ularni yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi.”.
6. 14-bandda:
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq Markaziy bank tomonidan o‘tkazilayotgan tekshiruv ma’lumotlari;”;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“tijorat banklarining balans hisobvaraqlarining kunlik monitoringi.”.
7. 18-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“18. Ochiq valyuta mavqelarining limiti oshirib yuborilgan hollarda yoki hisobot taqdim etilmaganda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Bank nazorati qo‘mitasining qaroriga asosan tijorat bankiga nisbatan qonun hujjatlarda belgilangan javobgarlik choralarini qo‘llashi mumkin.”.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 10/18/1497-3/2041-son)