Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻmondonining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boʻlinmalariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni tanlash va qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 10-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3060-1]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondonining 2019-yil 8-dekabrdagi 248-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boʻlinmalariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3210, 13.01.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 14-yanvardagi PQ-257-son “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondonining 2018-yil 25-iyuldagi 199-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3060, 2018-yil 28-avgust) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2018-y., 10/18/3060/1806-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boʻlinmalariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni tanlash va qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Qoʻmondon B. TAShMATOV
Toshkent sh.,
2018-yil 24-sentabr,
243-son
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondonining 2018-yil 24-sentabrdagi 243-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boʻlinmalariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni tanlash va qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 1-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Tanlovda ishtirok etish istagi boʻlgan fuqarolar qoida tariqasida doimiy yashash joylari boʻyicha Milliy gvardiya boʻlinmalariga murojaat etishlari lozim.”.
2. 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Milliy gvardiya boʻlinmalariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga qabul qilishda nomzod boʻyining balandligi quyidagi maxsus antropometrik parametrlarga javob berishi talab etiladi:
Faxriy qorovul va boshqa barcha boʻlinmalarga — 185 santimetrdan past boʻlmasligi;
Otliq askarlar eskadroniga — 175 santimetrdan past boʻlmasligi.”.
3. 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Mazkur Nizomning 4-bandida belgilangan maxsus talablarga javob bermaydigan ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega boʻlgan fuqarolar, tor ixtisoslik boʻyicha mutaxassislar, shuningdek sportning alohida turlari boʻyicha respublika yoki xalqaro musobaqalarda yuksak natijalarga erishgan sportchilar hamda sport ustalari istisno tariqasida Milliy gvardiya boʻlinmalariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga qabul qilinishiga ruxsat etiladi.”.
4. 21-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Harbiy-professional tanlashdan oʻta olmagan nomzodlar tanlovning keyingi bosqichiga qoʻyilmaydi.”
5. 30-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“30. Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash boʻyicha sinovda qoniqarsiz deb baholangan nomzod, harbiy-professional tanlashning keyingi bosqichiga qoʻyilmaydi.
Nomzod, umumjismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash mashqlarini u baholangan kundan boshlab 1 yil davomida 3 marotaba qayta topshirishi mumkin, biroq sinov boʻlib oʻtgan kunning oʻzida qayta topshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.”.
6. 7-ilovaning ilovasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Psixologik test sinovlarini qabul qilish metodikasiga
ILOVA
ILOVA
Psixologik test natijalarini hisoblash
Jadvali
|
Toifasi |
1-vazifa |
2-vazifa |
3-vazifa |
4-vazifa |
5-vazifa |
6-vazifa | |
|
Asabiy-ruhiy barqaror |
Asabiy-ruhiy beqaror | ||||||
|
I |
36-40 |
26-30 |
60-70 |
22-25 |
39-50 |
1-2 |
1-3 |
|
II |
30-35 |
19-25 |
47-59 |
17-21 |
25-38 |
6-3 |
22-4 |
|
III |
24-29 |
13-18 |
33-46 |
11-16 |
15-24 |
9-7 |
41-23 |
|
IV |
0-23 |
0-12 |
0-32 |
0-10 |
0-14 |
10-25 |
99-42 |
6-vazifa boʻyicha olingan natijalarni “Ishonchlilik” shkalasi boʻyicha baholash
|
Ishonchlilik shkalasi |
| |
|
Samimiy |
Nosamimiy |
|
|
0 dan 8 gacha |
9 dan 19 gacha |
”. |
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2018-y., 10/18/3060-1/2031-son)