Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.07.2026 22.09.2018 yildagi 754-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 22.09.2018 yildagi 754-son
Date of entry into force
24.09.2018
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.07.2026
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialini tashkil etish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublikamiz mintaqalarida jahon tajribasini hisobga olgan holda sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash tizimini joylarda tashkil etishni yanada takomillashtirish va sifatini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Madjidovga mazkur qaror loyihasi vazirlik tomonidan Vazirlar Mahkamasiga belgilangan muddatdan kechikib kiritilgani koʻrsatib oʻtilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Fargʻona viloyati hokimligining Fargʻona viloyati Qoʻqon shahrida Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialini (keyingi oʻrinlarda Filial deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar Filialning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish, muhandislik ishi hamda ishlab chiqarish texnologiyalari sohalari uchun, xususan, elektronika va asbobsozlik, materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi, texnologik mashinalar va jihozlar, elektron apparaturalar ishlab chiqarish texnologiyalari yoʻnalishlari boʻyicha yuqori malakali kadrlarni xalqaro standartlar darajasida sifatli tayyorlashni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning ilmiy-texnologik vazifalarini hal etishga, ilgʻor xorijiy texnologiyalarni sinab koʻrish va joriy etishga yoʻnaltirilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlarni olib borish va ishlanmalarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kadrlar buyurtmachilari takliflari hamda xorijiy mamlakatlar taʼlim muassasalarining tajribasini hisobga olgan holda tegishli muhandislik-texnik va ishlab chiqarish bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari hamda magistratura mutaxassisliklari boʻyicha ilmiy-uslubiy adabiyotlarni ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv va ilmiy loyihalarni amalga oshirish, taʼlim va ilmiy izlanishlar jarayoniga mutaxassislarni keng jalb etish maqsadida ishlab chiqarish va qayta ishlash sohalaridagi respublika va xorijiy yetakchi oliy taʼlim muassasalari va ilmiy markazlari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika va xorijiy oliy taʼlim muassasalari va ilmiy markazlariga istiqbolli yosh bitiruvchilarni magistratura va doktoranturaga muntazam yuborish orqali Filialning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirib borish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filialining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018/2019 oʻquv yilida Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialida bakalavrlar tayyorlash boʻyicha qabul kvotalari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziriga, zarur hollarda, Filialning tuzilmasiga oliy taʼlim muassasasi uchun oʻrnatilgan normativlarga muvofiq xodimlarning umumiy cheklangan soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Belgilansinki, Filial Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan tarkibiy boʻlinmasi hisoblanib, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligida shaxsiy hisob raqamlariga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Fargʻona viloyati hokimligi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining Filialga 2018/2019 oʻquv yili uchun talabalar kontingentini Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida doimiy yashayotgan (doimiy propiska qilingan) respublika oliy taʼlim muassasalariga mazkur qarorning 2-ilovasida belgilangan taʼlim yoʻnalishlarining mos va turdosh taʼlim yoʻnalishlariga hujjat topshirgan va test sinovlari natijalariga koʻra oʻqishga kira olmagan, biroq toʻplagan ballari eng yuqori ballning 30 foizidan kam boʻlmagan abituriyentlar hisobidan toʻlov-kontrakt asosida shakllantirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi ballar ketma-ketligiga rioya etgan holda tegishli taʼlim yoʻnalishlari kesimidagi test natijalari qaydnomalarini chop etsin va belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun Filialga yetkazsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019/2020 oʻquv yilidan boshlab, Filialga talabalarni qabul qilish soni belgilangan tartibda har yili tasdiqlanadigan respublika oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish kvotalaridan kelib chiqqan holda belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Filialning ustavini belgilangan tartibda tasdiqlasin va uning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Filialni yuqori malakali professor-oʻqituvchilar bilan taʼminlash choralarini koʻrsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Filialda oʻquv-metodik jarayonining tashkil etilishini taʼminlash, shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlash, uni oʻquv adabiyotlari, zamonaviy oʻquv-laboratoriya jihozlari va kompyuter texnikasi bilan taʼminlash boʻyicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Filial axborot-resurs markazini tayanch oliy taʼlim muassasasi tomonidan oʻquv, ilmiy va badiiy adabiyotlar bilan toʻldirish choralarini koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Fargʻona viloyati hokimligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Qoʻqon shahar, Usmon Nosir koʻchasi, 4-uy manzilida joylashgan Qoʻqon qurilish va iqtisodiyot kasb-hunar kollejining bino va inshootlarini tegishli hududi bilan birgalikda Filialga operativ boshqarish huquqi asosida bepul berish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilab qoʻyilsinki, Qoʻqon qurilish va iqtisodiyot kasb-hunar kolleji oʻquvchilari oʻqishni bitirgunlariga qadar Filial binolarida oʻquv jarayonini davom ettiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda 2019-yil va keyingi yillar uchun Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturlarini shakllantirishda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq Filial bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash va jihozlash loyihalarini ushbu dasturlarga belgilangan tartibda kiritilishini nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Belgilansinki, Filialning boshlangʻich faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida uning bino va inshootlarini joriy taʼmirlash va jihozlash (mebellar, kompyuter texnikasi, oʻquv adabiyotlari va boshqa moddiy-texnika vositalari) bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda Filialni belgilangan tartibda onlayn maʼruza hamda masofaviy taʼlim uchun telekommunikatsiya jihozlari va infratuzilmasi bilan taʼminlash, shuningdek, yuqori tezlikdagi Internet jahon axborot tarmogʻi hamda elektron taʼlim milliy tarmogʻiga ulash choralarini koʻrish yuzasidan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Quyidagilar Filialning faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Filialni saqlash xarajatlari 2018-yilda “Maorif” sohasi boʻyicha tasdiqlangan budjet parametrlari doirasida, 2019-yildan boshlab esa mazkur sohaga har yili ajratiladigan mablagʻlar doirasida amalga oshirilishini nazarda tutsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Filialga 2 ta, shu jumladan, 1 ta shaxsiy va 1 ta navbatchi avtotransport vositalarini saqlashga limit ajratilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Fargʻona viloyati hokimligi respublika oliy taʼlim muassasalaridan Filialga faoliyat yuritish uchun taklif etilgan professor-oʻqituvchilarni uy-joy bilan taʼminlash, uzoq muddatli, imtiyozli ipoteka kreditlarini ajratish choralarini koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi Oʻzbekiston milliy axborot agentligi hamda Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyatini Fargʻona viloyati ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduxakimov, oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Madjidov hamda Fargʻona viloyati hokimi Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 22-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
754-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-sentabrdagi 754-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filialining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TUZILMASI

Izoh. Filial (fakultetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy boʻlinmalar) xodimlarining cheklangan umumiy soni oliy taʼlim muassasalari uchun oʻrnatilgan normativlarga muvofiq aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-sentabrdagi 754-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018/2019 oʻquv yilida Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialida bakalavrlar tayyorlash boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QABUL KVOTALARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Shifr

Taʼlim yoʻnalishlari (mutaxassisliklar) nomi

2018/2019 oʻquv yili qabul rejasi*

Jami:

125

5310700

Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari (tarmoqlar boʻyicha)

25

5310800

Elektronika va asbobsozlik (tarmoqlar boʻyicha)

25

5320100

Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi (tarmoqlar boʻyicha)

25

5320300

Texnologik mashinalar va jihozlar (tarmoqlar boʻyicha)

25

5321900

Elektron apparaturalar ishlab chiqarish texnologiyasi

25

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. * 2018/2019 oʻquv yilida Filialga talabalar toʻlov-kontrakt asosida qabul qilinadi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2018-y., 09/18/754/2022-son)