28.08.2018 yildagi PQ-3924-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 28.08.2018 yildagi PQ-3924-son
Date of entry into force
30.08.2018
Hujjat 30.08.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-yanvardagi PF-5308-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 56-bandiga muvofiq, shuningdek, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibini takomillashtirish maqsadida:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda (Toshkent viloyatidan tashqari) boshqa davlatlardan kelgan va doimiy propiska qilinish huquqiga ega boʻlgan shaxslar — chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar toifalari roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilab qoʻyilsinki, boshqa davlatlardan kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda (Toshkent viloyatidan tashqari) doimiy propiska qilish mazkur qaror bilan tasdiqlangan Roʻyxat asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa davlat tashkilotlari rahbarlari ushbu shaxslarni lavozimidan ozod qilinganligi, boshqa ishga oʻtganligi yoki pensiyaga chiqqanligi toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabar bermaganlik uchun shaxsiy javobgarligi haqida ogohlantirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilansinki, boshqa davlatlardan kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda (Toshkent viloyatidan tashqari) doimiy propiska qilish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritish huquqiga:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-son qarori bilan tasdiqlangan Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishi mumkin boʻlgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari roʻyxatida koʻrsatilgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari rahbarlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar (Toshkent viloyatidan tashqari) hokimlari ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni doimiy va vaqtincha propiska qilish, shuningdek, turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibini nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov va Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 28-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-3924-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-avgustdagi PQ-3924-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda (Toshkent viloyatidan tashqari) boshqa davlatlardan kelgan va doimiy propiska qilinish huquqiga ega boʻlgan shaxslar — chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar toifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Qonun hujjatlariga muvofiq olingan uy-joyga ega boʻlgan chet el davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar — xususiy mulk qilib olingan uy-joyga.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Qarindoshlar — mazkur Roʻyxat kuchga kirgunga qadar oʻzlarining toʻgʻri shajara boʻyicha birinchi va ikkinchi darajadagi qarindoshlari doimiy propiska qilingan uy-joy maydoniga.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Er (xotin) — xotini (eri) doimiy propiska qilingan uy-joy maydoniga, basharti kamida besh yil birgalikda yashayotgan boʻlsa.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vasiylik va homiylikdagi shaxslar — vasiy (homiy) doimiy propiska qilingan uy-joy maydoniga.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Ota-onasi boʻlmagan voyaga yetmagan tugʻishgan aka-uka va opa-singillar — oʻzlarining tugishgan aka-uka yoki opa-singillari doimiy propiska qilingan uy-joy maydoniga.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Davlat hokimiyati organlariga, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlariga ishga taklif etiladigan yuqori malakali mutaxassislar, tor ixtisoslikdagi mutaxassislar tegishli organ yoki tashkilot rahbarining iltimosnomasiga koʻra, shuningdek, ularning oila aʼzolari (eri, xotini, shuningdek, ularning oʻz oilasi boʻlmagan farzandlari) — mazkur shaxslar lavozimda turadigan davrga.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasida hududida tugilgan yoki ilgari doimiy propiska qilingan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar — doimiy yashash uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarga (Toshkent viloyatidan tashqari) qaytib kelganida.