Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.04.2017 11.02.1992 yildagi 59-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarori , 11.02.1992 yildagi 59-son
Date of entry into force
11.02.1992
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.04.2017
Hujjat 11.02.1992 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING TUZILIShI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-sonli “Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kelishilgan moliya, soliq va narx siyosatini oʻtkazishni taʼminlash, moliya tizimini mustahkamlash, budjet mablagʻlaridan maqsadli foydalanish va narxlar ustidan nazoratning taʼsirini oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida moliya boshqaruvi organlari va narx belgilash tizimining tashkiliy tuzilishini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududida yagona moliya, soliq va narx qoʻyish siyosatini shakllantirish va oʻtkazish, bozor iqtisodiyotiga oʻtish sharoitlarida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning va aholini ijtimoiy himoya qilishning barqaror moliyaviy negizini barpo etish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliya organlari, ularning tasarrufidagi tashkilotlar va muassasalar faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, ularga oʻz vazifalarini amalga oshirishda metodik va amaliy yordam koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika budjetini tuzish va bajarish, daromadlarni safarbar qilish, xalq xoʻjaligi tarmoqlari va ijtimoiy-madaniy sohaning respublika va mintaqaviy maqsadli kompleks dasturlarini moliyaviy taʼminlash, respublikaning yigʻma moliyaviy balansini tuzish ishlarini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlatning moliyani boshqarishini, moliya-kredit mexanizmini, moliya va budjetni rejalashtirish usullarini, soliq olish va narx belgilash tizimlarini takomillashtirish, uzoq muddatli moliyaviy normalar va normativlardan keng foydalanish, budjet resurslari va boshqa moliyaviy resurslardan foydalanishning xarajatlarning oʻsishiga qarshi koʻrsatilganligini oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
narx belgilash masalalari yuzasidan vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, mahalliy boshqaruv organlarining faoliyatlarini muvofiqlashtirib borish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulotlarning (ishlar, xizmatlar) ayrim turlariga narxlar va tariflarning chegaraviy darajalarini belgilash (ularni asta sekin erkinlashtira borib) yoʻli bilan narxlar va tariflarni boshqarish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika konsernlari, uyushmalari, korxonalari va tashkilotlari tomonidan narxlar va tariflarning turi belgilanishi va qoʻllanilishi, ularning moliya intizomiga rioya qilishlari ustidan nazoratni taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliya bozorini barpo etish, qimmatdor qogʻozlar chiqarish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturlarini amalga oshirishning moliyaviy jihatlari, respublika davlat ichki zayomlarini joylashtirish, lotereyalar oʻtkazish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliya-valyuta siyosatining asosiy qoidalarini, respublikaning valyuta resurslarini koʻpaytirish va ulardan samarali foydalanish boʻyicha takliflarni tayyorlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika hududida tuziladigan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni, xalqaro birlashmalar va tashkilotlarni, shuningdek, ularning tarkibiy boʻlinmalarini roʻyxatga olish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
narxlar va tariflarning tasdiqlangan preyskurantlarini, moliya, soliq olish va narx belgilash masalalari boʻyicha maʼlumotnomalar va metodik materiallarni chiqarish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat ijtimoiy sugʻurtasi sohasidagi siyosatni amalga oshirish, yangi talablarni hisobga olgan holda uni takomillashtirish vazifalari yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur qarorning 1-bandidan kelib chiquvchi vazifalarga muvofiq nazorat-taftish ishini aniq tashkil etishni va uni oʻtkazishni muvofiqlashtirishni taʼminlasin, uning amaliyligini va natijadorligini oshirsin. Shu munosabat bilan vazirlik markaziy apparatida nazorat-taftish Bosh boshqarmasi, shuningdek, vazirlikning nazorat-taftish boshqarmasi, uning joylardagi organlari hamda respublika vazirliklari va idoralarining nazorat-taftish xizmatlari negizida Moliya vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha nazorat-taftish boshqarmalari tuzilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika vazirliklari va idoralari bir oy muddat ichida nazorat-taftish xizmatlarining 454 nafardan iborat xodimlari sonini tegishli yillik ish haqi fondi bilan 1-ilovaga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga bersinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari joylardagi narx organlarining xodimlari sonini va tegishli ish haqi fondlarini 2-ilovaga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalariga bersinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi markaziy apparatining tuzilishi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Moliya organlarining eng koʻp xodimlar soni 5323 nafardan, shu jumladan, Moliya vazirligi markaziy apparati xodimlari soni 307 nafardan iborat qilib belgilansin (binoni qoʻriqlovchi va xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlikning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi davlat sugʻurtasi bosh boshqarmasi toʻla xoʻjalik hisobida va oʻz xarajatlarini oʻzi qoplab ishlashi toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga vazirning yetti nafar oʻrinbosari, shu jumladan, bir nafar birinchi oʻrinbosari va vazirning oʻrinbosari — vazirlik huzuridagi davlat sugʻurtasi bosh boshqarmasi boshligʻi boʻlishiga ruxsat berilsin. Vazirlik hayʼati 11 kishidan iborat qilib belgilansin, uning shaxsiy aʼzolarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi oʻziga berilgan yangi funksiyalar va vazifalarni hisobga olib, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi toʻgʻrisidagi Nizomni 10 kun muddat ichida ishlab chiqsin hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlashga taqdim etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Moliya organlari va nazorat-taftish apparati xodimlarini koʻp yillik xizmatlari va ish staji uchun 4-ilovaga muvofiq miqdorlarda bir martalik taqdirlash tartibi belgilansin. Yillik ish yakunlari yuzasidan oylik lavozim maoshidan kelib chiqib haq toʻlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taftishlar va tekshirishlar natijasi boʻyicha talon-torojlik, oʻgʻirlash, kamomad va gʻayriqonuniy xarajatlardan undirib olingan budjet daromadlariga tushumlarning 15 foizi hisobiga moliya tizimini ijtimoiy rivojlantirish va xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish fondini tuzishga ruxsat berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vazirligi bir oy muddat ichida koʻrsatilgan fondni tuzish va undan foydalanish tartibini tasdiqlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Toshkent shahar hokimi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vazirligining yangi tuzilgan tarkibiy boʻlinmalarini 20 qavatli maʼmuriy binodagi davlat bosh soliq boshqarmasi egallab turgan joyga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat bosh soliq boshqarmasini ilgari Davlat narxlar qoʻmitasi va Narx belgilash ilmiy-tadqiqot institutining Oʻrta Osiyo boʻlimi egallab kelgan Abay koʻchasi, 4-uydagi joyga joylashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot qoʻmitasi, Moddiy-texnika taʼminoti davlat-kooperativ qoʻmitasi har yili Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga birkitilgan nomlardagi moddiy-texnika resurslarini respublikaning moliya organlari uchun belgilangan tartibda ajratishni nazarda tutsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1979-yil 9-oktabrdagi 700-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston SSR davlat sugʻurta organlari toʻgʻrisidagi Nizom 14-bandining birinchi xatboshi, Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1988-yil 4-maydagi 159, 1988-yil 3-noyabrdagi 413, 1989-yil 27-iyuldagi 241-son qarorlari va Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 15-oktabrdagi 257-son qarori, Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1988-yil 27-dekabrdagi 469-f-son farmoyishi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasi Raisining oʻrinbosari oʻrtoq B. S. Hamidovga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1992-yil 11-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
59-son

Vazirlar Mahkamasining
1992-yil 11-fevraldagi 59-son qaroriga
1-ILOVA

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGIGA NAZORAT-TAFTISh APPARATLARINI BERUVChI VAZIRLIKLAR ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nazorat-taftish apparati xodimlarining soni‎ Shu jumladan, respublika apparati xodimlarining soni‎ Yillik ish haqi fondi (ming soʻm)‎
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi‎‎‎ 2‎ 2‎ 21,2‎
Sogʻliqni saqlash vazirligi‎‎‎ 209‎ 7‎ 1550,7‎
Madaniyat vazirligi‎‎‎ 44‎ 4‎ 361,1‎
Xalq taʼlimi vazirligi‎‎‎ 192‎ 4‎ 1522,8‎
Mehnat vazirligi‎‎‎ 2‎ 2‎ 18,9‎
Davlat teleradio kompaniyasi‎‎‎ 3‎ 3‎ 27,9‎
Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi‎‎‎ 1‎ 1‎ 7,6‎
Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi‎‎‎ 1‎ 1‎ 13,3‎
Jami:‎‎‎ 454‎ 24‎ 3517,9‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
1992-yil 11-fevraldagi 59-son qaroriga
2-ILOVA

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGIGA, VILOYAT, TOShKENT ShAHAR VA NOHIYA MOLIYA BOShQARMALARI (BOʻLIMLARI)GA BERILADIGAN QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, VILOYATLAR VA TOShKENT ShAHRIDAGI NARX BELGILASh ORGANLARI XODIMLARINING SONI VA ISh HAQI FONDI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
‎‎‎ Narx belgilash organlari xodimlarining soni‎ Yillik ish haqi fondi (ming soʻm)‎
Qoraqalpogʻiston Respublikasi‎‎‎ 34‎ 419,5‎
Andijon viloyati‎‎‎ 39‎ 648,0‎
Buxoro viloyati‎‎‎ 38‎ 402,1‎
Jizzax viloyati‎‎‎ 24‎ 225,4‎
Qashqadaryo viloyati‎‎‎ 38‎ 438,5‎
Namangan viloyati‎‎‎ 40‎ 447,6‎
Samarqand viloyati‎‎‎ 53‎ 588,0‎
Surxondaryo viloyati‎‎‎ 26‎ 348,4‎
Sirdaryo viloyati‎‎‎ 18‎ 221,1‎
Toshkent viloyati‎‎‎ 24‎ 267‎
Fargʻona viloyati‎‎‎ 54‎ 399,8‎
Xorazm viloyati‎‎‎ 27‎ 227,7‎
Toshkent shahri‎‎‎ 38‎ 406,0‎
Jami:‎‎‎ 453‎ 5039,1‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
1992-yil 11-fevraldagi 59-son qaroriga
3-ILOVA

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATINING TUZILIShI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rahbariyat
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Davlat budjeti va hududiy moliya yigʻma boshqarmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Istiqbolni belgilash va daromadlarni iqtisodiy tahlil qilish boshqarmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Xoʻjalik yuritishning yangi shakllari va buxgalteriya hisobi metodologiyasi boshqarmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Narx belgilash bosh boshqarmasi
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Dehqonchilik-sanoat kompleksining moliya boshqarmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Sanoat, qurilish, transport, aloqa va uy-joy Kommunal xoʻjaligi moliya boshqarmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Boshqaruv, ijtimoiy rivojlanish va aholiga ijtimoiy madad berish organlarini moliyaviy taʼminlash boshqarmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Xizmat koʻrsatish sohalari, kooperativlar, qoʻshma va kichik korxonalar moliya boshqarmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Valyuta-iqtisodiyot boshqarmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Qimmatbaho metallar boshqarmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Bosh nazorat-taftish boshqarmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Ikkinchi boshqarma
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Kadrlar boshqarmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Ishlar boshqarmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Matbuot xizmati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi tashkilotlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Davlat sugʻurtasi bosh boshqarmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Axborot-hisoblash markazi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Moliya va narxlar ilmiy-tadqiqot instituti
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Narxnomalarni chiqaradigan va tarqatadigan xoʻjalik hisobidagi byuro
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
1992-yil 11-fevraldagi 59-son qaroriga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MOLIYA VA NAZORAT-TAFTISh ORGANLARIDA BIR MARTALIK TAQDIRLASh MIQDORLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya organlaridagi ish stajiga bogʻliq xizmat yillari uchun‎ Nazorat-taftish organlaridagi ish staji uchun‎ Oylik lavozim maoshining ulushida yillik taqdirlash miqdori‎
—‎ 3 dan 5 yilgacha‎ 0,6‎
5 dan 10 yilgacha‎ 5 dan 10 yilgacha‎ 0,8‎
10 dan 15 yilgacha‎ 10 dan 15 yilgacha‎ 1,0‎
15 dan 20 yilgacha‎ 15 dan 20 yilgacha‎ 1,2‎
20 yildan ortiq‎ 20 yildan ortiq‎ 1,5‎