O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING TUZILIShI TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-sonli “Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Kelishilgan moliya, soliq, valyuta va narx siyosatini o‘tkazishni ta’minlash, moliya tizimini mustahkamlash, budjet mablag‘laridan, valyuta resurslaridan maqsadli foydalanish va narxlar ustidan nazoratning ta’sirini oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida moliya boshqaruvi organlarining tashkiliy tuzilishini va narx belgilash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(qarorning muqaddimasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 31-iyuldagi 356-sonli qarori tahririda)
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga:
O‘zbekiston Respublikasi hududida yagona moliya, soliq va narx qo‘yish siyosatini shakllantirish va o‘tkazish, bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitlarida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning va aholini ijtimoiy himoya qilishning barqaror moliyaviy negizini barpo etish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish;
moliya organlari, ularning tasarrufidagi tashkilotlar va muassasalar faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, ularga o‘z vazifalarini amalga oshirishda metodik va amaliy yordam ko‘rsatish;
respublika budjetini tuzish va bajarish, daromadlarni safarbar qilish, xalq xo‘jaligi tarmoqlari va ijtimoiy-madaniy sohaning respublika va mintaqaviy maqsadli kompleks dasturlarini moliyaviy ta’minlash, respublikaning yig‘ma moliyaviy balansini tuzish ishlarini tashkil etish;
davlatning moliyani boshqarishini, moliya-kredit mexanizmini, moliya va budjetni rejalashtirish usullarini, soliq olish va narx belgilash tizimlarini takomillashtirish, uzoq muddatli moliyaviy normalar va normativlardan keng foydalanish, budjet resurslari va boshqa moliyaviy resurslardan foydalanishning xarajatlarning o‘sishiga qarshi ko‘rsatilganligini oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
mahsulotlarning (ishlar, xizmatlar) ayrim turlariga narxlar va tariflarning chegaraviy darajalarini belgilash (ularni asta sekin erkinlashtira borib) yo‘li bilan narxlar va tariflarni boshqarish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
moliya bozorini barpo etish, qimmatdor qog‘ozlar chiqarish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturlarini amalga oshirishning moliyaviy jihatlari, respublika davlat ichki zayomlarini joylashtirish, lotereyalar o‘tkazish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Oldingi tahrirga qarang.
moliya-valyuta siyosatining asosiy qoidalarini shakllantirish, respublikaning valyuta rejasini (to‘lov balansini) tuzish va ijro qilish, valyuta resurslarini ko‘paytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, ularni oqilona taqsimlash va ulardan samarali foydalanish ustidan nazorat o‘rnatish;
(1-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 31-iyuldagi 356-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
davlat ijtimoiy sug‘urtasi sohasidagi siyosatni amalga oshirish, yangi talablarni hisobga olgan holda uni takomillashtirish vazifalari yuklansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur qarorning 1-bandidan kelib chiquvchi vazifalarga muvofiq nazorat-taftish ishini aniq tashkil etishni va uni o‘tkazishni muvofiqlashtirishni ta’minlasin, uning amaliyligini va natijadorligini oshirsin. Shu munosabat bilan vazirlik markaziy apparatida nazorat-taftish Bosh boshqarmasi, shuningdek, vazirlikning nazorat-taftish boshqarmasi, uning joylardagi organlari hamda respublika vazirliklari va idoralarining nazorat-taftish xizmatlari negizida Moliya vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha nazorat-taftish boshqarmalari tuzilsin.
Respublika vazirliklari va idoralari bir oy muddat ichida nazorat-taftish xizmatlarining 454 nafardan iborat xodimlari sonini tegishli yillik ish haqi fondi bilan 1-ilovaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga bersinlar.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari joylardagi narx organlarining xodimlari sonini va tegishli ish haqi fondlarini 2-ilovaga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalariga bersinlar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi markaziy apparatining tuzilishi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Moliya organlarining eng ko‘p xodimlar soni 5323 nafardan, shu jumladan, Moliya vazirligi markaziy apparati xodimlari soni 307 nafardan iborat qilib belgilansin (binoni qo‘riqlovchi va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari).
Vazirlikning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi davlat sug‘urtasi bosh boshqarmasi to‘la xo‘jalik hisobida va o‘z xarajatlarini o‘zi qoplab ishlashi to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Vazirning besh nafar o‘rinbosari, shu jumladan ikki nafar birinchi o‘rinbosari bo‘lishiga ruxsat berilsin. Vazirlik hay’ati 11 kishidan iborat etib belgilansin, uning shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 4-martdagi 69-sonli qarori tahririda)
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi o‘ziga berilgan yangi funksiyalar va vazifalarni hisobga olib, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi to‘g‘risidagi Nizomni 10 kun muddat ichida ishlab chiqsin hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlashga taqdim etsin.
7. Moliya organlari va nazorat-taftish apparati xodimlarini ko‘p yillik xizmatlari va ish staji uchun 4-ilovaga muvofiq miqdorlarda bir martalik taqdirlash tartibi belgilansin. Yillik ish yakunlari yuzasidan oylik lavozim maoshidan kelib chiqib haq to‘lansin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Moliya vazirligining Nazorat-taftish boshqarmasi tomonidan aniqlangan taftishlar va talon-toroj, o‘g‘irlik, kamomad, noqonuniy sarf-xarajatlar summasini tekshirish natijalari, davlat ulushidan dividendlarning budjetga o‘z vaqtida o‘tkazilmaganligi uchun penya va jarimalar bo‘yicha budjet daromadiga tushumlarning 10 foizi hisobiga O‘zbekiston Respublikasi moliya tizimini ijtimoiy rivojlantirish va xodimlarni moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasini tashkil etishga ruxsat berilsin.
O‘zbekiston Respublikasi moliya tizimini ijtimoiy rivojlantirish va xodimlarni moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizom O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-noyabrdagi 520-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 22-son, 223-modda)
9. Toshkent shahar hokimi:
Moliya vazirligining yangi tuzilgan tarkibiy bo‘linmalarini 20 qavatli ma’muriy binodagi davlat bosh soliq boshqarmasi egallab turgan joyga;
davlat bosh soliq boshqarmasini ilgari Davlat narxlar qo‘mitasi va Narx belgilash ilmiy-tadqiqot institutining O‘rta Osiyo bo‘limi egallab kelgan Abay ko‘chasi, 4-uydagi joyga joylashtirsin.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot qo‘mitasi, Moddiy-texnika ta’minoti davlat-kooperativ qo‘mitasi har yili O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga birkitilgan nomlardagi moddiy-texnika resurslarini respublikaning moliya organlari uchun belgilangan tartibda ajratishni nazarda tutsinlar.
10. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1979-yil 9-oktabrdagi 700-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston SSR davlat sug‘urta organlari to‘g‘risidagi Nizom 14-bandining birinchi xatboshi, O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1988-yil 4-maydagi 159, 1988-yil 3-noyabrdagi 413, 1989-yil 27-iyuldagi 241-son qarorlari va Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 15-oktabrdagi 257-son qarori, O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1988-yil 27-dekabrdagi 469-f-son farmoyishi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari o‘rtoq B. S. Hamidovga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 11-fevral,
59-son
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGIGA NAZORAT-TAFTISh APPARATLARINI BERUVChI VAZIRLIKLAR RO‘YXATI
| | Nazorat-taftish apparati xodimlarining soni | Shu jumladan, respublika apparati xodimlarining soni | Yillik ish haqi fondi (ming so‘m) | |
| Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi | 2 | 2 | 21,2 | |
| Sog‘liqni saqlash vazirligi | 209 | 7 | 1550,7 | |
| Madaniyat vazirligi | 44 | 4 | 361,1 | |
| Xalq ta’limi vazirligi | 192 | 4 | 1522,8 | |
| Mehnat vazirligi | 2 | 2 | 18,9 | |
| Davlat teleradio kompaniyasi | 3 | 3 | 27,9 | |
| Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi | 1 | 1 | 7,6 | |
| Davlat jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi | 1 | 1 | 13,3 | |
| Jami: | 454 | 24 | 3517,9 | |
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGIGA, VILOYAT, TOShKENT ShAHAR VA NOHIYA MOLIYA BOShQARMALARI (BO‘LIMLARI)GA BERILADIGAN QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, VILOYATLAR VA TOShKENT ShAHRIDAGI NARX BELGILASh ORGANLARI XODIMLARINING SONI VA ISh HAQI FONDI
| | Narx belgilash organlari xodimlarining soni | Yillik ish haqi fondi (ming so‘m) | |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi | 34 | 419,5 | |
| Andijon viloyati | 39 | 648,0 | |
| Buxoro viloyati | 38 | 402,1 | |
| Jizzax viloyati | 24 | 225,4 | |
| Qashqadaryo viloyati | 38 | 438,5 | |
| Namangan viloyati | 40 | 447,6 | |
| Samarqand viloyati | 53 | 588,0 | |
| Surxondaryo viloyati | 26 | 348,4 | |
| Sirdaryo viloyati | 18 | 221,1 | |
| Toshkent viloyati | 24 | 267 | |
| Farg‘ona viloyati | 54 | 399,8 | |
| Xorazm viloyati | 27 | 227,7 | |
| Toshkent shahri | 38 | 406,0 | |
| Jami: | 453 | 5039,1 | |
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATINING TUZILIShI
Rahbariyat
1. Davlat budjeti va hududiy moliya yig‘ma boshqarmasi
2. Istiqbolni belgilash va daromadlarni iqtisodiy tahlil qilish boshqarmasi
3. Xo‘jalik yuritishning yangi shakllari va buxgalteriya hisobi metodologiyasi boshqarmasi
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
5. Dehqonchilik-sanoat kompleksining moliya boshqarmasi
6. Sanoat, qurilish, transport, aloqa va uy-joy Kommunal xo‘jaligi moliya boshqarmasi
7. Boshqaruv, ijtimoiy rivojlanish va aholiga ijtimoiy madad berish organlarini moliyaviy ta’minlash boshqarmasi
8. Xizmat ko‘rsatish sohalari, kooperativlar, qo‘shma va kichik korxonalar moliya boshqarmasi
9. Valyuta-iqtisodiyot boshqarmasi
10. Qimmatbaho metallar boshqarmasi
11. Bosh nazorat-taftish boshqarmasi
12. Ikkinchi boshqarma
13. Kadrlar boshqarmasi
14. Ishlar boshqarmasi
15. Matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi tashkilotlar
1. Davlat sug‘urtasi bosh boshqarmasi
2. Axborot-hisoblash markazi
3. Moliya va narxlar ilmiy-tadqiqot instituti
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 6-fevraldagi 63-son qarori bilan chiqarib tashlandi)
Vazirlar Mahkamasining
1992-yil 11-fevraldagi 59-son qaroriga
4-ILOVA
1992-yil 11-fevraldagi 59-son qaroriga
4-ILOVA
MOLIYA VA NAZORAT-TAFTISh ORGANLARIDA BIR MARTALIK TAQDIRLASh MIQDORLARI
| Moliya organlaridagi ish stajiga bog‘liq xizmat yillari uchun | Nazorat-taftish organlaridagi ish staji uchun | Oylik lavozim maoshining ulushida yillik taqdirlash miqdori |
| — | 3 dan 5 yilgacha | 0,6 |
| 5 dan 10 yilgacha | 5 dan 10 yilgacha | 0,8 |
| 10 dan 15 yilgacha | 10 dan 15 yilgacha | 1,0 |
| 15 dan 20 yilgacha | 15 dan 20 yilgacha | 1,2 |
| 20 yildan ortiq | 20 yildan ortiq | 1,5 |