Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.10.2021 20.08.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3057
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining buyrugʻi, 20.08.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3057
Date of entry into force
20.08.2018
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.10.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi loyiha boshqaruvi milliy agentligining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrug‘i
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat xaridlarini o‘tkazish bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lgan ixtisoslashgan tashkilotlar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 20-avgustda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3057]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 5-oktabrdagi 59-sonli ““Davlat xaridlarini o‘tkazish bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lgan ixtisoslashgan tashkilotlar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3057-1, 11.10.2021-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi savdoni yanada erkinlashtirish va savdo operatsiyalarining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018-yil 24-martdagi PQ-3624-son qaroriga muvofiq buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Davlat xaridlarini o‘tkazish bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lgan ixtisoslashgan tashkilotlar to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Direktor Sh. SADIKOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 11-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
219-son

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining 2018-yil 11-iyuldagi 219-son buyrug‘iga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat xaridlarini o‘tkazish bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lgan ixtisoslashgan tashkilotlar to‘g‘risidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-martdagi PQ-3624-son “Tashqi savdoni yanada erkinlashtirish va savdo operatsiyalarining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq davlat xaridlarini o‘tkazish bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lgan ixtisoslashgan tashkilotlarga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat buyurtmachisi — davlat xaridlarini amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat xaridi — tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) davlat buyurtmachilari tomonidan pulli asosda olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat xaridlarining subyektlari — davlat buyurtmachisi, xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisi, davlat xaridlarining ijrochisi, xarid komissiyasi, maxsus axborot portali operatori va ekspert;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ixtisoslashgan tashkilot — davlat buyurtmachisi topshirig‘iga ko‘ra, tovarlar, ishlar, xizmatlar davlat xaridini o‘tkazishni tashkil etish xizmatini shartnoma asosida pullik ravishda ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lgan, ushbu Nizom talablariga muvofiq keladigan yuridik shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xarid qilish tartib-taomili — davlat xaridi bo‘yicha xatti-harakatlar majmui;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e’lon — davlat xaridlarini amalga oshirish usuli, ushbu xaridlarning talablari va shartlari, takliflarni taqdim etish muddatlari hamda tartibi ko‘rsatilgan, davlat buyurtmachisi tomonidan maxsus axborot portaliga joylashtiriladigan bo‘lajak davlat xaridlari to‘g‘risidagi axborot.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunga asosan davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ixtisoslashgan tashkilotlar quyidagi davlat xaridlari bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rivojlantirish davlat dasturlarini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarida nazarda tutilgan loyihalarni, shuningdek davlat buyurtmachilarining xo‘jalik faoliyatini ro‘yobga chiqarishda amalga oshiriladigan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining budjet tizimi budjetlari va boshqa davlat maqsadli jamg‘armalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan donor mamlakatlar, xalqaro, hukumatga qarashli bo‘lgan va hukumatga qarashli bo‘lmagan chet el tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalar doirasida taqdim etiladigan chet el grantlari hamda O‘zbekiston Respublikasining kafolati ostida jalb etiladigan chet el kreditlari hisobidan moliyalashtiriladigan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ixtisoslashgan tashkilotlarni tanlash davlat buyurtmachisi tomonidan davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organning Internet tarmog‘idagi veb-saytida kamida bir oyda bir marotaba e’lon qilinadigan (yangilanadigan) ro‘yxatida mavjud bo‘lgan ixtisoslashgan tashkilotlar orasidan tanlov asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Ixtisoslashgan tashkilotlarga qo‘yiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Ixtisoslashgan tashkilotlar davlat xaridlarini o‘tkazishni tashkil etish bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatish uchun quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan yuridik shaxs bo‘lishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ixtisoslashgan tashkilotning ta’sischisi davlat xaridi subyekti bo‘lmasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq imtiyozlarini taqdim etuvchi va (yoki) ma’lumotlarni to‘liq ochishni va bank nazoratiga ma’lumotlarni (offshor hudud) taqdim etishni ko‘zda tutmagan, shuningdek yakuniy davlatlarda va hududlarda ro‘yxatdan o‘tmagan ixtisoslashgan tashkilot ta’sischilari safida bo‘lmasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shtatida xizmat ko‘rsatish bo‘yicha amaliy tajribaga ega bo‘lgan bir nafardan kam bo‘lmagan xodimga ega bo‘lishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus axborot portaliga ulanish imkonini ta’minlovchi dasturiy texnik qurilmaga ega bo‘lishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur Nizomning 5-bandi talablariga javob beradigan ixtisoslashgan tashkilot, davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organning Internet tarmog‘idagi veb-saytida e’lon qilinadigan ixtisoslashgan tashkilotlar ro‘yxatiga kiritish yuzasidan mazkur Nizomning ilovasida ko‘rsatilgan shakliga muvofiq ariza bilan davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organga murojaat etishga haqli. Bunda davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ tomonidan murojaatlar 5 kalendar kuni davomida ko‘rib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Ixtisoslashgan tashkilot:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat buyurtmachisidan xarid qilish tartib-taomillarini o‘tkazishni tashkillashtirish uchun zarur ma’lumotni olishga haqli;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat buyurtmachisi talabiga muvofiq istalgan bosqichda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot taqdim etishga majbur;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat xaridlarining asosiy prinsiplariga rioya qilgan holda xizmat ko‘rsatishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiya, davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ so‘roviga ko‘ra mazkur Nizomga rioya etilishi yuzasidan ma’lumot taqdim etishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat xaridlarining prinsiplarining buzilishiga yo‘l qo‘ymasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
insofsiz ishtirokchilarning davlat xaridlarida ishtirokini oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonun talablari asosida xarid tartib-taomillarini tashkil etishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Ixtisoslashgan tashkilot quyidagi xizmatlarni ko‘rsatadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarning (ishning, xizmatning) boshlang‘ich narxini aniqlaydi, qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
marketing va boshqa tadqiqotlarni o‘tkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
reklama ishlarini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xarid tartib-taomillar o‘tkazilishi to‘g‘risida xabarnomalarni, e’lon matnlarini va xarid hujjatlarini (tender yoki tanlov hujjatlari, texnik shartlar) rasmiylashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga muvofiq xarid tartib-taomili shartlari va talablari, xarid tartib-taomili bo‘yicha tushuntirishlar matnlarini tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat buyurtmachisiga xarid tartib-taomili turlari bo‘yicha taklif beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat buyurtmachisining yozma murojaatiga ko‘ra qonun hujjatlariga asosan davlat xaridlari tartibi va muddatlari to‘g‘risida maxsus axborot portalga ma’lumot joylashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xarid tartib-taomili ishtirokchilari g‘oliblari bilan imzolanadigan shartnomalar loyihalarini tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat buyurtmachisining yozma murojaatiga asosan maxsus axborot portali va boshqa ommaviy axborot vositalarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan davlat xaridlari to‘g‘risidagi e’lonlarni moliya manbalari mavjud bo‘lgan holda joylashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat buyurtmachisining yozma ko‘rsatmasiga binoan xarid tartib-taomili ishtirokchilariga takliflarning amal qilish muddatlarini aniq bir muddatga uzaytirish to‘g‘risida taklif bilan murojaat etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov va tender komissiyasi yig‘ilish bayonlarini rasmiylashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xarid tartib-taomili yakunlari bo‘yicha hisobotlarni shakllantiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xarid tartib-taomilida ishtirok etishga taklifnomalar yuborilishini ta’minlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xarid tartib-taomilini tashkil etishda ishtirok etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Yakuniy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Ixtisoslashgan tashkilot o‘zi tashkilotchi bo‘lgan xarid qilish tartib-taomili ishtirokchisi sifatida ishtirok eta olmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat xaridlarini o‘tkazish bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lgan ixtisoslashgan tashkilotlar to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organning Internet tarmog‘idagi
‎ veb-saytida e’lon qilinadigan ixtisoslashgan tashkilotlar
‎ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risidagi arizada ko‘rsatiladigan
‎MA’LUMOTLAR

1. Ixtisoslashgan tashkilotlar ro‘yxatiga kiritishingizni so‘rayman.

2. Arizachi to‘g‘risida ma’lumotlar:

‎‎a) Yuridik shaxsning to‘liq nomi;
b) Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR);
‎‎v) Xizmat ko‘rsatuvchi bankning nomi;
‎‎g) Bank kodi (MFO);
‎‎d) Hisob raqami;
‎‎e) Arizachining korporativ veb-sayti va litsenziyasi (agar mavjud bo‘lsa).
3. Arizachining joylashgan joyi ( pochta manzili)‎‎
‎‎4. Arizachi ustav jamg‘armasi va ta’sischilari to‘g‘risida ma’lumot.
‎‎Arizachining umumiy ta’sischilar soni:______
‎‎Arizachining ta’sischilari to‘g‘risida:

‎‎T/r‎

Ta’sischilar nomi (yuridik shaxslar to‘liq nomi, jismoniy shaxslar F.I.O.)

STIR

Yuridik shaxslarning yurisdiksiyasi, jismoniy shaxslarning fuqaroligi

Ustav jamg‘armasiga kiritilgan ulush miqdori (so‘mda, AQSh dollari, yevroda)

‎‎Ulush (foizda)

‎‎1.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

‎‎2.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎

‎‎...‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
5. Arizachining talablarga muvofiqligini tasdiqlash to‘g‘risida:
talablar bilan tanishdim;
‎‎talablarga muvofiqligini va ularga rioya etishni tasdiqlayman;
‎‎mazkur arizadagi mavjud ma’lumotlarning haqiqiyligini tasdiqlayman;

______________________________________________
‎‎‎‎(tashkilot rahbari)

‎‎___________________________________________
‎(imzo, F.I.O.)

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.08.2018-y., 10/18/3057/1783-son)