Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.08.2020 30.08.1996 yildagi 276-I-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 30.08.1996 yildagi 276-I-son
Date of entry into force
07.09.1996
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.08.2020
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy-hududiy tuzilish masalalarini hal etish tartibi to‘g‘risida
(nomi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-304-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 41-son, 449-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 28-avgustdagi O‘RQ-635-sonli “O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullarni tuzish, tugatish, ularning chegaralarini o‘zgartirish, ma’muriy markazlarni ko‘chirish hamda aholi punktlarini shahar, shaharchalari turkumiga o‘tkazish tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-304-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 41-son, 449-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. VILOYATLAR, TUMANLAR, QIShLOQLAR, OVULLARNI TUZISh VA TUGATISh
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Viloyatlarni tuzish va tugatish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tumanlarni tuzish va tugatish tegishli viloyat va Toshkent shahri hokimlarining iltimosnomasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpog‘iston Respublikasida tumanlarni tuzish va tugatish Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumatining taklifiga muvofiq Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligi bilan amalga oshiriladi. (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 69-moddasi.)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloqlar, ovullarni tuzish va tugatish tegishli tuman hokimlarining iltimosnomasiga asosan xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa — Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, VILOYATLAR, TUMANLAR, QIShLOQLAR, OVULLARNING ChEGARALARINI O‘ZGARTIRISh
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpog‘iston Respublikasining chegarasi faqat uning roziligi bilan Jo‘qorg‘i Kenges qaroriga asosan Oliy Majlis tomonidan o‘zgartirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Viloyatlar va tumanlarning chegaralarini o‘zgartirish tegishli viloyatlar, Toshkent shahri hokimlarining iltimosnomasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpog‘iston Respublikasida tumanlarning chegaralarini o‘zgartirish tegishli tuman hokimlarining iltimosnomasiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumatining taklifiga muvofiq Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloqlar va ovullar chegarasini o‘zgartirish, aholi punktlarini birlashtirish tegishli tuman hokimlarining iltimosnomasiga asosan xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa — Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, VILOYATLAR, TUMANLAR, QIShLOQLAR, OVULLARNING MA’MURIY MARKAZLARINI BELGILASh VA KO‘ChIRISh
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpog‘iston Respublikasining poytaxtini belgilash va ko‘chirish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligi bilan Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Viloyatlarning ma’muriy markazlarini belgilash va ko‘chirish tegishli viloyat hokimlarining iltimosnomasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tumanlar, qishloqlar, ovullarning ma’muriy markazlarini belgilash va ko‘chirish tegishli tuman hokimlarining iltimosnomasiga asosan xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa — Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. ShAHARLAR BO‘YSUNUVINI O‘ZGARTIRISh VA AHOLI PUNKTLARINI ShAHAR, ShAHARChALAR TURKUMIGA KIRITISh
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika (Qoraqalpog‘iston Respublikasida), viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar turkumiga, qoida tariqasida, kamida o‘ttiz ming aholisi bo‘lgan, muhim ma’muriy ahamiyat kasb etadigan, istiqbolli iqtisodiy va madaniy markazlar deb hisoblangan shaharlar kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaharlarni viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish, ularni qayta tuzish tegishli viloyat hokimlarining iltimosnomasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaharlarni respublika (Qoraqalpog‘iston Respublikasida) bo‘ysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish, ularni qayta tuzish Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumatining taklifiga muvofiq Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-modda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar turkumiga, qoida tariqasida, kamida yetti ming aholisi bo‘lgan, sanoat korxonalari va rivojlangan infrastrukturasi mavjud shaharchalar, aholi punktlari kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaharchalarni, aholi punktlarini tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish, ularni qayta tuzish tegishli viloyat hokimlarining iltimosnomasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa — tegishli tuman hokimlarining iltimosnomasiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumatining taklifiga muvofiq Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-modda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaharchalar turkumiga sanoat korxonalari, qurilishlar, temir yo‘l stansiyalari va boshqa muhim obyektlar yaqinida joylashgan hamda qoida tariqasida kamida ikki ming aholisi bo‘lgan aholi punktlari kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholi punktlarini shaharchalar turkumiga kiritish tegishli tuman hokimlarining iltimosnomasiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. ShAHARLAR, ShAHARChALARNING ChEGARALARINI BELGILASh VA KENGAYTIRISh
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-modda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaharlarning chegaralarini belgilash va kengaytirish tegishli viloyat, Toshkent shahri hokimlarining iltimosnomasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpog‘iston Respublikasida shaharlarning chegaralarini belgilash va kengaytirish tegishli tuman, shahar hokimlarining iltimosnomasiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumatining taklifiga muvofiq Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-modda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaharchalarning chegaralarini belgilash va kengaytirish tegishli tuman hokimlarining iltimosnomasiga asosan xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa — Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(VI bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-304-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2011-y., 41-son, 449-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(VII bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-304-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2011-y., 41-son, 449-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(VIII bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-304-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2011-y., 41-son, 449-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IX. MONUMENTAL SAN’AT ASARLARIGA NOM BERISh
(IX bo‘lim nomi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-304-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 41-son, 449-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(24-modda O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-304-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2011-y., 41-son, 449-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(25-modda O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-304-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2011-y., 41-son, 449-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(26-modda O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-304-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2011-y., 41-son, 449-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27-modda.

Monumental san’at asarlariga nom berish, ularga oid tagso‘z matnlarini tasdiqlash Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumati, viloyatlar, Toshkent shahri hokimliklari bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
(27-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(X bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-304-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2011-y., 41-son, 449-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XI. YAKUNIY QOIDALAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30-modda.

Viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullarni tuzish, tugatish, chegaralarini o‘zgartirish, ma’muriy markazlarni ko‘chirish, aholi punktlarini shahar, shaharchalar turkumiga o‘tkazish haqidagi qarorlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasida e’lon qilinishi shart.
(30-modda birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-304-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 41-son, 449-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mavjud aholi punktlari hisobining yuritilishini hamda yangi paydo bo‘lganlari ro‘yxatdan o‘tkazilishini tegishli ravishda Jo‘qorg‘i Kenges, viloyat hokimliklari ta’minlaydilar.
Oldingi tahrirga qarang.
(31-modda O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-304-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2011-y., 41-son, 449-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1996-yil 30-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
276-I-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 139-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda;2011-y., 41-son, 449-modda; 2017-y., 24-son, 487-modda)