Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
JIZZAX VILOYaTINING DAShTOBOD ShAHRINI VILOYaTGA BOʻYSUNUVChI ShAHARLAR TURKUMIGA KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. Jizzax viloyati hokimining tumanga boʻysunuvchi Dashtobod shahrini viloyatga boʻysunuvchi shaharlar turkumiga kiritish toʻgʻrisidagi iltimosi qondirilsin.
2. Xalq deputatlari Dashtobod shahar Kengashiga deputatlar saylovini oʻtkazish xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashiga topshirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1996-yil 30-avgust,
304-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 y., 9-son, 167-modda)