OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
qarori
VILOYaTLAR VA TOShKENT ShAHAR HOKIMLIKLARINING XODIMLARI SONI VA TAXMINIY TUZILIShI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 17-iyundagi 301-sonli “Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari apparati tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining mahalliy hokimiyat organlarini qayta tuzish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda viloyatlarda, shaharlarda va rayonlarda vakillik va ijroiya-boshqaruv hokimiyatining yagona organlari tuzilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Viloyat hokimlariga hokimlarining 7 ta oʻrinbosari, shu jumladan bitta birinchi oʻrinbosari boʻlishiga ruxsat berilsin.
3. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari oʻn kun muddat ichida shahar va rayon hokimliklarining xodimlari sonini va tuzilishini, mavjud xodimlar sonini 25 foizga qisqartirishni hisobga olgan holda, tasdiqlasinlar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hokimliklar apparati uchun zarur mehnat haqi fondini belgilasin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 7-fevral,
55-son
VILOYaTLAR VA TOShKENT ShAHAR HOKIMLIKLARI APPARATI XODIMLARINING SONI
|
Viloyatlar |
Xodimlar soni (birlik) |
| Andijon | 68 |
| Buxoro | 68 |
| Jizzax | 63 |
| Qashqadaryo | 68 |
| Namangan | 68 |
| Navoiy | 68 |
| Samarqand | 72 |
| Surxondaryo | 63 |
| Sirdaryo | 63 |
| Toshkent | 75 |
| Fargʻona | 72 |
| Xorazm | 63 |
| Toshkent shahri | 87 |
| Jami: | 898 |
VILOYaT HOKIMLIGINING TAXMINIY TUZILIShI
Izoh:
1. Viloyat hokimligining shtatlari soni qarorning 1-ilovasiga muvofiq belgilanadi (xizmat koʻrsatuvchi xodimlar sonidan tashqari).
2. Hokimlik rahbariyati huzurida tarmoq boʻlimlari tuzilmaydi, ish mutaxassislar guruhi tomonidan amalga oshiriladi.
TOShKENT ShAHAR HOKIMLIGINING TAXMINIY TUZILIShI
Izoh:
1. Toshkent shahar hokimligining shtatlari soni qarorning 1-ilovasiga muvofiq belgilanadi (xizmat koʻrsatuvchi xodimlar sonidan tashqari).
2. Komplekslar rahbarlari huzurida tarmoq boʻlimlari tuzilmaydi, ish tegishli mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi.