1-ILOVA
|
Tadbirlar nomi |
Bajarish muddatlari |
Masʼul bajaruvchilar |
Tadbirlarni amalga oshirish mexanizmi va ulardan kutilayotgan natija | |
|
I. Mahallalarda futbol maydonlari faoliyatini tashkil etish | ||||
|
1. |
Futbol maydonlarini xatlovdan oʻtkazish, qarovsiz holatdagi maydonlarni davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tadbirkorlarga berish masalasini koʻrib chiqish |
2018-yil oktabr |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
Futbol maydonlari va ularning mavjud holati yalpi xatlovdan oʻtkaziladi. Oʻtkazilgan xatlov natijalariga koʻra tuman (shahar) hokimliklari tomonidan qarovsiz yotgan davlat mulki boʻlgan futbol maydonlarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tadbirkorlarga berilishi taʼminlanadi. |
|
2. |
Futbol maydonlarini qurish istagida boʻlgan tadbirkorlar roʻyxatini shakllantirish hamda zarur hollarda kreditlar ajratilishini taʼminlash. |
2018-yil oktabr-noyabr |
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
Mahallalarda futbol maydonlari qurilishini tashkil etish boʻyicha tushuntirish ishlari olib borilib, barcha mahallalarda futbol maydoni qurish istagida boʻlgan tadbirkorlar biriktiriladi. |
|
3. |
Futbol maydonlarida texnika xavfsizligiga rioya etish qoidalarini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2018-yil 10-oktabr |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi |
Texnika xavfsizligiga rioya qilish qoidalari ishlab chiqiladi va futbol maydonining kirish qismiga oʻrnatiladi. Futbol maydonida shugʻullanuvchilar mazkur qoidalar bilan tanishishi va ularga qatʼiy amal qilishi barcha qonuniy vositalar bilan taʼminlanadi. Shu orqali futbol maydonlarida xavfsizlik taʼminlanishiga erishiladi. |
|
4. |
Sportga oid ommaviy axborot vositalarida “Mahallalarda futbol maydoni” turkumida maqolalar chop etib borish, koʻrsatuvlar tayyorlash hamda mahallalarda futbol maydonlarini saqlash va ulardan toʻgʻri foydalanish, yosh avlodning jismoniy va maʼnaviy rivojlanishida futbolning ahamiyati xususida davra suhbatlari oʻtkazish va targʻibot-tashviqot ishlarini olib borish. |
doimiy |
Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi |
Mahallalardagi futbol maydonlarini tashkil etishning foydali jihatlari aholi oʻrtasida ommalashadi. Futbol maydonlarini tashkil etish, saqlash va rivojlantirishga eʼtibor kuchayadi. |
|
II. Mahallalardagi futbol maydonlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, rivojlantirish hamda ularning boshqaruv tizimini takomillashtirish | ||||
|
5. |
Qarovsiz holdagi futbol maydonlarini tiklash hamda futbol maydonlari boʻlmagan mahallalarda boʻsh yer maydonlarini aniqlash va yangi maydonlarni qurish boʻyicha hududiy manzilli dasturga takliflar ishlab chiqish. |
2018-yil 10-oktabr |
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, |
Qarovsiz holdagi futbol maydonlari hamda futbol maydoni uchun boʻsh yerlar aniqlanadi. |
|
6. |
Mahallalarda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, futbol musobaqalarini tashkil etish boʻyicha yoʻriqnoma ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2018-yil |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi |
Ushbu yoʻriqnomani ishlab chiqilishi va mahallalarda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, futbol musobaqalarini toʻgʻri tashkil etilishiga xizmat qiladi. |
|
7. |
Futbol maydoni boʻlmagan mahallalarda davlat-xususiy sheriklik asosida futbol maydonlari qurish boʻyicha 2018 — 2022-yillarga moʻljallangan hududiy manzilli dasturlarni ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2018-yil 25-oktabr |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari respublika kengashi |
Mahallalarda futbol maydonlari qurilishining 2018 — 2022-yillarga moʻljallangan hududiy manzilli dasturlari tasdiqlanadi. Mahalla yoshlari uchun futbol maydonlari barpo etiladi. |
|
8. |
Mahallalarda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida zamonaviy futbol maydonlarini qurish boʻyicha 2018 — 2022-yillarga moʻljallangan hududiy manzilli dasturlar ijrosi monitoringini olib borish maqsadida mahalliy hokimliklar huzurida monitoring guruhini shakllantirish. |
2018-yil |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari respublika kengashi |
Futbol maydonlari sifatli va oʻz vaqtida qurilishi ustidan nazorat qilish hamda qurilgan maydonlar boʻyicha tizimli maʼlumot yuritiladi. |
|
9. |
Futbol maydonlariga qoʻyilgan talablar asosida futbol maydonlarining (mini-futbol, futbol) namunaviy loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2018-yil |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi |
Mahallarda tashkil etiladigan futbol maydonlari uchun ajratilgan moliyaviy mablagʻlar miqdoridan kelib chiqib, futbol maydonlarining yagona namunaviy loyihalari tanlov asosida aniqlanadi, ular asosida futbol maydonlari qurilishiga erishiladi. |
|
10. |
Futbol maydonlarini sifatli qurilishini taʼminlash maqsadida mahalla fuqarolar yigʻinlarida jamoatchilik nazorati guruhlarini shakllantirish. |
2018 — 2022-yillar |
Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi |
Mahallalarda tashkil etilayotgan futbol maydonlarini sifatli qurilishi ustidan jamoatchilik nazorati oʻrnatilishiga erishiladi. |
|
11. |
Tasdiqlangan hududiy manzilli dasturlar asosida namunaviy loyiha boʻyicha futbol maydonlarini davlat-xususiy sheriklik shartlarida qurish va taʼmirlash chora-tadbirlarini koʻrish hamda amalga oshirilgan ishlar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borish. |
doimiy |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
2018 — 2022-yillarda barcha mahallardagi futbol maydonlari zamonaviy qiyofaga keltiriladi, ular sport va oʻyin qurilmalari bilan jihozlanadi. Respublikaning har bir mahallasida kamida bitta futbol maydoni boʻlishiga erishiladi. |
|
12. |
Mahallalar oʻrtasida futbol boʻyicha musobaqalar oʻtkazilishini tizimli yoʻlga qoʻyish, gʻoliblarni munosib taqdirlash. |
doimiy |
Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi |
Mahallalar oʻrtasida tashkil etiladigan futbol musobaqalarida yoshlarni jismonan sogʻlom etib tarbiyalashga, iqtidorli yoshlarni futbolga jalb etishga xizmat qiladi. |
2-ILOVA
ILOVA
3-ILOVA
1-ILOVA
|
Bosqichlar |
Subyektlar |
Tadbirlar nomi |
Bajarish muddati |
||||||
|
↓ |
|||||||||
|
1-bosqich |
Maslahatchi |
Tuman (shahar) komissiyasiga ariza bilan murojaat etadi |
har yili yanvar va iyul oylarining 15-kuniga kadar |
||||||
|
↓ |
|||||||||
|
2-bosqich |
Tuman (shahar) komissiyasi |
Tuman (shahar) komissiyasi ragʻbatlantirish uchun tavsiya etilgan nomzodlar hujjatlarini koʻrib chiqadi va maslahatchilar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganib chiqib, tanlov gʻoliblarini aniqlaydi |
5 kun |
||||||
|
↓ |
|||||||||
|
3-bosqich |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Futbol assotsiatsiyasi |
Maslahatchilarni moddiy ragʻbatlantirish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boshqarmalari bank hisob raqamiga tegishli mablagʻlarni oʻtkazadi |
5-ish kuni |
||||||
|
↓ |
|||||||||
|
4-bosqich |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boshqarmalari |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boshqarmalari tomonidan moddiy ragʻbatlantirish uchun ajratilgan mablagʻlarni tanlovda gʻolib deb topilgan maslahatchilarga belgilangan tartibda toʻlaydi |
Har oyning 10-kuniga qadar |
||||||
2-ILOVA
|
lavozimi boʻyicha |
— |
tuman (shahar) hokimi, Komissiya rahbari |
|
lavozimi boʻyicha |
— |
Tuman (shahar) mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi, Komissiya rahbarining oʻrinbosari |
|
lavozimi boʻyicha |
— |
tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimi boshligʻining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari |
|
lavozimi boʻyicha |
— |
jismoniy tarbiya va sport boshqarmasining tuman (shahar) boʻlimi boshligʻi |
|
lavozimi boʻyicha |
— |
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tuman (shahar) kengashi raisi, Komissiya kotibi |