10.08.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3051
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining buyrugʻi, 10.08.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3051
Date of entry into force
11.08.2018
Hujjat 06.04.2026 sanasi holatiga
Joriy versiya
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining

buyrugʻi
buyrugʻi
“Sportchi” lavozimiga qoʻyiladigan talablar, ularga oylik ish haqi va ustamalar belgilash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida

[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 10-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3051]

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-sentabrdagi 733-son “Respublika oliy sport mahorati maktablari va ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablarida sportchi lavozimini joriy etish hamda ularga oylik ish haqi va ustamalar belgilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:

1. “Sportchi” lavozimiga qoʻyiladigan talablar, ularga oylik ish haqi va ustamalar belgilash toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Vazir Sh. ISROILOV
Vazir Sh. ISROILOV
Toshkent sh.,
Toshkent sh.,
2018-yil 20-iyul,
2018-yil 20-iyul,
11-mh-son
11-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining 2018-yil 20-iyuldagi 11-mh-son buyrugʻiga
ILOVA

“Sportchi” lavozimiga qoʻyiladigan talablar, ularga oylik ish haqi va ustamalar belgilash toʻgʻrisidagi

NIZOM
NIZOM
Mazkur Nizom “sportchi” lavozimiga qoʻyiladigan talablar, ularga oylik ish haqi va ustamalar belgilash tartibini nazarda tutadi.

1-bob. Umumiy qoidalar
1-bob. Umumiy qoidalar
1. “Sportchi” lavozimi Sport turlarini rivojlantirish respublika markazlari va ixtisoslashtirilgan sport maktablarining shtat jadvallarida nazarda tutiladi.

2. Sport turlarini rivojlantirish respublika markazlari va ixtisoslashtirilgan sport maktablarida “sportchi” lavozimi boʻyicha shtat birliklari soni sport turlari boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoalarining aʼzolari sonidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.

3. Musobaqalarga tayyorgarlik koʻrish, yuqori natijalarga erishish, Oʻzbekiston Respublikasini xalqaro miqyosda yuqori oʻrinlarga koʻtarish, shuningdek sport turlari boʻyicha sport mutaxassislari oʻrtasida kasbiy tajriba almashish “sportchi” lavozimining asosiy vazifalari hisoblanadi.

2-bob. “Sportchi” lavozimiga qoʻyiladigan talablar

4. “Sportchi” lavozimiga qabul qilish uchun quyidagi talablar qoʻyiladi:

tanlagan Olimpiya sport turlari bilan muntazam shugʻullanishi, doimo oʻzining sport mahoratini oshirib borishi va sport tadbirlarida qatnashishi;

Sport turlarini rivojlantirish respublika markazlari yoki ixtisoslashtirilgan sport maktablarining birida shugʻullanishi;

Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan sport turlari boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoalarining asosiy tarkibidagi sportchi boʻlishi;

tanlagan Olimpiya sport turlari boʻyicha tegishli sport unvonlari yoki sport razryadlariga ega boʻlishi.

5. “Sportchi” lavozimidagi sportchining majburiyatlari:

sport rejimiga, intizomga amal qilish;
sport rejimiga, intizomga amal qilish;
ommaviy sport tadbirlarini tashkillashtirishda yordam berish, shuningdek qatnashish;

sport-sogʻlomlashtirish mashgʻulotlarini oʻtkazilishiga koʻmaklashish;

kasbiy kasallik va sport jarohatining oldini olish maqsadida majburiy davriy tibbiy koʻriklardan oʻtish;

musobaqa qoidalariga asosan taqiqlangan uslublardan, shuningdek sunʼiy stimulyator — doping va boshqa taqiqlangan vositalardan foydalanmaslik.

6. “Sportchi” lavozimidagi sportchilarning mehnat munosabatlari Oʻzbekiston Respublikasining mehnat qonunchiligi normalari bilan tartibga solinadi.

7. Sportchilar Oʻzbekiston milliy terma jamoalarining asosiy tarkibidan chiqarilgan taqdirda ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasi belgilangan tartibda bekor qilinadi. Bunda u faqat “sportchi” lavozimidan ozod qilinadi, biroq sportchi shugʻullanayotgan Sport turlarini rivojlantirish respublika markazi yoki ixtisoslashtirilgan sport maktabida shugʻullanishini davom ettirishi mumkin.

3-bob. “Sportchi” lavozimiga oylik ish haqi va ustamalar belgilash

8. “Sportchi” lavozimi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 15-iyuldagi 235-son “Budjet tashkilotlarida ishlaydigan jismoniy tarbiya va sport sohasidagi mutaxassislarning kasblari va lavozimlari boʻyicha tarif razryadlarini tasdiqlash haqida”gi qarori asosida va tegishli hududlarda rayon koeffitsiyentini qoʻllagan holda ish haqi toʻlanadi.

9. “Sportchi” lavozimiga ustamalar Sport turlarini rivojlantirish respublika markazlari hamda ixtisoslashtirilgan sport maktablari rahbari tomonidan Olimpiya va Osiyo oʻyinlari, jahon va Osiyo chempionatlarida va boshqa sport musobaqalarida erishgan natijalaridan kelib chiqib, Sport turlarini rivojlantirish respublika markazi va ixtisoslashtirilgan sport maktabi trenerlar kengashining qaroriga asosan ularning lavozim ish haqiga nisbatan moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi doirasida belgilanadi.

10. “Sportchi” lavozimiga Budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 177, 1995-yil 20-sentabr) muvofiq ustamalar beriladi.

Bunda, sport musobaqalarida yuqori yutuqlarga erishganlik uchun lavozim maoshi (tarif stavkasi)ning koʻpi bilan 50 foizi miqdorida shaxsiy ustamalar berilishi mumkin.

11. “Sportchi” lavozimidagi sportchining sport natijalari yomonlashganda va u “sportchi” lavozimiga qoʻyilgan talablarni lozim darajada bajarmaganda, sportchi tomonidan mehnat intizomi buzilganda ustamalar Sport turlarini rivojlantirish respublika markazi va ixtisoslashtirilgan sport maktabi trenerlar kengashining qaroriga asosan bekor qilinadi yoki kamaytiriladi.

12. “Sportchi” lavozimi boʻyicha mehnatga haq toʻlash xarajatlari Sport turlarini rivojlantirish respublika markazi va ixtisoslashtirilgan sport maktabining tasdiqlangan mehnatga haq toʻlash fondi doirasida amalga oshiriladi.

4-bob. Yakuniy qoidalar
4-bob. Yakuniy qoidalar
13. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.

14. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishilgan.

Moliya vaziri D. KUCHKAROV
Moliya vaziri D. KUCHKAROV
2018-yil 20-iyul
2018-yil 20-iyul
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sh. KUDBIYEV