Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.04.2026 10.08.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3051
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining buyrugʻi, 10.08.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3051
Date of entry into force
11.08.2018
Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.04.2026
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrugʻi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sportchi” lavozimiga qoʻyiladigan talablar, ularga oylik ish haqi va ustamalar belgilash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 10-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3051]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining 2026-yil 31-martdagi 16-mh-sonli ““Sportchi” lavozimiga qoʻyiladigan talablar, ularga oylik ish haqi va ustamalar belgilash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3051-2, 03.04.2026-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-sentabrdagi 733-son “Respublika oliy sport mahorati maktablari va ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablarida sportchi lavozimini joriy etish hamda ularga oylik ish haqi va ustamalar belgilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. “Sportchi” lavozimiga qoʻyiladigan talablar, ularga oylik ish haqi va ustamalar belgilash toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazir Sh. ISROILOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 20-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-mh-son

Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining 2018-yil 20-iyuldagi 11-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sportchi” lavozimiga qoʻyiladigan talablar, ularga oylik ish haqi va ustamalar belgilash toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

Mazkur Nizom “sportchi” lavozimiga qoʻyiladigan talablar, ularga oylik ish haqi va ustamalar belgilash tartibini nazarda tutadi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirining 2023-yil 1-noyabrdagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3051-1, 22.11.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2023-y., 10/23/3051-1/0871-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. “Sportchi” lavozimi Sport turlarini rivojlantirish respublika markazlari va ixtisoslashtirilgan sport maktablarining shtat jadvallarida nazarda tutiladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirining 2023-yil 1-noyabrdagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3051-1, 22.11.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2023-y., 10/23/3051-1/0871-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Sport turlarini rivojlantirish respublika markazlari va ixtisoslashtirilgan sport maktablarida “sportchi” lavozimi boʻyicha shtat birliklari soni sport turlari boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoalarining aʼzolari sonidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirining 2023-yil 1-noyabrdagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3051-1, 22.11.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2023-y., 10/23/3051-1/0871-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Musobaqalarga tayyorgarlik koʻrish, yuqori natijalarga erishish, Oʻzbekiston Respublikasini xalqaro miqyosda yuqori oʻrinlarga koʻtarish, shuningdek sport turlari boʻyicha sport mutaxassislari oʻrtasida kasbiy tajriba almashish “sportchi” lavozimining asosiy vazifalari hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. “Sportchi” lavozimiga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “Sportchi” lavozimiga qabul qilish uchun quyidagi talablar qoʻyiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlagan Olimpiya sport turlari bilan muntazam shugʻullanishi, doimo oʻzining sport mahoratini oshirib borishi va sport tadbirlarida qatnashishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sport turlarini rivojlantirish respublika markazlari yoki ixtisoslashtirilgan sport maktablarining birida shugʻullanishi;
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirining 2023-yil 1-noyabrdagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3051-1, 22.11.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2023-y., 10/23/3051-1/0871-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan sport turlari boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoalarining asosiy tarkibidagi sportchi boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlagan Olimpiya sport turlari boʻyicha tegishli sport unvonlari yoki sport razryadlariga ega boʻlishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “Sportchi” lavozimidagi sportchining majburiyatlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sport rejimiga, intizomga amal qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy sport tadbirlarini tashkillashtirishda yordam berish, shuningdek qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sport-sogʻlomlashtirish mashgʻulotlarini oʻtkazilishiga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasbiy kasallik va sport jarohatining oldini olish maqsadida majburiy davriy tibbiy koʻriklardan oʻtish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
musobaqa qoidalariga asosan taqiqlangan uslublardan, shuningdek sunʼiy stimulyator — doping va boshqa taqiqlangan vositalardan foydalanmaslik.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. “Sportchi” lavozimidagi sportchilarning mehnat munosabatlari Oʻzbekiston Respublikasining mehnat qonunchiligi normalari bilan tartibga solinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Sportchilar Oʻzbekiston milliy terma jamoalarining asosiy tarkibidan chiqarilgan taqdirda ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasi belgilangan tartibda bekor qilinadi. Bunda u faqat “sportchi” lavozimidan ozod qilinadi, biroq sportchi shugʻullanayotgan Sport turlarini rivojlantirish respublika markazi yoki ixtisoslashtirilgan sport maktabida shugʻullanishini davom ettirishi mumkin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirining 2023-yil 1-noyabrdagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3051-1, 22.11.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2023-y., 10/23/3051-1/0871-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. “Sportchi” lavozimiga oylik ish haqi va ustamalar belgilash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. “Sportchi” lavozimi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 15-iyuldagi 235-son “Budjet tashkilotlarida ishlaydigan jismoniy tarbiya va sport sohasidagi mutaxassislarning kasblari va lavozimlari boʻyicha tarif razryadlarini tasdiqlash haqida”gi qarori asosida va tegishli hududlarda rayon koeffitsiyentini qoʻllagan holda ish haqi toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. “Sportchi” lavozimiga ustamalar Sport turlarini rivojlantirish respublika markazlari hamda ixtisoslashtirilgan sport maktablari rahbari tomonidan Olimpiya va Osiyo oʻyinlari, jahon va Osiyo chempionatlarida va boshqa sport musobaqalarida erishgan natijalaridan kelib chiqib, Sport turlarini rivojlantirish respublika markazi va ixtisoslashtirilgan sport maktabi trenerlar kengashining qaroriga asosan ularning lavozim ish haqiga nisbatan moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi doirasida belgilanadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirining 2023-yil 1-noyabrdagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3051-1, 22.11.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2023-y., 10/23/3051-1/0871-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. “Sportchi” lavozimiga Budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 177, 1995-yil 20-sentabr) muvofiq ustamalar beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, sport musobaqalarida yuqori yutuqlarga erishganlik uchun lavozim maoshi (tarif stavkasi)ning koʻpi bilan 50 foizi miqdorida shaxsiy ustamalar berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. “Sportchi” lavozimidagi sportchining sport natijalari yomonlashganda va u “sportchi” lavozimiga qoʻyilgan talablarni lozim darajada bajarmaganda, sportchi tomonidan mehnat intizomi buzilganda ustamalar Sport turlarini rivojlantirish respublika markazi va ixtisoslashtirilgan sport maktabi trenerlar kengashining qaroriga asosan bekor qilinadi yoki kamaytiriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirining 2023-yil 1-noyabrdagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3051-1, 22.11.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2023-y., 10/23/3051-1/0871-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. “Sportchi” lavozimi boʻyicha mehnatga haq toʻlash xarajatlari Sport turlarini rivojlantirish respublika markazi va ixtisoslashtirilgan sport maktabining tasdiqlangan mehnatga haq toʻlash fondi doirasida amalga oshiriladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirining 2023-yil 1-noyabrdagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3051-1, 22.11.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2023-y., 10/23/3051-1/0871-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Yakuniy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vaziri D. KUCHKAROV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 20-iyul

Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sh. KUDBIYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 20-iyul
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 10/18/3051/1693-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 22.11.2023-y., 10/23/3051-1/0871-son)