07.08.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3048
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi, Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining qarori, 07.08.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3048
Date of entry into force
09.11.2018
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi
Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

Nogironligi boʻlgan shaxslar avtotransport vositalarining toʻxtab turish joylariga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 7-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3048]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-martdagi 183-son “Nogironligi boʻlgan shaxslarning avtotransport vositalaridan foydalanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi va Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Nogironligi boʻlgan shaxslar avtotransport vositalarining toʻxtab turish joylariga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,

2018-yil 17-iyul,

40-son

Sogʻliqni saqlash vaziri A. SHADMANOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 17-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi raisi A. ABDUVALIYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 17-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
253-son

Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi boshligʻi D. DEHQONOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 17-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1/210-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktori A. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 17-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
k-14-son

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi va Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining 2018-yil 17-iyuldagi 40, 40, 253, 1/210, k-14-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nogironligi boʻlgan shaxslar avtotransport vositalarining toʻxtab turish joylariga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-martdagi 183-son “Nogironligi boʻlgan shaxslarning avtotransport vositalaridan foydalanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq nogironligi boʻlgan shaxslar avtotransport vositalarining bozorlar, savdo majmualari va boshqa obyektlar hududlaridagi avtotransport vositalarining toʻxtab turish joylariga, avtotransport vositalarining toʻxtab turish joylaridan uzoq va noqulay joyda joylashgan infratuzilma obyektlari atrofidagi avtomobil yoʻllari va koʻchalarning chetida tashkil etiladigan toʻxtab turish joylariga qoʻyiladigan talablarni belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Nogironligi boʻlgan shaxslarning avtotransport vositalarini toʻxtab turishi uchun bozorlar, savdo majmualari va boshqa obyektlar hududlaridagi avtotransport vositalari toʻxtab turish joylarining kirish va chiqish qulay boʻlgan qismida nogironligi boʻlgan shaxslarning avtotransport vositalari toʻxtab turish joylari tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nogironligi boʻlgan shaxslar avtotransport vositalarining toʻxtab turish joylari toʻxtab turish joyi umumiy maydonining kamida 5 foizini (kamida 2 ta joy) tashkil etishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Nogironligi boʻlgan shaxslar avtotransport vositalarining toʻxtab turish joylariga Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 24-dekabrdagi 370-son qarori bilan tasdiqlangan Yoʻl harakati qoidalarining 1-ilovasiga muvofiq “5.15. Toʻxtab turish joyi” va “7.17. Nogironlar” yoʻl belgilari oʻrnatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Nogironligi boʻlgan shaxslarning avtotransport vositalari uchun ajratilgan toʻxtab turish joylaridan “Nogiron haydovchi boshqarayotgan avtomobil” taniqlik belgisi oʻrnatilgan avtotransport vositasini boshqarayotgan I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar — nogironlikni tasdiqlovchi tibbiy maʼlumotnomasi hamda 16 yoshgacha nogiron bolasi boʻlgan ota-onalar (yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) — 16 yoshgacha nogiron bola uchun tayinlangan tegishli pensiya guvohnomasi boʻlganda foydalanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nogironligi boʻlgan shaxslarning avtotransport vositalari uchun ajratilgan toʻxtab turish joylaridan foydalanganlik uchun haq olinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Bozorlar, savdo majmualari va boshqa obyektlar hududlaridagi hamda avtotransport vositalarining toʻxtab turish joylaridan uzoq va noqulay joyda joylashgan infratuzilma obyektlari atrofidagi nogironligi boʻlgan shaxslarning avtotransport vositalari toʻxtab turish joylariga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Bozorlar, savdo majmualari va boshqa obyektlar hududlaridagi nogironligi boʻlgan shaxslarning avtotransport vositalari toʻxtab turish joylari mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq namunaviy chizma asosida jihozlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Koʻp qavatli avtotransport vositalari toʻxtash joylarida nogironligi boʻlgan shaxslar avtotransport vositalarining toʻxtab turishi uchun joylar birinchi qavatda va boshqa qavatlarda liftga yaqin joylardan ajratilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Bozorlar, savdo majmualari va boshqa obyektlar hududlaridagi nogironligi boʻlgan shaxslarning avtotransport vositalari toʻxtab turish joylariga koʻk fonda 2x2 metr oʻlchamli sariq chiziqli nogironligi boʻlgan shaxs avtotransport vositasining toʻxtab turish joyini bildiruvchi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 24-dekabrdagi 370-son qarori bilan tasdiqlangan Yoʻl harakati qoidalarining 2-ilovasiga muvofiq 1.24 “Nogironligi boʻlgan shaxslarning avtotransport vositalari toʻxtab turish joyi” yotiq chizigʻi chiziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Nogironligi boʻlgan shaxs avtotransport vositasi uchun ajratiladigan joylarga chiziladigan yotiq chiziq va oʻrnatiladigan yoʻl belgilarining oʻlchamlari yoʻl harakatini boshqarishning texnik vositalarini qoʻllashni belgilovchi normativ hujjatlarning talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Bozorlar, savdo majmualari va boshqa obyektlar hududlaridagi nogironligi boʻlgan shaxslarning avtotransport vositalari toʻxtab turish joylarining oʻlchamlari avtomobil harakat yoʻnalishiga burchak ostida qoʻyilganda eni 3,5 metr, uzunligi 5 metr, harakat yoʻnalishiga parallel qoʻyilganda eni 2,5 metr, uzunligi 7,5 metr boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Bozorlar, savdo majmualari va boshqa obyektlar hududlaridagi nogironligi boʻlgan shaxslarning avtotransport vositalari toʻxtab turishi uchun ajratilgan joylarga chizilgan yotiq chiziqlar haydovchiga yaxshi koʻrinadigan boʻlishi zarur
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Nogironligi boʻlgan shaxslarning avtotransport vositalari uchun moʻljallangan joylarni jihozlash ishlari hamda yoʻlning yotiq chiziqlarini soz holatda va yaxshi koʻrinishga ega boʻlishini taʼminlanishi mazkur avtoturargohga yoki avtomobil yoʻliga egalik qiluvchi subyektlar tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Avtotransport vositalarining toʻxtab turish joylaridan uzoq va noqulay joyda joylashgan infratuzilma obyektlari (sogʻliqni saqlash muassasalari, sport-sogʻlomlashtirish majmualari, ijtimoiy obyekt va boshqalar) atrofida nogironligi boʻlgan shaxslarning avtotransport vositalari toʻxtab turish joylari tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nogironligi boʻlgan shaxslar avtotransport vositalarining toʻxtab turish joylari mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq namunaviy chizma asosida jihozlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Avtotransport vositalarining toʻxtab turish joylaridan uzoq va noqulay joyda joylashgan infratuzilma obyektlari atrofidagi nogironligi boʻlgan shaxslarning avtotransport vositalari toʻxtab turish joylari mazkur Nizomning 8-bandiga muvofiq oʻlchamlarda boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Savdo-sanoat palatasi raisi A. IKRAMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 10-iyul

Nogironligi boʻlgan shaxslar avtotransport vositalarining toʻxtab turish joylariga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

Nogironligi boʻlgan shaxslarning avtomobillari uchun toʻxtash joylarining jixozlanishi boʻyicha namunaviy
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
CHIZMA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nogironligi boʻlgan shaxslar avtotransport vositalarining toʻxtab turish joylariga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nogironligi boʻlgan shaxslarning avtomobillari uchun qisqa muddatli toʻxtash joylarining jixozlanishi boʻyicha namunaviy
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
CHIZMA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2018-y., 10/18/3048/1625-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)