Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.08.2006 13.02.1996 yildagi 58-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 13.02.1996 yildagi 58-son
Date of entry into force
13.02.1996
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.08.2006
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

ADABIYOT, SANʼAT VA MEʼMORCHILIK SOHASIDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MUKOFOTLARI BERISH TARTIBINI TAKOMILLASHTIRISH TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 8-avgustdagi 168-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohasidagi davlat mukofotlarini taʼsis etish toʻgʻrisida” 2006-yil 25-iyuldagi PF–3781–son Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbek adabiyoti, sanʼati va meʼmorchiligi rivojidagi ulkan yutuqlarni ragʻbatlantirish tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohasida Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofotlarini 1996-yildan boshlab, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan, har uch yilda bir marta Mustaqillik bayrami arafasida berish tartibi joriy qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Alisher Navoiy nomidagi uchta Davlat mukofotlarining har biri 200 ta eng kam oylik ish haqi miqdorida belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Adabiyot va sanʼat sohasida Abdulla Qodiriy nomidagi Davlat mukofotlarini 1997-yildan boshlab. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan, har uch yilda bir marta Mustaqillik bayrami arafasida berish tartibi joriy qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Abdulla Qodiriy nomidagi uchta Davlat mukofotlarining har biri 80 ta eng kam oylik ish haqi miqdorida belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tasviriy va amaliy sanʼat, xalq hunarmandchiligi sohasida Kamoliddin Behzod nomidagi Davlat mukofotlarini 1997-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan har uch yilda bir marta Mustaqillik bayrami arafasida berish tartibi joriy qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kamoliddin Behzod nomidagi uchta Davlat mukofotining har biri 80 ta eng kam oylik ish haqi miqdorida belgilansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 26-martdagi 158-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar belgilansin
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Alisher Navoiy, Kamoliddin Behzod va Abdulla Qodiriy nomidagi Davlat mukofotlarini berish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi;
(3-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 26-martdagi 158-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Davlat mukofotlari qoʻmitasining maqomi, tarkibi, vakolat muddati va vazifalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Nizom bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Yangi tahrirda ilova qilinayotgan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohasida Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofoti toʻgʻrisidagi Nizom (1-ilova);
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining adabiyot va sanʼat sohasida Abdulla Qodiriy nomidagi Davlat mukofoti toʻgʻrisidagi Nizom (2-ilova);
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 26-martdagi 158-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofotlari qoʻmitasi toʻgʻrisidagi Nizom (3-ilova);
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 26-martdagi 158-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qoʻmita ishchi guruhining faoliyati uchun har yili respublika budjetidan tegishli mablagʻ ajratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 6-fevraldagi 33-son va 1993-yil 10-maydagi 215-son qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy masalalar va madaniyat boʻlimiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1996-yil 13-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
58-son

Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
13-fevraldagi 58-son qaroriga
1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasining Adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohasida Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofoti toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1. Oʻzbekiston Respublikasining Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofoti badiiy ijod sohasidagi eng oliy mukofotdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofoti Oʻzbekiston Respublikasining madaniy hayotida katta voqea boʻlgan, milliy qadriyatlar xazinasini boyitgan adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohasidagi eng yorqin va sermazmun asarlar uchun beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofotiga respublikada hamda chet ellarda eʼlon qilingan, alohida kitob shaklida nashr qilingan, ommaviy ravishda ijro etilgan, koʻrsatilgan va namoyish qilingan hamda keng jamoatchilik tomonidan yuqori baholangan badiiy asarlar, sanʼat namunalari taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hujjatlarni taqdim etish va rasmiylashtirish tartibi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat mukofotlari Qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofotiga taqdim etilgan ishlar vazirliklar, davlat qoʻmitalari, ijodiy uyushmalarning respublika miqyosidagi idoralari va xalqaro jamoat tashkilotlarining qarorlari asosida Qoʻmita tomonidan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnat jamoalari, ijodiy va ilmiy jamoalar yuqorida qayd etilgan tashkilotlarga Oʻzbekiston Respublikasining Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofotini olishga nomzod koʻrsatish boʻyicha takliflar kiritish, shuningdek, tavsiya etilgan ishlarga doir oʻz fikr mulohazalarini qoʻmitaga maʼlum qilish huquqiga egadirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasining boshqa Davlat mukofotlariga ilgari sazovor boʻlgan asarlar Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofotiga tavsiya etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Ishlarni Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofotiga taqdim etuvchi jamoa faqat ijodiy hissasi hal qiluvchi boʻlgan asosiy mualliflarni roʻyxatga kiritishi kerak. Maʼmuriy, maslahatchilik va tashkiliy ishlarda qatnashgan shaxslar mukofot olishga talabgorlar roʻyxatiga kiritilmaydi. Taqdim etilgan bir asar uchun mukofot olishga talabgorlar soni 3 kishidan oshmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofoti Oʻzbekiston adabiyoti, sanʼati va meʼmorchiligi bilan bogʻliq boʻlgan eng yaxshi ishlar uchun boshqa mamlakatlarning madaniyat arboblariga ham berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chet ellik madaniyat arboblariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti berilganda, ularning bu mukofotni olish uchun kelib ketishlari bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Qoʻmita tomonidan belgilangan tartibda mablagʻ bilan qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofotlarini berish toʻgʻrisidagi qaror Qoʻmita tarkibining kamida uchdan ikki qismi ishtirokida, yashirin ovoz berish yoʻli bilan qatnashchilarning uchdan ikki qismi ijobiy munosabat bildirganda qabul qilinadi hamda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofotlari alohida hollarda 1 yoki 2 asar uchun berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofotlariga tavsiya etilgan spektakllarni, musiqiy asarlarni, konsert dasturlarini, kino va telefilmlarni, tasviriy sanʼat asarlari va boshqa ishlarni koʻrish hamda tinglashni tashkil etish manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlar zimmasiga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻrsatilgan talablar tegishli vazirlik va idoralar, ijodiy uyushmalar tomonidan bajarilmaganda Qoʻmita ishlarni koʻrib chiqishni rad etishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofotiga sazovor boʻlganlarga tantanali vaziyatda sovrindorlik yorliqlari va nishonlari topshiriladi. Mukofotning puli (agar ular bir ijodkordan koʻp boʻlsa) mualliflar jamoasi oʻrtasida teng ulushlarda taqsimlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofoti sovrindorining faxriy nishoni koʻkrakning oʻng tomoniga taqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Vafot etgan Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofoti sovrindorining (yoki vafotidan soʻng mukofotlanganning) yorligʻi va faxriy nishoni yodgorlik tariqasida uning oilasiga topshiriladi. Mukofotning puli Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolik qonunida nazarda tutilgan tartibda meros qilib beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasining Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofoti takroran berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
13-fevraldagi 58-son qaroriga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Adabiyot va sanʼat sohasida Abdulla Qodiriy nomidagi Davlat mukofoti toʻgʻrisida
(2-ilovaning nomlanishi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 26-martdagi 158-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasining Abdulla Qodiriy nomidagi Davlat mukofoti adabiyot va sanʼat sohasida yaratilgan milliy istiqlol gʻoyalarini erkin badiiy shakllarda aks ettirgan, Oʻzbekistonning buyuk tarixini va hozirgi yuksalish jarayonlarini haqqoniy obrazlar orqali gavdalantirgan va keng jamoatchilik tomonidan tan olingan yetuk sanʼat asarlari uchun beriladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 26-martdagi 158-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mukofotga soʻnggi toʻrt yil mobaynida yaratilgan, eʼlon qilingan, alohida kitob shaklida nashr etilgan, koʻrgazmaga qoʻyilgan, mamlakatimizda ommaviy ravishda nashr va ijro etilgan badiiy adabiyot, musiqa, teatr-sahna asarlari koʻrib chiqish uchun qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hujjatlarni taqdim etish va rasmiylashtirish tartibi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat mukofotlari qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 26-martdagi 158-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Abdulla Qodiriy nomidagi Davlat mukofotiga taqdim etish toʻgʻrisidagi qarorlar vazirliklar, davlat qoʻmitalari, ijodiy uyushmalar, respublika va xalqaro jamoat tashkilotlari rahbar organlari tomonidan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnat jamoalari, ijodiy va ilmiy jamoalar yuqorida qayd etilgan tashkilotlarda koʻrib chiqish uchun Abdulla Qodiriy nomidagi mukofotni olishga nomzod koʻrsatish boʻyicha taklif kiritish, shuningdek, tavsiya etilgan asarlar va ishlarga doir oʻz fikr-mulohazalarini qoʻmitaga maʼlum qilish huquqiga egadirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasining boshqa Davlat mukofotiga ilgari sazovor boʻlgan asarlar Abdulla Qodiriy nomidagi Davlat mukofotiga tavsiya etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Ishlarni Abdulla Qodiriy nomidagi Davlat mukofotiga tavsiya etadigan jamoa faqat ijodiy hissasi hal qiluvchi boʻlgan asosiy mualliflarni roʻyxatga kiritishi kerak. Bir mukofotga talabgorlar soni 3 kishidan oshmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Abdulla Qodiriy nomidagi Davlat mukofotiga tavsiya etilgan spektakllarni, musiqa asarlarini, konsert dasturlarini, kino va telefilmlarni koʻrish hamda tinglashni tashkil qilish, shuningdek, ularga zarur materiallarni oʻz vaqtida taqdim etish tegishli vazirliklar, kompaniyalar, ijodiy uyushmalar va boshqa manfaatdor tashkilotlar zimmasiga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻrsatib oʻtilgan talablar bajarilmagan taqdirda Qoʻmita ishlarni koʻrib chiqishni rad etishi mumkin.
(6-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 26-martdagi 158-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Abdulla Qodiriy nomidagi Davlat mukofotini berishga doir takliflar toʻgʻrisidagi qarorni Qoʻmita oʻz tarkibining kamida uchdan ikki qismi ishtirokida, yashirin ovoz berish orqali koʻpchilik ovoz bilan qabul qiladi hamda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasining Abdulla Qodiriy nomidagi Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan ijodkorlarga tantanali vaziyatda sovrindorlik yorliqlari va faxriy nishonlar topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mukofotning puli (agar ular bir ijodkordan koʻp boʻlsa) mualliflar jamoasi oʻrtasida teng ulushlarda taqsimlanadi. Abdulla Qodiriy nomidagi Davlat mukofoti sovrindori faxriy nishoni koʻkrakning oʻng tomoniga taqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Vafot etgan Abdulla Qodiriy nomidagi Davlat mukofoti sovrindorining (yoki vafotidan soʻng mukofotlanganning) yorligʻi va faxriy nishoni yodgorlik tariqasida uning oilasiga topshiriladi. Mazkur mukofotning puli Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolik qonunida nazarda tutilgan tartibda meros qilib beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasining Abdulla Qodiriy nomidagi Davlat mukofoti takroran berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
13-fevraldagi 58-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofotlari qoʻmitasi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofotlari qoʻmitasi (bundan keyin “Qoʻmita” deb ataladi) eng nufuzli adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik arboblaridan, ijodiy uyushmalar va jamoatchilik tashkilotlari, idoralari hamda madaniyat muassasalarining taniqli vakillaridan tashkil topadi va uning tarkibi har toʻrt yilda uchdan ikki qismi yangilanishi nazarda tutilgan holda tasdiqlanadi. Mazkur qoʻmita aʼzolari jamoatchilik asosida ishlaydilar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Qoʻmita ishiga Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan rais jamoatchilik asosida boshchilik qiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 26-martdagi 158-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qoʻmita oʻz ishchi guruhiga ega boʻladi Qoʻmita raisining oʻrinbosari Qoʻmita raisi — tavsiyasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasining farmoyishi bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita raisi va uning oʻrinbosari oʻz xizmat lavozimiga koʻra qoʻmita tarkibiga kiradi.
(3-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 26-martdagi 158-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Qoʻmita raisi oʻrinbosari tibbiy va maishiy taʼminot sharoitlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasi huzuridagi qoʻmitalar raislari oʻrinbosarlariga tenglashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Qoʻmitada Qoʻmita raisining oʻrinbosaridan tashqari, maosh toʻlanadigan masʼul kotib va hisobchi oʻrinlari boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Qoʻmitaga adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohasida Oʻzbekiston Respublikasining Alisher Navoiy nomidagi, Kamoliddin Behzod nomidagi va Abdulla Qodiriy nomidagi Davlat mukofotlarini olish boʻyicha takliflarni ushbu mukofotlar toʻgʻrisidagi Nizomlarga qatʼiy muvofiq holda koʻrib chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni uchun zarur boʻlgan takliflarni tayyorlashga doir barcha ishlar yuklanadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 26-martdagi 158-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Qoʻmita:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Davlat mukofotlariga tavsiya etilgan ishlarni, shuningdek, mukofotlar toʻgʻrisidagi nizomlarga muvofiq keladigan zarur hujjatlarni qabul qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) koʻrib chiqish uchun qabul qilingan ishlar roʻyxatini, ularning mualliflarini hamda tavsiya etgan tashkilotlarni koʻrsatgan holda, mukofotlar berilishidan besh oy oldin respublika ommaviy axborot vositalarida eʼlon qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Davlat mukofotlariga tavsiya etilgan ishlarning jamoatchilik tomonidan keng va oshkora muhokama qilinishini tashkil etadi, ularning jamoatchilik va mutaxassislar tomonidan xolisona baholanishiga koʻmaklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) Davlat mukofotlari yuzasidan tushgan takliflarni koʻrib chiqib, ular haqidagi asoslangan tavsiyalarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) tanlovga qoʻyilgan ishlar boʻyicha jamoatchilik fikrini oʻrganadi, mutaxassislar va ekspert komissiyalari tavsiyalari bilan yaqindan tanishadi va xulosalar beradi, mukofotlarni berish toʻgʻrisidagi takliflar asosida qarorlar qabul qiladi, qarorlarni Vazirlar Mahkamasi orqali Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining koʻrib chiqishi uchun taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) Davlat mukofotlari laureati yorliqlarini, faxriy nishonlarni rasmiylashtiradi hamda ularni topshirishni tashkil etadi, shuningdek, mukofotlar pulini toʻlashni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) Adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofotlari qoʻmitasi huzuridagi Alisher Navoiy jamgʻarmasi ishiga rahbarlik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Qoʻmitaga quyidagi huquqlar beriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Davlat mukofotlariga taqdim etilgan ishlarni oldindan koʻrib chiqish, ular yuzasidan xulosalar tayyorlash uchun pul toʻlash yoʻli bilan mutaxassis-ekspertlarni taklif etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Davlat mukofotlarini olishga taqdim etilgan ishlarni ilmiy, ijodiy va davlat tashkilotlariga ekspertlarning koʻrib chiqishi uchun yuborish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) mukofotlarga taqdim etilgan ishlar, shuningdek, ularning mualliflari ijodi bilan joyning oʻzida tanishish uchun Qoʻmita aʼzolarini, ekspertlar yoki ekspert komissiyalarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarga yuborish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) Qoʻmita aʼzolari va taklif qilingan ekspertlarning xizmat safarlari xarajatlarini toʻlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) Davlat mukofotlariga taqdim etilgan ishlar roʻyxatini va Qoʻmitaning boshqa hujjatlarini eʼlon qilish masalalari yuzasidan matbuot, radio va televideniye, ijodiy, ilmiy va boshqa muassasalarga murojaat qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9 Davlat mukofotiga Qoʻmita aʼzosining ishi tavsiya etilgan boʻlsa, bunday holda u Qoʻmitada mazkur ish koʻrib chiqilayotgan majlislarda qatnashmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Qoʻmita ishchi guruhi oʻz kundalik ish faoliyatini pul — moliya boshqaruvchisi boʻlmish tashkiliy ishlar boʻyicha rais oʻrinbosari boshchiligida amalga oshiradi. Qoʻmitaning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan muhri va bank muassasalarida hisob raqami boʻladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 26-martdagi 158-sonli qarori tahririda)