Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
27.10.2025
19.07.2018
View
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.10.2025
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Energetika]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Energiya servis xizmatlari ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-oktabrdagi 673-sonli “Energiya servis xizmatlari bozorini shakllantirish hamda aholi uy-joylarining energiya samaradorligi oshirilishini rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zamonaviy energiya samarador va energiya tejaydigan texnologiyalarni yanada joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 23-avgustdagi PQ-3238-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Energiya servis xizmatlari ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi energiya resurslarini tejashni o‘lchash va verifikatsiyalash, shu jumladan, ularning iste’mol hajmini hisob-kitob va o‘lchash usuli bilan aniqlash metodikasini bir oy muddatda tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri M.X. Saliyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 18-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
551-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-iyuldagi 551-son qaroriga ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Energiya servis xizmatlari ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nizom
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom davlat organlari va tashkilotlarida energiya servis shartnomalari asosida energiya servis xizmatlarini ko‘rsatish tartibini belgilab beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyurtmachi — zamonaviy energiya samarador va energiya tejaydigan texnologiyalar joriy etiladigan davlat organlari yoki tashkilotlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energiya servis xizmatlarini yetkazib beruvchi (keyingi o‘rinlarda yetkazib beruvchi deb ataladi) — davlat organlari va tashkilotlarida energiya samarador va energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish (keyingi o‘rinlarda texnologiyalarni joriy etish deb ataladi) bo‘yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning yagona yetkazib beruvchisi hisoblangan “Energiya tejash milliy kompaniyasi” AJ;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari va tashkilotlari — davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energiya servis shartnomasi — buyurtmachining topshirig‘iga binoan buyurtmachining elektr va issiqlik energiyasi, tabiiy gaz, suvdan (keyingi o‘rinlarda energiya resurslari deb ataladi) foydalanishining energiya tejamkorligini va energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan energiya servis xizmatlari ko‘rsatish majburiyatini yetkazib beruvchi oladigan, buyurtmachi esa energiya resurslarining erishilgan tejash miqdorlaridan kelib chiqqan holda ko‘rsatilgan xizmatlar to‘lovi amalga oshirilishi majburiyatini olishni nazarda tutadigan kelishuv;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oferta — buyurtmachiga yuborilgan, yetarli darajada aniq bo‘lgan va taklifni kiritgan yetkazib beruvchining o‘zini taklif yo‘llangan va uni qabul qiladigan buyurtmachi bilan energiya servis shartnomasi tuzgan deb hisoblash niyatini ifoda etadigan taklif (energiya servis shartnomasi loyihasi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aksept — oferta yuborilgan buyurtmachining uni qabul qilganligi haqidagi javobi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Yetkazib beruvchi buyurtmachining energiya resurslardan foydalanishining energiya tejamkorligini va energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan harakatlarni (tadbirlar) bajarish yo‘li bilan energiya servis xizmatlari ko‘rsatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Energiya servis shartnomalarining namunaviy shakllari ularning predmetiga bog‘liq ravishda O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Energiya servis shartnomalarini tuzish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Energiya servis shartnomalarini tuzishda taraflar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi Qonuni, mazkur Nizom va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Energiya servis shartnomasini tuzish mazkur Nizomga ilovadagi sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Buyurtmachi yetkazib beruvchining so‘rovnomasi bo‘yicha, agar so‘rovnomada boshqa kechroq muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, 10 kun mobaynida so‘rovnomada keltirilgan shaklda energiya servis shartnomasi tuzilishi mo‘ljallanayotgan obyektlar (keyingi o‘rinda obyektlar deb ataladi) to‘g‘risida ma’lumotlarni taqdim qiladi hamda belgilangan tartibda ushbu obyektlarga yetkazib beruvchining vakillari kirishini ta’minlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Buyurtmachi yetkazib beruvchining so‘rovnomasiga asosan uni olgan kunidan boshlab 3 kun mobaynida obyektlarning amaldagi texnik holati va ish rejimlarini aniqlash uchun o‘z xodimlaridan iborat, uch kishidan kam bo‘lmagan, shu jumladan rahbar yoki vakolatli shaxs hamda obyektning joriy saqlash va xizmat ko‘rsatishiga mas’ul shaxslardan iborat bo‘lgan komissiya tuzadi. Komissiya qarori protokol shaklida rasmiylashtiriladi, uning nusxasi yetkazib beruvchiga so‘rovnomaning javobi bilan birga taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Yetkazib beruvchi obyektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni buyurtmachidan olgan kunidan boshlab 15 kun muddatda loyihaoldi va/yoki loyiha hujjatlarini va ofertani tayyorlab buyurtmachiga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Buyurtmachi oferta olingan kundan boshlab 30 kun mobaynida yetkazib beruvchiga aksept to‘g‘risida yoki akseptdan bosh tortishi to‘g‘risida yoxud ofertani boshqa shartlarda akseptlashi to‘g‘risida (ofertaga kelishmovchiliklar protokoli) xabarnoma yo‘llaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Aksept to‘g‘risida yoki ofertani boshqa shartlarda akseptlash to‘g‘risidagi xabarnomaga asosan ikki tomonning roziligi bilan buyurtmachi va yetkazib beruvchilar o‘rtasida energiya servis shartnomasi tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Energiya servis shartnomasi shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Energiya servis shartnomasida uning predmeti bilan birga quyidagi shartlar nazarda tutiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) yetkazib beruvchining energiya resurslarini foydalanishda tejamkomkorlik va energiya samaradorlikni oshirish hisobiga buyurtmachining xarajatlarini qisqartirishga yo‘naltirilgan loyihaoldi va/yoki loyiha hujjatlarining, shu jumladan yetkazib beruvchi tomonidan amalga oshiriladigan texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha har bir tadbirning aniq texnik tavsifi, uning bajarilish muddatlari ko‘rsatilgan, qonun hujjatlari asosida tovar (ishlar, xizmatlar) xarid qilish doirasida yetkazib beruvchi tomonidan shakllantirilgan tadbirlar ro‘yxatining (keyingi o‘rinda tadbirlar ro‘yxati deb ataladi) mavjudligi. Tadbirlar ro‘yxati yetkazib beruvchi tomonidan quyidagilar asosida shakllantiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan obyektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
obyektlarda o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida yetkazib beruvchi tomonidan olingan ma’lumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) energiya servis shartnomasi tuzilishidan oldingi yilda buyurtmachining yillik energiya resurslari iste’molining natura ifodasidagi bazaviy hajmi va ularni yetkazib berish xarajatlarining puldagi ifodasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) oferta yuborilgan kundagi energiya resursi birligi qiymati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) energiya servis shartnomasining bajarilishi natijasida uning amal qilish muddatida yetkazib beruvchi tomonidan energiya resurslarining natura ifodasidagi erishiladigan tejash miqdori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) agar energiya servis shartnomasi bajarilishi natijasida energiya resurslari yalpi xarajatlarining tejalishi bir energiya resursi iste’molidan boshqa energiya resursi iste’moliga to‘liq yoki qisman o‘tilishi hisobiga (energiya resurslarining natura ifodasini mazkur bandning “v” kichik bandida ko‘rsatilgan energiya resursi birligi qiymatining ko‘paytmasi tariqasida aniqlanadi) ta’minlanishi lozim bo‘lgan holda, yetkazib beruvchining energiya resurslarining pul ifodasidagi erishiladigan tejash miqdori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) energiya resurslarining natura ifodasidagi erishiladigan tejash miqdori (tejash miqdorining ulushi) shartnomada ko‘rsatilgan energiya resurslarining tejash miqdoriga teng yoki undan ortiq bo‘lgan taqdirda, yetkazib beruvchi tomonidan buyurtmachining energiya resurslarini yetkazib berish xarajatlarini tejash bo‘yicha majburiyatlari bajarilgan deb hisoblanishini inobatga olgan qoidalarning mavjudligi. Agar yetkazib beruvchi tomonidan energiya resurslari yalpi xarajatlarining tejalishi bir energiya resursidan boshqa energiya resursiga to‘liq yoki qisman o‘tilishi hisobiga ta’minlanishi lozim bo‘lgan taqdirda, erishilgan tejash miqdorining (tejash miqdori ulushining) puldagi ifodasi shartnomada ko‘rsatilgan energiya resurslarining tejash miqdoriga teng yoki undan ortiq bo‘lishi lozim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) shartnomaning bajarilishi natijasida energiya resurslarining natura ifodasidagi erishiladigan tejash miqdorini aniqlash. Bunda tejash miqdori tadbirlar ro‘yxatining amalga oshirilishidan boshlab, shartnomada belgilangan tejash miqdorini erishish davriga teng bo‘lgan kalendar davridagi buyurtmachining energiya resurslarining iste’mol hajmi hamda energiya resurslarni iste’mol hajmiga ta’sir etuvchi faktorlar o‘zgarishini inobatga olgan holda, tadbirlar ro‘yxatining amalga oshirilishidan so‘ng buyurtmachining energiya resurslarini iste’mol hajmi o‘rtasidagi farqi sifatida aniqlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) bir energiya resursi iste’molidan boshqa energiya resursi iste’moliga to‘liq yoki qisman o‘tilishi natijasida erishilgan energiya resurslarining tejash miqdorini qiymat ifodasida aniqlanishi. Bunda tejash miqdori tadbirlar ro‘yxatining amalga oshirilishidan boshlab, energiya servis shartnomasida belgilangan tejash miqdorining erishish davriga teng bo‘lgan kalendar davrdagi buyurtmachining energiya resurslarini iste’mol hajmining qiymat ifodasi hamda energiya resurslarni iste’mol hajmiga ta’sir etuvchi faktorlar o‘zgarishini inobatga olgan holda, tadbirlar ro‘yxatining amalga oshirilishidan so‘ng buyurtmachining energiya resurslari iste’mol hajmining qiymat ifodasi o‘rtasidagi farqi sifatida aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Energiya servis shartnomasining bajarilishi natijasida erishilgan tejash miqdorini aniqlashda ushbu shartnomada belgilangan tejash miqdorini erishish davriga teng bo‘lgan kalendar davridagi tadbirlar ro‘yxatining amalga oshirilishigacha bo‘lgan va yetkazib beruvchining tadbirlar ro‘yxatini amalga oshirgandan so‘nggi energiya resurslari iste’mol hajmi qo‘llaniladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) yetkazib beruvchining tadbirlar ro‘yxati amalga oshirilishigacha bo‘lgan energiya resurslari iste’mol hajmini quyidagi usullardan birini qo‘llagan holda aniqlash:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydalanilayotgan energiya resurslarini hisobga olish priborlari yordamida aniqlangan energiya resurslarining iste’mol hajmi to‘g‘risida ma’lumotlar mavjudligida, — tadbirlar ro‘yxatini yetkazib beruvchi tomonidan amalga oshirish davrigacha buyurtmachi tomonidan energiya resurslarning hisobga olish priborlari yordamida aniqlangan haqiqiy iste’mol hajmi ma’lumotlari bo‘yicha shakllantirilgan energiya resurslarining rejalashtirilgan iste’mol hajmi asosida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydalanilayotgan energiya resurslarini hisobga olish priborlari yordamida aniqlangan energiya resurslarining iste’mol hajmi to‘g‘risida ma’lumotlar yo‘qligida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yetkazib beruvchi tomonidan foydalanilayotgan energiya resurslarini hisobga olish pribori o‘rnatilganda va tadbirlar ro‘yxati amalga oshirilishigacha bir oydan kam bo‘lmagan davr uchun ushbu pribor yordamida buyurtmachining energiya resurslari iste’mol hajmi (hajm ulushi) to‘g‘risidagi olingan ma’lumotlarni taraflar qayd qilingan holda, hisobga olish pribori yordamida olingan ma’lumotlar mazkur bandning “k” kichik bandi talablarini hisobga olgan holda iste’mol hajmi sifatida qabul qilinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tomonidan tasdiqlangan energiya resurslarini tejashni o‘lchash va verifikatsiyalash, shu jumladan, ularning iste’mol hajmini hisob-kitob va o‘lchash usuli bilan aniqlash metodikasiga (keyingi o‘rinlarda Metodika deb yuritiladi) muvofiq hisob-kitob va o‘lchash usuli orqali.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirlar ro‘yxati amalga oshirilgandan so‘ng energiya resurslarining iste’mol hajmini natura ifodasida aniqlash tartibining tanlovi quyidagi usullardan birini qo‘llagan holda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oydan kam bo‘lmagan, taraflar belgilagan davr mobaynida foydalanayotgan energiya resurslarini hisobga olish pribori bilan qayd qilingan hajmlar asosida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Metodikaga muvofiq hisob-kitob va o‘lchash usuli orqali;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
k) energiya servis shartnomalarining bajarilishi natijasida erishilgan tejash miqdorini aniqlashda energiya resurslari iste’mol hajmiga ta’sir etuvchi faktorlar hisobi (energiyani iste’mol qiladigan qurilmalarning ishlash rejimi va funksional vazifasining o‘zgarishi, energiya iste’molchilarining soni, xona yuzasi va hajmining o‘zgarishi, ob-havo sharoitlarining keskin o‘zgarishi — tashqi havoning o‘rtacha sutkalik darajasi, isitish mavsumida tashqi havoning o‘rtacha sutkalik darajasi, isitish mavsumining davomiyligi, energiya va resurs ta’minoti rejimlari, energiyani iste’mol qiladigan qurilmalarning ishlash rejimi va parametrlari, obyekt va xonalarni ularni funksional vazifalarini hisobga olgan holda foydalanish rejimi va parametrlari bo‘yicha barcha belgilangan sanitariya-gigiyenik va texnik talablarga rioya qilinishini ta’minlash);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
l) Metodikaga muvofiq ishlab chiqilgan energiya samaradorligini o‘lchash va verifikatsiyalash rejasining mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
m) shartnomada nazarda tutilgan tejash miqdoriga erishilishining boshlang‘ich va yakuniy muddatlarining hamda davomiyligi bir oydan kam va bir yildan ortiq bo‘lishi mumkin bo‘lmagan tejash miqdori ulushlari erishilish davrining ko‘rsatilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
n) shartnomada nazarda tutilgan buyurtmachining energiya resurslari yetkazib berilishi uchun tegishli xarajatlarining natura ifodasidagi tejash miqdoridan, hamda shartnoma bajarilishi davrida tegishli energiya resurslarining haqiqatda yuzaga kelgan narx (tarif)lari bo‘yicha aniqlangan tejash foizidan hamda energiya resurslarining iste’moli va ish haqi bilan bog‘liq bo‘lgan saqlash, foydalaniladigan asbob va uskunalarni joriy ta’mirlash va xizmat ko‘rsatish xarajatlarining tejalgan hisob-kitob miqdoridan kelib chiqqan holdagi energiya servis xizmatlarining to‘lovi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar shartnoma bajarilishi davrida tegishli energiya resurslarining haqiqatda yuzaga kelgan narx (tarif)lari taklif yuborilgan kunda amal qilgan energiya resursi birligi qiymatidan kam bo‘lsa, unda shartnoma bajarilishi davrida tegishli energiya resurslarining haqiqatda yuzaga kelgan narx (tarif)lari taklif yuborilgan kunda amalda bo‘lgan energiya resursi birligi qiymatiga tenglashtirib qabul qilinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o) shartnoma tuzilgan sanaga qadar buyurtmachi, mulkdor yoki ekspluatatsiya qiluvchi tegishli tashkilot tomonidan energiya va resurs ta’minoti rejimlari, energiyani iste’mol qiladigan qurilmalarning ishlash rejimi va parametrlari, obyekt va xonalarni ularning funksional vazifalarini hisobga olgan holda foydalanish rejimi va parametrlari bo‘yicha barcha belgilangan sanitariya-gigiyenik va texnik talablarga rioya qilinishi ta’minlangan obyektga nisbatan shartnoma tuzish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘rsatilgan talab va normalar bajarilmagan taqdirda, bu haqda ma’lumotlar energiya servis shartnomasida ko‘rsatib o‘tiladi va ularni bajarilishini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ro‘yxatiga qo‘shiladi. Mazkur bandning “b” kichik bandiga muvofiq, energiya resurslarining iste’mol hajmiga ta’sir etuvchi faktorlarni hisobga olgan holda buyurtmachining energiya resurslari iste’molining bazaviy hajmi ko‘rsatkichlari natura ifodasi va ularning yetkazib berilishi xarajatlarining qiymat ifodasini aniqlash amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
p) yetkazib beruvchining majburiyatlari, jumladan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xo‘jalik shartnomalarini bajarish, o‘zgartirish va bekor qilish bo‘yicha qonun talablariga rioya etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyurtmachining joriy faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq, jumladan texnik reglament talablari, davlat standartlari, shaharsozlik norma va qoidalari, sanitariya norma va qoidalari, gigiyenik va boshqa normativlarni amalga oshirishi uchun zarur sharoitlarni ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taraflar bilan kelishilgan energiya resurslaridan foydalanish rejimi va shartlarini ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuzilgan shartnoma bo‘yicha olingan majburiyatlarni o‘z vaqtida va zarur darajada (sifatli) bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnologiyalarni joriy etishga doir tadbirlarni bajarishda qonun hujjatlarida belgilangan buyurtmachining faoliyati shart-sharoitlari parametrlariga, jumladan texnik reglament talablari, davlat standartlari, shaharsozlik norma va qoidalari, sanitariya norma va qoidalari, gigiyenik va boshqa normativlarga rioya qilish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini zarur darajada bajarmaganligi sababli aniqlangan kamchiliklarni tekin bartaraf etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
r) buyurtmachining majburiyatlari, jumladan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xo‘jalik shartnomalarini bajarish, o‘zgartirish va bekor qilish bo‘yicha qonun talablariga rioya etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yetkazib beruvchiga tadbirlar ro‘yxatiga kiritilgan, texnologiyalarni joriy etishga doir tadbirlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan obyekt to‘g‘risida dolzarb ma’lumotlarni taqdim etish, shu jumladan obyekt (inshoot)lar soni, qurilgan sanasi, to‘siq konstruksiyalari tipi, mukammal ta’mirlash sanasi, energiya resurslarini iste’mol qiluvchi asbob-uskunalarning texnik xususiyatlari to‘g‘risida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirlar ro‘yxatiga kiritilgan, unga nisbatdan texnologiyalarni joriy etishga doir tadbirlar amalga oshirilayotgan obyektni hamda ushbu tadbirlarni amalga oshirish jarayonida o‘rnatilgan asbob-uskunalarni zarur darajada saqlash va xizmat ko‘rsatish, agar ushbu majburiyatlar shartnoma shartlarida yetkazib beruvchiga yuklanmagan bo‘lsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taraflar bilan kelishilgan energiya resurslaridan foydalanish rejimi va shartlarini ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yetkazib beruvchi vakillarini unga nisbatan shartnoma tuzilgan obyektga kirishini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnomada belgilangan muddatda, ammo shartnomada nazarda tutilgan tejash miqdoriga erishish muddati tugagan kundan boshlab 30 kundan kechikmay, yetkazib beruvchiga energiya resurslari iste’moli to‘g‘risida ma’lumot taqdim etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yetkazib beruvchi tomonidan shartnomaning bajarilishi natijasida tejash ta’minlanishi lozim bo‘lgan energiya resurslari yetkazib berish shartnomasining shartlari o‘zgarganligi to‘g‘risidagi ma’lumotni yetkazib beruvchiga taqdim etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taraflar bilan kelishilgan energiya resurslaridan foydalanish rejimi va shartlariga rioya qilish bo‘yicha majburiyatlarini bajarish davomida uning tomonidan yo‘l qo‘yilganligi sababli aniqlangan kamchiliklarni tekin bartaraf etish hamda ko‘rsatilgan majburiyatlarni buyurtmachi tomonidan bajarmaganligi yoki zarur darajada bajarmaganligi oqibatida yetkazib beruvchida vujudga kelgan zararlarni qoplash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
s) o‘z shartnomaviy majburiyatlarini bajarmaganligi yoki zarur darajada bajarmaganligi uchun taraflarning javobgarligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
t) texnologiyalarni joriy etishga doir tadbirlarni amalga oshirish jarayonida yetkazib beruvchi tomonidan buyurtmachiga o‘rnatilgan asbob-uskunalarga egalik huquqini qonun hujjatlariga muvofiq yetkazib beruvchidan qonuniy huquqqa ega bo‘lgan shaxslarga o‘tkazish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
u) qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan hollarda, energiya servis shartnomasi bo‘yicha to‘lov talabi huquqini boshqa shaxs foydasiga to‘liq yoki qisman voz kechish mumkinligi shartining mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
f) qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shartlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Energiya servis shartnomalari doirasida texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) qonun hujjatlariga muvofiq majburiy sertifikatlashtirilishi shart, sertifikatlashtirish talabi belgilanmagan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bundan mustasno.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonuni.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Energiya servis shartnomalarini tayyorlash va amalga oshirish maqsadida yetkazib beruvchi energiya servis shartnomalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni qonun hujjatlariga muvofiq xarid qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Yetkazib beruvchi har bir energiya servis shartnomasi tuzilgandan so‘ng o‘zining xarid rejasiga o‘zgartirish kiritishga haqlidir. Buyurtmachining xarid rejasi va xarid grafik rejasiga energiya resurslarini yetkazish hamda foydalanilayotgan energiya iste’moli bilan bog‘liq pribor va uskunalarni saqlash va joriy ta’mirlash bilan bog‘liq buyurtmachining tegishli xarajatlar qismi bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritish buyurtmachining energiya resurslarini yetkazib berish uchun xarajatlarining erishilgan tejash samarasini tasdiqlaydigan dalolatnomani taraflar imzolagan kundan so‘ng, ammo o‘n kundan kechikmay buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Qonun hujjatlarida ko‘rsatib o‘tilgan tartibda buyurtmachi yetkazib beruvchi bilan texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning yagona yetkazib beruvchisi sifatida energiya servis shartnomalari bo‘yicha o‘rnatilgan, unga nisbatan texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazilgan asbob-uskunalardan foydalanish yuzasidan shartnoma tuzishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq tartibda javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Energiya servis xizmatlari ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Energiya servis xizmatlari yetkazib beruvchi va buyurtmachi o‘rtasida energiya servis shartnomasini tuzish va ro‘yxatga olish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Energiya servis shartnomasi tuzilishi mo‘ljallanayotgan obyektlar to‘g‘risida ma’lumotlarni taqdim etish haqidagi so‘rovnomani buyurtmachiga yuborish
yetkazib beruvchi tashabbusi bilan
2-bosqich
Buyurtmachi
Energiya servis shartnomasi tuzilishi mo‘ljallanayotgan obyektlarning amaldagi texnik holati va ish rejimlarini aniqlash uchun komissiya tuzish
3 kun mobaynida
3-bosqich
Buyurtmachi
So‘ralgan ma’lumotlarni yetkazib beruvchiga taqdim etish. Yetkazib beruvchining vakillarining obyektga kirishini ta’minlash
agar so‘rovnomada boshqa kechroq muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, 10 kun mobaynida
4-bosqich
Yetkazib beruvchi
Obyektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ko‘rib chiqish. Loyihaoldi/loyiha hujjatlarini va ofertani tayyorlash, ularni buyurtmachiga yuborish
15 kun mobaynida
5-bosqich
Buyurtmachi
Ofertani ko‘rib chiqish va yetkazib beruvchiga aksept to‘g‘risida yoki akseptdan bosh tortishi to‘g‘risida yoxud ofertani boshqa shartlarda akseptlashi to‘g‘risida xabarnoma yuborish
30 kun mobaynida
6 bosqich
Yetkazib beruvchi
Akseptdan bosh tortishi to‘g‘risida yoxud ofertani boshqa shartlarda akseptlashi to‘g‘risidagi buyurtmachining xabarnomasini ko‘rib chiqish
5 kun mobaynida
7-bosqich
Buyurtmachi/Yetkazib beruvchi
Akseptni ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha ikki tomonning roziligi bilan energiya servis shartnomasi tuzish
5 kun mobaynida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Tadbirlarni bajarish muddatlari bajariladiganishlarning shartlari va hajmlariga ko‘ra o‘zgartirilishi mumkin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2018-y., 09/18/551/1536-son)