Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 29.01.1992 yildagi 36-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarori , 29.01.1992 yildagi 36-son
Date of entry into force
29.01.1992
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1992—1995 YILLARDA QAShQADARYo VILOYATIDAGI YAKKABOGʻ NOHIYASI AHOLISINING HAYOTIY TAʼMINOTINI YaXShILASh BOʻYIChA KEChIKTIRIB BOʻLMAYDIGAN ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi shuni taʼkidlaydiki, Qashqadaryo viloyati ijroiya qoʻmitasi, Yakkabogʻ nohiyasi ijroiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ nohiyasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining zaruriy ehtiyojlarini qondirishga oid koʻpgina masalalarni hal etmayotirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nohiyada yashovchining har biriga toʻgʻri keluvchi tibbiy xizmat, turar-joy, maktablar, maktabgacha bolalar muassasalari bilan taʼminot koʻrsatgichlari viloyatdagi oʻrtacha koʻrsatkichlardan keskin orqada qolmoqda, oddiy madaniy-maishiy shart-sharoitlar mavjud emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunday ahvolga ishlab chiqarish infrastrukturasining rivojlanishi darajasining zaifligi sabab boʻldi, bu oʻz navbatida jamoat ishlab chiqarishida band boʻlmagan mehnatga layoqatli aholi sonining oʻsib borishiga olib keldi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vujudga kelgan ahvol viloyat boshqaruv organlarining ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirishga va joylashtirishga yetarlicha eʼtibor bermasligining oqibati boʻldi, bu hol nohiyada jiddiy ijtimoiy-siyosiy keskinlikka olib keldi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholining hayotiy taʼminotini yaxshilash, uning turmush farovonligi darajasini oshirish, Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ nohiyasining tabiiy va mehnat resurslaridan yanada samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Qashqadaryo viloyati ijroiya qoʻmitasi, respublika vazirliklari va idoralarining 1992 — 1995-yillarda Yakkabogʻ nohiyasida ijtimoiy va ishlab chiqarish obyektlarini koʻrish haqidagi taklifi 1-2-ilovalarga* muvofiq qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qashqadaryo viloyati ijroiya qoʻmitasi ilovalarda koʻrsatib oʻtilgan obyektlarni koʻrish uchun oʻz vaqtida yer ajratishni taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot qoʻmitasi va respublikaning boshqa vazirliklari va idoralari, respublika banklarining muassasalari xalq xoʻjaligining 1992—1995-yillardagi faoliyati istiqbollarini belgilash jarayonida Yakkabogʻ nohiyasida uy-joy, ijtimoiy-madaniy va ishlab chiqarish obyektlari qurilishini mablagʻ bilan taʼminlash manbalarini belgilasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qashqadaryo viloyati ijroiya qoʻmitasi 1 va 4-ilovalarga* muvofiq ajratilgan mablagʻlar va moddiy-texnika resurslariga muvofiq obyektlarning qurilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1 — 4-ilovalar berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Qashqadaryo viloyati ijroiya qoʻmitasi shu yilning 1-martiga qadar oziq-ovqat va boshqa dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni koʻpaytirish boʻyicha aniq dasturlarni ishlab chiqsinlar, bunda nohiya xoʻjaliklarida chorvachilik komplekslarini koʻrish va rekonstruksiyalash ishlari hajmlarini koʻpaytirishni ustun darajada koʻzda tutsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari, Qashqadaryo viloyati ijroiya qoʻmitasi, Oʻrta Osiyo gaz sanoati ishlab chiqarish birlashmasi Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining viloyat qishloq aholisini ichimlik suv va tabiiy gaz bilan taʼminlash haqidagi 1988-yil 12-iyuldagi 240-son va 1990-yil 4-avgustdagi 275-son qarorlarining ilovalarida nazarda tutilgan obyektlarni belgilangan muddatlarda koʻrishni va ularni foydalanishga topshirishni taʼminlasinlar. Amalga oshirilgan ishlar haqida Vazirlar Mahkamasiga 1992-yilning fevral oyida maʼlum qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi 1993 — 1995-yillarda qishloqni suv bilan taʼminlash sxemasini ishlab chiqish chogʻida Yakkabogʻ nohiyasining qishloqlaridagi suv quvurlarini qurilayotgan Tatar-Eski Yakkabogʻ magistral suv quvuriga ulashni nazarda tutsin va Qashqadaryo viloyati ijroiya qoʻmitasi bilan birgalikda 1992-yilning oxirigacha 1993 — 1995-yillarda qishloq suv quvurlari shoxobchalari qurilishi hajmlarini aniqlab chiqsin. 1992-yilda nohiyada uzunligi 40 kilometr boʻlgan shunday shoxobchalarni koʻrish topshirigʻi belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Melioratsiya va suv xoʻjaligi vazirligi 1992 — 1995-yillarda nohiya xoʻjaliklaridagi 60 kilometr masofadagi kollektorlarni taʼmirlash va tozalashni, shuningdek, drenaj shoxobchalarini koʻrishni va qayta koʻrishni amalga oshirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligi va Qishloq xoʻjaligi vazirligi 1992 — 1995-yillarda tashqi elektr taʼminoti boʻyicha ishlarni 2-ilovaga muvofiq nihoyasiga yetkazsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Qashqadaryo viloyati ijroiya qoʻmitasi koʻrsatilgan muddatlarda Yakkabogʻ nohiyasining aholi punktlarida ichki xoʻjalik elektr tarmoqlari qurilishini taʼminlasinlar va chorvachilik fermalarini rezerv elektr quvvati bilan taʼminlashni tezlashtirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qashqadaryo viloyati ijroiya qoʻmitasi 1992 — 1995-yillarda Yakkabogʻ nohiyasi yoʻl xoʻjaligini rivojlantirish boʻyicha tadbirlarni 3-ilovaga* muvofiq amalga oshirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*3-ilova berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi Yakkabogʻning toshkoʻmir bor maydonlarida — 1992-yilda S-2 kategoriyasi boʻyicha istiqbolli uchastkalarda koʻmir zaxiralarini tasdiqlagan va keyinchalik ularni kichik va kooperativ korxonalariga qazish ishlarini olib borish uchun bergan holda — qidiruv-baholash ishlarini tezlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi Qashqadaryo viloyati ijroiya qoʻmitasi va xoʻjaliklarning buyurtmalari boʻyicha 1992 — 1995-yillarda istiqomat qiluvchi aholining telefon aloqasi va radiolashtirish obyektlariga boʻlgan talabini 4-ilovaga muvofiq qondirishni taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasi talab koʻp boʻlgan ip-gazlama matolarni ishlab chiqarish maqsadida 1992 — 1994-yillar mobaynida Yakkabogʻ toʻqimachilik fabrikasini, unga qarashli ishlab chiqarish maydonlarida tikuvchilik sexini barpo qilgan holda, texnologiya jihatidan qayta jihozlashni amalga oshirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston aholiga maishiy xizmat koʻrsatish respublika davlat-kooperativ markazi viloyat va nohiya ijroiya qoʻmitalari talablariga muvofiq maishiy xizmat koʻrsatish obyektlarining loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash hamda ularni markazlashtirilgan holda taqsimlanadigan uskunalar bilan butlashda yordam koʻrsatsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Qashqadaryo viloyati ijroiya qoʻmitasi, respublika vazirliklari va idoralari obyektlarni oʻz vaqtida loyihalashtirishni hamda Oʻzbekiston Respublikasi dehqonchilik-sanoat kompleksini moddiy-texnikaviy taʼminlash va texnikani tuzatish davlat-kooperativ qoʻmitasiga, Moddiy-texnika taʼminoti davlat-kooperativ qoʻmitasiga, Iqtisodiyot qoʻmitasiga asbob-uskunalar, butlovchi buyumlarni olish uchun va pudrat ishlariga talabnomalarni topshirishni taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Respublika vazirliklari va idoralari, Qashqadaryo viloyati ijroiya qoʻmitasi 1996-yilga qadar har yili iyul va yanvar oylarida mazkur qarorning qanday bajarilayotganligi toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasini xabardor qilib borsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish vazifasi Vazirlar Mahkamasining hududiy-tashkiliy boʻlimiga yuklatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1992-yil 29-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36-son