Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.10.2025 05.07.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2565-6
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining buyrugʻi, 05.07.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2565-6
Date of entry into force
06.07.2018
Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.10.2025
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrug‘i
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 5-iyulda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2565-6]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 9-oktabrdagi 23-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash, qabul qilish, huquqiy ekspertiza va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3686, 09.10.2025-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 28-fevraldagi 53-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565, 2014-yil 28-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 10-son, 110-modda) bilan tasdiqlangan Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin hamda Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi o‘rinbosari N. Jo‘rayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazir R. DAVLETOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 5-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
356-mh-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 5-iyuldagi 356-mh-son buyrug‘iga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 65-bandning “g” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“g) idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasining O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga jamoatchilik muhokamasi o‘tkazilishi uchun joylashtirilganligi va uning natijalari haqidagi ma’lumotlar.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 68-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“68. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, iqtisodiyotning alohida sohalari va tarmoqlari hamda O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti masalalari bilan bog‘liq idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari tegishlicha O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi, tashqi savdo bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi bilan, investitsiyalar bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi bilan, tashqi siyosiy faoliyat bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor masalalar bo‘yicha — O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi bilan, advokatlik faoliyati va sud ishini yuritish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga bevosita yoki bilvosita ta’sir qiladigan masalalar bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilishi lozim.”.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.07.2018-y., 10/18/2565-6/1469-son)