21.06.2018 yildagi PQ-3795-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 21.06.2018 yildagi PQ-3795-son
Date of entry into force
22.06.2018
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro munosabatlar sohasida diplomatik, boshqaruv kadrlarini va mutaxassislarni tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash, ular malakasini oshirish tizimining samaradorligini tubdan oshirish, mamlakatning tashqi iqtisodiy va tashqi siyosiy faoliyatini ilmiy-metodologik va axborot-tahliliy jihatdan ta’minlash maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimini tubdan takomillashtirish hamda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirishda uning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5400-son Farmoni ijrosi yuzasidan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Belgilab qo‘yilsinki, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (keyingi o‘rinlarda Universitet deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimiga kiradi hamda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasi oshirishni, yuqori darajada fundamental hamda ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borilishini ta’minlaydigan asosiy oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro iqtisodiyot va menejment;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro munosabatlar va siyosiy fanlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro ommaviy va xususiy huquq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar Universitetning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilg‘or xorijiy tajribadan, shu jumladan zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalar va ilmiy ishlanmalardan foydalanish, mamlakatdagi ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlarning mazkur yo‘nalishdagi faoliyatini samarali muvofiqlashtirish asosida respublika tashqi siyosiy hamda tashqi iqtisodiy faoliyati sohasida xalqaro mutaxassislarni tayyorlashning yuqori sifatini ta’minlash;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabalarning mustaqil tayyorgarlik ko‘rishini chuqurlashtirishni, ularda tahliliy fikrlashni, mustahkam kasbiy ko‘nikmalarni, yuksak ma’naviy-axloqiy va vatanparvarlik fazilatlarini shakllantirish hamda rivojlantirishni ta’minlaydigan o‘quv rejalari va dasturlarining amaliy mazmunini kuchaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamda boshqa sohaviy vazirlik va idoralarning doimiy yangilanib turadigan istiqbolli kadrlar zaxirasini shakllantirish maqsadida xalqaro sohadagi kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishning samarali tizimini yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro munosabatlar, xorijlik sheriklar bilan hamkorlik, mamlakatimizning tashqi siyosiy hamda tashqi iqtisodiy faoliyati rivojlanishining prognoz baholarini va istiqbollarini ishlab chiqishga qaratilgan fundamental hamda ilmiy-amaliy tadqiqotlar samaradorligini tubdan oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro munosabatlarning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy mamlakatlarning rasmiy tadbirlari va delegatsiyalariga yuksak darajada hamrohlik qilishni ta’minlashga safarbar etilgan yuqori malakali professional tarjimonlar hamda gidlarni o‘qitishning zamonaviy uslublari va vositalaridan foydalangan holda tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Universitetning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish hamda mustahkamlash, xodimlarni moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilishni yaxshilash, ularning samarali ishlashi uchun munosib shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab quyidagilar belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Universitetning bakalavriat yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim olish muddati to‘rt yilni tashkil etadi, bunda beshinchi bosqich talabalari mazkur qaror qabul qilingan paytda amalda bo‘lgan ta’lim dasturlariga muvofiq o‘qishni yakunlaydi va belgilangan tartibda diplom oladi;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-fevraldagi PF-5668-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 06/19/5668/2652-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Universitetning barcha bakalavriat yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qishga qabul chet tili, matematika/tarix, ona tili va adabiyot fanlari bo‘yicha davlat test sinovlari yakunlari asosida amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-iyuldagi PF-114-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2025-y., 06/25/114/0633-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Universitetning magistratura yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim olish muddati ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim oluvchilar uchun bir yilni, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim oluvchilar uchun ikki yilni tashkil etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-iyuldagi PF-114-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2025-y., 06/25/114/0633-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018/2019 o‘quv yilida Universitetning bakalavriatiga talabalarni qabul qilish kvotasini 3-ilovaga muvofiq 150 kishi (shu jumladan davlat grantlari bo‘yicha 30 kishi), Universitetning magistraturasiga 50 kishi (shu jumladan davlat grantlari bo‘yicha 10 kishi) etib belgilash, qonun hujjatlariga muvofiq oshirilgan kontrakt stavkalari bo‘yicha qo‘shimcha qabul qilish imkoniyatini nazarda tutish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab magistraturaga qabul qilinadigan talabalar soni Universitet tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishilgan holda bakalavriatga qabul kvotasining 50 foizigacha bo‘lgan hisob-kitobdan (shu jumladan davlat grantlari bo‘yicha magistratura uchun ajratilgan joylar sonining 20 foizi) hamda respublika tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatining tegishli yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori malakali xalqaro mutaxassislar, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarning zaxirasini to‘ldirish ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti kadrlariga buyurtmachi-tashkilotlar ro‘yxati va bakalavriat bitiruvchilarining ular orasidagi taqsimoti 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Universitetga quyidagi huquqlar berilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda ta’lim standartlarini ishlab chiqish, malakaviy talablar, o‘quv rejalari va dasturlarini, shuningdek, ilg‘or xalqaro tajribani hisobga olgan holda talabalarning bilimini baholash hamda o‘quv jarayonining amaliyot bilan integratsiyalashuvini ta’minlash tizimini ishlab chiqish va tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bakalavriatda turdosh yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qishni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalarni istisno tariqasida “Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha magistraturaga qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
professor-o‘qituvchilar tarkibining faoliyat turlari bo‘yicha vaqt me’yorlarini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Universitet ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish rejalari hamda dasturlarini ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini ta’minlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bakalavriat, magistratura va oliy ta’limdan keyingi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish;
(7-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Universitet va Diplomatik akademiyaning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, mutaxassislarni shartnoma asosida jalb qilish, xodimlarni moddiy rag‘batlantirish uchun to‘lov-kontrakt (shu jumladan, oshirilgan kontrakt stavkalardan tushumlar) va budjetdan tashqari mablag‘larni ulardan oqilona hamda samarali foydalanish sharti bilan tasarruf etish;
(7-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Universitetning faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha shartnoma asosida konsalting va ekspert-tahliliy xizmatlar ko‘rsatish, ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun tashkiliy-huquqiy va innovatsion-investitsiyaviy tuzilmalarni yaratish.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Universitet hamda shu sohadagi vazirlik va idoralar zimmasiga Universitetning akademik litseyi va “Dipnihol” maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini muvofiqlashtirish hamda “Ulug‘bek nomidagi Toshkent xalqaro maktabi” nodavlat ta’lim muassasasiga o‘quv-uslubiy va axborot-resurs ko‘magi berish vazifalari yuklansin.
(7-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Universitet tuzilmasida quyidagilar tashkil etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) quyidagilar asosiy vazifalari etib belgilangan Xalqaro iqtisodiy va siyosiy tadqiqotlar markazi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro iqtisodiyot va menejment, mamlakat eksport salohiyatini oshirish, investitsiyalar hamda sayyohlar oqimini jalb qilish, jahon siyosati va xalqaro xavfsizlik, zamonaviy fan hamda xalqaro munosabatlar amaliyotining boshqa ustuvor yo‘nalishlari sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlar olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro ishlar bo‘yicha mutaxassislarni kasbiy, ilmiy-tadqiqot va tahliliy tayyorlash samaradorligini oshirishga qaratilgan xalqaro iqtisodiyot hamda siyosat sohasida yangi kurslar va dasturlarni tayyorlash hamda o‘quv jarayoniga joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘tkazilgan tadqiqotlar asosida mamlakatning tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyati samaradorligini oshirish masalalari bo‘yicha axborot-tahliliy, prognoz materiallar va tavsiyalarni ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) quyidagilar asosiy vazifalari etib belgilangan Xalqaro-huquqiy tadqiqotlar va qiyosiy ommaviy huquq markazi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro ommaviy va xususiy huquq sohasida chuqur fundamental va amaliy tadqiqotlarni olib borish, mamlakat tashqi siyosiy hamda tashqi iqtisodiy faoliyatining huquqiy asoslarini shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikaning tashqi siyosiy hamda tashqi iqtisodiy faoliyati sohasidagi huquqiy siyosat, qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyoti rivojlanishini muntazam tahlil qilish, tadqiqotlar natijalarini ilg‘or xalqaro tajribani hisobga olgan holda o‘quv jarayoniga va yangi avlod o‘quv-metodik adabiyotlarini tayyorlash ishlariga joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro munosabatlarini huquqiy tartibga solish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qiyosiy huquqshunoslik, xalqaro iqtisod va tijorat huquqi, zamonaviy yuridik fan hamda amaliyotning boshqa tarmoqlari bo‘yicha istiqbolli tadqiqot loyihalariga yosh olimlarni faol jalb qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Belgilab qo‘yilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatish tushumlari, ilmiy-texnik dasturlarga ajratilgan grantlar, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (keyingi o‘rinlarda — institut) faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
institutga ilmiy xodimlar sifatida, jumladan o‘rindoshlik asosida ishga jalb qilish ilmiy va amaliy ko‘nikmaga ega, yuqori malakali mutaxassislar orasidan o‘tkaziladigan tanlov asosida amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
institut olib boradigan tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish mamlakatning tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatining asosiy vazifalarini hisobga olgan holda Tashqi ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Belgilansinki:

a) 2018-yil 1-sentabrdan boshlab Diplomatik akademiyada quyidagi xodimlar toifalari majburiy tartibda qayta tayyorlanadilar va malaka oshiradilar:
(10-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi ishlar va Tashqi iqtisodiy aloqalar va savdo vazirliklari, tashqi siyosiy hamda tashqi iqtisodiy faoliyatga jalb qilingan boshqa vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining ma’muriy-boshqaruv xodimlari — uch yilda bir marta;
(10-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashqi siyosiy hamda tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida vazifalarni bajarish bilan bog‘liq rahbarlik lavozimiga tayinlash uchun zaxiraga olingan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa ixtisoslashtirilgan davlat muassasalari xodimlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalari hamda xalqaro tashkilotlarning O‘zbekiston uchun ajratilgan kvotalariga diplomatik va ma’muriy-texnik lavozimlarga tayinlanadigan xodimlar, shu jumladan, ularning turmush o‘rtoqlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro munosabatlar hamda siyosiy fanlar, xalqaro iqtisodiyot va menejment, xalqaro ommaviy hamda xususiy huquq, gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarining pedagog kadrlari — uch yilda bir marta;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Diplomatik akademiya kurslarining ishlab chiqarishdan ajralgan holatda ta’lim olayotgan tinglovchilari uchun butun ta’lim olish davrida asosiy ish joyidagi egallab turgan lavozimi, ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar saqlanadi;
(10-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Diplomatik akademiyada o‘qitish, qayta tayyorlash hamda malaka oshirish O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri tomonidan har yili tasdiqlanadigan reja va dasturlarga muvofiq shartnoma asosida amalga oshiriladi.
(10-band “v” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy maktabga tijorat asosida nodavlat tashkilotlar uchun ixtisoslashtirilgan o‘quv kurslarini o‘tkazish huquqi berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuqori malakali kadrlar tayyorlash xarajatlari va Universitetning rivojlantirish strategiyasini hisobga olgan holda har yili to‘lov-kontrakt asosidagi bakalavriat va magistraturada ta’lim olishning qiymatini belgilasin va tasdiqlasin. Bunda, Universitetda shartnoma asosida ta’lim olishning to‘lov qiymati tegishli yo‘nalish va mutaxassislik bo‘yicha respublika ta’lim muassasalari uchun belgilanganidan 3 baravar oshishi mumkin emas;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Universitet va Diplomatik akademiya kadrlarini Tashqi ishlar vazirligining markaziy apparati hamda O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalarida muntazam ravishda ichki idoraviy rotatsiya qilish tartibini joriy etishni;
(11-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Universitet faoliyatiga jalb qilinadigan va uning hamkorlikdagi tadbirlarida ishtirok etish uchun taklif qilinadigan chet ellik o‘qituvchilar, olimlar hamda mutaxassislarga kirish vizalarini konsullik va boshqa yig‘imlarni undirmagan holda rasmiylashtirishni ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Tashqi iqtisodiy aloqalar va savdo vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tashqi siyosiy hamda tashqi iqtisodiy faoliyatga jalb etilgan vazirlik va idoralar Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda:
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘quv amaliyotini o‘tash dasturlariga muvofiq sohaviy vazirlik va idoralarning tegishli bo‘linmalarida talabalar tomonidan ta’lim jarayonida olingan amaliy va nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash maqsadida ularning majburiy amaliyotini tashkil etishda Universitetga har tomonlama ko‘mak ko‘rsatsin;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Universitet va Diplomatik akademiya professor-o‘qituvchilar tarkibi, tadqiqotchilarining idoraviy mansub bo‘linmalarning ish faoliyati bilan tanishishlari va tashqi siyosiy hamda tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari haqidagi yangi bilimlarga ega bo‘lishlari uchun ularda qisqa muddatli stajirovka o‘tashlarini tashkil etish amaliyotini joriy etsin;
(12-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Universitet va Diplomatik akademiyada boshqaruv tarkibi, mas’ul xodimlar va amaliyotchi-mutaxassislar tomonidan xalqaro munosabatlar, mamlakatning ichki va tashqi siyosatining dolzarb masalalari bo‘yicha muntazam ravishda darslar, ma’ruzalar (shu jumladan, soatlik ish haqi yoki o‘rindoshlik shartlari asosida) o‘tkazilishini ta’minlasin.
(12-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Universitet va Diplomatik akademiya faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari etib O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, Universitet hamda Diplomatik akademiyaning budjetdan tashqari jamg‘armalari, jumladan ta’limning to‘lov-shartnoma shaklidan tushadigan mablag‘lar, shartnoma asosida xizmatlarni amalga oshirishdan tushgan mablag‘lar, grantlar, shuningdek, xorijiy va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar belgilansin.
(13-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Universitetda budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maxsus fondi bilan bir qatorda budjetdan tashqari mablag‘lar, xususan to‘lov-shartnoma (jumladan, oshirilgan shartnoma asosida ta’lim olishga kiruvchilar) mablag‘lari hisobidan ma’muriy-boshqaruv, professor-o‘qituvchi, ilmiy, o‘quv-yordamchi, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni ularning mehnatiga haq to‘lash fondidan 85 foiz miqdorigacha bo‘lgan moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Maxsus jamg‘arma) tashkil etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Belgilab qo‘yilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Universitet rektori Maxsus jamg‘arma mablag‘lari hisobiga Universitet va Diplomatik akademiya xodimlariga ularning ishlari hajmi va samaradorligini hisobga olgan holda lavozim maoshining 100 foizigacha bo‘lgan miqdorda oylik ustama belgilash, shuningdek, qonunchilikka muvofiq boshqa qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish choralarini qo‘llash huquqiga ega;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va undan foydalanish tartibi, shuningdek, Universitet va Diplomatik akademiya xodimlariga oylik ustama belgilash mezonlari Universitet tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 1-iyuldan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimidagi xodimlarga uzoq yillik xizmati va diplomatik ranglari uchun oylik maoshlariga qo‘shimcha haq Universitet va Diplomatik akademiya xodimlariga nisbatan ham tatbiq etiladi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur qarorda nazarda tutilgan vazifalarni amalga oshirish uchun zarur mablag‘larni 2018-yil uchun ajratsin, keyingi yillardan boshlab esa ularni O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlari parametrlarida nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Universitet:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, boshqa sohaviy vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlari majburiy (bir nusxada) yuboriladigan tashkilotlar ro‘yxatiga;
(16-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bosma va kitob mahsulotlari (huquqiy, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy nashrlar)ning bepul nusxalari (bir nusxada) oladigan tashkilotlar ro‘yxatiga;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi, shuningdek, boshqa vazirlik va idoralarning statistik axborotlari majburiy yuboriladiganlar ro‘yxatiga kiritilsin.
(16-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1 va 2 ilovalar rus tili matnida berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir hafta muddatda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bakalavriati va magistraturasiga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oylik muddatda 2020-yil oxiriga qadar Universitet va Oliy maktab moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va kengaytirish, obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash hamda jihozlash, Universitetning to‘laqonli muhandis-texnik, axborot-kommunikatsiya infratuzilmasini yaratish masalalari bo‘yicha qaror qabul qilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga “Xalqaro iqtisodiyot va menejment”, “Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati” mutaxassisliklari kiritilishini ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti buyurtmalariga binoan Universitetda ishlash uchun jalb etiladigan chet ellik o‘qituvchilar, professorlar va mutaxassislarga davlat bojlari to‘lashdan ozod etgan holda ko‘p martalik vizalar berilishi va uzaytirilishini belgilangan tartibda ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida taklif kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R.S. Qosimov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov va O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri A.X. Kamilov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 21-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-3795-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-iyundagi PQ-3795-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

2018/2019 o‘quv yilida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha qabul kvotalari

Shifr

Ta’lim yo‘nalishi

2018/2019 o‘quv yiliga kvota

Jami

shu jumladan:

grant

kontrakt

150

30

120

5120700

Jahon siyosati (mintaqalar bo‘yicha)

30

6

24

5231100

Xalqaro iqtisodiyot va menejment (mintaqalar va faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha)

75

15

60

5240100

Yurisprudensiya (xalqaro-huquqiy faoliyat)

45

9

36

2018/2019 o‘quv yilida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida magistrlar tayyorlash bo‘yicha qabul kvotalari

Shifr

Ta’lim yo‘nalishi

2018/2019 o‘quv yiliga kvota

Jami

shu jumladan:

grant

kontrakt

50

10

40

5A120701

Xalqaro munosabatlar va jahon siyosati

8

1

7

5A231101

Xalqaro iqtisodiyot va menejment (mintaqalar va faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha)

9

2

7

5A231102

Tashqi iqtisodiy faoliyat (tarmoqlar va faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha)

9

2

7

5A240105

Xalqaro huquq (sohalar bo‘yicha)

6

1

5

5A240106

Diplomatik va konsullik huquqi

4

1

3

5A240111

Xalqaro biznes huquqi

5

1

4

Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati

9

2

7

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-iyundagi PQ-3795-son qaroriga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
JIDU kadrlariga buyurtmachi-tashkilotlar ro‘yxati va bakalavriat bitiruvchilarining ular o‘rtasidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taqsimoti*

T/r

Buyurtmachi-tashkilotlar ro‘yxati

Talabalar soni

Bakalavriat ta’limi yo‘nalishi

150

1.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati apparatlari

4

2.

Tashqi ishlar vazirligi

30

3.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

6

4.

Adliya vazirligi

10

5.

Ichki ishlar vazirligi

5

6.

Mudofaa vazirligi

5

7.

Davlat bojxona qo‘mitasi

6

8.

Prokuratura organlari

8

9.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

7

10.

Xokimliklar

7

11.

Innovatsion rivojlanish vazirligi

7

13.

Savdo-sanoat palatasi

5

14.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

6

15.

Iqtisodiyot vazirligi

7

16.

Milliy gvardiya

5

17.

Davlat xavfsizlik xizmati

5

18.

Milliy statistika qo‘mitasi

2

19.

Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti

7

20

Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti

3

21.

Inson huquqlari milliy markazi

2

22.

Siyosiy partiyalar

5

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Tashqi ishlar vazirligi JIDU kadrlariga buyurtmachi-tashkilotlar ro‘yxatiga va talabalar soniga o‘zgartirish hamda qo‘shimchalar kiritishi mumkin.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-iyundagi PQ-3795-son qaroriga
5-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dasturi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Rejalashtirilayotgan tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. JIDUda kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish

1.

Universitetda joriy etilayotgan yangi ta’lim yo‘nalishlari: “xalqaro iqtisodiyot va menejment”, “gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati” kabi yo‘nalishlar o‘qitish uchun kiritilayotganligini hisobga olgan holda ta’lim standartlarini tasdiqlash.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2018-yil iyun

TIV, Oliy ta’lim vazirligi

2.

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bakalavriati va magistraturasida o‘qish uchun talabalarni qabul qilish tartibi to‘g‘risida quyidagilarni nazarda tutuvchi Nizomni tasdiqlash:

chet tili, matematika hamda tarix, ona tili va adabiyot bo‘yicha test sinovlarini o‘tkazgan holda bakalavriatda o‘qish uchun abituriyentlardan hujjatlar qabul qilish tartibini joriy etish;

JIDUga kirish uchun abituriyentlarni tanlab olish bo‘yicha dastlabki imtihon sinovlarini o‘tkazish tartibi; bakalavriatga qabul qilishda chet tili bo‘yicha bilim darajasini aniqlashning tashkiliy-huquqiy mexanizmlari, bunda IELTS bilimlar darajasi ko‘rsatkichi — kamida 5,5 ball, TOEFL IBT bo‘yicha kamida 61 ball, shuningdek, Test DaF, GOETNE sertifikati, DELF imtihonlari va hokazolar bo‘yicha CEFR uslubidagi B2 minimal ko‘rsatkichga ega, umum tomonidan qabul qilingan, shu jumladan amaldagi xalqaro sertifikatlar asos bo‘ladi;

magistraturaga qabul qilishda chet tili bo‘yicha bilim darajasini aniqlashning tashkiliy-huquqiy mexanizmlari, bunda IELTS bilimlar darajasi ko‘rsatkichi — kamida 6,5 ball, TOEFL IBT bo‘yicha kamida 85 ball, shuningdek, Test DaF, GOETNE sertifikati, DALF imtihonlari va hokazolar bo‘yicha CEFR uslubidagi S1 minimal ko‘rsatkichga ega, umum tomonidan qabul qilingan, shu jumladan amaldagi xalqaro sertifikatlar asos bo‘ladi.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2018-yil iyun

TIV, DTM, Oliy ta’lim vazirligi

3.

Xorijiy tillarga o‘qitish va sinxron tarjimonlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha kompleks dasturni qabul qilish va amalga oshirish.

Qo‘shma qaror

2018-yil avgust

TIV, Oliy ta’lim vazirligi, O‘zDJTU

4.

Talabalar tomonidan o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash hamda keyinchalik ularning ishga joylashtirilishini ta’minlash tartibini tasdiqlash, bunda talabalar amaliyotini tashkil etish va bitiruvchilarni ishga joylashtirish to‘g‘risidagi idoralararo bitimlarni tuzish va ularning so‘zsiz bajarilishini ta’minlash, JIDU bitiruvchilarining lavozimlar bo‘yicha o‘sishining ta’sirchan monitoringini amalga oshirish mexanizmlari nazarda tutiladi.

Qo‘shma qaror

2018 yilnoyabr

TIV,Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, TSV, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

5.

2018/2019 o‘quv yilidan boshlab JIDUda “gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha ta’limni tashkil etish borasidagi tashkiliy-huquqiy, o‘quv-uslubiy chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish.

Qo‘shma qaror

2018 yil avgust

TIV, Oliy ta’lim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

6.

Bakalavriat va magistraturada to‘lov kontrakt asosida ta’lim olish qiymatining miqdorini belgilash tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Qo‘shma qaror

2018 yil iyul

TIV, Moliya vazirligi

7.

Chet ellardagi ixtisoslashgan sherik — oliy o‘quv yurtlarining innovatsion va ilg‘or xalqaro amaliyot tajribasini o‘quv, ilmiy-tadqiqot va ma’muriy faoliyatga tizimli asosda joriy etishni tashkil qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.

Qo‘shma qaror

2018 yil noyabr

TIV, Innovatsion rivojlanish vazirligi

8.

Chet mamlakatlarning yetakchi turdosh oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tahliliy markazlari bilan xalqaro aloqalarni chuqurlashtirish bo‘yicha 2018 — 2020 yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash.

Buyruq

2018 yil noyabr

TIV

9.

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda mazkur Universitet huzuridagi Oliy diplomatiya maktabining Ustavlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. JIDUning yangi tashkiliy-shtat tuzilmasini yuqori malakali mutaxassislar, o‘qituvchi kadrlar bilan to‘ldirish, shuningdek, Universitetning kam samarali va bir-birini takrorlovchi bo‘linmalarini tugatish hamda ularning xodimlari bilan mehnat shartnomalarini belgilangan tartibda to‘xtatish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.

Buyruq

2018 yil avgust

TIV, JIDU

10.

Vazirliklar va idoralarning yuqori malakali mutaxassis-larini, shu jumladan sobiq diplomatlarni ta’lim faoliyatiga jalb etish amaliyotini joriy qilish va rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Qo‘shma qaror

2018 yil sentabr

TIV, manfaatdor vazirliklar va idoralar

11.

Masofaviy ta’lim va mustaqil bilim olish usullarini, interaktiv mashg‘ulotlar hamda boshqa zamonaviy innovatsion texnologiyalarni, mazkur sohadagi ilg‘or xorijiy tajribani o‘quv jarayoniga tatbiq etish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2018 yil sentabr

TIV, manfaatdor vazirliklar va idoralar

II. Tashqi-siyosiy va tashqi-iqtisodiy tuzilmalar kadrlarini, shuningdek, professor-o‘qituvchilar tarkibini
qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish tizimini takomillashtirish

12.

Diplomatiya, boshqaruv kadrlari va mutaxassislarini Oliy maktabda qayta tayyorlash, malakasini oshirishni tashkillashtirish bo‘yicha tashkiliy-huquqiy, o‘quv-uslubiy chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish.

Qo‘shma qaror

2018 yil avgust

TIV, TSV, DBA

13.

Diplomatik xizmat xodimlarini, tashqi-siyosiy va tashqi-iqtisodiy tuzilmalarning xalqaro sohadagi mutaxassislarini Oliy maktabda qayta tayyorlash, malakasini oshirish va kadrlar zaxirasini shakllantirishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2018 yil avgust

TIV, TSV, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

14.

JIDU va Oliy diplomatiya maktabining ma’muriy-boshqaruv va professor-o‘qituvchilar tarkibiga diplomatik martaba berish Tartibini tasdiqlash.

Buyruq

2018 yil sentabr

TIV, Adliya vazirligi

15.

Universitet kadrlarining TIV markaziy apparatida va O‘zbekiston Respublikasining xorijiy muassasalarida stajirovkadan o‘tishi hamda ularni rotatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash.

Buyruq

2018 yiloktabr

TIV, Adliya vazirligi

16.

Amaliyotda talab etilgan mutaxassislarni manzilli tayyorlash, shuningdek, buning asosida Universitet mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlashga yillik maqsadli buyurtmalar portfelini shakllantirishni ta’minlash maqsadida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining, tashqi-siyosiy va tashqi-iqtisodiy sohalardagi nodavlat tashkilotlarining kadrlarga bo‘lgan joriy va istiqboldagi talab-ehtiyojlarini kompleks tahlil qilishning doimiy ishlaydigan tizimini yaratish.

Qo‘shma qaror

2018 yiloktabr

TIV, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, TSV, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

17.

Universitet va Oliy maktab professor-o‘qituvchilari malakasini O‘zbekistonning yetakchi ta’lim va tahliliy muassasalarida, xorijiy mamlakatlarning ta’lim va tadqiqot markazlarida bdjet hamda budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan majburiy ravishda oshirishning uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.

Buyruq

2018 yil sentabr

TIV, Oliy ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi

18.

Vazirliklar va idoralardan, yetakchi oliy ta’lim va ilmiy muassasalardan, tadqiqot markazlaridan, shu jumladan xorijiy mamlakatlardan yuqori malakali mutaxassislar va ekspertlarni kontrakt asosida Universitet va Oliy maktabga o‘qituvchilik qilishga jalb etish bo‘yicha yaxlit dasturni ishlab chiqish.

Qo‘shma qaror

2018 yiloktabr

TIV, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, TSV, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

III. JIDUning ilmiy-tadqiqot va axborot-tahliliy salohiyatini oshirish

19.

2019-2021-yillarda xalqaro munosabatlar, tashqi-iqtisodiy va tashqi-siyosiy faoliyat sohasidagi fundamental va ilmiy-amaliy tadqiqotlar Kompleks dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish.

Buyruq

2018 yiloktabr

TIV, Innovatsion rivojlanish vazirligi

20.

JIDUda innovatsion faoliyatni rivojlantirish, Universitetning tashqi-iqtisodiy, tashqi-siyosiy faoliyat sohasi, shuningdek, ta’lim sohasidagi ilmiy-amaliy ishlanmalari tatbiq etilishini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish.

Qo‘shma qaror

2018 yiloktabr

TIV, Innovatsion rivojlanish vazirligi,Oliy ta’lim vazirligi

21.

Xalqaro munosabatlar, xalqaro iqtisodiyot va menejment, xalqaro huquqning dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy, ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks dasturni qabul qilish.

Qo‘shma qaror

2018 yil noyabr

TIV, OAK, Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi

22.

Xalqaro iqtisodiy va siyosiy tadqiqotlar markazi hamda Xalqaro-huquqiy tadqiqotlar va qiyosiy ommaviy huquq markazining Nizomlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

TIV buyrug‘i

2018 yil avgust

TIV

IV. JIDUning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, xodimlarini moddiy rag‘batlantirish chora-tadbirlari

23.

JIDUning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlarni amalga oshirish:

binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilish hamda mukammal ta’mirlash;

mahalliy isitish tizimini yaratish;

bosmaxona, poligrafiya va nashriyot bazasini modernizatsiya qilish;

Universitetni zarur mebel, anjomlar, o‘quv va laboratoriya uskunalari, kompyuter va boshqa orgtexnika, kutubxona fondi bilan jihozlash;

Universitet hududini obodonlashtirish;

JIDU faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2018 yil avgust

Vazirlar Mahkamasi, TIV, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

24.

Universitet va Oliy maktabning boshqaruv xodimlari, professor-o‘qituvchilari, ilmiy, o‘quv-yordamchi, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarini moddiy rag‘batlantirish uchun Maxsus jamg‘arma hamda ularning xodimlariga har oylik ustamalar belgilash mezonlari to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Qo‘shma qaror

2018 yiliyun

TIV, Moliya vazirligi

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.06.2018-y., 07/18/3795/1453-son; 23.02.2019-y., 06/19/5668/2652-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son; 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son; 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son; 21.07.2025-y., 06/25/114/0633-son)