27.06.2018 yildagi 485-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 27.06.2018 yildagi 485-son
Date of entry into force
29.06.2018
Hujjat 29.06.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi huzuridagi sportchilarning olimpiya tayyorgarligi markazlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-martdagi PF-5368-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, yuqori mahoratli sportchilarni kompleks, shu jumladan olimpiya sport turlari boʻyicha yuqori darajada tayyorlash, aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-martdagi PF-5368-son Farmoniga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Samarqand viloyati Samarqand tumanida universal olimpiya tayyorgarligi va xalqaro musobaqalar oʻtkazish markazi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida milliy terma jamoalarning universal olimpiya tayyorgarligi markazi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jizzax viloyati Zomin tumanida gimnastika boʻyicha olimpiya tayyorgarligi markazi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Namangan viloyati Chortoq tumanida sport oʻyinlari boʻyicha olimpiya tayyorgarligi markazi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida sport yakkakurashlari boʻyicha olimpiya tayyorgarligi markazi (keyingi oʻrinlarda markazlar deb ataladi) tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda davlat mulki obyektlari Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasiga begʻaraz muddatsiz foydalanish huquqi asosida berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasiga yuqorida koʻrsatilgan davlat mulki obyektlarini keyinchalik markazlarga maqsadli foydalanish va xoʻjalik faoliyati yuritish uchun begʻaraz foydalanish (tasarruf etish huquqisiz) uchun berishga ruxsat etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar markazlarning asosiy vazifalari deb belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jahon va Osiyo chempionatlarida, Olimpiya, Paralimpiya va Osiyo oʻyinlarida, Universiadalar, boshqa xalqaro va mintaqaviy musobaqalarda Oʻzbekiston sharafini munosib himoya qilishga qodir xalqaro toifadagi sportchilarni, terma jamoalar aʼzolarini tayyorlash uchun zarur sport inventarlari bilan jihozlangan zamonaviy, xalqaro talablar va standartlarga javob beradigan moddiy-texnika hamda oʻquv-mashgʻulot bazasini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sportning olimpiya turlari boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoalari (keyingi oʻrinlarda terma jamoalar deb ataladi) sportchilarini markazlashtirilgan tartibda tayyorgarlik koʻrishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
olimpiya sport turlari boʻyicha terma jamoalarni, sport zaxirasini tayyorlash maqsadida oʻz faoliyatini taʼminlash uchun oʻzining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sportchilar, terma jamoalar aʼzolarining oʻquv-mashgʻulot jarayonini xalqaro standartlar darajasida tashkil etish, xalqaro toifadagi sportchilarni tayyorlash uchun yuqori malakali trener-mutaxassislar, psixologlar va metodistlarni, shu jumladan xorijdan keng jalb qilish hisobiga oʻquv-mashgʻulot jarayoniga ilgʻor xalqaro tajriba inobatga olingan holda yangi ilmiy-uslubiy texnologiyalarni joriy etish orqali ularning nazariy hamda texnik-taktik tayyorgarligi sifatini muntazam oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
trenerlar va sportchilarning professional darajasini oshirish, shu jumladan xorijiy sportchilar va trenerlar uchun pulli asosda oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini oʻtkazish maqsadida tajriba almashish boʻyicha xorijiy sport maktablari, klublari va markazlari bilan hamkorlikni kuchaytirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki, markazlarning moddiy-texnika bazasini joriy taʼminlash va mustahkamlash Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasining mablagʻlari, markazlarning xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan daromadlari, xayriya mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi xorijdan yetakchi mutaxassislarni albatta jalb etgan holda, markazlarni yuqori malakali mutaxassislar va trenerlar bilan toʻldirish boʻyicha zarur choralar koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan va Toshkent viloyatlari hokimliklarining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Samarqand viloyatining Samarqand tumanida universal olimpiya tayyorgarligi va xalqaro musobaqalar oʻtkazish markazini qurish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jizzax viloyatining Zomin tumanida gimnastika boʻyicha olimpiya tayyorgarligi markazi, Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida sport yakkakurashlari boʻyicha olimpiya tayyorgarligi markazi, Namangan viloyatining Chortoq tumanida sport oʻyinlari boʻyicha olimpiya tayyorgarligi markazi,Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida milliy terma jamoalar uchun universal olimpiya tayyorgarligi markazini (keyingi oʻrinlarda obyektlar deb ataladi) rekonstruksiya qilish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish doirasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli hokimliklar huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari — buyurtmachi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tender savdolari yakunlari boʻyicha belgilangan tartibda aniqlangan tashkilotlar — bosh loyiha va pudratchi tashkilotlar etib belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Quyidagilar loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlarini bajarish, shuningdek, obyektlarning moddiy-texnika bazasini takomillashtirish hamda ularni uskunalar bilan jihozlash borasidagi xarajatlarni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) loyiha-qidiruv hujjatlarini ishlab chiqish, obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va hududlarni obodonlashtirish boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) moddiy-texnika bazani takomillashtirish, sport uskunalari, anjomlari va kiyimlari bilan taʼminlash boʻyicha — Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasining mablagʻlari, xayriya mablagʻlari, xalqaro tashkilotlar grantlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) ularning belgilangan standartlarga muvofiq uzluksiz ishlashini taʼminlash hisobga olinib, tashqi elektr, gaz taʼminoti va aloqa tarmoqlarini qurish va koʻchirish boʻyicha — tegishli viloyatlarning mahalliy budjeti mablagʻlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Samarqand viloyatining Samarqand tumani hokimligi Samarqand viloyati Injiniring kompaniyasiga “Konigil agrotexservis” MChJ agrofirmasi hududidan universal olimpiya tayyorgarligi va xalqaro musobaqalar oʻtkazish markazini barpo etish uchun umumiy maydoni 15,0 gektar boʻlgan yer uchastkasini belgilangan tartibda ajratgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan va Toshkent viloyatlari hokimliklari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda obyektlarni qurish hamda rekonstruksiya qilish, tashqi muhandislik va transport kommunikatsiyalarini oʻtkazish bilan bogʻliq tashkiliy va texnik masalalarni hal etsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bosh loyiha tashkiloti bilan birgalikda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqsin va ularni vakolatli davlat ekspertiza organlari bilan kelishishni taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qurilish vazirligi, buyurtmachi va bosh pudratchi tashkilot bilan birgalikda olimpiya tayyorgarligi markazlarini tashkil etish tadbirlarining ilovaga muvofiq asosiy bosqichlari asosida obyektlarni 2020-yilning oxirigacha foydalanishga topshirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi obyektlarda qurilish-montaj ishlarining sifati yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini oʻrnatsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Mazkur qarorning bajarilishi nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, Bosh vazir oʻrinbosari A.A. Abduhakimov va Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri Sh.X. Isroilov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 27-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
485-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-iyundagi 485-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Olimpiya tayyorgarligi markazlarini tashkil etish tadbirlarining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ASOSIY BOSQICHLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.06.2018-y., 09/18/485/1413-son; 13.08.2020-y., 09/20/481/1169-son)