27.06.2018 yildagi PF-5467-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 27.06.2018 yildagi PF-5467-son
Date of entry into force
29.06.2018
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Obod mahalla” dasturi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mamlakatimizni rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasini izchil amalga oshirish va muhim ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yoʻnalishlarini samarali harakatga keltirishda shaharlar salmoqli hissa qoʻshmoqda. Yurtimizning qadim tarixga ega boʻlgan yoki yaqin oʻtmishda tashkil etilgan 30 dan ortiq yirik shaharlarida yashayotgan mehnatsevar aholining samarali faoliyati tufayli har yili oʻrta hisobda jami sanoat mahsulotlarining 53,4 foizi ishlab chiqarilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur salohiyatdan oqilona foydalanish, xususan tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, mahalliy budjetning daromad bazasini kengaytirish, zamonaviy infratuzilmani shakllantirish va pirovard natijada aholi turmush sifatini yaxshilash kabi yoʻnalishlar mahalliy hokimliklarning ustuvor vazifalaridan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Biroq, barcha darajadagi mahalliy hokimliklar va kommunal tarmoq korxonalari tomonidan bevosita zimmasidagi muvofiqlashtirish vazifasining toʻliq bajarilmasligi oqibatida mahalladagi ijtimoiy va muhandislik infratuzilmalari nochor ahvolga tushib qolgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shuningdek, mahalla aholisining oʻzi yashaydigan hududini asrab-avaylash va saqlashga masʼuliyat bilan yondashish hissi susaygan. Tabiiyki, bunday holatda jonajon Vatanimizning har bir goʻshasida, uylarimizda farovonlik, fayz-baraka boʻlmaydi, qolaversa mahallalarimizning obodligi taʼminlanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻz navbatida, mahallalar hududlarida aholiga xizmat koʻrsatadigan tuzilmalarning faoliyati doimiy ravishda yoʻlga qoʻyilmaganligi oqibatida aholi kundalik ijtimoiy-maishiy masalalar bilan ham mahalliy hokimlik va davlat organlariga murojaat qilishga majbur boʻlmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hududlarga tashriflar jarayonida joylardagi haqiqiy ahvol bilan tanishish, bevosita mahallalar va xonadongacha kirib borish hamda aholi bilan muloqot natijalari shuni koʻrsatdiki, shahar mahallalarida quyidagi tizimli muammolar mavjud:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchidan, mahallalarning bosh rejalari va batafsil rejalashtirish loyihalarining mavjud emasligi hamda mahalliy hokimliklar, hududiy arxitektura idoralari va mahalla fuqarolar yigʻinlari shaharsozlik norma va qoidalariga amal qilmaganligi oqibatida joylarda oʻzboshimchalik bilan betartib qurilishga barham berilmayapti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchidan, shahar infratuzilmasini rivojlantirish ishlari ishonchli moliyaviy manbalar bilan taʼminlanmaganligi oqibatida, ularni oʻz vaqtida va toʻliq modernizatsiya qilish imkoniyati cheklanib, kommunal xizmatlar taʼminotidagi yetishmovchilik va uzilishlar yuzaga kelmoqda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchidan, ichki yoʻllar holati talab darajasida emas va ularning oʻtkazish quvvatlari foydalanish uchun moslashmagan, drenaj-irrigatsiya tizimining eskirganligi hamda yaroqsiz holga kelib qolganligi sizot suvlar sathini pasaytirish imkonini bermaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahallalar hududini obodonlashtirish, mavjud infratuzilmani kompleks rivojlantirish, shuningdek, yoʻl-transport infratuzilmasi, muhandislik kommunikatsiyalari va ijtimoiy soha obyektlarini barpo etish hamda shu asosda aholining turmush sharoitini yuksaltirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining shaharlarda aholining farovon yashashi va samarali mehnat faoliyatini taʼminlashga qaratilgan “Obod mahalla” dasturini amalga oshirish, xususan joriy yilda 2 tadan va 2019 — 2022-yillarda kamida 3 tadan mahallalarda qurilish, taʼmirlash va obodonlashtirish ishlarini bajarish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar “Obod mahalla” dasturining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir mahallada oʻz ichiga mahalla guzarini, tibbiyot maskanlari negizida qulay va arzon dorixonalarni, zarur maishiy xizmat va servis shoxobchalarini, bolalar maydonchasi hamda kichik istirohat bogʻini qamrab oladigan “mahalla markazi”ni barpo etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir mahallaning tarixan shakllangan tadbirkorlik va hunarmandchilik salohiyatini hamda maʼnaviy-madaniy anʼanalarini qayta tiklash va rivojlantirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalla hududida boʻsh turgan yer maydonlarini yoki foydalanilmasdan turgan bino va inshootlarni tadbirkor va hunarmandlarga belgilangan tartibda realizatsiya qilish asosida mikro sanoat zonalarini va hunarmandchilik markazlarini tashkil etish hisobiga mahalla ahlini ish bilan taʼminlash;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-70-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 06/25/70/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalla ahlini elektr energiyasi, ichimlik suvi, koʻmir va tabiiy gaz bilan ishonchli taʼminlash, maishiy chiqindilarni toʻplash va chiqarishning zarur infratuzilmasini yaratish va har bir oila energiya va kommunal xizmatlar uchun toʻlovlarni toʻliq va oʻz vaqtida amalga oshirishi va xonadonlardagi oʻlchov-hisoblash uskunalarining bir maromda ishlashi uchun mahallaning masʼuliyatini keskin oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻorish uchun mavjud suv resurslaridan kelib chiqib ariq-irrigatsiya tizimini moslashtirish, kollektor va drenaj tizimlarini modernizatsiya qilish, sizot suvlar sathini pasaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalla ahlining ehtiyojiga mos keladigan, keng ichki yoʻllarni va piyodalar yoʻlaklarini qurish hamda taʼmirlash, yoʻl boʻyini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, tashqi yoritish tizimlarini barpo etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalla hududidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarini, umumtaʼlim maktablarini, tibbiyot, madaniyat va jismoniy tarbiya hamda sport tashkilotlari bino va inshootlarini ustuvor ravishda rekonstruksiya qilish va taʼmirlash;
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga muhtoj oilalarga ularning uy-joylarini taʼmirlashda moddiy va moliyaviy yordam koʻrsatish hamda aholini qurilish materiallari bilan imtiyozli tarzda taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har qanday qurilish, taʼmirlash va obodonlashtirish ishlarini, shuningdek, mahallaning zamonaviy shaharsozlik qiyofasini yaratishga qaratilgan barcha loyihalarni faqat bosh rejaga muvofiq holda amalga oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mahalliy hokimliklar va jamoat tashkilotlari bilan birgalikda aholiga xizmat koʻrsatadigan tuzilma va tashkilotlar boʻlinmalari (vakillari)ning faoliyatini tashkil etish hamda ularning muntazam ravishda ishlashini taʼminlashga qaratilgan vazifa va yoʻnalishlardan kelib chiqib, “Obod mahalla” dasturi parametrlarini shakllantirish hamda amalga oshirishning uzoq muddatli mexanizmi va aniq manbalarini aniqlab, ijrosini taʼminlashga qaratilgan qaror loyihasini kiritsin. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻp xonadonli va yakka tartibdagi uy-joylarni taʼmirlash va ularga tutashgan hududlarni obodonlashtirish, piyodalar yoʻlaklari, irrigatsiya va sugʻorish tizimlari hamda chiqindi yigʻish maydonchalarini barpo etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalla ichki avtomobil yoʻllarini va transport kommunikatsiya tizimini taʼmirlash, ichimlik suvi va oqova suv taʼminotini yaxshilash, elektr energiyasi va gaz taʼminoti hamda koʻchalarni yoritish tizimini tiklash, issiqlik tarmoqlarini modernizatsiya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy soha obyektlari, zamonaviy sport inshootlari va mahalla guzarlarini tashkil etish, bozor infratuzilmasi obyektlari, jumladan hammom, savdo va maishiy xizmat majmualarini qurish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalla hududidagi loyihalarni joylashtirish va boʻsh yerlarni ajratishda mahallaning ravnaqiga xizmat qiladigan yoʻnalishlarga ustuvorlik berish va bu borada barcha darajadagi arxitektura organlari mutasaddilarining shaharsozlik talablariga soʻzsiz rioya qilish yuzasidan shaxsiy masʼuliyatini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalla aholisining farovon turmush kechirishi uchun munosib sharoit yaratish, mavjud ijtimoiy va muhandislik infratuzilmalarini saqlash, asrab-avaylash vazifalarini barcha darajadagi mahalliy hokimliklar zimmasiga shaxsan yuklatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dasturda har bir mahalla fuqarosining obodlik uchun koʻngildan chiqayotgan orzu-umidlarini roʻyobga chiqarish va shaxsiy hissasini qoʻshishda barcha imkoniyatlarni safarbar etish, bunyodkorlik harakatlarini qoʻllab-quvvatlash, “mahalla obodligi xonadon obodligidan boshlanadi” degan tashabbus asosida oʻz mahallasini obod qilish uchun aholida masʼuliyat hissini kuchaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholiga kundalik ijtimoiy-maishiy xizmat koʻrsatadigan xizmatlar va tuzilmalar faoliyatini bevosita yirik (oʻrtacha doimiy aholi soni 4 ming kishidan ortiq) mahallalarning oʻzida yoʻlga qoʻyish nazarda tutilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “Obod mahalla” dasturi doirasida bajariladigan qurilish, taʼmirlash va obodonlashtirish ishlarini moliyalashtirish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida shaharlar va tumanlar uchun “Obod mahalla” jamgʻarmalari tashkil etilsin hamda kuyidagilar ularning manbalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratiladigan transfertlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari va ularning qoʻshimcha mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mahalla” xayriya jamoat fondi, hasharlar va xayriya tadbirlarini oʻtkazish hisobidan tushadigan mablagʻlar, tashkilotlarning homiylik xayriyalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasi mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro moliya institutlari hamda xorijiy davlatlar grant mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashabbuskor tadbirkorlar mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yilda “Obod mahalla” dasturiga kiritilgan mahallalardagi ijtimoiy soha va infratuzilma obyektlari, ichki yoʻllarni qurish va taʼmirlash, ichimlik suvi taʼminoti va kanalizatsiya xamda kollektor va drenaj tizimlarini modernizatsiya qilish va sizot suvlar sathini pasaytirish ishlarini moliyalashtirish uchun qoʻshimcha ravishda talab etiladigan mablagʻlar teng ulushlarda Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalar hamda mahalliy budjetlar hisobidan, kelgusi yillarda esa Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlari mablagʻlari va xalqaro moliya institutlari hamda xorijiy davlatlarning grant mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Obod mahalla” dasturi doirasida amalga oshiriladigan elektr energiyasi va tabiiy gaz taʼminoti, aloqa tizimi va umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini taʼmirlash ishlari “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AJ, “Oʻzbektelekom” AK, Respublika yoʻl jamgʻarmasi hamda boshqa tashkilot va tarmoq korxonalarining oʻz mablagʻlari hisobidan tegishli maqsadlar uchun toʻgʻridan-toʻgʻri moliyalashtiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Obod mahalla” va “Obod qishloq” dasturlari doirasida bajariladigan taʼmirlash ishlari (kapital qurilishdan tashqari) va obodonlashtirish tadbirlari ularni loyihalashtirish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan mustaqil ravishda tasdiqlanadigan manzilli roʻyxat asosida moliyalashtiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Obod mahalla” va “Obod qishloq” dasturlari doirasida bajariladigan qurilish, taʼmirlash va obodonlashtirish ishlari uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanish hamda obyektlarning ish hajmi va smeta qiymatlarini asossiz ravishda oshirib yubormaslik uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari shaxsan masʼuldir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi va Moliya vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda kelgusi yillarda rivojlanish dasturlari parametrlarini belgilashda “Obod mahalla” dasturiga kiritilgan obyektlar uchun zarur miqdordagi mablagʻlarning nazarda tutilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. “Obod mahalla” dasturiga kiritilgan mahallalarda qurilish, taʼmirlash va obodonlashtirish ishlarini bajarish uchun mahalliy qurilish materiallari, buyumlari va jihozlarini yetkazib beradigan ishlab chiqarish korxonalariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi “Obod qishloq” dasturi toʻgʻrisida”gi PF-5386-son Farmonining 7-bandi bilan taqdim etilgan imtiyozlar tatbiq etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari, sektorlar rahbarlari, xoʻjalik birlashmalari, korxona va tashkilotlar bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Obod mahalla” dasturiga kiritilgan mahallalarda qurilish va obodonlashtirish ishlariga ishsiz aholini 6 oylik muddatgacha jalb qilish va birinchi oylik ish haqini ish boshlagan kunida oldindan 50 foizini boʻnak sifatida toʻlash shartlarida haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahallalarda boʻsh turgan bino va inshootlarda mikro sanoat zonalarini tashkil etish, ijtimoiy soha va bozor infratuzilmasi obyektlarini qurish, shuningdek, aholiga xizmat koʻrsatish va servis shoxobchalarini barpo etish orqali yangi ish oʻrinlari yaratish va aholining ish bilan bandligini oshirish choralarini koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda mahallalarda aholini, jumladan yoshlarni ish bilan taʼminlash uchun mikro sanoat zonalarini tashkil etib, zamonaviy ixcham ishlab chiqarish korxonalari va maishiy texnikalarga xizmat koʻrsatish shoxobchalarini joylashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda hududlarda foydalanilmasdan boʻsh turgan bino va inshootlardan samarali foydalanish taʼminlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda “Obod mahalla” jamgʻarmalarini tashkil etish, uning mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini tasdiqlasin hamda belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Milliy axborot agentligi, Matbuot va axborot agentligiga barcha turdagi ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda “Obod mahalla” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ulkan qurilish, taʼmirlash va obodonlashtirish ishlarini batafsil yoritib borish va keng xalq ommasi orasida targʻib qilish tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T.A. Xudaybergenov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 27-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-5467-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.06.2018-y., 06/18/5467/1412-son; 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 06/25/70/0375-son)