29.03.2018 yildagi PF-5386-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 29.03.2018 yildagi PF-5386-son
Date of entry into force
30.03.2018
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Obod qishloq” dasturi to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mamlakatimizning boy va qadimiy tarixidan ma’lumki, ajdodlarimiz tomonidan mahallalarni obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlarini amalga oshirish eng bebaho qadriyat va an’analardan hisoblanadi. Mazkur qadriyatlarimizni izchil davom ettirgan holda keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlarini barcha hududlarda amalga oshirish orqali qishloq aholisi uchun munosib sharoitlar yaratish va ularning turmush madaniyatini yanada yuksaltirish, eng asosiysi, yoshlarni xayrli ishlarga da’vat etish alohida ahamiyat kasb etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Har kim o‘zi yashaydigan uy, mahalla va qishloqni obodonlashtirishda hissasini qo‘shsa, yurtimiz obod bo‘ladi, obod yurtda yashaydigan odamlar kayfiyati yaxshi bo‘lishi ta’minlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birgalikda, mamlakatimiz aholisining 49 foizi yashaydigan qishloq joylarda salmoqli demografik, mehnat va iqtisodiy salohiyat jamlanishiga qaramasdan. ular uchun zaruriy sharoitlar yaratib berilmagan, turmush darajasi va sifatini oshirishga yetarlicha e’tibor qaratilmagan. Jumladan, so‘nggi yillarda paxta, g‘alla va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishga hissasi yuqori bo‘lgan dehqon-fermerlarning va boshqa toifadagi aholining hayotiy-maishiy ehtiyojlari to‘liq ta’minlanmagan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunday holat qishloq aholi punktlarini tubdan qayta yangilamasdan va uni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirmasdan, mamlakatimizni zamonaviy rivojlangan davlatga aylantirishga to‘siq bo‘lmoqda. Xususan, hududlarga tashriflar jarayonida joylardagi haqiqiy ahvol bilan tanishish, bevosita mahalla va xonadonlarga kirib borish hamda aholi bilan muloqot natijalari quyidagi tizimli muammolar mavjudligini ko‘rsatmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Birinchidan, mazkur ishlar mahalliy hokimliklar, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining hududiy organlari va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari tomonidan shaharsozlik me’yor va qoidalariga amal qilmagan holda, bino-inshootlar va uy-joylarni tartibsiz va o‘zboshimchalik bilan qurish holatlariga chek qo‘yilmayapti. Qurilish ishlarining qishloq va mahalla darajasida kompleks yondashuvlar asosida olib borilmasligi oqibatida qishloq aholi punktlarining me’moriy qiyofasi eskicha ko‘rinishda qolmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ikkinchidan, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, “O‘zbekenergo” AJ va “O‘ztransgaz” AJning quyi tizim korxonalari tomonidan qishloq aholi punktlarida ichimlik suvi, gaz va elektr tarmoqlari, transformator punktlarini ekspluatatsiya qilish qoniqarsiz ahvolda olib borilishi oqibatida zarur infratuzilmalar eskirgan va yaroqsiz ahvolga kelib qolgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uchinchidan, shaharsozlik me’yor va qoidalari hududlarning o‘ziga xos xususiyatlariga moslashtirilmaganligi oqibatida qishloq aholi punktlarining me’moriy qiyofasini yaxshilash, xususan, mazkur hududlarda avtomobil yo‘llari va yo‘lbo‘yi infratuzilmasi barpo etish, obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va irrigatsiya tizimlarini barpo etish tartibsiz ravishda olib borilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
To‘rtinchidan, mahalliy budjetlar va tarmoq tashkilotlari tomonidan qishloq aholi punktlarida bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini kompleks tarzda amalga oshirish uchun moliyalashtirish tizimi yo‘lga qo‘yilmagan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Beshinchidan, eng achinarlisi shuki, aholining ayrim qismlari shu ahvol bilan ko‘nikkan boqimandalik kayfiyatiga berilib ketganligi oqibatida o‘zining uy-joylari, hovlisi va tomorqasini saqlashga e’tibor qaratmay qo‘yilgan. Xalqimizning “qush inida ko‘rganini qiladi” degan naqlni esdan chiqarib, o‘z ostonasini osoyishta va saranjom qilmaslik farzandlarimiz va nevaralarimiz tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oltinchidan, obodonlashtirish ishlarida faollar, keng jamoatchilik va fuqarolarni jalb qilishga yetarlicha e’tibor qaratilmayapti va aniq bir tizimli samarali ishlar olib borilmayapti. Ayniqsa, mazkur ishlar sektor rahbarlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari, xotin-qizlar qo‘mitalari va yoshlar ittifoqining hududiy bo‘g‘inlari e’tiboridan chiqib ketgan va bu borada qat’iy tashabbuskorlik va muvofiqlashtirish yetishmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ettinchidan, hududlarda an’anaviy bo‘lib qolgan hasharlarni faqatgina “xo‘ja ko‘rsin” uchun bayram kunlariga yaqin sanalarda yuzaki o‘tkazish odat tusiga aylanib qolgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, qishloq aholi punktlarining me’moriy qiyofasini tubdan yangilash, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi hamda ijtimoiy soha obyektlarini barpo etish va shu asosda aholining turmush madaniyatini yuksaltirish va dunyoqarashini kengaytirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Belgilab qo‘yilsinki, joriy yilning 1-aprelidan boshlab respublikaning har bir tumani va shahrida, avvalambor olis va tabiiy-iqlim sharoiti og‘ir hududlarda 2018-yilda 2 tadan va kelgusi yillarda 3 tadan qishloq (mahalla)da aholining yashash sharoitlarini tubdan yaxshilash, turmush tarzi va darajasida sezilarli ijobiy o‘zgarishlarni ta’minlashga, mazkur qishloq (mahalla)larning qiyofasini zamonaviylashtirishga va unda istiqomat qiluvchilar uchun ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan “Obod qishloq” dasturi (keyingi o‘rinlarda dastur deb ataladi) amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar dasturning ustuvor maqsadlari va xarajatlarning asosiy manbalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchidan, respublika budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalaridan ajratiladigan mablag‘lar hisobiga aholini ishonchli tarzda ichimlik suvi bilan ta’minlash, sizot suvlar sathini pasaytirish, qishloqlarni tuman markaziga ulaydigan yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash, shuningdek, lizing asosida qishloq va tuman markazi orasida avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchidan, mahalliy budjetlar mablag‘lari hisobidan qishloq ichki yo‘llari va piyodalar yo‘laklarini barpo etish va ta’mirlash, yo‘lbo‘ylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, sanitariya inshootlari va irrigatsiya tizimlarini barpo etish, transport to‘xtash bekatlarini qurish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchidan, xalqaro moliyaviy institutlarning kreditlari hamda korxonalarning o‘z mablag‘lari hisobiga elektr ta’minotini yaxshilash, aloqa tizimini modernizatsiya qilish, aholiga suyultirilgan gaz va ko‘mir yoqilg‘isini uzluksiz yetkazib berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
to‘rtinchidan, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan xizmatlarni tubdan yaxshilashga e’tibor qaratish, bunda bog‘cha, maktab va oilaviy poliklinikalarni qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish hamda tegishli xarajatlarning yarmini respublika budjeti va maqsadli jamg‘armalar hamda qolgan qismini mahalliy budjet va mahalliy homiylar hisobidan moliyalashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchidan, bozor infratuzilmasi obyektlarini va servis shoxobchalarini, jumladan, hammom va kichik bozor shoxobchalarini tadbirkorlarning o‘z mablag‘lari, tijorat banklarining kreditlari va xalqaro moliya institutlarining kreditlari hisobidan barpo etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oltinchidan, uy-joylarni ta’mirlashda xonadon egalariga amaliy yordam ko‘rsatish, avvalambor, qurilish materiallari bilan markazlashgan holda ta’minlash, bu jarayonda keng miqyosda hashar usullarini qo‘llash hisobiga hovli va atrof-hududlarni obodonlashtirish, ariqlarni tozalash, oqova suv xandaqlarini barpo etish hamda muhtoj oilalar uchun homiylar va ish beruvchi korxonalar mablag‘lari hisobidan uy qurib berish (ta’mirlash) va boshqalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari huzurida “Obod qishloq” jamg‘armalari tuzilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiyot vazirligi Investitsiya bo‘yicha davlat qo‘mitasi va Moliya vazirligi bilan birgalikda o‘n kun muddatda “Obod qishloq” jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini tayyorlab, tasdiqlash uchun kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar “Obod qishloq” dasturida belgilangan tadbirlarni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika budjeti va maqsadli jamg‘armalar mablag‘lari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy budjet va uning qo‘shimcha mablag‘lari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarmoq korxonalarining mablag‘lari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro moliya institutlari va xorijiy davlatlarning grant mablag‘lari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mahalla” jamg‘armasining va boshqa tashkilotlarning homiylik xayriyalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashabbuskor tadbirkorlar mablag‘lari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hasharlar va xayriya tadbirlarini o‘tkazish hisobidan tushadigan mablag‘lar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasi mablag‘lari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasining har yillik davlat budjeti, shu jumladan mahalliy budjetlar parametrlarini tasdiqlashda “Obod qishloq” dasturini amalga oshirish uchun zarur miqdorda mablag‘lar ajratilishini nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, dastur doirasida “O‘zbekenergo” AJ, “O‘ztransgaz” AJ, “O‘zbektelekom” AK, Respublika yo‘l jamg‘armasi, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasining, tashkilot va korxonalar o‘z mablag‘larining tegishli maqsadlar uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalashtirilishi belgilab qo‘yilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi va Moliya vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda mazkur Farmon bilan “Obod qishloq” dasturining belgilab berilgan asosiy yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda, barcha tashkiliy chora-tadbirlar izchilligi, loyihalarni moliyalashtirish manbalari, moddiy resurslar ta’minoti bilan uzviy va chambarchas bog‘langan 2018-yil uchun chora-tadbirlar rejasini o‘n kun muddatda ishlab chiqib, o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini tasdiqlash uchun kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Obod qishloq” dasturi doirasida markazlashgan manbalar va mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan bajariladigan ishlar bo‘yicha buyurtmachi etib Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Barcha obyektlar bo‘yicha bosh loyihachi va pudratchi tashkilotlarni eng maqbul takliflar tanlovi orqali aniqlashga ruxsat berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur tanlovlarni tashkil etish, jarayonlarni nazorat qilish va ularning samaradorligini ta’minlash uchun shaxsiy javobgarlik “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi raisi B. Zakirov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tuman (shahar) hokimliklari va sektor rahbarlari dasturni amalga oshirish doirasida qamrab olinadigan joriy va kelgusi davrlarga mo‘ljallangan qishloq va mahallalarning manzilli ro‘yxatlarini O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun quyidagi qat’iy shartlar asosida shakllantirishni ta’minlasinlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir qishloq kesimida tuman (shahar) hududiy tashkilotlari bilan birgalikda mo‘ljallanayotgan keng ko‘lamli ishlarni tashkil etish va boshqarish yuzasidan tezkor maxsus shtablarni joriy etish, shu jumladan ishlarni hashar va xo‘jalik usulida bajarishni ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini tashkil etish, moliyalashtiriladigan qismi bo‘yicha mavjud barcha imkoniyatlarni jalb etish, shu jumladan soliq yig‘uvchanligini oshirish va qo‘shimcha aniqlanadigan manbalardan mahalliy budjet daromadini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arxitektura, sanitariya va texnik talablar asosida shaxsiy mulk egalari o‘z uy-joyini saqlash, mavjud tomorqalardan unumli foydalanish, yer va mol-mulk soliqlarini hamda ko‘rsatilgan kommunal xizmatlar uchun hisob-kitob qilish va qarzdorlikka yo‘l qo‘ymaslik, hashar fuqarolarning bevosita shaxsiy ishtirokini aks ettiruvchi jamoa shartnomalarinn tuzish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi va “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi huzuridagi Davlat arxitektura-qurilish nazorati inspeksiyasi uy-joy, bino-inshootlar va tomorqa xo‘jaliklari mulkdorlari tomonidan amaldagi talab va qoidalar buzilishi va ularga rioya etmaslik holatlariga yo‘l qo‘yilgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy kodeksiga muvofiq tegishli choralar ko‘rsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Belgilab qo‘yilsinki, “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan obyektlarni sifatli va arzon qurilish materiallari bilan ta’minlash maqsadida, metall prokati, sement, noruda materiallari, g‘isht, temir-beton mahsulotlari, eshik, deraza romlari, lok-bo‘yoq, shifer va shu kabi boshqa asosiy turdagi mahalliy qurilish materiallarini ishlab chiqarish uchun korxonalarga gaz va elektr energiyasi 2018-yil 1-maydan boshlab, “O‘ztransgaz” AJ va “O‘zbekenergo” AJ tomonidan aholi uchun belgilangan narxlarda yetkazib beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “O‘zmetkombinat” AJ, “O‘zqurilishmateriallari” AJ, boshqa tegishli vazirlik, idora va xo‘jalik birlashmalari bilan birgalikda sement, metall prokati, g‘isht, temir-beton buyumlari, eshik, deraza romlari, lok-bo‘yoq mahsulotlari kabi asosiy turdagi mahalliy qurilish materiallari va jihozlarini yetkazib berish uchun firma do‘konlari tarmoqlarini tashkil etish choralarini ko‘rsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, tegishli loyiha institutlari bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Obod qishloq” dasturiga kiritilgan qishloq aholi punktlarining bosh rejalarini batafsil rejalashtirish loyihalari bilan birgalikda oldindan ishlab chiqishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 1-yanvarga qadar qishloq aholi punktlari me’moriy qiyofasini yaxshilash tizimini takomillashtirish maqsadida shaharsozlik me’yor va qoidalariga o‘zgartirishlar kiritish, zarur hollarda yangi standart va mezonlarni ishlab chiqishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir obyekt bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasidan o‘tkazilishi va qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazorati o‘rnatilishini ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilab qo‘yilsinki, “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan qishloq aholi punktlari bosh rejasi va batafsil rejalashtirish loyihasini ishlab chiqish bilan bog‘lik xarajatlar mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Milliy axborot agentligi, Matbuot va axborot agentligiga barcha turdagi ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda “Obod qishloq” dasturi doirasida qishloq aholi punktlarida, ayniqsa, chekka va olis hududlarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli qurilish va obodonlashtirish ishlarini batafsil yoritib borish va keng xalq ommasi orasida targ‘ib qilish tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Mazkur farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T.A. Xudaybergenov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 29-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-5386-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.03.2018-y., 06/18/5386/0979-son)